Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON TA’LIM MENEJMENTIDA PEDAGOGLAR MAQOMIGA O‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR'

YANGI O‘ZBEKISTON TA’LIM MENEJMENTIDA PEDAGOGLAR MAQOMIGA O‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
14
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / Menejment / ta’lim menejmenti / ta’lim sifati / ma’rifatparvarlik / jadidchilik harakati / pedagogik faoliyat / pedagogik jamoa / pedagog maqomi / pedagoglarni ijtimoiy himoya qilish / samarali boshqaruv

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qirgʻizboyev A.K.

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston milliy ta’lim-tarbiya tizimi menejmentida pedagoglar maqomiga o‘ziga xos yondoshuvlar, “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun orqali oʻqituvchi va muallimlarning pedagogik faoliyatini toʻliq himoya qilish, ularning oʻz kasbidan gʻururga toʻlib, jonajon xalqimizdan rozi boʻlib yashashining huquqiy kafolati boʻlib xizmat qilishi va ta’limni samarali boshqarishni ta’minlashga xizmat qilishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON TA’LIM MENEJMENTIDA PEDAGOGLAR MAQOMIGA O‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR»

YANGI O'ZBEKISTON TA'LIM MENEJMENTIDA PEDAGOGLAR MAQOMIGA

O'ZIGA XOS YONDOSHUVLAR Qirg'izboyev A.K.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, tarix fanlari doktori,

professor

https://doi.org/10.5281/zenodo.10802916

Annotatsiya. Mazkur maqolada Yangi O'zbekiston milliy ta'lim-tarbiya tizimi menejmentida pedagoglar maqomiga o'ziga xos yondoshuvlar, "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi qonun orqali o'qituvchi va muallimlarning pedagogik faoliyatini to'liq himoya qilish, ularning o'z kasbidan g'ururga to'lib, jonajon xalqimizdan rozi bo'lib yashashining huquqiy kafolati bo'lib xizmat qilishi va ta'limni samarali boshqarishni ta'minlashga xizmat qilishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, Menejment, ta'lim menejmenti, ta'lim sifati, ma'rifatparvarlik, jadidchilik harakati, pedagogik faoliyat, pedagogik jamoa, pedagog maqomi, pedagoglarni ijtimoiy himoya qilish, samarali boshqaruv.

Abstract. In this article, specific approaches to the status of pedagogues in the management of the national education system of New Uzbekistan, full protection of the pedagogical activities of teachers through the law "On the Status of the Pedagogue", and their pride in their profession and their satisfaction of our people, and its function as a legal guarantee and insurance of the effective management of education are discussed and highlighted.

Keywords: New Uzbekistan, management, education management, quality of education, enlightenment, revolutionary movement, pedagogical activity, pedagogical team, status of pedagogue, social protection of pedagogues, effective management.

Menejment umumiy holda u yoki bu faoliyat turini tashkil etishni va unga rahbarlik qilishni, ya'ni turli xil sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan insonlarning hatti-harakatlarini, munosabatlarini muvofiqlashtirish, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlaridan to'g'ri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni bildiradi. Menejment eng avvalo insonlarni boshqaradi, ularni o'z faoliyatiga qiziqtirish, tadbirkorlikka, mexhnatga ijodiy yondashish, o'ziga ishonish tuyg'ularini shakllantirish, sohalar bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallashiga ko'maklashish, yangilikka va ijodkorlikka chorlash, insonlarning faoliyatini boshqarish demakdir.

Ta'lim menejmenti - bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o'ziga xos pog'onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogik jamoa, ta'lim oluvchilar jamoasi. Shunga ko'ra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pog'ona - pedagogik jamoa faoliyatini boshqarish, ikkinchi pog'ona - o'quvchilar faoliyatini boshqarish. Ta'lim menejmentining asosiy maqsadi - ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ta'lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda, muassasa oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishish va raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bo'lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilarning munosabatlari va faoliyatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali boshqarishni ta'minlashdan iborat.

Demak, ta'lim tizimi boshqaruvining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, avvalo, pedagogik jamoani samarali boshqarish uchun pedagog xodimlar ishini to'g'ri tashkil tashkil etish, o'qituvchilik kasbining ahamiyati va nufuzini yuqori ko'tarish bo'yicha aniq maqsadga qaratilgan jarayonlarni izchillik bilan ro'yobga chiqarish, pedagoglarning moddiy

turmush sharoitini yaxshilash, o'qituvchilarning o'z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi hamda o'quv jarayonini zamon talablari darajasida, ilmiy asosda tashkil etishlari uchun zaruriy sharoitlarni yaratib berish bilan bir qatorda ta'lim sohasiga yosh mutaxassislar kelib qo'shilishiga imkoniyat yaratish kabi bir qator masalalar bugungi kunning dolzarb vazifalaridan bo'lib hisoblanadi.

Jamoa jamiyatning bir bo'lagi sifatida uning barcha xususiyatlarini qamrab oladi. Har bir pedagog o'z pedagogik faoliyatini turli xil sharoitlarda va jamoa tashkilotchilari bo'lgan insonlar ta'sirida amalga oshiradi. Pedagogning faoliyatiga ta'lim muassasidagi bugungi sharoit va jamiyat uchun foydali va zarur maqsadlarni amalga oshirishda shaxs rivojiga va shakllanishiga kuchli ta'sir qiladigan odamlar guruhi bo'lgan pedagogik jamoadagi ruhiy muxit o'z hukmini o'tkazadi. Foyaviy, siyosiy, iqtisodiy, axloqiy-ma'naviy va boshqa jabhalar shular jumlasidandir.

O'rta Osiyoda ham eng qadimgi davrlardanoq ustozga alohida ehtirom ko'rsatilgan. Uni otadek ulug'lash lozimligi yosh avlodga tarbiya jarayonida singdirib borilgan. Masalan, qadimgi So'g'diyonada 4 yoshdan boshlab bolalarni savdo-sotiqqa o'rgatishgan va yaxshi ustoz qo'liga topshirib, tadbirkorlik ko'nikmalariga eg bo'lishiga alohida e'tibor qaratilgan.

"Avesto"da tarbiyachilarning burch va majburiyatlariga ham qonuniy tus berilgan. Ularga chechan, uddaburon, tanbal, befarq, mas'uliyatsiz kabi tavsiflar berilib, yaxshi va yomon ustozlarga ajratilgan. Unda yaxshi ustoz yoshlarni haqiqat sari yetaklashi, ularga yo'lboshchilik qilishi, hayotni sevishga o'rgatishi lozimligi belgilagan.

Zardo'shtiylik dinining muqaddas kitobi —"Avesto"da tarbiyachi masalasiga ko'p marotaba murojaat qilinib, yomon tarbiyachilar qoralangan: "Yomon tarbiyachi o'z ta'limi bilan ilohiy so'zlarni teskari qiladi va tiriklik idrokini xarob aylaydi. Haqiqatda, u odamlarni rostlikning bebaho sarmoyasidan va Ezgu Niyatdan bahrasiz aylaydi".

Birinchi va Ikkinchi Renessans davri mutafakkirlari ham ustoz va mudarrisning obro'si, burchi va majburiyatlari haqida alohida fikrlar bayon etgan. Jumladan, Abu Nasr Forobiy: "Ustoz shogirdlariga katta zulm ham, haddan tashqari ko'ngilchanlik ham qilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zulm shogirdga nisbatan nafrat uyg'otadiyu, ustoz juda ham yumshoq bo'lsa, shogird uni mensimay qo'yadi va u berilgan bilimdan sovib ham qoladi", deydi.

Ayniqsa, XIX asr oxirida yurtimizda ma'rifatparvarlik harakatining paydo bo'lishi bilan o'qituvchining saviyasiga alohida e'tibor qaratila boshlagan. Jadidchilik harakati avj olgan paytlarda o'z davrining rivojlangan mamlakatlarida maxsus tayyorgarlikdan o'tgan, ilg'or usullarda dars beradigan yangi muallimlar faoliyat yurita boshlagan. O'qituvchilar salohiyatining oshgani milliy uyg'onishni yuzaga keltirib, o'lkada taraqqiyotning ma'lum darajada tezlashuviga olib kelgan.

Sobiq sho'rolar tuzumi va mustaqilligimizning birinchi choragida pedagoglar yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish bilan birga turli majburiy mehnatga jalb qilingani hech kimga sir emas. Chunki o'qituvchi o'z huquqini talab qila olmas, agar qarshilik ko'rsatsa, uni himoya qiladigan qonunning o'zi yo'q edi. Pedagoglarning ko'p yillar davomida majburiy mehnatdan qiynalib, dardini hech kimga ayta olmagani, qancha-qancha zulm va qiynoqlar ostida qolayotganini qalbdan his qilgan Shavkat Mirziyoyev Prezident bo'lganidan boshlab yangi O'zbekistonda pedagog maqomini yuksakka ko'tarish, uning huquq va majburiyatlarining qonuniy asoslarini yaratishni asosiy maqsadlaridan biri, deb bildi.

Ayni davrda mamlakatimiz ta'lim sohasida sezilarli ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bilim dargohlarining qiyofasi o'zgarib, moddiy-texnik bazasi yaxshilanyapti, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda, jumladan, o'qituvchilarning mashaqqatli mehnatini munosib

qadrlash va rag'batlantirish doimiy e'tiborda. Yoshlarga ta'lim va tarbiya berish tamomila yangi bosqichga ko'tarildi. Oxirgi yetti yilda maktabgacha ta'lim bo'yicha qamrov darajasi 27 foizdan 74 foizga, oliy ta'limda esa 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni 77 tadan 212 taga yetkazildi.

Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda, zamonaviy ta'lim dasturlari ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko'tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta'lim,ilm-fan va amaliyot uyg'unligini ta'minlash maqsadida Prezidentimizning 2022-yil 21-iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi hamda "Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari qabul qilindi. Hududlarda yangi pedagogika oliygohlari tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish, tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etilishi, davlat o'qituvchilarning sha'ni, qadr-qimmatini himoya qilishi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o'sishi bo'yicha g'amxo'rlik ko'rsatishi belgilab qo'yildi.

Joriy yil 1-fevral kuni Prezidentimiz "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi qonunni imzolashi chinakam ma'nodagi tarixiy voqelik bo'ldi. 21 ta moddadan iborat mazkur qonunda pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari hamda faoliyatining asosiy kafolatlari mustahkamlandi. Garchi ensiklopediya va pedagogikaga doir adabiyotlarda "pedagog" tushunchasiga tavsiflar uchrasa-da, mazkur qonunning 3-moddasida "Ta'lim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ta'lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi hamda tegishli ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan jismoniy shaxs pedagogdir" tarzida uning huquqiy ta'rifi berildi. Shu moddada mamlakatimizda dual o'qitish tizimi joriy etilayotgan ayni paytda ishlab chiqarish ta'limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o'tmasdan professional ta'lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishga haqli ekani belgilab qo'yildi.

Hujjatda ilk bor "murabbiylik" atamasiga huquqiy tus berilgan. Qonunning 4-moddasidan tushunish mumkinki, umumiy o'rta ta'lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga "murabbiy" maqomi berilgan. U bu faoliyatni samarali amalga oshirishi uchun unga tajribali pedagog ham biriktirilishi esa, har jihatdan ma'quldir. Qonunda pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish, uni kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga jalb etish, hisobotlar va boshqa ma'lumotlarni shakllantirish va taqdim etishni talab qilish, pedagogni ishga joylashtirilmagan, ta'lim bilan qamrab olinmagan va profilaktika hisobida turgan voyaga yetmaganlar hisobini yuritish hamda uning ijtimoiy moslashuviga ko'maklashish ishlariga jalb etish, pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash taqiqlab qo'yilgan.

Shuningdek, mazkur hujjatda biron-bir shaklda mehnatga majburiy tarzda jalb etishdan ozod bo'lgan pedagogning o'n to'rtta huquqi ham aniq belgilab berilgan. Ularning orasida kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoit yaratilishini talab qilish, o'z kasbiy faoliyatiga g'ayriqonuniy ravishda aralashuvdan himoyalanish, pedagogik faoliyati davomida o'ziga biriktirilgan sinfdagi (guruhdagi, kursdagi) ta'lim oluvchilar bilimini mustaqil baholash, ta'lim oluvchilar va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) tomonidan pedagogning kasbiga hurmat bilan munosabatda bo'lishni talab qilish, davlat sog'liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy

ko'rikdan bepul o'tish, ta'lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish kabi huquqlar bor.

Huquqlar bilan birga hamma vaqt majburiyatlar ham belgilanishi, tabiiy. Qonunning yana bir jozibadorligi shundaki, pedagogning majburiyatlari u ko'p duch keladigan ayrim holatlarda huquq sifatida foydalanish imkonini berishidadir. Masalan, pedagogning o'quv mashg'ulotlari davomida ta'lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish uchun zarur choralar ko'rish majburiyati o'quv dasturlari va adabiyotlardagi kamchiliklar, xatolarga nisbatan o'z fikrini bildirib, ularni isbotlab, kelgusida takrorlanmasligining oldini olish orqali ta'lim oluvchilarga ilmiy asoslangan, kamchiliklardan xoli darsliklardan foydalanishga erishish imkoniyatini beradi. Ta'lim tashkilotlarida duch kelinib, yechim topishga qiynalib qoladigan bir vaziyatga qonunda aniq yechim taqdim etilgan. Ya'ni o'quv rejasi va o'quv dasturi o'zgarganda (yangi fan kiritilganda yoki mavjud fan chiqarib tashlanganda) davlat ta'lim tashkilotlarining pedagoglarini yangi turdosh fan bo'yicha qayta tayyorlash O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag'lari hisobidan amalga oshirilishi qayd etib o'tilgan.

Ta'lim tashkilotlarida ko'pchilik rahbarlar o'qituvchilarning qat'iy jadval asosida ish vaqtida bo'lishini talab qiladi. Biroq o'qituvchilik kasbi to'liq normaga solinadigan faoliyat turi emas. O'qituvchi o'z ustida ishlashi, yangi darsga tayyorgarlik ko'rishi uchun erkinlik, ijodiy-mustaqil ishlash imkoniyati taqdim etilishi zarur. Qonunning "Pedagoglarni ijtimoiy himoya qilish" deb nomlangan moddasida ta'lim tashkilotlarining pedagoglari uchun qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi ko'rsatilgan. O'qituvchi pedagogik faoliyatining uch (tayyorgarlik, asosiy, yakuniy) bosqichdan iborat ekanini hisobga olsak, bu juda to'g'ri kiritilgan. O'qituvchining darsga tayyorgarlik ko'rishi, ya'ni pedagogik faoliyatining birinchi bosqichi juda muhim. Yangi o'tiladigan darsga o'qituvchi uyida yoki kutubxonada (mutaxassisligi bilan bog'liq boshqa tashkilotlarda ham) jiddiy tayyorlanishi kerak bo'ladi. Darsning sifati, albatta, mana shu tayyorgarlikka bog'liq. Agar o'qituvchi ertalabdan kechgacha ta'lim tashkilotida o'tirsa, uning darsga tayyorgarlik ko'rishiga vaqti qolmaydi.

Qonunda pedagoglik faoliyati bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydigan shaxslar haqida aniq normalar belgilangan. Jumladan, qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan, deb topilgan shaxslar, pedagoglik faoliyati bilan shug'ullanishga to'sqinlik qiladigan kasalligi bo'lganlar, psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turganlarning pedagogic faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi. Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog'liq lavozimlarga ishga qabul qilish qat'iyan man etilgan.

Umuman olganda, "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi qonun o'qituvchi va muallimlarning pedagogik faoliyatini to'liq himoya qilish, ularning o'z kasbidan g'ururga to'lib, jonajon xalqimizdan rozi bo'lib yashashining huquqiy kafolati bo'lib xizmat qiladi. Demak, ta'lim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr talabidir. Negaki, inson kapitali sifatini oshirmasdan turib, keyingi iqtisodiy o'sishni ta'minlash qiyin kechadi. Shu bois, zarur kuch va resurslarni ta'lim sifatini oshirishga, malakali kadrlar tayyorlashga yo'naltirish nafaqat bugun, balki ertaning ham ustuvor vazifasiga aylanmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2023 yil.

2. 2.O'zbekiston Respublikasining "Pedagogning maqomi to'g'risida" Qonuni, 01.02.2024 yil.0'RQ-901-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-290-son qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi "Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida"gi PQ-290-son qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.