Научная статья на тему 'XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI HAYOTIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI'

XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI HAYOTIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
31
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bo‘lajak pedagoglar / yangi taraqqiyot / zamonaviy dunyoqarash / ilmiy-nazariy qarashlar / uzluksiz ta’lim / individual sifatlar / barkamol inson / ta’lim standartlari / fuqarolik jamiyatini / ilmiy-metodik.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — I.I.Tuychiyeva

Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy jamiyatda bo‘lajak pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri o‘z kasbiy kompetentligi va intellektual salohiyatining yuqoriligi, sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi, o‘z kasbini sevishidir. Xalqaro tajribalar asosida bo‘lajak pedagoglarni o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishda innоvatsion yondashuvlar vazifalar to‘g‘risidagi fikr mulohazalar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI HAYOTIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI»

XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA BO'LAJAK PEDAGOGLARNI HAYOTIY KO' NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

I.I.Tuychiyeva

FarDU pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.10676628

Annotasiya. Ushbu maqolada bugungi kunda zamonaviy jamiyatda bo'lajak pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri o'z kasbiy kompetentligi va intellektual salohiyatining yuqoriligi, sadoqatliligi, g'oyaviy e 'tiqodliligi, o'z kasbini sevishidir. Xalqaro tajribalar asosida bo'lajak pedagoglarni o'quvchilarda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishda innovatsion yondashuvlar vazifalar to'g'risidagi fikr mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: bo'lajak pedagoglar, yangi taraqqiyot, zamonaviy dunyoqarash, ilmiy-nazariy qarashlar, uzluksiz ta'lim, individual sifatlar, barkamol inson, ta'lim standartlari, fuqarolikjamiyatini, ilmiy-metodik.

Xorijiy tajribalar tahlili asosida bo'lajak pedagoglarni innovatsion faoliyatga tayyorlash, zamonaviy ta'limni amalga oshirish bo'yicha dunyoning yetakchi oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda bo'lajak pedagoglarning kasbiy mahorati mezonlari, innovatsion ta'lim muhitini yaratish muammolari xalqaro ta'lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda yosh o'qituvchilarning pedagogik kompetentligi tarkibini zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayonida muvaffaqiyatli qo'llashning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o'z-o'zini baholash kabi indikatorlari asosida kengaytirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar muhim o'rin tutadi [1, 12-b.]. Mamlakatimizda ilg'or xorijiy tajribalar asosida uzluksiz ta'lim tizimi uchun bo'lajak yosh o'qituvchilarni tayyorlashning zamonaviy ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, talabalar ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini yaratish

bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish" kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu borada bo'lajak pedagoglarni o'quvchilarda hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim muhitini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuning uchun bugungi kunda biz o'qituvchi kompetentligi haqidagi fikrlarni takror va takror tilga olmoqdamiz. Barcha pedagogik va psixologik adabiyotlarda "kompetentlik" so'zining izohli ma'nosi berilib, ingliz tilidan olingan "competence" - tushungan, qobiliyatli ma'nosini anglatadi. Mazmunan esa, "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajada kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish" degan tushunchani anglatadi. Hozirgi kunda respublikamizda ro'y berayotgan islohotlar bevosita innovatsion ta'lim tizimi bilan bog'liqdir.

2019-yil 23-avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikamiz xalq ta'limi xodimlari bilan qilgan muloqotida "...bugungi ustoz shogirdlarini o'z orqasidan ergashtira olishi lozim, agar ergashtira olmasa u ustoz emas", - degan fikrlarni ta'kidlab o'tdilar. Demak, bugungi ustoz o'z shogirdlari oldida tashabbuskor, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lib, har doim tetik, g'ayratli, o'z kuchi va imkoniyatlariga ishongan bo'lishi lozim. Kasbiy

faoliyatga (kompetent) ega bo'lish uchun esa, quyidagilarga e'tibor berishi lozim [2, 28-b.]: a) kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish; b) yangidan-yangi g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish; c) hamkorlik bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish. O'qituvchilik kasbi juda katta ruhiy va jismoniy kuch talab etadi, shuning uchun o'qituvchining salomatligiga ham muhim talablar qo'yiladi.

O'qituvchining ovoz paychalari yaxshi rivojlangan, ko'rish qobilyati yaxshi bo'lishi, uzoq vaqt tik tura olishi va o'quvchilar bilan chiroyli muloqotga kira olishi lozim. Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino "Tib qonunlari" asarida ham o'qituvchining nutq gigiyenasiga doir maslahatlar bergan: "Uzoq muddat davomida qattiq tovush bilan baqirish ko'p miqdorda havoni tashqariga chiqarishni talab qiladi. Bularning har ikkisi ham xavflidir". Jamiyatda ro'y berayotgan barcha islohotlar, ta'limning yangi bosqichlarga ko'tarilishi, ilm-fan texnikasining jadal rivojlanishi, eng asosiysi yurtimizda ijod va Prezident maktablarining tashkil etilishi ham ta'lim tizimidagi innovatsiyalar hisoblanadi. Shuningdek, bugungi pedagog nafaqat ta'lim beruvchi, balki shu bilan bir qatorda tarbiyachi hamdir. Talabalarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning mavjud imkoniyatlarini tadqiq etish maqsadida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayoniga qo'yilayotgan zamonaviy yondashuvlarni inobatga olib boshlang'ich ta'lim yo'nalishining DTS va Malaka talablari o'rganildi.

Ta'lim yo'nalishi bo'yicha bo'lajak o'qituvchilarni tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan umumiy talablar quyidagilar [3, 18-b.]: dunyoqarash va ijtimoiy jarayonlar bilan bog'liq tizimli bilimlarga ega bo'lishi; gumanitar va tabiiy ilmiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olish; Vatan tarixini bilishi, madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o'z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g'oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo'lish; tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo'lishi; insonning boshqa insonga, j amiyatga va atrof-muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy hamda ma'naviy, madaniy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilish; axborot yig'ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini bilishi, o'z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olish; yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o'z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish; sog'lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to'g'risida ilmiy tassavvur hamda e'tiqodga, o'zini jismoniy chiniqtirish o'quv va ko'nikmalariga ega bo'lishi lozim [6, 47-b.].

Yaxshi natijalar ko'rsatish uchun hech bo'lmaganda o'qituvchi ikki maqsadga ega bo'lish kerak: Birinchisi, o'qituvchilar va ular ishlaydigan va foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir: 1. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish. 2. Ta'lim va tarbiya jarayonining mohiyati. 3. Ta'lim va tarbiyaning asosiy funktsiyasi. 4. Didaktika va tarbiya jarayoning asosiy kategoriyalari. 5. Ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi va talabaning hamkorligi.

Pedagogik mahorat fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, pedagogik mahorat haqida umumiy ma'lumot, bilim, ko'nikma va malakalarni puxta egallab olishga imkon yaratib beradi [6, 47-b.]. Shuningdek, maktab amaliyotida va pedagogik fikr tarixida o'qituvchining mahorati masalalari, pedagogika qobiliyat, o'qituvchining kommunikativ qobiliyati, muloqot madaniyati va o'quvchining psixologik faoliyati, pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari, darsda va tarbiya jarayonida o'qituvchi mahorati, o'qituvchi mehnatini tashkil etishning ilmiy asoslari, pedagogik tajriba orttirishi, tadqiqot metodlari; hozirgi ta'lim muassasalarida ilg'or pedagogik g'oyalar, tajriabalarning taraqqiyoti va uni hayotga tatbiq etish yo'llari, pedagogik mahorat taraqqiyoti tarixi, mustaqil malaka oshirish va o'z-o'zini nazorat qilish o'quv- tarbiya jarayonida

pedagogik muloqot mahorati, pedagogik tajriba va uni tatbiq etish, o'qituvchi faoliyatida sharqona muomala madaniyati asoslarini o'rganish, tahlil etish to'g'risida boshlang'ich ma'lumotlar berishni nazarda tutadi. Pedagogik mahorat fani yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashini, shuningdek, pedagogik shaxsi uning tajribasi, fuqaro'lik va kasbiy mavqeini o'rgatadi. "Pedagogik mahorat" fani "Pedagogika nazariyasi va tarixi", "Yosh pedagogikasi va psixologiyasi", "Tarbiyaviy ishlar metodikasi", "Pedagogik texnologiya"lar bilan birgalikda bilim va malakalar tizimini yaratadi. Pedagogik mahorat fanining maqsadi bo'lajak o'qituvchiga hozirgi zamon pedagogika sohasidagi dolzarb muammolarni, o'qituvchi shaxsi va kasbi haqidagi bilim va malakalarni hamda har bir tarixiy bosqichda ta'lim-tarbiya tizimi, ijtimoiy-pedagogik fikrlar, ta'lim-tarbiya mazmuniga ijodiy munosabatda bo'lishini o'rgatadi. Pedagogik mahorat fanining predmeti - "Ta'lim to'g'risida"gi qonun talablaridan kelib chiqib, o'z sohasini mukammal egallagan, bilimdon, axloqan pok, ma'nan etuk, jismonan sog'lom bo'lgan pedagoglarni tarbiyalashdir [5, 18-b.].

Xulosa qilib aytganda maktab o'quvchilarida hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish va hayotiy maqsadlarni belgilashning asosiy yo'nalishlaridan biri bu bo'lajak pedagoglarni o'quvchilarda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishdir. Demak, bo'lajak pedagoglarni o'quvchilarda, avvalo, o'zining mustaqil fikriga ega bo'lishi, o'z-o'zini boshqara olishi ham juda muhim sanaladi. Ularda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish uchun kasb hunarga o'rgatish, mehnatkash, sabr toqatli, qat'iyatli va tirishqoq qilib tarbiyalash o'quvchilarda hayotiy maqsadlarini belgilashda ancha qo'l keladi.

Shu bilan bir qatorda mustaqil shug'ullanishlari uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalana olish qobiliyati ham rivohjlangan bo'lishi kerak. Ko'proq badiiy adabiyotlar mutolaa qilishi asosiy mezonlardan sanaladi.

REFERENCES

1. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti: Darslik. - T.: Sano-standart, 2017.

2. Umunniy pedagogika: Darslik / O.Musurrnonova va boshq. I-qism. - T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. - 376 b.

3. Ro'ziyeva D.I., Tolipov O.Q. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: Innovatsiya-ziyo, 2019.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son "O'zbekistonni rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" Farmoni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. - Т., 2017. - 6-son. - 70-modda. - 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982-modda.

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

6. Axrarova Z., Sadikova Sh., Sodikov U., Allayarova S., Shodmonov Sh. Umumiy pedagogika: Barcha ta'lim yo'nalishlari uchun o'quv qo'llanma. - T.: Mumtoz so'z, 2020. - 331 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.