Научная статья на тему 'KASB KOMPETENTSIYASI XUSUSIDA'

KASB KOMPETENTSIYASI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KASB KOMPETENTSIYASI XUSUSIDA»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

KASB KOMPETENTSIYASI XUSUSIDA

X. K. Qarshiboyeva

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti v.b. dotsenti

M. R. Murtozaqulova

pedagogika fakulteti talabasi, O'zbekiston

Kasbim - kelajagim degan so'z bejizga aytilmagan. To'g'ri tanlangan kasb kelajakda insonga baxt va quvonch bag' ishlaydi, shu sohada fidokorlik bilan ishlashiga, yangiliklar yaratishiga sabab bo'ladi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Buyuk allomalardan biri shunday degan edi: O'zingiz uchun eng sevimli bo'lgan kasbni tanlang va siz bir umr baxtga ko'milib yashaysiz. O'z sevgan kasbi bilan shug' ullanish kishiga zavq beradi, xursandchilik, shijoat, ra g'bat va ma'naviy ozuqa beradi.

Inson biror kasb egasi bo'lishidan oldin, odatda shu kasbning insonlarga qanchalik foydasi tegishi haqida o'ylab ko'radi. Barcha kasblar bir-biridan qiziqarli va foydali, ammo shunday kasb borki, usiz boshqa kasblarni tasavvur etib bo'lmaydi. Chunki boshqa hamma kasb-hunarlar o'sha kasbning hosilasidir. Topdingiz! Albatta bu o'qituvchilik kasbi!

O'qituvchi -bu muqaddas zot. Va bu unvon egasi har qanday vaziyatda ham mehribon insondir.

O'qituvchilik - mas'uliyatli va mashaqqatli kasb, u og'ir va davomli mehnatni, sabr-toqatni talab qiladi. Insoniyat kamoloti, jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch bo'lgan ta'lim va tarbiya uchun hayotini baxsh etgan fidokor ustozlarning xizmatlari hamma zamonlarda ham hurmat qilingan va e'tirof etilgan. O'z davrining mashhur pedagogi Abdulla Avloniy "Har bir millatnig saodati davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog' liqdir", deb yozgan edi .

"Ustoz - otangdek ulug' " degan hikmatda olam olam ma'no bor. Hatto otani quyoshga qiyos etamiz, ko'klarga ko'tarib maqtaymiz. Ammo otaday ulug' deb nisbat beriluvchi inson bor, bu ustozdir! Haqiqatdan ham ota-ona seni voyaga yetkazadi, ustoz esa unib -o'sishing kamolotga erishishing, ilm-ma'rifat cho'qqilarini zabt etishingga ko'maklashadi. O'z umrini, qalb qo'rini, aql-idrokini, tajribasi va bilimini sening yo'lingga sarf etadi. Yutug' ingni ko'rib quvonadi, muvafaqqiyatsizligingdan g'am chekadi. O'qituvchi bog'bonga o'xshaydi. U tarbiyalab o'stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni barhamand

302

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

Toshkennqisodzis^^

qiladi. O'qituvchi va murabbiylar berayotgan ta'lim-tarbiyalarini insonning hayot yo'lidagi bir mash'alaga qiyos etish mumkin.

Tarixga nazar soladigan bo'lsak, hamma davrlarda ham ustozlar cheksiz hurmat va ehtiromga loyiq kasb egalari deb tan olingan. Ta'lim-tarbiya berish bo'yicha xalqimiz ulkan hayotiy tajribaga ega. Ta'lim va tarbiya asoslari buyuk mutafakkir bobolarimizning pedagogik qarashlarida o'z aksini topgan. Ayniqsa, Alisher Navoiyning bu boradagi ma'naviy merosi bebaho hisoblanadi. Alisher Navoiy(1441-1501) bolaning voyaga yetishi, kamol topishida eng muhim omil bo'lgan tarbiyaning kuchiga e'tibor qaratadi. Yozgan asarlarida ilm o'rganish inson kamoloti uchun eng zarur fazilat ekanligini ta'kidlab, insonlarni ilmli va ma'rifatli bo'lishga undaydi. Ular fan va san'atning turli sohalarida; adabiyot, til, tarix, musiqa, xattotlik, tasviriy san'at, me'morchilikni rivojlantirish va ularni o'qitishga katta e'tibor berganlar. Mudarris, ya'ni o'qituvchi haqida shunday fikr bildiradilar.

"Mudarris kerakki, g'arazi mansab bo'lmasa, bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko'rgazmasa, olg'irlik uchun gap-so'z va g'avg'o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta, pechi uzun b o'lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni unga o'rin bo'lmasa... Yaramaslikdan qo'rqsa, nopoklikdan qochsa.

O'zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo'lsa, qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo'lib qolsa, bu mudarris emasdir, yomon odamni tarqatuvchidir".

Ustozlik kasbining el-yurt oldidagi mas'uliyati va mashaqqatini ifodalab shunday deydilar: "Uning ishi odam qo'lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to'da bolaga ilm va adab o'rgatadi, ko'rkim, bunga nima yetsin.

Shunisi ham borki, u to'dada fahm-farosati ozlar ham bo'ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo'ladi. Har qanday bo'lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko'pdir. Agar shogird podshohlikka erishsa ham unga qulluq qilsa arziydi.

Haq yo'linda kim senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila."

Ha, bu ustozlik va murabbiylik kasbidir. Barcha sohalarning ustalari, mutahassislari, har bir kasb egalari ustozlar bergan bilim, ta'lim va tarbiya bilan shakllanadi. O'qituvchilar nafaqat fan o'rgatuvchi, balki ko'nikma va kasbiy bilimlar olamiga yo'l boshlovchi insonlardir. Bolalarning ertangi qadami o'qituvchilarning bugungi ta'lim va tarbiyasiga bog'liq. Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblarning poydevoridir.

Bugungi kunda men ham bo'lajak ustozman.

303

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Men yoshligimda hamshira bo'laman deb orzu qilar edim. Ammo boshlang' ich sinfda dars bergan ustozim quyosh nurlaridek beminnat va samimiy mehr berib xuddi ikkinchi onamdek qalbim to'ridan joy oldi. Ularning nurli yuzlari, mehr to'la ko'zlari, menga bildiradigan yuksak ishonchlari tufayli o'qituvchi bo'lish mening yuksak orzuimga aylandi. Orzuim meni Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti bag'riga yetaklab keldi. Bugun shu muqaddas dargohning II bosqich talabasiman. Bu kasbni tanlashimda avvalo dadamning hissasi katta. Ular meni shu ulug' kasb egasi bo'lishim uchun mehr-muhabbat va kuch-quvvatlarini ayamadilar. Doimo maslahatlari bilan qo'llab-quvvatlab turdilar.

Men o'z tanlovimdan faxrlanaman. Ishonamanki, bu kasbni tanlab xato qilmadim! Chunki o'qituvchilik kasbi, eng avvalo odamiyligi, olijanobligi bilan meni bamisoli ohangrabodek o'ziga tortadi. Negaki bolalarga bo'lgan mehr-muhabbatimning cheki yo'q.

Biz, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari avvalo o'z ustimizda tinimsiz va ko'p ishlashimiz kerak. Agar kishi o'zi tanlagan kasbini sevsa, unga sodiq bo'lsa hech qanday qiyinchiliklar ko'ziga ko'rinmaydi. Qiyinchiliklarni mardonavor yengib, hamisha oldinga intiladi.

Bugun bizga dars berayotgan institutimizning jonkuyar ustozlariga guruhimizdagi barcha talabalar nomidan minnatdorchilik bildiraman.

References / Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11 sentyabrdagi PF-158-son "0'zbekiston-2030" to'g'risida"gi Farmoni. //www.ziyonet.uz strategiyasi 2.O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabrdagi "Ilm fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi O'RQ-576sonli Qonuni. //www.ziyonet.uz.

2. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. //www.ziyonet.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ -4623sonli Qarori.// www.ziyonet.uz.

4. O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish концепцияси.// www.ziyonet.uz.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.// www.ziyonet.uz.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ilm-fan yangi taraqqiyot davrida ilm-fan va ta'lim-tarbiya sohalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari www.ziyonet.uz.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 maydagi "2022-2026 yillarda xalq ta'limi tizimini rivojlantirish to'g'risida"gi Farmoni.

304

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.