Научная статья на тему '“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI'

“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
49848
2543
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi / “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun / “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonun / Professional ta’lim / Boshlang‘ich professional ta’lim / O‘rta professional ta’lim / O‘rta maxsus professional ta’lim / Imtiyozli kontingent uchun qo‘shimcha qabul parametrlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Normurodova Aqida Yigitali Qizi

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yangi “Ta`lim to`g`risida”gi qonunga imzo qo`yildi. Bu albatta biz yoshlar uchun muhim qadam hisoblanadi. Men shuni aytishim kerakki, ta`lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish kerak, chunki ta`lim tizimi samarali olib borilsa mamlakat rivojlanadi. Mana shu kundan boshlab Yaponiya, Koreya, Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda ta`lim tizimi va samarali o`qitish tubdan o`zgardi. Ta`lim mamlakat kelajagining hayotmamotidir. Har bir davlat aynan kuchli ta`lim tizimini yaratish va uni muntazam takomillashtirib borish haqida bosh qotiradi. O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonuni 1997-yil qabul qilingan bo`lib, bugungi zamon shiddatlariga, umuman yangilanish, rivojlanishlarga javob bermay qolgan edi. O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni 11 bob, 75 ta moddadan iborat bo`lib, amaldagi qonunning 34 ta moddasidan 33 tasiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritilgan. Qonunning asosiy maqsadi, ta`lim sohasidagi faoliyati, jumladan ta`limning turlari, shakllari, tizimni boshqarish, sifatni nazorat qilish, ta`lim-tarbiya ishtirokchilarining samarali hamkorlik qilish mexanizmlarini ta`minlashdan iboratdir. Qonunning asosiy jihatlaridan yana biri shuki, mamlakatimizda ta`limni tashkil etishda alohida etibor qaratib kelinayotgan ta`lim va tarbiyaga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi, shu paytgacha asosiy prinsip sifatida belgilanmagan edi. Endilikda ushbu prinsip qonun bilan belgilandi. Davlat ta’lim sohasini, ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiyiqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“TA’LIM TO‘G‘RISIDA”GI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

"TA'LIM TO'G'RISIDA"GI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI

(O'RQ-637, 23.09.2020) Normurodova Aqida Yigitali qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti "Aniq va tabiiy fanlar" fakulteti "Matematika va fizika" kafedrasi 3-kurs talaba https://doi. org/10.5281/zenodo.7361616

Annotatsiya. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yangi "Talim togrisida"gi qonunga imzo qoyildi. Bu albatta biz yoshlar uchun muhim qadam hisoblanadi. Men shuni aytishim kerakki, ta lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish kerak, chunki ta lim tizimi samarali olib borilsa mamlakat rivojlanadi. Mana shu kundan boshlab Yaponiya, Koreya, Singapur, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda ta lim tizimi va samarali o'qitish tubdan o"zgardi. Ta lim mamlakat kelajagining hayot-mamotidir. Har bir davlat aynan kuchli ta lim tizimini yaratish va uni muntazam takomillashtirib borish haqida bosh qotiradi. Ozbekiston Respublikasining amaldagi qonuni 1997-yil qabul qilingan bolib, bugungi zamon shiddatlariga, umuman yangilanish, rivojlanishlarga javob bermay qolgan edi.

Ozbekiston Respublikasi "Ta lim togrisida"gi Qonuni 11 bob, 75 ta moddadan iborat bo lib, amaldagi qonunning 34 ta moddasidan 33 tasiga o'zgartirishlar va qo 'shimchalar kiritilgan. Qonunning asosiy maqsadi, ta lim sohasidagi faoliyati, jumladan ta limning turlari, shakllari, tizimni boshqarish, sifatni nazorat qilish, talim-tarbiya ishtirokchilarining samarali hamkorlik qilish mexanizmlarini ta'minlashdan iboratdir. Qonunning asosiy jihatlaridan yana biri shuki, mamlakatimizda ta limni tashkil etishda alohida etibor qaratib kelinayotgan ta lim va tarbiyaga, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilishi, shu paytgacha asosiy prinsip sifatida belgilanmagan edi. Endilikda ushbu prinsip qonun bilan belgilandi.

Davlat ta'lim sohasini, ta'lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga, shuningdek investorlarning, shu jumladan chet ellik investorlarning ushbu sohadagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratilishini ta'minlaydi.

Kalit so^zlar: Oliy Majlis Qonunchilikpalatasi, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi Qonun, Professional ta'lim, Boshlang'ich professional ta'lim, O'rta professional ta'lim, O'rta maxsus professional ta'lim, Imtiyozli kontingent uchun qo'shimcha qabulparametrlari.

Kirish.Qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ta'lim tizimidagi ijobiy o'zgarishlar, o'z navbatida, sohaning huquqiy asoslari takomillashtirilishini talab etadi. Amaldagi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun esa bundan 22 yil avval qabul qilingan. Qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining mas'ul qo'mitalari hamda ishchi guruhlari tomonidan bir necha bor muhokamalar o'tkazildi. Natijada yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan. Senat tomonidan shu yili 7-avgust kuni maqullandi.

Asosiy qism.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-sentabr kuni mazkur Qonunni imzolashi bilan, amalda bo'lgan 1997-yil 29-avgustdagi "Ta'lim

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

to'g'risida"gi hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida"gi Qonunlar o'z kuchini yo'qotdi.

Ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, har kimga ta'lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.

Ta'lim turlari quyidagilardan iborat:

• maktabgacha ta'lim va tarbiya;

• umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim;

• professional ta'lim;

• oliy ta'lim;

• oliy ta'limdan keyingi ta'lim;

• kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

• maktabdan tashqari ta'lim.

Maktabgacha ta'lim va tarbiya bolalarni o'qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan ta'lim turidir.

Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim umumta'lim o'quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko'nikmalarni o'zlashtirishga qaratilgan.

Umumiy o'rta ta'lim I-XI sinflarni o'z ichiga oladi.

O'rta maxsus ta'lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o'rta ta'lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi va ta'lim oluvchilarning intellectual qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek chuqur, tabaqalashtirilgan, kasb-hunarga va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim olishni ta'minlaydi.

Professional ta'lim boshlang'ich professional ta'lim, o'rta professional ta'lim va o'rta maxsus professional ta'lim darajalariga ajratiladi.

Boshlang'ich professional ta'lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha umumta'lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi.

O'rta professional ta'lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to'lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo'lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'lim hamda boshlang'ich professional ta'lim negizida amalga oshiriladi.

O'rta maxsus professional ta'lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to'lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo'lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha amalga oshiriladi.

Oliy ta'lim bakalavriat ta'limy o'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashini ta'minlaydi.Oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta'lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi.

Oliy ta'lim ikki bosqichga-bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.

Bakalavriat oliy ta'lim yo'nalishlaridan biri bo'yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko'nikmalar beradigan, o'qish davomiyligi kamida 3 yil bo'lgan tayanch oliy ta'limdir.

Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo'yicha o'qish davomiyligi kamida 1 yil bo'lgan oliy ta'limdir.

Oliy ta'limdan keyingi ta'limni oliy ta'lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.

Oliy ta'limdan keyingi ta'lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o'rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta'minlaydi.

Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo'lgan yo'nalishlari bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo'shimcha kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta'minlaydi.

Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta'minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.

Ta'lim olish shakllari.

Ta'lim olish shakllari quyidagilardan iborat:

• ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olish (kunduzgi);

• ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);

• dual ta'lim;

• oilada ta'lim olish va mustaqil ta'lim olish;

• katta yoshdagilarni o'qitish va ularga ta'lim berish;

• inklyuziv ta'lim;

• eksternat tartibidagi ta'lim;

• mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.

Qonunga ko'ra, davlat oliy ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari va

ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.

Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshiriladi.

Nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi.

Ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, ularga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin.

Ta'lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya (nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to'g'risidagi sertifikat, o'quv dasturi hamda ta'lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, ta'lim oluvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart.

Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar o'qishga o'z ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligiga va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.

Ayrim ta'lim tashkilotlariga (oliy ta'lim muassasalariga, akademik litseylarga, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va boshqalarga) o'qishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.

Davlat oliy ta'lim va professional ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish davlat granti va (yoki) to'lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Chet ellik fuqarolarni O'zbekiston Respublikasining davlat ta'lim muassasalariga qabul qilish to'lov-shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Davlat ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Nodavlat ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilish tartibi ushbu ta'lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.

Oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida o'qishga qabul qilish parametrlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish chog'ida imtiyozli kontingent uchun qo'shimcha qabul parametrlari belgilanadi.

Pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqi.

Tegishli ma'lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo'lgan va ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o'z mutaxassisligi bo'yicha pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega.

Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari.

Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo'llab-quvvatlanadi, o'z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro'sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o'z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.

Ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlarning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro' si davlat himoyasi ostida bo'ladi.

Xulosa. Men bu mavzuda maqola yozishimdan maqsad biz yoshlarga ta'lim to'g'risida qanchadan-qancha yangiliklar, shart-sharoitlar, samarali o'qitish usullari, zamonaviy darsliklar va eng asosiysi biz uchun yaratilayotgan imtiyozlardan oqilona foydalanishimiz kerak. Chunki shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda biz yoshlarning innovatsion g'oyalarimiz, zamon talabiga mos bilimlarimiz, Ta'lim tizimi takomillashgan mamlakat yoshlari yaratayotgan qulayliklarni yaratish o'zbekiston yoshlarini ham muhim maqsadlaridan biri desam mubolag'a bo'lmayman. Mamlakatimiz yuksalishi, rivojlangan davlatlar qatorida bo'lishi, Buyuk bobolarimiz avlodiga munosib bo'lishimiz bugungi ta'lim tizimiga, olayotgan bilimlarimizni mustahkamlab borishimiz va uni amaliyotda qo'llay bilishimiz biz uchun muhim. Marhum birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov-"Farzandlarimiz bizdan ko'ra bilimli, kuchli, aqlli, dono va albatta baxtli bo'lishlari shart" degan so'zlari biz yoshlarga ertangi kunimiz uchun yanada kuch, umid va eng asosiysi marrani katta olishimizga poydevor bo'ladi. Kuni kelib men ham davlatimiz ravnaqiga hissa qo'shadigan, ta'lim islohatlariga yangiliklar kiritib, yoshlarni mukammal bilim olishlariga, yurtimizga munosib olimu-olimalar bo'lishlari uchun samarali yordam beradigan, ajdodlarim avlodiga munosib farzand va o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishga va'da beraman.

REFERENCES

1. https://lex.uz/docs/-5013007

2. Karimov I.A Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.:'Sharq",1998.

3. Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya.-M.:"Logos",2002.

4. Pedagogika. Munavvar tahriri ostida,-T:"O'qituvchi",1996.

5. G'ulomov S.S. Ta'lim tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdagi strategic va ustuvor yo'nalishlari.-T.:2003.

6. @huquqiyaxborot

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.