Научная статья на тему 'O‘QITUVCHILIK-SHARAFLI KASB'

O‘QITUVCHILIK-SHARAFLI KASB Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagog / kadr / pedagogikadagi chora-tadbirlar / jamiyat hayoti

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qarshiboyeva Xuriniso Karimovna, Boboxo’Jayeva Firuza Toxir Qizi

Ushbu maqolada o`qituvchilik kasbi tarixi, jamiyat hayotida pedagog kadrlarning o`rni, bugungi kunda pedagogikadagi yangi chora-tadbirlar, yangi chora-tadbirlarning amaldagi samarasi haqida ma`lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHILIK-SHARAFLI KASB»

O'QITUVCHILIK-SHARAFLI KASB

1Qarshiboyeva Xuriniso Karimovna, 2Boboxo'jayeva Firuza Toxir qizi

1Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti katta oqituvchisi 2Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Instituti Bakalavr bosqichi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214698

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'qituvchilik kasbi tarixi, jamiyat hayotida pedagog kadrlarning o rni, bugungi kunda pedagogikadagi yangi chora-tadbirlar, yangi chora-tadbirlarning amaldagi samarasi haqida ma lumotlar yoritilgan.

Kalit so^zlar: pedagog, kadr, pedagogikadagi chora-tadbirlar, jamiyat hayoti.

Annotatsiya. В данной статье рассматриваются история профессии учителя, роль редагогических кадров в жизни общества, новые меры в педагогике севодня, а также практический еффект новых мер.

Ключевые слова: педагог, коллектив, мероприятия в педагогике, общественная

жизн.

Abstract. In this article, the history of the teaching profession, the role of the teaching staff in the life of the society, new measures in pedagogy today, and the practical effect of the new measures are covered.

Key words: Pedagogue, staff, measures in pedagogy, community life.

Payg'anbarimiz S.A.Vassalam

"Sizlarga saxiylar saxiysining xabarini beraymi: Saxiylarning saxiysi Allohdir. Men

odam bolasiningengsaxiysiman. Mendan keyin sizdan engsaxiyingiz, ilm o'rganib, ilmni tarqatgan odamdir. Uqiyomatkuniyolg'iz o'zi bir ummat bo'lgan xolida tiriltiradi" deganlar"

"Ustoz otangday ulug' "deganlari bejiz emas, ota hayot beradi. Ustoz esa yashashga o'rgatadi. Tug'ilishdan ko'ra yashash qiyinroq. O'qituvchi bir naqqoshdir. U o'z mahorati ila har bir murg'ak qalbda misli ko'rinmas san'at asarini yarata olish qobilyatiga ega. Buning misolida olmosni olsak, unga sayqal berganingiz sari uning bahosi oshadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari ham har bir o'quvchiga qanchalik e'tibor bilan bilim bersa, bu o'quvchilarni yetuklikka yetaklaydi va o'qituvchining ham malakasini oshiradi.

Ustoz hu qadar buyukki uning yaxshiliklarini, mehnatlari samarasini o'lchash dunyodagi eng baland tog'ning eng baland cho'qqisiga emaklab chiqish zahmati bilan tengdir .

O'qituvchilar o'z o'quvchilarining yil sayin o'sib, bilimga va yashash ko'nikmasiga ega bo'layotganlarini ko'rib suyunadilar, ammo o'z umrining o'tib borayotganini, yil sayin keksayib, sochiga oq oralayotganini bilmay ham qolishadi. Ha bu kasb egalari shunday qalbi daryo, bolaparvar va fidokor insonlardir.

Ularga o'z qaldirg'ochlarining unib-o'sib, hayotda o'z o'rniga ega, yaxshi kasb egasi bo'lganini ko'rishdan ortiq baxt yo'qdir. O'qituvchilik sharafli kasbdir. Sababi shundaki, sohalarning ustozlari va mutaxassislari birgina kasb mehnati bilan shakllanadi. Bu kasb egalari esa o'qituvchilardir. Ayna ular millatni ulug'likka yetaklaydilar. Insonni yetuk qilib, dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiradilar.

Bu kasb juda qadimdan inson faoliyatining alohida turi sifatida mavjud. Chunki inson faqat ta'lim-tarbiya tufayligina hayotni davom ettira oladi va rivojlantiradi. Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy davlatlarida o'qituvchilik kasbi juda qadim zamonlarda shakllangan.

Yunonistonda esa faqat ozod kishilargina o'qituvchilik qilishga haqli bo'lgan. Ular mamlakatning turli shaharlarida grammatistlar, pedanomlar, pedotriblar deya nomlanib, o'z shaxsiy maktablariga ega bo'lgan. Boy oilada esa ta'lim-tarbiya ishi bilimli va savodli qullarga topshirilgan. Ular poydagoglar (pedagog) ya'ni "Bola yetaklovchilar" deb atalgan. Rimda esa o'qituvchi imperator tomonidan tayinlanadigan davlat amaldorlari sanalgan.

Sharq mamlakatlari, jumladan Turkiston o'lkasida ham o'qituvchi eng qadimiy va obro'li kasb hisoblanib "Ustoz" deb e'zozlangan. O'lkamizga islom dini kirib kelishi bilan har bir qishloq, shaharlardagi mahallalarda masjidlar va ular qoshida maktablar tashkil etildi. U yersda o'g'il bolalar o'qitilgan. Qizlar esa uyda, otinoyilar qo'lida ta'lim-tarbiya olishlariga e'tibor qaratilgan.

Turkistonda o'qituvchilik kasbiga maxsus tayyorlanilmagan, faqat madrasa ko'rgan savodli kishilargina bu kasb bilan shug'ullanganlar. XIX asrning oxirida, ya'ni o'lkamizda ma'rifatchilik harakati paydo bo'lishi bilan o'qituvchilikka alohida e'tibor beriladigan bo'ldi.

Turkistonda an'anaviy yo'sinda o'qitadigan o'qituvchilar bilan Yevropa mamlakatlaridan o'zlashtirgan usulda dars beradigan yangi muallimlar faoliyat ko'rsata boshladi.

Avval maktablar, so'ng maktabgacha ta'lim dargohlari, oliy o'quv yurtlariga talabalar ko'payib boradi. O'qituvchilarning esa jamiyat hayotida tutgan o'rni kuchayib boradi.

Prezidentimizning 2018-yil 14-avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ta'lim borasidagi amaliy ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga imkoniyatlar yaratadi.

Innovatsiya yaratayotgan o'qituvchilar taqdirlanadi. Qo'shimcha ustamalarga ega bo'lishadi. Hozirga ochilgan xususiy litsey va oliy o'quv yurtlarida tajribali, o'z kasbining ustasi bo'lgan pedagoglar faoliyat olib bormoqdalar. Pedagogika tarixida boshlang'ich sinf o'qituvchilari mehnatining mashaqqai va mas'uliyati alohida e'tirof etiladi.

O'zbekiston pedagogikasining tarixiy rivojlanishida "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" muhim o'ringa ega. Uning tarixiy taraqqiyotini quyidagi bosqichlarga bo'lish mumkin:

1. eng qadimgi davr (VII asrgacha);

2. o'rta asrlar davri (IX-XIX asrlar);

3. yangi davr (XX-XXI asrlar).

Eng qadimgi davr Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi xalq og'zaki ijodi, "Avesto" asari va arxeologik topilmalar manba vazifasini bajarib kelgan. Bu vaqtlarda boshlang'ich ta'lim oilada va ibodatxonalar huzurida berilgan. Bunday ta'lim-tarbiya asosiy e'tiborni yozish, o'qish va biror hunarga yo'naltirishga Qaratgan.

O'rta asrlar davridagi boshlang'ich ta'lim pedagogoikasi Imom Buxoriyning "Al-adab", Hakim Termiziyning "Ma'rifat", Ahmad Yassaviyning "Hikmatlar", Alisher Navoiyning "Mahbub-ul qulub", Xojanazar Huvaydoning "Rohati dil", Shermuhammad Munisning "Savodi ta'lim" kabi juda ko'p asarlarda boshlang'ich ta'limni tashkil etish va o'qitish metodologiyasi tahlil qilib berilgan. Bu davrda o'g'il bolalar masjidlar qoshidagi maktablarda boshlang'ich ta'lim olgan, qiz bolalar esa Otinoyi o'qituvchilar tashkil etgan maktablarda o'qishgan. Mazkur davrda boshlang'ich ta'limdan boshlab islom dini asoslari o'qitilgan va fikrlash, nutqni o'stirish uchun shoirlarning she'rlari yodlatilgan.

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasining yangi davrida boshlang'ich ta'limni ilmiy -pedagogik qonuniyatlar asosida dunyoviylik tamoyili usituvorbo'liBBb, bu davrning manbalarini

boshlang'ich ta'lim muammolariga oid ilmiy tadqiqotlar va darsliklar tashkil etadi. O'zbekistonda boshlang'ich ta'lim pedagogikasi o'zining boy tajribalarini yaratganligini aytib o'tish lozim.

1998 yili YuNESKO tomonidan hozirgi zamon O'zbekiston boshlang'ich ta'limi eng ilg'or va samarali ta'lim turlaridan biri sifatida e'tirof etilgan.

Bugungi kunda ham ta'lim tizimining muhim bo'g'ini boshlang'ich ta'lim hisoblanadi. Boshlang'ich ta'lim haqida o'qib-o'rganishlarim asosida tanlagan kasbimga mehrim, muhabbatim yanada o'sdi. O'z oldimga buyuk maqsadlar qo'yishim, o'z ustimda tinimsiz ishlashim uchun kelajak rejalarimni ham o'ylab oldim. Chunki, o'qituvchilik sharafli, ayni paytda o'ta mas'uliyatli va murakkab kasb. Yurtimizda mazkur kasb egalariga hurmat va ehtirom ko'rsatish borasidagi misli ko'rilmagan ibratli sa'y-harakatlar pedagoglardan o'z ishiga yanada sadoqat va fidoyilik bilan yondashishni, keng va zamonaviy tafakkur sohibi bo'lishni talab etmoqda. Bu soha fidokorlariga kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. PQ-3931-son ''Ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish to,g,risida''gi qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11 sentyabrdagi PF-158-son "O'zbekiston-2030" to'g'risida"gi Farmoni. //www.ziyonet.uz strategiyasi 3.O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabrdagi "Ilm fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi O'RQ-576sonli Qonuni. //www.ziyonet.uz.

3. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. //www.ziyonet.uz.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ -623sonli Qarori.// www.ziyonet.uz.

5. O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish концепцияси.// www.ziyonet.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.