Научная статья на тему 'PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK ASOSLARI'

PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7911
414
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogika / psixologiya / motivatsiya / metod / pedagogik faoliyat / ta’lim-tarbiya / maqsad va vazifalar. / Pedagogy / psychology / motivation / method / pedagogical activity / education / goals and tasks.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shukurova, Hulkar Baxtiyorovna

Ushbu maqolada o‘qituvchining shaxsiga, kasbiy bilimdonligiga qo‘yiladigan mezon va talablar, ta’lim samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘rni, pedagogik faoliyatda, shaxslararo munosabatlar jarayonidagi muloqot ko‘nikmalari, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahorat, pedagogik nazokat kabi sifatlarini tarbiyalash xususida to’xtalindi. Shu boisdan bu mavzu tadqiqotchilar, tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar uchun muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL BASIS OF PEDAGOGICAL ACTIVITY

In this article, the criteria and requirements for the teacher's personality and professional knowledge, the role of teacher-student cooperation in ensuring the effectiveness of education, communication skills in pedagogical activity, interpersonal relations, future It was focused on educating the qualities of teachers, such as pedagogical skill and pedagogic tenderness. Therefore, this topic is important for researchers, educators, pedagogues and psychologists.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK ASOSLARI»

PEDAGOGIK FAOLIYATNING PSIXOLOGIK ASOSLARI

SHUKUROVA Hulkar Baxtiyorovna

Navoiy viloyati Xatirchi tumani 17-umumiy o 'rta maktabi amaliyotchi psixologi

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-l-97-105

Ushbu maqolada o'qituvchining shaxsiga, kasbiy bilimdonligiga qo'yiladigan mezon va talablar, ta'lim samaradorligini ta'minlashda o'qituvchi va o'quvchi hamkorligining o'rni, pedagogik faoliyatda, ANNOTATSrVA shaxslararo munosabatlar jarayonidagi muloqot ko'nikmalari, bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik mahorat, pedagogik nazokat kabi sifatlarini tarbiyalash xususida to'xtalindi. Shu boisdan bu mavzu tadqiqotchilar, tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Pedagogika, psixologiya, motivatsiya, metod, pedagogik faoliyat, ta'lim-tarbiya, maqsad va vazifalar.

В данной статье критерии и требования к личности педагога и профессиональным знаниям, роль педагогического сотрудничества в обеспечении эффективности образования, коммуникативность в педагогической деятельности, АННОТАЦИЯ межличностные отношения, будущие ориентированы на воспитание качеств педагогов, такие как педагогическое мастерство и педагогическая деликатность. Поэтому данная тема актуальна для исследователей, педагогов, педагогов и психологов.

Ключевые слова: Педагогика, психология, мотивация, метод, педагогическая деятельность, воспитание, цели и задачи.

In this article, the criteria and requirements for the teacher's personality and professional knowledge, the role of teacher-student cooperation in ensuring the effectiveness of education, communication ABSTRACT skills in pedagogical activity, interpersonal relations, future It was focused on educating the qualities of teachers, such as pedagogical skill and pedagogic tenderness. Therefore, this topic is important for researchers, educators, pedagogues and psychologists.

Key words: Pedagogy, psychology, motivation, method, pedagogical activity, education, goals and tasks.

97

www.birunijournal .uz

KIRISH (Introduction)

Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida o'qituvchining yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishida jamiyat oldidagi javobgarligi yanada ortib boraveradi. Pedagog uchun qo'shimcha, lekin nisbatan turg'un talablar qatoriga kirishuvchanlik, artistlik, shodon xulq, yaxsh i did-farosat va boshqalarni kiritish mumkin. Bu xususiyatlar eng asosiy o'rinda turmasada, ammo o'qituvchi faoliyati uchun katta yordam beradi. Bosh va ikkilamchi pedagogik xossalar jamlanib, pedagogning shaxsiyatini aniqlaydi, shu jihatlar kuchi bilan har bir o'qituvchi ajoyib va o'ziga xos shaxs sifatida namoyon bo'ladi. Jamiyat tomonidan qo'yiladigan talablardan eng muhimi o'qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog'lik xislatlariga qaratilganligidir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi. Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA (Discussion)

Pedagogik faoliyat o'qituvchining o'quvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta'limiy va tarbiyaviy ta'sirini o'z ichiga qamrab oladi. Pedagogik faoliyat ham inson faoliyatining boshqa jabhalari kabi tavsiflanadi. Bu eng avvalo maqsadga yo'nalganlik, motivlashganlik, predmetlilikdir. N.V. Kuzmina ta'rifiga ko'ra, pedagogik faoliyatning muhim jihati — bu uning mahsuldorligidir. Pedagogik faoliyat mahsuldorligining 5 ta darajasi ajratib ko'rsatiladi:

I — (minimal) reproduktiv: pedagog o'zi bilgan narsalarni boshqalarga yetkazib bera oladi;

II — (quyi) moslashgan: pedagog o'z fikrlarini auditoriyaga o'ziga xos jihatlari bilan ma'lum qila oladi;

III — (o'rta) lokal modellashtirilish: o'qituvchi fanning ma'lum bir bo'limi bo'yicha o'quvchilarda bilim, ko'nikma va malakalarning strategiyasini egallaydi;

IV — (yuqori) o'quvchilar bilimini sistemali modellashtirish; o'qituvchi o'quvchilarda fan malakalarini shakllantirishning yo'l-yo'riqlarini biladi;

V — (eng yuqori) modellashtirilgan tizimli faoliyat va o'quvchilar xulq-atvori. Bunda pedagog o'z fanini o'rgatishdagi yo'lyo'riqlarni shunday egallaydiki, natijada u o'quvchi ehtiyojlarida o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'ziga ta'lim berish, o'z-o'zini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Pedagogik faoliyat borasida so'z

98

www.birunijournal .uz

yuritilganda yuqori mahsuldorlik tushunchasi asosiy o'rinni ifodalaydi. Pedagogik faoliyat boshqa faoliyat turlari kabi o'z motivatsiyasi, maqsadi, predmeti, vositalari, usullari, mahsuli va natijasini aks ettiruvchi psixologik mazmunni ifodalaydi. Pedagogik faoliyatning predmeti bo'lib, shaxs rivojlanishining sharti va asosi bo'lmish ijtimoiy madaniyatni singdirishga qaratilgan o'quv faoliyatining manbayi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko'rish mumkin. Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, grafik vositalarni kiritish mumkin. Pedagog faoliyatidagi ijtimoiy-madaniy malakani yetkazish bu tushuntirish, ko'rsatish (illyustratsiya), darslik mashqlarini tahsil oluvchilar bilan birga ishlash, tahsil oluvchini bevosita amaliyoti (laboratoriya, amaldagi) va treningdan iborat. Pedagogik faoliyatning mahsuli bo'lib o'quvchining aksiologik, emotsional mazmuniy, predmetli, baholash mezonlarini aks ettiruvchi individual malakasining shakllanganligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning natijasi asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda o'quvchilarning shaxsiy, intellektual rivojlanishi, ularni o'quv faoliyatining subyekti va shaxs sifatida shakllanishi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu motivatsiya hisoblanadi. Pedagogik faoliyatda ham o'quv faoliyatdagi kabi motivatsion soha ajratilib ko'rsatiladi. Bu tashqi va ichki motivlardir. Tashqi motiv sifatida biror-bir narsaga erishish istagini, ichki motiv sifatida esa o'z faoliyatining jarayoni va natijasiga e'tibor berishni misol qilish mumkin. Pedagogik faoliyat pedagogik vaziyatdagi turli-tuman xatti-harakatlarning umumlashmasidan iborat: perseptiv, mnemik, kommunikativ, izlanuvchanlik, nazorat qilish, baholash va h.k. Ushbu turli-tuman faoliyatlarning jamlanmasi bir qancha psixologo-pedagogik funksiyalarni belgilab beradi. P.F.Kapterev o'qituvchiga xos bo'lgan obyektiv va subyektiv xususiyatlarni ko'rsatib o'tadi. Umumiy ko'rinishda u quyidagicha aks etadi:

O'zaro munosabat doirasida o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi ta'sirlashuvning emotsional darajasini tadqiqot predmeti tarzida qo'yilishi, xususan, tarbiyachilik faoliyatining yo'nalishida kam uchraydi. Bu muammoga oid ishlar jumlasiga G.S.Abramova, A.A.Beknazarov, R.Berns, I.B.Shuvanov va boshqalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Aynan ushbu muammoga aloqador o'zbek o'qituvchisiga bag'ishlangan ilmiy izlanishlar nihoyatda kamchilikni tashkil etadi. Bu sohada A.A.Beknazarov, F.S.Ismagilova, E.G'.G'oziyev va boshqalarning ishlarini namuna sifatida sanab o'tish joiz. L.Ya.Kolominskiy o'z tadqiqotida o'qituvchining o'quvchilarga munosabati so'zsiz muallim mehnati muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o'ynashini ta'kidlagan edi. Uning fikricha, bu pedagogik mahoratning muhim tomoni bo'lib, o'qituvchi bilan o'quvchilarning o'zaro munosabati ko'p jihatdan aynan mana shu jarayonga bog'liqdir. Muallifning ko'rsatishicha, o'zaro

99

www.birunijournal .uz

munosabatni o'qituvchi shaxsining faolligi va jamoadagi ta'sirlashuv nuqtayi nazaridan yondashgan holda o'rganish ham mumkin ekan. Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda pedagogning bolalarga nisbatan munosabatidagi emotsional-qadriyatli yondashuvi uning munosabat uslubidagi motivatsion jihatlari, shuningdek, bir vaqtning o'zida uning o'quvchilarga bo'lgan munosabati jarayonida xulqiga ta'sir ko'rsatuvchi operatsional jihat bilan belgilanishini qayd qilish mumkin. Qator tadqiqotlarda esa o'qituvchi va o'quvchilarning pedagogik muomaladagi turli xil jihatlarini baholash holati ham o'rganilgan. O'qituvchiga nisbatan o'smirlarning talab va umidlari chet el psixologlari tomonidan tadqiq qilingan bo'lib, A.Djersildning izlanishlariga binoan bolalar quyida qayd qilingan xarakterga ega bolgan o'qituvchilarni afzal hisoblar ekanlar:

1) mehribon, quvnoq, javobgarlikni his qiluvchi, barqaror insoniy sifatli;

2) haqiqatgo'y, batartib, halol, boshqalarni hurmat ko'rsatadigan, tashkilotchilik sifatidagi;

3) boshqalar manfaatini o'ylaydigan, xalqparvar, sinf ishlarida o'quvchilarga erkinlik huquqini beruvchi, qiziquvchan, ishtiyoqli va ishchan;

4) yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o'qituvchi.

V.Kessel tadqiqotlarida o'quvchilaming yosh xususiyatiga bog'liq holda o'qituvchilarning mashhurlik va mashhur emaslik motivlari o'rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, o'qituvchining mashhurligi ko'p jihatdan uning materiallarni ko'rgazmali, jonli va muammoli tarzda yetkaza olish qobiliyatiga bog'liq ekan. V.S.Abramova, S.M.Illyusizova, V.A.Kan-Kalik va boshqalar "o'qituvchi-o'quvchi" munosabati bo'yicha tadqiqotlar o'tkazganlar. Tadqiqot natijalariga ko'ra, o'qituvchining muloqotda do'st sifatida o'z o'rnini o'quvchilarning tengdoshlari va ularning ota-onalariga berganligi ko'rindi. Ko'pchilik psixologlar, shu bilan birga o'zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o'qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V. Kuzmina, V. Slastenin, F.N. Gonobolin, o'zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S. Jalilova, A. Jabborov, M. Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida ham o'qituvchilik kasbi va ta'lim jarayoniga doir muammolar keng tadqiq etilgan. Bunda o'qituvchilik kasbiga muvofiq yaratilgan professiogrammani ko'rish mumkin. Bo'lajak o'qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo'yilishini bilish va shu asnoda o'quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogik oliy o'quv yurtlarida muayyan mutaxassislik bo'yicha o'qituvchi professiogrammasining ishlab chiqilishi zarurdir. Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, Ye.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamrokulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy

100

www.birunijournal .uz

izlanishlari o'zbek maktablarida rus tili va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo'yicha o'qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini (namunasini) aniqlab olish imkoniyatini berdi. Professiogrammada muhim xislatlarning borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o'qituvchining quyidagi xislatlari ko'rsatib berilishi lozim:

1. O'qituvchining shaxsiy xislatlari: bolalarni yaxshi ko'rish, ularni sevish, aql-farosatlilik, mehnatsevarlik, jamoat ishlarida faollik, kamtarinlik, odamiylik, dilkashlik, uddaburonlik, o'z bilimini oshirishga intilish.

2. Kasbiga xos bilimi: ta'lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi, psixologiya asoslarini, ayniqsa yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi, etnopsixologik bilimlarni egallashi, hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi, hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi, maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi, o'z fanini o'qitish metodikasini bilishi, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir etishning samaradorligini bilishi, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.

3. O'z kasbiga xos xislatlari: o'qituvchining kuzatuvchanligi, o'z diqqat-e'tiborini taqsimlay olishi, pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi, o'ziga tanqidiy munosabatda bo'lishi, o'zini qo'lga ola bilishi, o'zini tuta olishi, pedagogik takt, nutqning emotsional ifodalanishi;

4. Shaxsiy pedagogik uddaburonligi: dars mashg'ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi, o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi, ta'lim va tarbiya jarayonida o'quvchilarning bilimi o'sishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi, pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtira olish, bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o'z faoliyatini rejalashtirishni bilishi, o'quv maqsadlarini rejalashtira olishi; o'zining ta'lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.

5. Tashkilotchilik malakalari: bolalar jamoasini uyushtira bilishi, turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi, bolalarni nimalar bilandir qiziqtirib, ularni faollashtira olishi, amaliy masalalarni hal etishda o'zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo'llay olishi.

6. Kommunikativ malakalari: bolalarni o'ziga jalb etishni bilishi; bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi, bolalarning jamoalararo va jamoa ichidagi o'zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi, bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog'lashni bilishi.

7. Gnostik malakalari: bolalarning asab psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi, o'zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi,

101

www.birunijournal .uz

boshqa o'qituvchilarning tajribalarni o'rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to'g'ri xulosa chiqara olishi, psixologik-pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi, o'quvchilarni to'g'ri tushunib, ularninig xulq-atvori sabablarini tushuntirishni bilishi.

8. Ijodiy xislatlari: pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi, o'quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshira olish qobiliyati, o'zini o'quvchi o'rniga qo'yib, bo'lib o'tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi; avvalgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati, o'zining o'quvchiga pedagogik ta'siri natijalarini oldindan ko'ra bilishga intilishi.

Shunday qilib, ko'rsatib o'tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi: shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo'nalishi; pedagogik mahorat va qobiliyati; xarakterining psixologik xususiyatlari; bilish faoliyati; o'qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti. Professiogramma yoshlarga o'zlarining kelgusida o'qituvchilik kasbini to'g'ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi. Professiogrammani kasbga xos ravishda o'qitishni tashkil qilishda ta'limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko'nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyati va shaxsiy xislatlariga bog'liq ekanligini albatta ko'rsatish zarurdir. Pedagogik faoliyat tezligi va muvaffaqiyati asosida N.V.Kuzmina o'qituvchilarni uch guruhga boladi:

1. Kasbiy malakalarni tez o'zlashtiradi, o'z faoliyatida tezda muvaffaqiyatga erishadi, dars qoldirmaydi.

2. Kasbiy sifatlarni sekin o'zlashtiradi, ba'zan dars qoldiradi, ammo pedagogik xususiyatlarni sekin-asta bo'lsa-da o'zlashtirib oladi.

3. Ko'p yillik faoliyati davomida ham o'qituvchilik qobiliyatini egallamaydi.

N.V.Kuzmina pedagogik faoliyatga murakkab dinamik sistema sifatida

qaraydi. A.I.Sherbakov ishlarida esa pedagogik ta'lim muammolari ko'zga tashlanadi. O'qituvchi shaxsi yo'nalganligining shakllanishi masalasida to'xtalar ekan, muallif o'qituvchilarni tayyorlash va o'qitish jarayonida e'tiborga olish zarur bo'lgan vaziyatlar xususida o'z tavsiyalarini beradi. Ayniqsa, olim bo'lajak o'qituvchi xulq-atvor xususiyatlarining shakllanishiga asosiy e'tiborni qaratadi.

XULOSA (Conclusion) Pedagog doimo psixologik jihatdan o'z ustida ishlashi kerak. Uni muntazam ravishda psixologiya fanining turli yo'nalishlaridagi eng yangi yutuqlar bilan tanishib borishi darkor, ular tarbiya va ta'lim bilan bevosita va bilvosita bog'liqdir. Bu ta'lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, yosh davrlari psixologiyasi, differensial

102

www.birunijournal .uz

psixologiya, ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi shuningdek, psixologiya va boshqa fanlar chegarasidagi tibbiyot, patopsixologiya, psixofiziologiya va psixoterapiya. Pedagogning kasbiy faoliyati davomida juda zarur jiddiy jihat - bu o'z-o'zini boshqarishdir, ya'ni o'z psixik holati va xulq-atvorini boshqara olish qobiliyati, murakkab pedagogik holatlarda muqobil harakatlana olishidir. O'z-o'zini boshqarishning psixologik asoslari bilish jarayonini o'z ichiga oladi: Sezgi, idrok, diqqat, xayol, tafakkur, xotira, nutq shuningdek shaxs xislatlari - xulq atvori, emotsional holati, vaziyatga munosabati. Yuqorida qayd etib o'tilgan psixik jarayonlarda o'z-o'zini boshqarish odam xususiyatlari va holatlari, uning irodasi va ichki tuyg'ulari bilan bog'liqdir. Ma'lumki, ichki tuyg'u barcha psixik holatlarni boshqarishda erkinlik asosi bo'lib xizmat qiladi, iroda bo'lsa xatti-harakatlar quvvati va yo'nalishlarini ta'minlaydi. Ongli ravishda fikrlashni ham boshqarish, uni yanada samaroqliroq qilish mumkin. Tafakkurni o'z-o'zida boshqarishning asosiy usullari quyidagilardir.

— hal qilinishi kerak bo'lgan vazifa shartlarni diqqat bilan tahlil qilish;

— talab qilingan natijani berilgan shartlar bilan solishtirish, bunday maqsad kerakli natijani olish uchun yetishmagan narsani aniqlash;

— doimiy ravishda mashq o'tkazib borib, tafakkurni chiniqtirish; — tafakkurni aniq yo'nalishdagi mashqlar bilan chiniqtirish, ya'ni ketma-ket izlanish va yetarli darajada hal qilinishning alternatev yo'llarni ko'rib chiqish (bu - vosita anglash jarayoni «sikllanish» deb nomlanadi); — vazifani hal qilishning yo'llari bilan bog'liq bolgan aniq farazlarni o'z ichida yoki ovoz chiqarib so'zlash (gapirish); — bajarib bo'lingan xatti-harakatlar natijalarini va faraz (g'oya)larni doimiy ravishda yozib borish;

— o'z-o'zini emotsional boshqarish organizmning muskul to'qimalari tizimi boshqara bilish qobiliyatiga asoslangan, emotsiogen holatlardan tahlil qilib tafakkurni ongli ravishda faol jalb etish.

Hozirgi zamon maktabi muallimlik shaxsi va kasbiy faoliyati uchun zarur bo'lgan sifat va fazilatlarni egallagan, yangicha fikrlaydigan, ijtimoiy faol pedagoglarni talab qilmoqda. Ana shunday qator muammolarni oqilona hal qilishning eng muhim omillaridan biri o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishdir. Shunga binoan mamlakatimiz ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo'nalishlaridan biri ham kadrlar tayyorlash sifatini jahon talablari darajasiga yetkazishdir. O'qituvchining shaxsiy va kasbiy tayyorgarlik darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, o'quvchilar bilan ta'lim va tarbiyaviy munosabatlarni yaxshi yo'lga qo'ya oladi. O'qituvchining shaxsiy

103

www.birunijournal .uz

namunasi va obro'-e'tibori ta'lim-tarbiya jarayonida bolada qat'iy nuqtayi nazarning shakllanishida asosiy rol o'ynaydi.

O'qituvchi eng avvalo o'quv-tarbiya jarayonida o'quvchilar faolligini oshirishni esdan chiqarmasligi, yuzaga kelgan muammolarni mustaqil yechishga o'rgatishi, o'quvchi tashabbuskorligi va ijodkorligi asosida o'zining kimligini namoyish etishiga yordamlashishi zarur. Buning uchun o'qituvchi shaxsiy hamda kasbiy sifat va fazilatlarni to'liq egallagan bo'lishi lozim, bunday o'qituvchilar o'quvchilar bilan ko'proq do'stona muloqotda bo'ladilar, o'zaro fikr almashadilar, mavzuga doir muammoni tahlil qiladilar va bir qarorga keladilar. O'qituvchi bu o'rinda butun e'tiborini mavzu mohiyatini o'quvchilarga singdirishga qaratib, o'quvchilar e'tiborini kechinmalarini va o'zlashtirish imkoniyatlarini alohida e'tiborga oladi. O'qituvchi shaxsiga xos bo'lgan bilimdonlik, ijodkorlik, mustaqillik hamda pedagogik faoliyati uchun mas'uliyat va javobgarlikni chuqur his etish o'quv-tarbiya jarayoni samaradorligini ta'minlashning eng muhim omillaridir. Talabalarda kasbni egallashning shakllanishi ularda majburiyat va javobgarlik hissining tarkib topishi bilan bog'liqdir. Ularda ana shunday sifat va kechinmalar to'la shakllangan bo'lsa, bilimlarni egallash yoki kasbiy kamoloti uchun hech narsa to'siq bo'la olmaydi.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -T.:O'zbekiston, 2017.

3. Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya». — Т.: TDPU. 2009.

4. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq. 2000.

5. Nishanova Z.T. Mustaqil ijodiy fikrlash. — Т.: Fan. 2003.

6. Халперн Д. Психология критического мышления. Питер. 2000.

7. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

8. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.

104

www.birunijournal .uz

9. Sulaymonov, J. B. (2022). ABDURAHMON IBN XALDUN AXLOQIY QARASHLARI VA SARVAPALLI RADHAKRISHNAN AXLOQIY QARASHLARINING QIYOSIY JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 363-373.

10. Сулаймонов, Ж. (2021). АБДУРАХМОН ИБН ХАЛДУННИНГ ТАМАДДУН

тдрдккиёти хДКиддги кДрДшлдрида ЖАМИЯТ

ТДХЛИЛИ. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 451-455.

11. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). ИБН ХАЛДУН КДРДШЛДРИДА "ТДДССУБ" КАТЕГОРИЯСИНИНГ АХДМИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 864-871.

12. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАХМОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА ЛИ ЮЛГОК ИЖТИМОИЙ КДРДШЛДРИНИНГ КИЁСИЙ ЖИХДТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 1477-1483.

13. Сулаймонов, Ж. Б. (2022). АБДУРАХМОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИ ВА КОНФУЦИЙ ИЖТИМОИЙ КАРАШЛАРИНИНГ КИЁСИЙ ЖИХДТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 26), 613-621.

105

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.