Научная статья на тему 'XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA TА’LIMGА KОMPЕTЕNTLI YОNDАSHUV IMKONIYATLARI'

XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA TА’LIMGА KОMPЕTЕNTLI YОNDАSHUV IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
55
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M.Mirqosimova

АQSh, Аngliyа, Gеrmаniyа, Frаnsiyа, Rоssiyа, Kаnаdа, Ispаniyа, Yаpоniyа, Jаnubiy Kоrеyа kаbi rivоjlаngаn dаvlаtlаrdаgi tа’lim tizimidа yuqоri kаsbiy kоmpеtеntlikkа еgа bо‘lgаn rаqоbаtbаrdоsh kаdrlаr tаyyоrlаshdа intеrnеt vа ахbоrоt kоmmunikаtsiyа tехnоlоgiyаlаridаn fоydаlаnishgа, о‘qitish jаrаyоnidа zаmоnаviy kоmpyutеr dаsturlаrini qо‘llаsh, ulаrni аmаliyоtgа kеng jоriy qilish uchun е’tibоr qаrаtilmоqdа. Bugungi kundа dunyоdа fаn vа tа’limgа kоmpеtеntli yоndаshuv аsоsidа bitiruvchilаrning rаqоbаtbаrdоshligini оshirish, оliy tа’limning sifаtini yахshilаsh jаrаyоnidаgi ijtimоiy rоlini оshirish mаsаlаlаri dоlzаrb yо‘nаlishlаrdаn biri sifаtidа tаvsiflаngаn. Zаmоnаviy kаsbiy tа’lim mаzmunini kоmpеtеnsiyаlаrgа аsоslаngаn mаsоfаviy tа’lim (H5P) plаtfоrmаlаridаn fоydаlаnish, о‘qitish tехnоlоgiyаlаrini аmаliyоtgа kеng tаtbiq еtish аsоsidа bоshlаng‘ich sinf о‘qituvchilаrining kаsbiy kоmpеtеntligini tаkоmillаshtirish muhim о‘rin tutаdi. Mutахаssislik о‘qituvchisining ijоdiy fikrlаshini, zаmоnаviy dаsturiy tа’minоtlаrdа ishlаy оlish kо‘nikmаsining shаkllаngаnligigа еgа bо‘lishni tаlаb qilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA TА’LIMGА KОMPЕTЕNTLI YОNDАSHUV IMKONIYATLARI»

XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI ASOSIDA TA'LIMGA KOMPETENTLI YONDASHUV IMKONIYATLARI M.Mirqosimova

"ORIENTAL" universiteti "Uzluksiz ta'lim pedagogikasi" kafedrasi professori,p.f.d.,

TURON FA AKADEMIGI (90) 321 61 32 https://doi.org/10.5281/zenodo.10676483

Mavzuning dolzarbligi. AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Kanada, Ispaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlardagi ta'lim tizimida yuqori kasbiy kompetentlikka ega bo'lgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda internet va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga, o'qitish jarayonida zamonaviy kompyuter dasturlarini qo'llash, ularni amaliyotga keng joriy qilish uchun e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda dunyoda fan va ta'limga kompetentli yondashuv asosida bitiruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, oliy ta'limning sifatini yaxshilash jarayonidagi ijtimoiy rolini oshirish masalalari dolzarb yo'nalishlardan biri sifatida tavsiflangan. Zamonaviy kasbiy ta'lim mazmunini kompetensiyalarga asoslangan masofaviy ta'lim (H5P) platformalaridan foydalanish, o'qitish texnologiyalarini amaliyotga keng tatbiq etish asosida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish muhim o'rin tutadi. Mutaxassislik o'qituvchisining ijodiy fikrlashini, zamonaviy dasturiy ta'minotlarda ishlay olish ko'nikmasining shakllanganligiga ega bo'lishni talab qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik-bu bilimsizlikdir! Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak",- deb ta'kidlanishi har bir soha vakillari, ayniqsa ta'lim sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar o'z ustiga doimiy ishlab, yangi bilimlarni egallashga, har bir jarayonda inson omilisiz faoliyat yuritadigan raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun yangi dasturiy mahsulotlarni yaratishga va undan oqilona foydalanishga undaydi.

Muammoning o'rganilganlik darajasi. Globallashuv jarayonida inson faoliyatining barsha sohalarini axborotlashtirish qamrab olingan bo'lib, bu jarayon har bir kishidan yuqori axborot madaniyatini talab qiladi. Shu sababli, oliy ta'lim muassasalarning o'quv dasturlari talabalarning bilim, ko'nikma va qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlaydigan ma'lumotlar bilan boyitish zarur. Buning uchun talabalarni ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o'rgatish ta'lim sifatining oshishiga olib keladi. Bu masalaning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy tashkilotchisi - pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog'liq. Dars beruvchi har bir bo'lajak o'qituvchidan quyidagi 3 ta sifat talab qilinadi:

> bo'lajak o'qituvchi bilimli, ya'ni o'zi o'qitadigan fanni chuqur bilishi;

> bo'lajak o'qituvchining pedagogik mahorati ya'ni mavzuni o'quvchilarga yetkaza

berishi;

> bo'lajak o'qituvchining psixologik holati ya'ni darsda ruhiy muhitni yarata olishi nazarda tutiladi.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, jahonning ilg'or o'qitish tajribalari va kuzatuvlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, dasturiy ta'minot platformalarini darslarida qo'llash ijodiy bilish faoliyatida

boshlang'ich sinf o'qituvchilarining muhim kompetensiyaviy sifatlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

O'qituvchining kasbiy - pedagogik tayyorlash sifatini tubdan oshirish uning mazmuni bilan bevosita bog'liqdir. Pedagogik kadrlar tayyorgarligi sifatini sezilarli darajada oshirish uchun pedagogik va texnik bilimlar sintezini ta'minlash zarur.

Pedagogikada kompetent yondashish mutlaqo yangi hodisa emas, balki uning irmoqlari uzluksiz rivojlanib boruvchi ta'lim jarayonlarida mavjud bo'lib, ular bosqichma-bosqich shakllangan edi. "Mahorat", "malaka", "salohiyat" masalalari, faoliyat, shu bilan birgalikda, bir qator faoliyatlarning birikuvi M.N. Skatkin, I.Y. Lerner, V.V. Kraevskiy, G.P. Shedrovidskiy, V.V. Davidov va boshqa pedagogika sohasining olimlari ilmiy asarlari asosini tashkil etgan.

N.V. Kuzmina, A.K. Markova, E.F. Zeer, V.A. Slastenin, T.F. Loshakova o'qituvchining "kasbiy kompetentlik" haqida ko'plab ishlarni amalga oshirganlar.

B.A. Nazarova o'zining ilmiy ishida D.Dyui, U.Uoller, M.Mid, K.Yung, P.Sorokin, F.Znanetskiylarning falsafasida kasbiy kompetentlik tushunchasiga shunday ta'rif berganliklarini ta'kidlaydi: "Bu muhitga o'rganish vositasi, chunki kasb odamni unga to'g'rilaydi, odamning qiziqishlarini aniqlaydi, bitta kasbda ishlagan odamlarning qiziqishlarini jamlaydi".

D.L. Tompson, D.Pristinlar: "Kasbiy kompetentlik - ishda kerak bo'lgan bilimlarning va barcha axloqiy qoidalarning yig'indisidir", - deb ta'kidlaydilar.

I.V. Grishina kasbiy kompetensiya shaxsning o'z professional faoliyatini qanchalik darajada egallaganligi, deb baho beradi va quyidagicha ta'riflaydi:

- ushbu faoliyatga bo'lgan munosabati, unga zarurat va qiziqishi, intilishlari, qadriyatlari, faoliyatdan maqsadi, o'zining ijtimoiy o'rnini tasavvur qilishi;

- o'zining shaxsiy o'ziga xosligi va mutaxassis sifatidagi mavqeyiga, kasbiy bilim, mahorat va ko'nikmalari, kasbiga xos boshqa xususiyatlariga baho berish;

- shu asosda o'zini kasbiy jihatdan shakllanishini va o'sishini boshqara bilishi.

A.P. Akimova kasbiy kompetentlikni shunday ta'riflaydi: "O'z faoliyatida kerak bo'lgan yangiliklarning, bilimlarning, qobiliyatlarning yig'indisi va atrof -muhit bilan o'zaro to'g'ri kelishi".

Pedagogik kompetentlik pedagogik mahorat tushunchasiga bog'liqligini N.V. Kuxarev shunday ta'riflaydi: "Psixologik - pedagogik tayyorgarligidan kelib chiqadigan o'qituvchi shaxsining aniq sifatlarini va pedagogik masalalarini eng samarali usulda yechadigan fazilatlar to'plami".

A.K. Markova o'qituvchini kasbiy kompetentlikka ega bo'lgan o'qituvchi deb aytadi, qachonki, pedagogik faoliyatini, pedagogik muomalani yetarlicha yuqori darajada oshirsa, yoshlarni o'qitishda va tarbiyalashda yuqori natijalarga erishsa. Kompetentli o'qituvchi o'zining kasbiy bilimlarini, psixologik fazilatlarini o'z mehnatida qo'llashni bilishi kerak. Uning fikriga ko'ra qachonki, o'qituvchi o'z faoliyatini yetarlicha yuqori hamda o'qituvchi va talabalarni o'qitish va tarbiyalashni yuqori darajada amalga oshirsa, bu faoliyat kompetentlikka aylanadi.

V.A. Slastenin nuqtayi nazariga muvofiq, pedagogni tayyorlash unda ushbu vazifalarni amalga oshirish bilimlarini tarbiyalashni ko'zda tutadi: analitik -refleksiv, konstruktiv -prognostik, tashkiliy, baholash-axborot, korreksiyalash - rostlash. Muallif tutgan nuqtayi nazar, bizning fikrimizcha, o'qituvchi faoliyatining strukturasi haqida qaror topgan tasavvurlarni ko'p darajada aks ettiradi. Shu bilan birga, bo'lajak mutaxassisning kasbiy kompetentligi strukturasini tadqiq qilish pedagog mehnatini puxta tahlil qilish, uning tayyorgarlik darajasiga hozirda modernizatsiya qilinayotgan va uzluksiz pedagogik ta'lim konsepsiyasi amalga oshirilayotgan

sharoitlarda oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimi tomonidan qo'yilayotgan talablarni aniqlashni nazarda tutadi.

R.X. Tugeshevning ta'kidlashicha, kasbiy mahorat shaxs sifatining yuksalishi sari qo'yilgan qadamlar yordamida faqat bir faoliyat uchun egallangan kompetensiyadir. Kompetensiya egasi deganda, olim shaxsning o'z ishining ustasi, mahorati bilangina cheklanmaydi, balki ishni tashkil etishi, o'z faoliyatiga aloqador barcha muammolarni tizimli ravishda tushunishi, vazifa qo'ya bilishi va aniq muammolarga yechim topish qobiliyatiga ega bo'lishi kabi fazilatlarni nazarda tutadi. Ana shunday inson ma'lum bir sohada kompetensiya egasi degan nomga sazovor ekanligini qayd etadi. Agar R.X. Tugeshev kompetensiya tushunchasini kasbiy mahorat degan tushuncha bilan bir xil ekanligini qayd etsa, E.F. Zeer esa kasbiy yo'naltirilgan kompetensiya va kasbiy qobiliyat oliy darajadagi kasbiy mahoratni ta'minlaydi, degan fikrni olg'a suradi.

Kasbiy kompetensiya shaxsning subyektiv faoliyati tarkibidagi to'rt jihatning biri hisoblanib, E.F. Zeer ta'kidlaganidek, kasbiy kompetensiya o'z kasbiga oid bilimlar, mahorat hamda kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari yig'indisidir.

Psixolog A.K. Makarova kasbiy kompetensiya tushunchasi insonning barcha xislatlarini o'z ichiga oladi, ular yordamida kasbiy faoliyat davomida inson yuksak natijalarga erishadi deb uqtiradi. Uning fikricha, kasbiy kompetensiya mutaxassisning shunday mehnat faoliyatiki, natijada yuqori darajada kasbiy faoliyat amalga oshiriladi va mutaxassis shaxs sifatida o'zini namoyon qiladi. Shunday qilib, A.K. Makarova kasbiy kompetensiya tushunchasi mazmunini yanada kengaytiradi, uning tarkibiga mutaxassisning subyektiv xususiyatlarini ham kiritgan.

Qator tadqiqot ishlarida kasbiy kompetensiya fenomenini "tayyorgarlik" tushunchasi bilan qiyoslash keng tarqalgan. V.A. Slastenin nuqtayi nazariga ko'ra, mutaxassisning kasbiy kompetensiyasi tushunchasi uning nazariy va amaliy tayyorgarligi shaxs umumiy tayyorgarligi tizimi tarkibiga kirib, kasbiy mahorat, uning kasbiy darajasini belgilaydi.

Kasbiy kompetensiyani oliy ta'limning asosiy maqsadi sifatida Y.G. Tatur quyidagicha tariflaydi: "Oliy ma'lumotli mutaxassis kompetensiyasi, uning amaliyotdagi intilishi va qobiliyati" (tayyorgarligi) hamda o'zining imkoniyatlarini (bilim, mahorat, tajriba, shaxsiy fazilatlari va boshqalarni) muvaffaqiyatli, ijodiy faoliyat ko'rsatishga, kasbiy va ijtimoiy sohada qo'llashga hamda bu faoliyatni ijtimoiy ahamiyatini, uning natijalariga nisbatan shaxsiy mas'uliyatni his etishi, doimo uzluksiz ravishda o'z ustida ishlashi kabi fazilatlarni ro'yobga chiqaradi.

V.G. Pishulin kasbiy kompetensiya xoh umumiy, xoh maxsus bo'lsin, ko'p hollarda xotira, mantiqiy va ijodiy fikrlash, refleksiya, chaqqonlik, epchillik, uddaburonlik, qat'iylik, tartibli va o'z so'zida turish, ehtiroslarga berilmaslik, kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik, diqqat-e'tibor, jiddiylik va muomalaga kira olish kabi fazilatlarni yuzaga chiqishiga olib keladi, deb yozadi. Darhaqiqat, bo'lajak mutaxassis - kasbiy ishlab chiqarish va texnologik sohalar kompetensiyalarini ham egallashi, loyihalash, ilmiy tekshirish va tashkiliy boshqaruv hamda kommunikativ kompetensiyalarga ega bo'lishi juda zarurdir.

Asosiy ilmiy muammo tadqiqi. Hozirgi vaqtda kasbiy kompetentlilikni shakllantirishda o'qitish texnologiyasiga katta e'tibor berilmoqda. Oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilar tarkibi tomonidan ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan o'qitish texnologiyalari bo'lajak mutaxassis kasbiy kompetentligining qaror topishi va tarbiyalash ta'lim tizimining tarkibiy qismi bo'lib, kasbni egallashning kasbiy-ahamiyatli ba'zasini dastlabki yaratishga, kasbiy faoliyatni yuqori daraj ada amalga oshirish uchun nazariy, amaliy va motivatsiyali tayyorgarlikning va qodirlikning sekin-asta shakllanishiga yordam beradi.

"Kompetentlik" - tushunchasi esa shaxsning doimo o'sib boruvchi tasnifi bo'lib, real hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni yechish qobiliyati, o'z bilimi, o'quv va hayotiy tajribalari, qadriyatlari va qiziqishlarini unga safarbar etish imkoniyatlari hisoblanadi.

"Kompetentlik" atamasi ta'lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib keldi. Bu tushuncha noan'anaviy vaziyatlarda yoki kutilmagan hollarda o'zini qanday tutish, muloqotga kirishish, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutish, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, hamisha rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda qanday harakat qilishi kerakligi to'g'risida nazariy bilimlar zarurligini ko'rsatadi.

G'arb mamlakatlarida shakllangan an'anaga muvofiq mutaxassisning kasbiy malakasi uning kompetentlik, ta'lim tizimi esa - bilim, ko'nikma va malakalar darajasi bilan o'lchanadi.

Kompetensiya o'z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o'z amaliy faoliyatida qo'llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo'lgan mutaxassis muammolarni yechishda o'zi o'zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo'lgan metodlarni tanlab olib qo'llashi, to'g'ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko'z bilan qarashi kabi ko'nikmalarga ega bo'ladi.

Nazariy manbalar mazmuni bilan tanishish, ta'lim muassasalari faoliyatini o'rganish va dalillarni tahlil etish kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda bir qator qarama - qarshiliklar mavjudligini ko'rsatdi, xususan:

- oliy ta'lim muassasasi bitiruvchisining yetuk mutaxassis ma'lumoti darajasi bilan Davlat ta'lim standartining modernizatsiyalashgan mazmuni va hajmiga qo'yilayotgan me'yoriy talablar hamda uning shaxsiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish darajasi o'rtasida;

- oliy ta'lim muassasalarida o'qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonida qo'llanilayotgan an'anaviy hamda innovatsion metodlar o'rtasida;

- o'qituvchi shaxsi va uning kasbiy kompetentligini shakllantirishda pedagogik jihatdan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan oliy ta'lim muassasalari faoliyati bilan o'qituvchini bo'lajak o'qituvchi sifatida tayyorlash jarayonini rivojlantirish mexanizmi hamda qonuniyatlari o'rtasida;

- pedagogik turkum fanlarning o'qituvchi shaxsiy hamda kasbiy kompetentligini shakllantirish borasida umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bilan integratsiyalash imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanilmayotganligi o'rtasida;

- ilmiy-texnik taraqqiyot, yangilanib borayotgan jamiyatning mahoratli pedagog shaxsiga nisbatan ortib boruvchi talablari bilan o'qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish asosiy qismining o'z-o'zini rivojlantirib borish sharoitida faoliyat yuritishga tayyor emasliklari o'rtasidagi ziddiyatlar kabilarni ko'rsatish mumkin.

Bu kabi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yo'llaridan biri bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy kompetentliklarini shakllantirishdan iboratdir. Bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy kompetentligini shakllantirish, ta'lim muassasalarida ularning kasbiy va shaxsiy kamolotini ta'minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, o'qituvchilarni tayyorlash mazmuni va tuzilmasini modernizatsiyalash, psixologik-pedagogik sharoitlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholashning takomillashgan mexanizmini ishlab chiqish zarur. Ta'lim jarayonini takomillashtirishning muhim omili ta'lim tizimida o'qituvchilar kasbiy kompetentligini yuqori darajada shakllantirilishi bilan uzviy bog'liq. Shu sababli, zamonaviy ta'lim texnologiyalari

imkoniyatlaridan hamda yaratilayotgan o'quv uslubiy majmualardan unumli foydalanish negizida o'qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish jarayonining nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish dolzarb vazifalardan biridir.

Mutaxassislarni kasbiy jihatdan tayyorlash borasida xorijiy mamlakatlarda amalda bo'lgan ta'lim mazmunini bevosita o'rganishi shuni ko'rsatdiki, G'arb mamlakatlarida asosiy o'rinni mutaxassisning kompetentlik malaka darajasi egallaydi. Respublikamizning milliy ta'lim tizimi mohiyatiga ko'ra ta'lim mazmunining minimal talablari bilim, ko'nikma va malakaga asoslanadi.

Agarda "kompetent" va "kompetentlik" tushunchalarining etimologik tahliliga nazar tashlasak, ular tasodifan yuzaga kelmaganligini anglash mumkin.

Kompetentlik o'qituvchi tomonidan alohida bilim va malakalarni egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi.

Kompetentlik - bu o'qituvchining shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo'llay olishi bilan ifodalanadi.

Ta'lim mazmunining o'quv rejadagi fanlar bloklari (barcha fanlar uchun), fanlararo (fanlar to'plami uchun) va predmetli (ma'lum bir fan uchun) tarzda guruhlanganligi bois quyidagi uch darajani namoyon etuvchi kompetentlikni e'tirof etib o'tamiz:

- tayanch kompetentlik (ta'limning gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuniga ko'ra);

- fanlararo kompetentlik (umumkasbiy tayyorgarlikning o'quv fanlari va ta'lim bloklarining ma'lum doirligiga ko'ra);

- bitta predmet (fan) bo'yicha kompetentligi (maxsus o'quv fani doirasida aniq va ma'lum imkoniyatga egaligiga ko'ra).

Shunday qilib, tayanch kompetentlik pedagogik ta'limning har bir bosqichi uchun ta'lim bloklari va o'quv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta'limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko'nikmalarni egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Kompetentlikni quyidagi turlarga bo'lish mumkin:

1. Yaxlit - mazmunli kompetentlik. Bu o'qituvchining qadriyatli yo'nalishlari bilan bog'liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati, mustaqil hayot yo'lini topa olishi, o'zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o'rnini anglab etishi, harakatlarni tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog'liq kompetentlik, u o'qituvchi uchun o'quv va boshqa vaziyatlarda o'zini aniqlash mexanizmini ta'minlaydi. O'qituvchining individual ta'lim yo'nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy dasturi ana shu kompetentlikka bog'liq.

2. Ijtimoiy - madaniy kompetentlik. O'qituvchi chuqur o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilim va faoliyat tajribasining doirasi bo'lib, milliy va umuminsoniy madaniyatlar xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma'naviy - axloqiy asoslari, oilaviy va ijtimoiy an'analarning madaniy asoslari, inson hayotida fan va dinning roli, ularning moddiy borliqqa ta'siri, turmush va dam olish borasidagi bilimlar, masalan, bo'sh vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishi.

3. O'quv - bilish kompetentligi, bu o'qituvchining o'rganilayotgan aniq obyektlar bilan bog'liq mantiqiy, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat bo'lgan mustaqil fikrlash kompetentliklarining to'plami bo'lib, unga maqsadni ko'ra bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya, faoliyatga shaxsiy baho berish borasidagi bilim va malakalar

kiradi. O'rganilayotgan obyektlarga nisbatan o'qituvchilarni kreativ ko'nikmalari, ya'ni bilimlarni bevosita borliqdan olish, nostandart vaziyatlarda muammoni hal etishning harakat usullari va evristik metodlarini egallaydi.

4. Axborot olish kompetentligi. Audio-video ko'rsatuv vositalari va axborot texnologiyalari yordamida mustaqil izlanish, tahlil qilish va zarur axborotlarni tanlab olish, ularni o'zgartirish, saqlash va uzatish mahorati shakllantiriladi.

5. Kommunikativ kompetentlik. Ta'lim oluvchilar bilan o'zaro munosabatlar, ularning usullari, muloqot jarayonida ustuvor o'rin tutuvchi tilni o'zlashtirish, guruhlarda ishlash ko'nikmalari, jamoada turli xil manaviy-marifiy tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazishni bilishni o'z ichiga oladi.

6. Ijtimoiy-faoliyatli kompetentlik fuqarolik (fuqaro, kuzatuvchi, saylovchi, vakil vazifasini bajaruvchi), ijtimoiy-mehnat sohasi (iste'molchi, xaridor, mijoz, ishlab chiqaruvchi huquqlari), oilaviy munosabatlar va majburiyatlar, iqtisod va huquq masalalari, kasbiy, shuningdek, shaxsiy mavqeyini aniqlash borasidagi bilim va tajribalarni egallash (xususan, mehnat bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil qilish, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni ko'zlab, harakat qilish mahorati, mehnat hamda fuqarolik munosabatlarining odobini bilish)ni anglatadi.

7. Amaliy faoliyatga oid kompetentlikda bir harakat holatidan ikkinchi harakat holatiga ko'chira olish, harakat va amallarni yangi vaziyatlarda qo'llay olish, yangi axborotlar ichida tez yo'nalish olish ko'nikmalari tushuniladi.

Pedagog malakasini olgan oliy talim muassasasi bitiruvchisi: davlat ta'lim standartlari talablariga muvofiq ravishda pedagogik faoliyat olib borishga tayyor bo'lishi, yuqori nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini ta'minlaydigan zamonaviy o'qitish texnologiyalaridan foydalanishi, ta'lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi, ularni o'quv rejasi va o'quv jarayoniga muvofiq ravishda to'la hajmda amalga oshirilishi uchun mas'ul bo'lishi, ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat etishni tashkil etishi, olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo'llashga ularni tayyorlashi va ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlarini nazorat qilishi, aniq o'quv fani o'quv-metodik jihozlanishining bazasini yaratishi, ta'lim muassasasining ilmiy-metodik faoliyatida ishtirok etishi, sinf rahbari vazifasini bajarishi, ta'lim oluvchilar bilan tarbiyaviy ishni tashkil etishi va o'tkazishi, o'quv rejalari va dasturlarining bajarilishini ta'minlashi, ta'lim intizomini ta'minlashi, ta'lim oluvchilarning huquqlari va erkinliklariga rioya etishi, o'z kasbiy malakasini oshirishi lozim.

Maxsus yoki faoliyatli kasbiy kompetentlik - bu faoliyatni yuqori kasbiy darajada olib borishi. Maxsus kasbiy kompetentlik nafaqat maxsus bilimlardan, balki, bu bilimlarni amalga oshirishdan iborat;

Ijtimoiy kompetentlik - bu qo'shimcha faoliyatni olib borish yo'llarini bilish, hamkorlikda bajarish yo'llarini bilish;

Shaxsiy kompetentlik - o'zini rivojlantirish va o'zini ko'rsatish yo'llarini bilish (mutaxassis o'zining faoliyatini rejalashtirish, mustaqil qaror qilish, ma'lumotlar bilan va o'z ustida ishlash).

Individual kompetentlik - bu o'zini boshqarish yo'llarini bilish, kasbiy rivojlanishga tayyorgarlik va kasbiy yangiliklar yaratish. Shu bilan birga o'qituvchining bilimlari yangiliklar bilan boyigan bo'lishi, psixologik va pedagogik fazilatlar yuqori darajada bo'lishi.

Bugungi kunga kelib, oliy ta'lim tizimida H5P platformasi asosida o'qitish texnologiyalariga asoslangan ta'lim jarayonini loyihalash bilan an'anaviy o'qitish tizimi orasida bir qator farqlarning mavjudligi aniqlangan. H5P platformasi asosida o'qitish texnologiyalariga

asoslangan ta'lim jarayonida boshlang'ich sinf o'qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish masalasi dolzarb bo'lib, bilim, ko'nikma, malakalar hosil qilish esa shu maqsadga erishish yo'lida vosita sifatida xizmat qiladi. Professor-o'qituvchilar va talabalar hamkorlikda amalga oshiradigan faoliyat yo'nalishini belgilaydi va mazkur jarayonga rahbarlik qiladi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari esa professor-o'qituvchilar bilan o'zaro tenglik asosida H5P platformasi asosida o'qitish texnologiyalari asosida o'quv-biluv faoliyatiga kirishadilar.

Masofaviy ta'lim sharoitida talabalarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish mazmuni yanada boyitilmoqda. Bugungi kunda tor doiradagi kasb egasi emas, balki malakali, pedagogik madaniyati yuqori, ijodiy salohiyatga ega bo'lgan o'qituvchini tayyorlash muammosi dolzarb bo'lib qolmoqda.

TAVSIYALAR: Jahonda ro'y berayotgan pandimiya, turli tabiiy ofatlar sharoitida ta'limning nafaqat kunduzgi, kechki (smenali), masofaviy (onlayn), shakllarida kadrlar tayyorlanayotganligi, globallashuv jarayoni bilan bog'liq axborotlashgan muhit ta'sirida o'zgarishiga olib kelmoqda. Shu sababli, o'qituvchilar oldiga katta mas'uliyat - o'zini anglash qobiliyati, mustaqil fikr yuritadigan shaxsni kamol tortirish, masofaviy ta'lim platformalari (H5P)dan foydalanish metodikasini o'zlashtirishi asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. Bunday tayyorlangan kadrlar nazariy bilimlarini amalda qo'llay olishi, mustaqil fikr yuritishi, muammoli vaziyatlardan mohirona chiqishi bilan birga kelajak avlodga ta'lim berishda fidokorona mehnat qilishi, o'quvchi yoshlarni zamon talablari asosida raqobatbardosh kadrlar qilib tarbiyalash va o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lishi talab etiladi. Hozirgi kunda an'anaviy o'qitish bilan birgalikda, masofaviy ta'lim shakllari, o'qitishda aralash ta'lim (gibrid) shakllardan foydalanilmoqda. Biz pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlashda quyidagi yo'nalishlar muhimligini alohida ajratib ko'rsatmoqchimiz:

> oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasini doimiy ravishda oshirib borishiga erishish maqsadida ularning nazariy, ilmiy va amaliy tadqiqotlar, ijodkorlik, texnologik taraqqiyot va o'qitilayotgan kasbiy fanlar bo'yicha innovatsiyalar, shuningdek, ta'lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy metodlari sohasidagi so'nggi yutuqlarni o'rganib borish;

> zamonaviy pedagogik, H5P platformasi asosida va axborot kommunikatsiya texnologiyalarining so'nggi yutuqlarini chuqur o'rgangan holda bevosita ta'lim jarayoniga amaliy tatbiq etish asosida barcha mutaxassisliklar bo'yicha malaka talablari, o'quv rejalari, dastur va metodlarini doimiy takomillashtirib borish;

> oliy ta'lim muassasalari talabalarining xorijiy tillarni o'zlashtirish darajasini oshirish va undan o'z kasbiy va ilmiy faoliyatini doimiy ravishda oshirib borishida samarali foydalanish;

> oliy ta'lim muassasalari ta'lim yo'nalishlarida uzluksiz malakaviy amaliyotni yuqori saviyada o'tkazish va tanlangan obyektlarda kasbiy tayyorgarligini tajriba-sinovdan to'laqonli o'tkazishiga erishish orqali malakali, kasbiy kompetensiyali pedagoglar tayyorlash;

> kasbiy kompetensiyali pedagogik kadrlar tayyorlashni yanada takomillashtirishga erishishni ta'minlash maqsadida kadrlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarda tajriba almashinuv yoki malaka oshirishlarini (stajirovkalarini) tashkil etish orqali talabalarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish samaradorligini oshirish mumkin.

REFERENCES

1. Abdullayeva B.S Bo'lajak o'qituvchilarning axborot kompetentligini rivojlantirishda modulli texnologiyalarining o'rni // Uzluksiz ta'lim tizimida modulli o'qitish texnologiyalarini qo'llash istiqbollari: muammo va yechimlar // Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. -T., 2018. - B 20-21.

2. Ataqulova M.N. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarida tadqiqotchilik faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish: Ped. fan. bo'yicha falsafa dokt. (PhD) diss. avtoreferati. - Samarqand. 2021. - 46 b.

3. Sidiqova D.SH. MASOFAVIY TA'LIM SHAROITIDA TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI (boshlang'ich ta'lim yo'nalishi misolida) pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) diss.avtoreferati. T.:2022.- 46 b.

4. Mirqosimova M. Masofaviy ta'lim sharoitida o'quv fanlarini integratsiyalash tamoyillari.T.:O6pa3oBaH^ и иннoвaциoнныe исслeдoвaниe .-2020.-№ 1. 20-24-6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.