Научная статья на тему 'ENG QADIMIY VA OBRO„LI VA SHARAFLI KASB'

ENG QADIMIY VA OBRO„LI VA SHARAFLI KASB Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ENG QADIMIY VA OBRO„LI VA SHARAFLI KASB»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

ENG QADIMIY VA OBRO'LI VA SHARAFLI KASB

X. K. Qarshiboyeva

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti katta o'qituvchisi

D. Z. Karimova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasi, O'zbekiston

O'qituvchilk kasbi juda qadim zamonlardan buyon inson faoliyatining alohida turi sifatida mavjud. Chunki inson faqat ta'lim-tarbiya tufayligina hayotini davom ettira va rivojlantira oladi. Tamaddunning Ossuriya, Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy singari qadimiy o'choqlarida topilgan tarixiy madaniy obidalar bu o'lkalarda o'qituvchilik kasbi juda qadim zamonlarda shakllanganini ko'rsatadi. Bu davrlarda eng oqil, tajribali kishilar o'qituvchilik bilan shug'ullanishgan va ular boshqalarga qaraganda katta imtiyozlarga ega b o'lishgan. Yunonistonda faqat ozod kishilargina o'qituchilik qilishga haqli hisoblangan. Ular mamlakatning turli yoshlarida grammatiatlar, pedanomlar, didaskalar, pedotriblar shaklida nomlanganlar va ko'pincha o'z shaxsiy maktablariga ega bolganlar. Boy oilalarda esa, ta'lim-tarbiya ishi bilimli va savodli qullarga topshirilib, ular payda goglar("pedagog" so'zi shundan kelib chiqqan), ya'ni "bola yetaklovchilar" deb atalgan. Rim imperiyasida o'qituvchi imperator nomidan tayinlanadigan davlat amaldori hisoblangan. O'rta asrlarga kelib, g'arb mamlakatlarida o'qituvchilik bilan, asosan, cherkov xizmatchilari shug'ullanishgan. Shaharlarda dunyoviy maktablar tashkil topgach, hunarmandchilik sexlari va savdogarlar gildiyalari tomonidan taklif etilgan yollanma o'qituvchilar paydo boldi. Texnika taraqqiy etib, fkazdlar ko'payishi bilan o'qituvchilik eng ommaviy kasblardan biriga aylandi. Chunki malum darajada talim ko'rmagan odam texnika vositalaridan foydalana olmas edi. Buning uchun esa ko'plab maktab va o'qituvchi kerak bo'lar edi. 18-19-asrlarda boy oilalarda murabbiy, guvernyor singari uy o'qituvchilaridan foydalanish keng yoyildi

Sharq mamlakatlarida, jumladan, Turkiston o'lkasida ham o'qituvchi eng qadimiy va obro'li kasb hisoblangan,''ustoz'' deb ezozlangan. Shuningdek, maktablar alohida shaxslar uyida ham tashkil etilib, ular maktabdor deyilgan.

XIX asrning oxiridan marifatchilik harakati paydo bo'lishi bilan o'qituvchining saviyasiga alohida e'tibor beriladigan bo'ldi.

Sobiq Itiffoq tarkibidagi boshqa Respublikalar singari O'zbekistanda ham 1936-yil 10-apreldan SSSR MIK va XKS tomonidan shaxsiy o'qituvchi unvoni joriy

305

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

etildi. O'shandan boshlab pedagogika o'quv yurtini bitirgan va imtihonlarni topshirgan shaxsga rasmiy tarzda o'qituvchi ixtisosligi beriladigan bo'ldi.

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, o'qituvchi tayyorlashga alohida e'tibor berila boshlandi. Bu dastlab "Talim to'g'risida"gi qonun (1997-yil 29-avgustda qabul qilingan) va keyinchalik yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda o'z aksini topdi. Qonunda O'qituvchi maqomi, huquq va majburiyatlari aniq belgilab berilgan.

Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o'xshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi bo'lishida ustozning o'rni beqiyos. Payg'ambarimiz (s.a.v) o'zidagi bilim va hunarni boshqalarga o'rgatuvchi insonlar haqida: "Albatta, Alloh taolo uning farishtalari, samovot ahli, hattoki, kavakdagi chumoli, dengizdagi baliqqacha barchalari insonlarga yaxshilik o'rgatuvchi kishi haqiga salovot aytib turadilar", deb marhamat qilganlar. Ustozlar biz uchun yaratgan tomonidan beriladigan alohida ne'matdir. Aynan ular millatni ulug'likka yetaklaydilar. Barcha yo'nalishlardagi yetuk mutaxassislarni ham eng avvalo ustoz-murabbiylarimiz savodli qilganlar. Dastlabki va barcha bilimlarni ustozlardan o'rganganlar. Shunday ekan ustozlarga qancha minnatdorchilik bildirib rahmat aytsak ham ular bizga bergan dur-u gavharlarni, ya'ni bilimlarni haqqini ado etolmaymiz. Jamiyatni gullab-yashnashi yoki tanazzulga yuz tutishi, yoshlarni yetuk kadr bo'lishi va aksincha hayotda o'z o'rnini topa olmasliklari, ya'ni hayot yolidagi voqealar rivoji albatta bizga bilim beradigan murabbiylar qo'lidadir. Sababi biz hayot yo'lida yuz bergan jamiki voqealarda o'z bilimlarimizdan, dunyoqarashimizdan kelib chiqib qaror qabul qilamiz. Shunday ekan jamiyat rivojlanishi uchun jamiyatdagi pedagog kadrlarning bilimlari yuqori salohiyatda bo'lmog'i kerak. Oilaning ko'zgusi farzand desak, jamiyat ko'zgusi pedagog kadrlar desak ham menimcha adashmagan bo'lamiz. Bu fikrni yoritadigan bo'lsam savodi yo'q, bilimi yo'q, o'z fikrini aniq, qo'rqmay bayon eta olmaydigan yoshlar bilan to'lgan jamiyat hech qachon rivojlanmaydi. Bu jamiyatda hech qanday yangiliklar sodir bo'lmaydi. Shunday ekan jamiyat hayotida pedagog kadrlarning o'rni beqiyosdir .

Bugungi kunda pedagjgikadagi yangi chora-tadbirlar haqida so'z yuritadigan bo'lsak, davlatimiz pedagogika sohasiga alohida e'tibor qaratmoqda. Bularga misollar keltiradigan bo'lsak, misollar davomiyligi bir-biriga ulanib ketadi. Bunga maktab darsliklarini yangiliklanganligi, pedagog kadrlarning jamiyatdagi obro'si oshirilganligi, ularni o'z ustida ishlashlari uchun yangi shart-sharoitlar yaratilganligi, ta'lim sohasiga ajratilayotgan mablag'lar foizi oshirilganligi, yangi maktablar, ixtisoslashgan sinflar va boshqa yana bir qancha misollarni aytsak bo'ladi. Ta'lim

306

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

sohasida yangi innovatsiyalar qo'llanilmoqda. O'z ustida ishlagan pedagog kadrlar rag'batlantirilmoqda. Toifa sertifikati imtihonlari uchun tayyorgarlik ko'rishlariga amaliy yordam berilmoqda. Bundan tashqari ona tili, matematika, tarix fanlaridan milliy sertifikati bo'lgan o'qituvchilar oylik maoshlariga 50% li ustamalar qoshilishi ham tahsinga loyiq. Yana bir yangilik esa, 2022-2023-o'quv yillaridan boshlab maktab o'quvchilari kamida bitta kasbga o'qitiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni, "Xalq ta'limi rivojlantishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga muvofiq o'quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash bo'yicha yagona elektron platfo'rma yaratiladi hamda har bir 5-11-o'quvchisi uchun elekton "Ish daftari" joriy etiladi. Shuningdek, o'quvchilarning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ular kasbga yo'naltiriladi va o'qitiladi. O'quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash 2022-2023-o'quv yillidan boshlab 9-11-sinflarda, 2023-2027-o'quv yilidan esa 11-sinf o'quvchilarida tashkil etiladi. 62 ta kasb ro'yxati shakllantirildi hamda Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi bilan hamkorlikda malaka talablari, o'quv-metodik hujjatlari, o'quv rejalari, o'quv dasturlari ishlab chiqilmoqda.

Bundan tashqari maktablarda dars unumdorligini oshirish maqsadida turli xil metodlardan, usullardan, texnikalardan, ta lim dasturlaridan foydalanilmoqda. O'zbekiston respublikasi prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Talim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3931-son qaroriga mvofiq:

- respublikada texnik ijodiy, badiiy ijodiyot maktablarini tashkil etish;

- quyidagilar orqali talim tizimini rivojlantirish;

- o'quvchi-yoshlarning ijodiy ishlarini ommalashtirisj, shuningdek, bolalar maktablarining to'garak a'zolari tomonidan yaratilgan mahsulotlarni olib chiqish maqsadida "Art shop" elektron do'konlarini tashkil etish va sotuvni yolga qo'yish;

- bolalar maktablarida 2020-2021-o'quv yilidan boshlab "STEAM-ta'lim" dasturi joriy etish muhim vazifa etib belgilandi.

Yangi chora-tadbirlarning amaldagi samarasi haqida so'z yuritadigan bo'lsak mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining o'sish suratlari dunyo hamjamiyati tomonidan yuksak e'tirof etilmoqda. Bu ayni paytda ilm-fanni rivojlantirish, ta lim sohasini isloh etish, ilmiy va innovatsion faoliyatni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar samarasidir. Albatta bularga erishish uchun innovatsiyalarni amaliyotga keng tadbiq etish, professional ta limni rivojlantirish, ilmiy ishlanmalar sifatini oshirish muhim o'rin tutadi. Yana bir samarali chora-tadbirlardan boshlang'ich sinf o'quvchilarining yangi darsliklari. Ular

307

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

juda mukammal qilib yaratilgan. Darslikdagi mashg'ulotlar boshlang'ich sinf o'quvchilarini mustaqil fikrlashga o'rgatadi. Ko'proq oz fikrlarini mustaqil bayon etishga undaydi. Yangi darslikda ham milliylik ham zamonaviylik uyg' unlashgan. Shu asnoda jajji bolajonlar dunyoqarashi va fikrlash doirasi kengaymoqda. Pedagog kadrlarga yaratilgan imkoniyatlar ham albatta o'z samarasini ko'rsatmoqda. Bugungi kunda o'z ustida ishlagan, o'zi rivojlangan, yangi innovatsiyalar yaratayotgan barcha kadrlar rag'batlantirilmoqda. Albatta bundan ilhomlanib, ular marrani kattaroq olishmoqda. Buni kuzatganlar ham havas bilan o'z ustilarida ishlashmoqda. Maktablar soni ko'paygani esa o'quvchilarni bilim olish darajasi o'sishidan darak beradi. Maktablardagi ixtisoslashgan sinflar esa o'quvchilarni o'z yo'nalishida ko'proq bilim olishlari uchun juda foydali. Milliy sertifikatlar olish uchun ham pedagog kadrlar o'z ustilarida ko'proq ishlaydilar. Albatta bu juda yaxshi. Maktab o'quvchilarini kasbga oqitish ham albatta o'z samarasini ko'rsatadi. Oliy ta'limga qamrab olinmagan yoshlar bandligi taminlanadi.

"Ustoz otangdek ulug'" degan hikmatda olam-olam ma'no bor. Ota-onamiz bizni voyaga yetkazsa, ustozlarimiz ilm-ma'rifat o'choqlarini zabt etishga ko'maklashadi. Ustoz bog'bonga o'xshaydi. Ular tarbiyalab o'stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. Biz shogirdlar ustozlarimiz bergan bilimlar haqini hech qanday yo'l bilan ado etolmaymiz.

References / Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son "0'zbekiston-2030" to'g'risida"gi Farmoni. // www.ziyonet.uz.

2. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi "Ilm fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi O'RQ-576-sonli Qonuni. // www.ziyonet.uz.

2. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. //www.ziyonet.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ -4623sonli Qarori.// www.ziyonet.uz.

4. O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish концепцияси.// www.ziyonet.uz.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.// www.ziyonet.uz.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ilm-fan yangi taraqqiyot davrida ilm-fan va ta'lim-tarbiya sohalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari. // www.ziyonet.uz.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limi tizimini rivojlantirish to'g'risida"gi Farmoni.

308

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.