Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI PEDAGOGIK KOMPETENTLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK USULLARI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI PEDAGOGIK KOMPETENTLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
897
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘qituvchi / kompetentlik / pedagogik / psixologik / bo‘lajak / ijtimoiy / zamonaviy / maktab / ta’lim / tarbiya jarayoni. / teacher / competence / pedagogical / psychological / future / social / modern / school / education / educational process

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — O. Saidova

ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik usullari va ularni o‘qituvchilarda tarkib toptirishning shart-sharoitlari keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL METHODS OF DEVELOPING THE QUALITIES OF PEDAGOGICAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS

in this article, the pedagogical-psychological methods of developing the qualities of pedagogical competence in future teachers and the conditions for their formation in teachers are mentioned.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI PEDAGOGIK KOMPETENTLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI PEDAGOGIK KOMPETENTLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK USULLARI

Saidova Ozoda Tohirovna

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7294543 Annotatsiya. ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik usullari va ularni o'qituvchilarda tarkib toptirishningshart-sharoitlari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, kompetentlik, pedagogik, psixologik, bo'lajak, ijtimoiy, zamonaviy, maktab, ta'lim, tarbiya jarayoni.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ КАЧЕСТВ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ Аннотация. в данной статье представлены педагогико-психологические методы развития качеств педагогической компетентности у будущих учителей и условия их формирования у педагогов.

Ключевые слова: учитель, компетентность, педагогическая, психологическая, будущая, социальная, современная, школа, образование, образовательный процесс.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL METHODS OF DEVELOPING THE

QUALITIES OF PEDAGOGICAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS Abstract. in this article, the pedagogical-psychological methods of developing the qualities of pedagogical competence in future teachers and the conditions for their formation in teachers are mentioned.

Key words: teacher, competence, pedagogical, psychological, future, social, modern, school, education, educational process

KIRISH

Hozirgi zamon jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ro'y berayotgan katta o'zgarishlar kasbiy faoliyatning mazmuni va xarakterini sifat jihatdan qayta o'zgartirishni, bo'lajak o'qituvchilarning ijtimoiy kasbiy safarbarligi darajasini, raqobatbardoshligini belgilovchi sifatlarlarni talab etmoqda. Dunyoda qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora ortib, inson qalbi va ongini egallash, avvalambor, yoshlarning ma'naviy olamini izdan chiqarish, ularni o'z qarindoshlariga qarama-qarshi qo'yishga qaratilgan, el-yurtiga qarshi qo'yishga qaratilgan tahdid va xurujlar kuchayib borayotgan bir paytda bugungi kun avlodining siyosiy faolligini oshirish, uning hayotda o'z o'rnini egallash, ta'lim-tarbiya maskanlarida yetuk inson bo'lib yetishish masalalari dolzarb bo'lib hisoblanadi.

METOD VA METODOLOGIYA

O'qituvchi pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo'nalishlari bo'yicha maxsus ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi va ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatuvchi shaxsdir. Ushbu nuqtai nazardan quyidagi burch va mas'uliyatlar ulardan talab qilinadi:

1. O'qituvchi eng avvalo mas'uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma'rifat targ'ibotchisidir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2. O'qituvchi tabiatan ta'lim oluvchilarni seva olishi, o'z mehrini, his-tuyg'ularini har lahzada ta'lim oluvchilar ichki dunyosi bilan bog'lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo'lishi kerak.

3. O'qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib, bu borada ta'lim oluvchilarga to'g'ri, asosli ma'lumotlarni doimiy bera olishi lozim.

4. Zamonaviy o'qituvchining ilm-fan, texnika va axborot texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo'lib borishi talab etiladi.

5. O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur va puxta bilimga ega bo'lishi, barcha fanlar integratsiyasini o'zlashtirib borishi, bunda o'z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi lozim.

6. O'qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta'lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.

7. O'qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta'lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lmog'i lozim.

Hozirgi sharoitda jamiyatning o'qituvchilik kasbiga va uning kompetentlik xususiyatlariga nisbatan qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to'g'ri tashkil qilish vazifasi o'qituvchiga bog'liq. Zamonaviy maktab o'qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O'qituvchi avvalo sinfdagi o'quv jarayonining tashkilotchisidir. Jamiyatning o'qituvchi oldiga qo'yadigan asosiy talablari quyidagilar:

S shaxsni ma'naviy va ma'rifiy jihatdan tarbiyalashda milliy uyg'onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustaqillik g'oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o'z Vataniga, tabiatga va oilasiga bo'lgan muxabbati;

S kasbiy bilimlarni puxta bilish bilan birga, turli bilimlardan xabardor bo'lishi;

S pedagogika, psixologiya, yoshlar fiziologiyasi, maktab gigiyenasidan o'z kasbiga doir bilimlarga mukammal bilishi;

S o'z kasbi bo'yicha jahon fanida erishilayotgan so'nggi yutuqlar, kompyuter va axborot texnologiyalari yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lib borishi;

S ta'lim-tarbiya metodikasidan ko'nikma va malakalarini oshirib borishi;

S o'z kasbiga ijodiy yondashishi;

S pedagogik texnika (mantiq, nutq ta'limining ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo'lishi;

S o'z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. TADQIQOT NATIJASI

Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedagogik mahoratning asosiy qonuniyati oz mehnat sarf qilib, ulkan natijalarga erishishda ijodkorlik uning hamisha hamrohi bo'ladi. Pedagogik va uning kompetentligiga faoliyatga qiziqqan, qobiliyatli, iste'dodli kishidagina pedagogik mahorat hislatlari shakllanib boradi. Pedagogik faoliyat o'z mohiyatiga ko'ra ijodiy xarakterga ega. O'qituvchi o'quvchi shaxsini shakllantiradi, kutilmagan vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qiladi, pedagogik muammolarni yechadi, o'quv jarayonini mustaqil boshqaradi.

Yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmuni, uslubiy talablariga ko'ra fan, texnika va texnologiya yutuqlaridan unumli foydalanish bugungi ta'lim tizimi oldida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ta'limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta'lim markazida bo'lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta'minlash uchun ta'lim muassasalariga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan va o'z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol strategiyalarni biladigan, ulardan o'quv va tarbiyaviy mashg'ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan mutaxassis o'qituvchilar kerak.

Bu esa o'z navbatida o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishning samarali shakllari sifatida ma'ruza (muammoli ma'ruza, ma'ruza-seminar, virtual-texnologik ma'ruza, vizual ma'ruza, binar ma'ruza, kirish ma'ruzasi, ma'ruza-konferensiya, axborotli ma'ruza, ma'ruza bahs-munozara, sharhlovchi ma'ruza, online ma'ruza) trening, videotrening, vebinarlar, internet konferensiyalar, innovatsion o'qitish metodlari sifatida esa muammoli metodlar, interfaol metodlar, amaliy o'yinlar, o'quv loyihalari, portfoliolar, grafik organayzerlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zaruratini yuzaga chiqaradi.

Oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayoniga innovatsiyalarni tatbiq etishdagi yana bir muhim komponent - o'qituvchi, uning kasbiy kompetentligi va innovatsion faolligi hisoblanadi. Ta'limda faqat qiziqishga tayanib qolish ham motivatsiyaning asosli samarasi bo'la olmaydi. Bunda eng muhim samarali usul motivatsion-muammoli vaziyatlarni quyish yoki o'rganilayotgan predmetning ijtimoiy mohiyatini aks ettiradigan maxsus bilishga oid vazifalarning qo'yilishidir.

Quyidagilar mutaxassisning pedagogik tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta'minlaydigan asosiy talablar hisoblanadi:

1.Dars berish mahorati.

2.Tarbiyalash mahorati

3.O'quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta'minlaydigan shaxsiy sifatlari; 4.Ta'lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati Dars berish mahorati:

S Kasbiy layoqat va eruditsiya;

S Psixologik-pedagogik tayyorgarlik;

S Ta'lim oluvchilarni mustaqil fikrlash va yangi bilimlar olishga o'rgatish mahorati;

S O'quv adabiyotlari shakllari va turlarini bilish;

S Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallanganlik, internetning global tarmog'i

bilan ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalar;

S Pedagog kadrlar malakasini oshirishning asosiy shakllarini bilish;

S Ilmiy-pedagogik ijodiyot metodologiyasini bilish;

S Pedagogika fani va sohasini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini bilish;

S Fanlararo aloqalardan foydalanish mahorati;

S Ritorika va notiqlik san'ati asoslarini bilish;

MUHOKAMA

Tarbiyalash mahorati-o'qitish va tarbiyalash jarayonining bog'liqligi, uyg'un rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma'naviy saviyasi qaror toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga. Uning vatanparvarlik, obro' va burchni his etishga, keng gumanitar va gumanistik tayyorligiga, shuningdek o'quvchilar o'rtasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning amaliy ko'nikmalariga asoslanadi. Pedagogning o'quv-tarbiyaviy jarayondagi gumanitar omilni belgilaydigan shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta'lim oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. SHaxsiy sifatlar o'qitish va tarbiyalash mahoratiga ta'sir ko'rsatadi.

Ta'lim oluvchilarning bilimlarini ularning kasbiy kompetentligini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati-psixologik pedagogik jihatdan o'qitish va tarbiyalash mahorati bilan uzviy bog'liqdir. Pedagog ta'lim oluvchilarning bilimlari va mahoratlarini xolisona baholash prinsiplari, metodlari va mexanizmlarini bilishi, standartlashtirilgan testlarni ishlab chiqish, ta'lim oluvchilarning o'zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini samarali qo'llash mahoratiga ega bo'lishi kerak.

O'qituvchining vazifalarini biz quyidagi jadvalga joylashtirdik:

1 Moderator ta'lim mazmunini yaratuvchi, modullarini ishlab chiquvchi.

2 Trener o'quvchilarning ko'nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar o'tkazuvchi maxsus tayyorgarlikdan o'tgan mutaxassis.

3 Tyutor masofadan o'qitishda ish turlarining yaratuvchisi va bajarilishini ta'minlovchi.

4 Menejer ustoz, boshqaruvchi, o'rgatuvchi (yakkavaguruhlitartibda).

5 Lektor nazariyma'lumotlarbilantanishtiruvchi

6 Ekspert kuzatish, tahlil, tekshirish, xulosa, tavsiya, taklif, mulohaza bildirish.

7 Innovator yangiliklarn ita'lim mazmuni va mashg'ulotlar jarayoniga joriy qiluvchi.

8 Assistent mashg'ulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qo'llashga tayyorlash, mashg'ulot ishtirokchilariga yordam ko'rsatib turish.

9 Texnolog pedagogik texnologiya mutaxassisi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta'minlash bilan bog'liq masalalarni hal etib boradi.

10 Fasilitator inglizcha so'zdan olingan bo'lib, —yordam beruvchi, —engillashtiruvchi degan ma'noni anglatadi. Ta'lim-tarbiya maqsadiga erishishni osonlashtirish uchun o'quvchilarning samarali hamkorligini shakllantiradi

11 Menejer o'quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini o'rganish natijasida ta'lim-tarbiya jarayoni strategiyasini ishlab chiqadi va jarayonni boshqaradi.

12 Ekspert aniq mavzu, masala bo'yicha hakamlik qiladi. BKM darajasini belgilashda yordam beradi.

XULOSA

Biz yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'qituvchilik kasbini tanlagan har bir pedagog o'ziga shu kasbni sevishi yoki sevmasligi to'g'risida savol beradi. Zero masalaning yana bir muhim tomoni borki, bu bo'lajak o'qituvchi pedagogik qobiliyatga egami yoki yo'qmi degan muammo paydo bo'ladi. Vaholanki har bir kasb, qobiliyat orqali egallanadi va mukammal o'rganiladi.

REFERENCES

1. Kuznetsova N.P. — O'qituvchining kasbiy kompetensiyasi DTSlari talabalarini amalga oshirish sharti sifatida. M. 2003.

2. Хуторской А.В. Компетентностный подход в обучении. Научно-методическое пособие. -М., Издательство «Эйдос», 2013. -73 стр.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. Ismailovich S. A. Socio-Psychological Problems of Educating an Independent-Minded, Creative Person in the Educational Process //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 4-7.

4. Саидов А., Джураев Р. Баркамол авлодни тарбиялаш-соглом турмуш тарзини шакллантиришда спортнинг урни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. -С. 203-208.

5. Саидов А. pedagogic mahorat: ёшлар уртасида соглом турмуштарзини шакллантириш устувор вазифа сифатида //центр научных публикаций (buxdu. uz). -2020. - Т. 2. - №. 2.

6. SharifjonTo'lqino'g A. et al. TA'LIM-TARBIYA TIZIMI VA O'QITUVCHILAR FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI //MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. - 2022. - Т. 1. - №. 11. - С. 57-60.

7. Саидов А. СОГЛОМ ВА БАРКАМОЛ ШАХСНИ ТАРБИЯЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК МАСАЛАЛАРИ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2021. - Т. 1. - №. Specialissue. - С. 262-266.

8. Саидов А., Джураев Р. Воспитание гармоничного поколения-роль спорта в формировании здорового образа жизни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. -№. 2. - С. 203-208.

9. Saidov A. Historical roots of formation of healthy lifestyle culture psychology in the family //International Journal of Pharmaceutical Research. - 2020. - Т. 12. - №. 4. - С. 628-630.

10. Ismailovich A. S. PROBLEMS OF IMPROVING PSYCHOLOGY OF HEALTHY LIFESTYLE OF UZBEK FAMILY //Scientific reports of Bukhara State University. -2020. - Т. 4. - №. 1. - С. 313-318.

11. Ismoilovich S. A. SOCIO-PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF THE FORMATION OF THE PSYCHOLOGY OF A HEALTHY LIFESTYLE OF FAMILIES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.