BO'LAJAK PEDAGOGLARDA O'QUVCHILARDA HAYOTIY KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHLARINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Tuychiyeva Inoyatxon Ibragimovna
FarDU pedagogika kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.10115454
Annotasiya. Mazkur maqolada bugungi kunda zamonaviy jamiyatda bo'lajak pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri o'z kasbiy kompetentligi va intellektual salohiyatining yuqoriligi, sadoqatliligi, g'oyaviy e 'tiqodliligi, o'z kasbini sevishidir. Bu pedagoglarni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Ta'lim sifatini va samaradorligini takomillashtirish, ularning fanlar bo'yicha amaliy ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha ko'plab dasturlar ustuvor vazifalar to'g'risidagi fikr mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so'z va iboralar: bo'lajak pedagoglar, yangi taraqqiyot, zamonaviy dunyoqarash, ilmiy-nazariy qarashlar, uzluksiz ta'lim, individual sifatlar, barkamol inson, ta'lim standartlari, fuqarolikjamiyatini, ilmiy-metodik.
Hozirgi zamon bo'lajak pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri o'z kasbiy kompetentligi va intellektual salohiyatining yuqoriligi, sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi, o'z kasbini sevishidir. Bu pedagoglarni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Ta'lim sifatini va samaradorligini takomillashtirish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qarorlari va farmonlari qabul qilinib, ta'lim mazmunini, ta'lim tizimini modernizatsiyalashda axborot texnologiyalari yutuqlaridan keng foydalanish zaruriyati tug'ilmoqda.Talaba-yoshlarni zamon talablari asosida tarbiyalash va ularga jamiyat taraqqiyoti bilan bir qatorda shakllanib borayotgan fanlar asosida nazariy va amaliy bilim berish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu esa o'qituvchilar zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Bugungi kundagi o'qituvchi o'zi dars beradigan fanning mohir ustasi, bilimdoni, ta'lim-tarbiya jarayonidagi har qanday muammoning yechimini topa oladigan, o'z ustida doimo ijodiy ishlab, yangiliklar yarata oladigan, o'quvchilar qalbiga yo'l topa oladigan, bir so'z bilan aytganda zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassis bo'lishi lozim.
Shuning uchun bugungi kunda biz o'qituvchi kompetentligi haqidagi fikrlarni takror va takror tilga olmoqdamiz. Barcha pedagogik va psixologik adabiyotlarda "kompetentlik" so'zining izohli ma'nosi berilib, ingliz tilidan olingan "competence" - tushungan, qobiliyatli ma'nosini anglatadi. Mazmunan esa "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajada kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish" degan tushunchani anglatadi. Hozirgi kunda respublikamizda ro'y berayotgan islohatlar bevosita innovatsion ta'lim tizimi bilan bog'liqdir. Bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik kasbiga yo'naltirish, tarbiyalash hamda kasbiy moslashtirish asosiy maqsaddir. Pedagogika fanlari nomzodi G.G'afforova bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni 3 bosqichda ifodalaydi.
I bosqich. Kasbiy faoliyatga motivatsion yo'nalganlik, kasbiy tasavvurning shakllanishi, kasbiy bilimning o'zlashtirilishi, kasbiy faoliyat talablarining yangilanishi.
II bosqich. Kasbiy faoliyat talablarini o'zlashtirish, kasbiy kompetensiyalarini bilish, o'zlashtirish, muloqotga kirishish, kasbiy ijodkorlik, faoliyatga innovatsion yondashishning qaror topishi (maxsus fanlar, pedagogik amaliyot, to'garaklar, ijodiy ishlar, sinfdan tashqari ishlar, mustaqil ta'lim vositasida).
III bosqich. Kasbiy o'z-o'zini anglash, moslashish, kasbiy ko'nikma va malakaning rivojlanishi, pedagogik qobiliyat va kasbiy sifatlarning shakllanishi (umumkasbiy va maxsus fanlar, o'quv amaliyoti, mustaqil ta'lim vositasida).
2019-yil 23-avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikamiz xalq ta'limi xodimlari bilan qilgan muloqotida "...bugungi ustoz shogirdlarini o'z orqasidan ergashtira olishi lozim, agar ergashtira olmasa u ustoz emas," degan fikrlarni ta'kidlab o'tdilar.
Demak, bugungi ustoz o'z shogirdlari oldida tashabbuskor, tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo'lib, har doim tetik, g'ayratli, o'z kuchi va imkoniyatlariga ishongan bo'lishi lozim. Kasbiy faoliyatga (kompetent) ega bo'lish uchun esa quyidagilarga e'tibor berishi lozim:
a) kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;
b) yangidan-yangi g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish;
c) hamkorlik bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish.
O'qituvchilik kasbi juda katta ruhiy va jismoniy kuch talab etadi, shuning uchun o'qituvchining salomatligiga ham muhim talablar qo'yiladi. O'qituvchining ovoz paychalari yaxshi rivojlangan, ko'rish qobilyati yaxshi bo'lishi, uzoq vaqt tik tura olishi va o'quvchilar bilan chiroyli muloqatga kira olishi lozim. Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino "Tib qonunlari'' asarida ham o'qituvchining nutq gigiyenasiga doir maslahatlar bergan: "Uzoq muddat davomida qattiq tovush bilan baqirish ko'p miqdorda havoni tashqariga chiqarishni talab qiladi. Bularning har ikkisi ham xavflidir''. Jamiyatda ro'y berayotgan barcha islohotlar, ta'limning yangi bosqichlarga ko'tarilishi, ilm-fan texnikasining jadal rivojlanishi, eng asosiysi yurtimizda ijod va Prezident maktablarining tashkil etilishi ham ta'lim tizimidagi innovatsiyalar hisoblanadi. Shuningdek, bugungi pedagog nafaqat ta'lim beruvchi, balki shu bilan bir qatorda tarbiyachi hamdir.
Bugungi kunda ta'lim mazmunida modernizatsiya ishlari, ya'ni DTS da, o'quv rejasida va fan dasturlarida ham islohatlar olib borilmoqda. Bugungi zamon o'qituvchisi yuqoridagi islohatlarni ham hisobga olishi zarur. Pedagogning kreativligi haqida fikr yuritganda biz standart va nostandart ta'lim shaklida ham fikr yuritmoqdamiz. Standart - bu ta'lim mazmuniga mos shakldir, bunda o'qituvchi subyekt, o'quvchi, tinglovchi obyekt sifatida faoliyat olib boradi. Nostandart ta'lim shaklida o'qituvchi ham o'quvchi, tinglovchi ham subyekt sifatida faoliyat olib boradi, o'qituvchi ta'lim jarayonida mustaqil qarorlar chiqarishi mumkin bo'ladi. O'qituvchining kompetentligida kasbiy bilim va madaniyat tushunchalarini to'g'ri tahlil qilishi lozim. Kasbiy bilim - bu o'qituvchinig o'z sohasini mukammal bilishi bo'lsa, madaniyat tushunchasida uning nutq madaniyati, estetik va boshqa tomonlari namoyon bo'ladi. Kreativlik qobiliyatiga ega mutaxassis o'z bilimini izchil boyitib borishi, yangilikka intiluvchan mahorat egasi bo'lishi lozim. Bu esa o'z navbatida o'qituvchi kompetentligini ta'minlaydi. Ta'lim tizimini boshqarish orqali har yili ta'lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishish maqsadida yangi o'quv dasturlari, darsliklar, uslubiy qo'llanmalar, zamonaviy axborot vositalari yordamida video darsliklar, multimedialar ishlab chiqarilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o'zlikni anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlarni o'zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o'rtasida uyg'unlikni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada mamlakatimizda yoshlar, o'quvchilarning qobilyatlari, iste'dodlari, ichki imkoniyatlari o'ziga xos individual-psixologik xususiyatlarini tadqiq etish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Kishi dunyoga kelgandan so'ng, avvalo, uning
ota-onasi, farzandini unib-o'sishini , kamol topishini istaydi. Kelajakda esa o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib shu yurtning biror koriga nafi tegadigan barkamol avlod sifatida ulg'ayadi.
Hozirgi vaqtga kelib dunyo aholisining soni yildan- yilga ortib bormoqda. Tug'ilgan bolalarning aksariyatida esa turli xil nuqsonlar kuzatilmoqda. Ushbu holatlarning kelib chiqishiga sabab bo'lgan bir qancha omillar mavjud. Jumladan, ekologik holatning yomonlashuvi, turmush qurishda yo'l qo'yilgan xatolar va sog'lom turmush tarziga amal qilmaslik natijasida yuzaga kelmoqda. Lekin hozirgi vaqtga kelib davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar ushbu turdagi shaxslarga ham keng yo'l ochdi. Maxsus maktablar hamda inklyuziv ta'limning to'gri yo'lga qo'yilganligi, ularga ta'lim-tarbiya berish jarayoni davlat standartlariga javob bera oladigan darajada shakllanib bormoqda Ta'lim jarayonida o'quvchilarni hayotga tarbiyalash bugunning kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Buning uchun, albatta, har bir pedagog o'quv jarayonini amaliy hayot bilan bog'lagan holda to'g'ri tashkil etishi zarur. Ta'limda nazariyani amaliyot bilan bog'lash prinsipi bu jarayoni yanada osonlashtiradi. O'quvchilarda onglilik va faollikni yuzaga keltirish, ularni o'z-o'zini baholashiga imkon yaratish hamda badiiy adabiyot na'munalarining asl mohiyatini o'quvchiga yetkazib berish ta'lim oluvchida hayot haqidagi ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. O'qituvchilarni tashvishga solayotgan muammolardan biri - o'quvchida qanday qilib bilim olishga bo'lgan doimiy qiziqishni rivojlantirish va ularning mustaqil izlanishiga bo'lgan ehtiyoj, boshqacha qilib aytganda, o'quv jarayonida bilish faoliyatini qanday faollashtirish kerakligi. Maktab ta'limining davlat, jamiyat va oila oldiga qo'ygan maqsadlari, ma'lum bir bilim va ko'nikmalarni to'plashdan tashqari, o"quvchining salohiyatini ochib berish va rivojlantirish, uni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir. O'quvchilarda amaliy faoliyat tajribasini tarkib toptirish, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish, ijtimoiy hayotga samarali tayyorlash jarayonlarini tashkil etish orqali o'quvchilarni hayotga tayyorlashga katta e'tibor qaratmoq lozim. Yaxshi natijalar ko'rsatish uchun hech bo'lmaganda o'qituvchi ikki maqsadga ega bo'lish kerak: Birinchisi, o'qituvchilar va ular ishlaydigan va foydalanadigan materiallarni tayyorlashdir.
l.O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish.
2.Ta'lim va tarbiya jarayonining mohiyati.
3.Ta'lim va tarbiyaning asosiy funktsiyasi.
4. Didaktika va tarbiya jarayoning asosiy kategoriyalari.
5.Ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi va talabaning hamkorligi.
Pedagogik mahorat fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, pedagogik mahorat haqida umumiy ma'lumot, bilim, ko'nikma va malakalarni puxta egallab olishga imkon yaratib beradi. Shuningdek, maktab amaliyotida va pedagogik fikr tarixida o'qituvchining mahorati masalalari, pedagogika qobiliyat, o'qituvchining kommunikativ qobiliyati, muloqot madaniyati va o'quvchining psixologik faoliyati, pedagogik texnika va uni shakllantirish usullari, darsda va tarbiya jarayonida o'qituvchi mahorati, o'qituvchi mehnatini tashkil etishning ilmiy asoslari, pedagogik tajriba orttirishi, tadqiqot metodlari; hozirgi Ta'lim muassasalarida ilg'or pedagogik g'oyalar, tajriabalarning taraqqiyoti va uni hayotga tatbiq etish yo'llari, pedagogik mahorat taraqqiyoti tarixi, mustaqil malaka oshirish va o'z-o'zini nazorat qilish o'quv- tarbiya jarayonida pedagogik muloqot mahorati, pedagogik tajriba va uni tatbiq etish, o'qituvchi faoliyatida sharqona muomala madaniyati asoslarini o'rganish, tahlil etish to'g'risida Boshlang'ich ma'lumotlar berishni nazarda tutadi. Pedagogik mahorat fani yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini,pedagogik texnikani egallashini, shuningdek, pedagogik shaxsi uning tajribasi,
fuqaro'lik va kasbiy mavqeini o'rgatadi. «Pedagogik mahorat» fani «Pedagogika nazariyasi va tarixi», «Yosh pedagogikasi va psixologiyasi», «Tarbiyaviy ishlar metodikasi», «Pedagogik texnologiya»lar bilan birgalikda bilim va malakalar tizimini yaratadi. Pedagogik mahorat fanining maqsadi bo'lajak o'qituvchiga hozirgi zamon pedagogika sohasidagi dolzarb muammolarni, o'qituvchi shaxsi va kasbi haqidagi bilim va malakalarni hamda har bir tarixiy bosqichda ta'lim -tarbiya tizimi, ijtimoiy-pedagogik fikrlar, ta'lim-tarbiya mazmuniga ijodiy munosabatda bo'lishini o'rgatadi. Pedagogik mahorat fanining predmeti - «ta'lim to'g'risida» gi qonun va «kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablaridan kelib chiqib, o'z sohasini mukammal egallagan, bilimdon, axloqan pok, ma'nan etuk, jismonan sog'lom bo'lgan pedagoglarni tarbiyalashdir.
Xulosa qilib aytganda maktab o'quvchilarida hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish va hayotiy maqsadlarni belgilashning asosiy yo'nalishlaridan biri bu bo'lajak pedagoglarni o'quvchilarda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishdir. Demak, bo'lajak pedagoglarni o'quvchilarda avvalo o'zining mustaqil fikriga ega bo'lishi, o'z-o'zini boshqara olishi ham juda muhim sanaladi. Ularda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish uchun kasb hunarga o'rgatish, mehnatkash, sabr toqatli, qat'iyatli va tirishqoq qilib tarbiyalash o'quvchilarda hayotiy maqsadlarini belgilashda ancha qo'l keladi. Shu bilan bir qatorda mustaqil shug'ullanishlari uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalana olish qobiliyati ham rivohjlangan bo'lishi kerak. Ko'proq badiiy adabiyotlar mutolaa qilishi asosiy mezonlardan sanaladi.
REFERENCES
1. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2023, June). Language and computer in the development of communicative competence of school children. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2789, No. 1). AIP Publishing.
2. Raximovna, S. A. (2022). Development of Gender Culture. Academic Journal of Digital Economics and Stability, 16, 88-92.
3. Сайдуллаева, А. Р. (2022). НАЗНАЧЕНИЕ ТЕНДЕРНОГО ПОДХОДА В РАЗВИТИИ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ СТУДЕНТОВ. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(18), 705-711.
4. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2021). THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING BOYS FOR FAMILY RELATIONSHIPS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. (ЙШ^Ш), 48(8).