Научная статья на тему 'SIFATLI TA’LIMNING HAYOTIMIZDA TUTGAN O’RNI'

SIFATLI TA’LIMNING HAYOTIMIZDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
715
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA’LIM / TA’LIM VA TARBIYANING HAYOTIMIZDA TUTGAN O’RNI / SIFATLI TA’LIM / OILA / O’RTA TA’LIM / OLIY TA’LIM / TA’LIMGA BERILAYOTGAN IMTIYOZLAR

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sharipov A.S.

Har bir ishning tub-tubida ilm, tajriba yotadi. Kishi dunyoga kelibdiki, u hayoti mobaynida faqat va faqat ilmu-hunar o’rganadi. Shu davr mobaynida inson ta’lim olish jarayonini boshdan kechiradi.Dastlabki ta’limni albatta jamiyatning ustuni bo’lmish oilada oladi, vaqt o’tishi bilan bog’chaga, maktabga,oliy ta’limga va shu ketma-ketlikda davom ettiraveradi.Ushbu maqolada ta’limning hayotimizda tutgan o’rni qay darajada ekanligi, bugungi kunda ham yurtboshimiz tomonlaridan yilning shu triqa nomlanganligi, talim jarayonlari davomida o’qituvchi va murabbiylar tomonidan berilayotgan sifatli ta’lim jarayonlari, davlatning ta’lim sifatiga qay darajada e’tibor berayotganligi keng qamrovli tarzda yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF QUALITY EDUCATION IN OUR LIFE

At the bottom of every work lies knowledge and experience. A person comes into the world, and during his life he learns only science and craft. During this period, a person experiences the process of education. He receives the initial education in the family, which is the pillar of the society, over time, he continues to kindergarten, school, higher education and so on. In this article What is the role of education in our lives, how is the name of the year chosen by our president, the quality of education provided by teachers and coaches during the education process, and how much the state pays attention to the quality of education. is covered comprehensively.

Текст научной работы на тему «SIFATLI TA’LIMNING HAYOTIMIZDA TUTGAN O’RNI»

Sharipov A.S.

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Yuridik fakultet 1-bosqich talabasi

SIFATLI TA'LIMNING HAYOTIMIZDA TUTGAN O'RNI

Annotatsiya. Har bir ishning tub-tubida ilm, tajriba yotadi. Kishi dunyoga kelibdiki, u hayoti mobaynida faqat va faqat ilmu-hunar o'rganadi. Shu davr mobaynida inson ta'lim olish jarayonini boshdan kechiradi.Dastlabki ta'limni albatta jamiyatning ustuni bo'lmish oilada oladi, vaqt o'tishi bilan bog'chaga, maktabga,oliy ta'limga va shu ketma-ketlikda davom ettiraveradi.Ushbu maqolada ta'limning hayotimizda tutgan o'rni qay darajada ekanligi, bugungi kunda ham yurtboshimiz tomonlaridan yilning shu triqa nomlanganligi, talim jarayonlari davomida o'qituvchi va murabbiylar tomonidan berilayotgan sifatli ta'lim jarayonlari, davlatning ta'lim sifatiga qay darajada e 'tibor berayotganligi keng qamrovli tarzda yoritib berilgan.

Kalitso'zlar: Ta'lim, ta'lim va tarbiyaninghayotimizda tutgan o 'rni, sifatli ta'lim, oila, o'rta ta'lim, oliy ta'lim, ta'limga berilayotgan imtiyozlar.

Sharipov A.S. 1st year student Faculty of Law

Samarkand State University named after Sharof Rashidov THE ROLE OF QUALITY EDUCATION IN OUR LIFE

Abstaract. At the bottom of every work lies knowledge and experience. A person comes into the world, and during his life he learns only science and craft. During this period, a person experiences the process of education. He receives the initial education in the family, which is the pillar of the society, over time, he continues to kindergarten, school, higher education and so on. In this article What is the role of education in our lives, how is the name of the year chosen by our president, the quality of education provided by teachers and coaches during the education process, and how much the state pays attention to the quality of education. is covered comprehensively.

Key words: the role of education, education and training in our lives, quality education, family, secondary education, higher education, educational privileges.

Yangi O'zbekistonni azmu shijoatli yoshlarimiz bilan birgalikda barpo

etamiz.

Sh.M. Mirziyoyev

Avvalombor juda ham ko'pchiligimizni maktab nega kerak yoki bo'lmasa insonga o'qiotuvchi nega kerak kabi ba'zi bir savollar hayotimizda juda ham ko'plab uchrab turadi. Ba'zi bir kishilar esa, ta'limni hayotning o'zi bersa, bizga ortiqcha yugura-yugur ne kerak deya ta'kidlashadi. Har bir inson bu yorug' olamga kelibdiki, tug'ilganidan toki vafot etgunga qadar ilmu- hunar o'rganadi. Inson zoti tug'ilibdiki, dastlabki ta'lim tarbiyani jamiyatning asosiy bo'g'ini bo'lmish oilada ota-onasi orqali oladi. Oz muncha vaqt o'tgach esa ota-onalar o'z farzandlarini boshlang'ich ta'limning dastlabki ko'nikmalarini beruvchi dargoh maktabgacha ta'lim muassasalariga joylashtirishadi. U yerda inson o'zi uchun bilimlarining dastlabki ko'nikmalarini ola boshlaydi. Ya'ni qanday, yozish, chizish, hisoblash, o'qish va shu kabi mashg'ulotlarni. Bola maktab yoshiga yetgach o'rta ta'limga kirib kela boshlaydi. Ko'pchilikda kuzatiladigan bir holat maktabga ilk bor borgandan so'ng boshqa bir olamga tushib qolganday bo'lib qoladi. Chunki u yerda barcha ishlar o'zining vaqti soati bilan kechadi. O'n bir yillik ta'limni tugatgach har kim o'z yo'lini tanlaydi kimdir yigitlar ba'zilari harbiy xizmatga, ba'zilari esa oliy ta'limga yo'l oladilar.Oliy ta'lim erta bir kun kim bo'lib chiqishimizni belgilab beradi.Ta'lim tarbiya bo'yicha Muhammad ibn Muhammad al-Jomiyning,, Sening moling qanchalik ko'p bo'lsa, ularni farzandlaringning ilm va hunar olishiga sarfla, chunki molu davlatga ishonib bo'lmaydi, hunar esa hech qachon o'lmaydi'' degan hikmatlari har birimizni bilim olishga bo'lgan muhabbatimizni oshiradi.

Maktabgacha ta'lim muassasalari (MTM) - Bolaning tarbiya jarayonidagi ta'limsohasida ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblanib, unda bolalar maktabgacha bo'lgan davr mobaynida dastlabki ko'nikmalarini shakllantirib boradi. Bolaning qay darajada shakllanishi ushbu maskandagi ishchi- xodimlarning xatti-harakatlariga ham bog'liq hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim muassasalari maktab yoshigacha bo'lgan bolalarning savodini chiqarish, ularda Vatanni sevish, u bilan g'ururlanish hissini uyg'otish, dunyoqarashini kengaytirish kabi vazifalarni bajaradi. Har birimizga ma'lumki, maktabgacha ta'lim muassasasidagi tarbiyachi orqali bola hayotga qarashini belgilaydi. Tarbiyachilarning bergan bilim va ko'nikma'ari orqali maktab hayotiga tayyor bo'lib boraveradi. Bugungi kunga kelib yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida maktabgacha ta'lim muassasalariga bo'lgan e'tibor darajasi kuchaymoqda. Ushbu sohaga bo'lgan e'tibor 16.12.2019. yilgi,, Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida''gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni orqali kafolatlanadi. Bugungi kunda sohadagi istiqbollarning samarasini bugungi kundagi o'zgarishlar orqali ham ko'rishimiz mumkin. Hududlarda oilaviy maktabgacha ta'lim muassasalarining tashkil etilayotganligi yurtimizda xususiy ta'limning rivojlanishida imkoniyat yaratmoqda. Bu esa yurtimizning rivojlanishida yana bir bosqich hisoblanadi. Darvoqe, bugungi kundagi maktabgacha ta'lim muassasalarida berilayotgan ta'lim jarayonlari, o'quv mashgulotlari, chet tillarini yangicha usullarda o'rgatayotganligi xalqimini juda ham mamnun etmoqda. Bu kabi ishlarni tashkil etish faoliyatini yo'lga qo'yish

kabi masalalar 2019-yil 10- maydagi,, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizmini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida'' gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori orqali yo'lga qo'yildi. Yangi O'zbekiston konstitutsiyasining 50-moddasi 3-va 5- xatboshisida,, Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi'' hamda,, Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidadir'' kabi nomalar bilan mujassamlashtirilgan. Bu kabi ishlardan ko'zlangan birdan-bir maqsad xalqimizni rozi qilish, farzandlarni kamolga yetkazishda maktabgacha ta'limning o'rnini belgilab berishdan iborat.

Ta'lim jarayonlarining o'rta bosqichi (maktab, texnikum, kasb -hunarga yo'naltirilgan maktablar) - Ushbu davrda bolalar kelgusi hayot uchun dastlabki ko'nikmalarni ola boshlaydi.Bugungi kundagi maktablar avvalgi davrga qaraganda juda ham rivojlandi avval to'qqiz yillik maktab ta'limi hamda 3 yillik o'rta-maxsus ta'lim bo'lgan bo'lsa, endilikda 11 yillik umumiy o'rta ta'lim bosqichi joriy etildi. Maktablarda tashkil etilayotgan dars jarayonlari, bevosita ushbu ta'lim muassasalarining o'zida yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirilayotganligi quvonarli albatta. Maktablarda o'qitilayotgan chet tillari o'quvchilarni jahon standartlariga mos ravishda tarbiyalanayotganliklarini ko'rsatib bermoqda. Ta'lim olish barchamizning ham huquqimiz va albatta shu bilan birgalikda burchimiz ham hisoblanadi. Bu kabi normalarning barchasi Yangi O'zbekiston konstitutsiyasida o'z aksini topdi.Yangi Konstitutsiyamizning 50-moddasida,, Har kim ta'lim olish huquqiga ega. Davlat uzliksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi. Davlat bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim majburiydir. Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim etiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inkluziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi'' shu kabi noramalar bilan mustahkamlandi.Shu bilan birgalikda maktablarda faoliyat olib borayotgan o'qituvchi va murabbiylarning ham huquqlarini yangi konstitutsiyamiz orqali mustahkamlanganligi ko'rishimiz mimkin. Yangi konstitutsiyamizning 52-moddasiga muvofiq,, O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi. Davlat o'qituvchilarning sha'ni va qadr -qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy faravonligini, kasbiy jihatdan o'sishi to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.

Darhaqiqat bugungi kunda maktab ta'limiga bo'lan e'tiboer darajasi juda ham kuchaymoqda. O'quvchi yoshlarning malakali bilim olishi hamda shu bilan birgalikda ularni hayoti mobaynida yaxshi bir kasb-hunarni egallashlari uchun shart-sharoitlar bilan ta'minlanmoqda. Bu borada yoshlar o'zlari qiziqqan kasb hunarni egallashlari uchun qizlarimizga tikuvchilik, qandolatchilik, gilamdo'zlik, ayollar sartaroshi kabi kasblar, yigitlarimizga esa erkaklar sartaroshligi, duradgorlik, ustachilik, yog'och o'ymakorligi va boshqa turdagi hunarlar ushbu

sohalarning yetuk mutaxassislari tomonidan o'rgatilib kelinmoqda. Hozirgi kunga kelib ota onalarga qulaylik yaratish maqsadida maktablarda kundalik.com electron platformasi tashkil etilgan bo'lib, undan ota-onalar farzandlarini to'g'ridan-to'g'ri onlayn tarzda nazoratga olib turishlari mumkin bo'ladi. Bugungi kun maktablarining infratuzilmasi juda ham chiroy ochib bormoqda. Yangidan yangi maktablar qurilmoqda, eskilari esa rekanstruksiya qilinmoqda. Bu kabi ishlardan ko'zlangan maqsad yoshlarni ilmli, bilimli qilib tarbiyalash, ertangi kunga yetuk inson sifatida yetkazib berishdan iboratdir. Ta'limga berilayotgan e'tiborning yana bir mahsuli sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6- noyabrdagi,, O'zbekiston yangi taraqqiyot davrida ta'lim - tarbiya va ilm fan sohalarini rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risida'' gi PF - 6108 - son farmonining qabul qilinganligi O'zbekistonning jahondagi ilm-fan sohasidagi mavqeyini belgilab berdi. Qarorga muvofiq,, 2021-yil 1-martdan boshlab, ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o'qituvchi -pedagoglarga maxsus ustamalar joriy qilindi. Unga ko'ra bir ma'muriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o'qtuvchi-pedogoglarga bazaviy ta'rif stavkalarining 50 foizi miqdorida, boshqa ma'muriy-hududiy birliklardan kelib faoliyat yuritayotgan o'qituvchi-pedogoklarga bazaviy ta'rif stavkalarining 100 foiz miqdorida maxsus ustamalar belgilandi. Bu bilan o'qituvchilarning bir necha yillik orzulari amalga oshdi desak adashmagan bo'lamiz.

Oliy ta'lim (unversitet, institut, va boshqa turdagi oliygohlar) - bugungi kunning dolzarb masalasi bu kadrlar masalasi bo'lib kelmoqda. Kadrlarni jahon standartlari ruhida tarbiyalash masalasi olib borilmoqda desak yanglishmagan bo'lamiz. Har bir kishining orzusi albatta bu talabalik sharafiga Musharraf bo'lish hisoblanadi desak yanglishmagan bo'lamiz. Hammiz ham talaba bo'lishni xohlaymiz va shunga yarasha harakatni amalga oshiramiz. Bugungi kunga kelib oliygohlarda ta'lim berish jarayonlari jahonning hech bir mamlakatidan ortda qolayotganligi yo'q. Oliygohlarda professor hamda o'qituvchilar tomonidan berilayotgan bilimlar biz yosh avlodni kelajakda yetuk kadr bo'lib yetishib chiqishimizga imkoniyat yaratib bermoqda. Hozirgi kunda oliygohlarning jahonning ko'plab nufuzli oliygoglari bilan birgalikda olib borayotgan ilmiy hamkorliklari juda ham quvonarli albatta. Bunda chet mamlakatlari professor o'qituvchilari bilan sohaga doir bilimlar yuzasidan onlayn tarzda masofadan turgan holda konfrensiyalarning tashkil etilishi, yoki bo'lmasa amaliyotga bizning professor o'qituvchilarimizning chet davlatlariga borishlari bizning sohaga doir bilimlarimizni rivojlantirishga imkoniyat yaratmoqda. Eng asosiysi, bir so'z bilan barilla ayta olamizki, oliygohlarning hech qaysida korrupsion holatlar umuman yo'q ekanligi, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta'minlanganligi ta'lim sifatini yanada oshirmoqda. Bugungi kunda talabalarga qulaylik yaratish maqsadida Hemis electron platformasi o'z ishini olib bormoqda. Ushbu electron platformadagi menyular talabaning barcha ma'lumotlarini masofadan turib

nazoratga olish kabi ishlarni bajarmoqda. Ushbu electron platform orqali talaba o'zining darsdagi faolligi qay darajada ekanligi, talabaning davomati, imtihonlari, dars jadvallari kabi ma'lumotlarni olishi mumkin bo'ladi. Yana bir qulaylik tomoni sifatida ushbu electron platformaning o'zida electron kutubxonaning tashkil etilganligi hisoblanadi. Ushbu kutubxona menyusiga kirish orqali talab ao'zining sohasi uchun muhim bo'lgan kitoblar, o'quv qo'llanmalari, monografiyalarni electron tarzda masofadan o'qishi mumkin bo'ladi. Yangi konstitutsiya oliy ta'lim uchun yangi bir normani mustahkamladi. Ya'ni bu qanday? Yangi konstitutsiyamizning 51-moddasiga muvofiq,, Fuqarolar davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma'kumot olishga haqli. Oliy ta'lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o'zini o'zi boshqarish, tadqiqotlar o'tkazish va o'qitish erkinligi huquqiga ega'' kabi normalar amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Talabalarning qulay shart-sharoitlarda ta'lim olishlari uchun oliygohlarning mutasaddi vakillari tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda. Hech bir vaqt talaba bo'sh vaqtini hech ham behuda sarf qilayotganligi yo'q. Talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida oliygohlarning yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan turli intelektual o'yinlar turli tuman tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.Ta'lim jarayonlarida juda ham ko'plab istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda. Talabalarning yaxshi bilim olishlari uchun qasi bir bir professor o'qituvchi borki, talabaga malakali bilim bermoda. Talabalarning ilmiy izlanishlariga ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday izlanishlar orqali ko'plab talabalar o'z mehnati orqali Prezident stependiyasi, Alisher Navoiy, Behbudiy va boshqa nomdor stependiyalarning sohibu- sohibalariga aylanmoqdalar.

Yurtimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan samarali ishlardan yana biri bu ta'lim sohasini huquqiy jihatdan ta'minlash va natijasini ko'rsatib berish o'laroq bu tizimda 2020-yil 19- mayda qabul qilingan,, Ta'lim to'g'risida''gi qonunning ahamiyati mamlakatimizning ta'lim sohasidagi istiqboliningyuqori samarasini ko'rsatib berdi.Qonunning asosiy maqsadi yurtimizda zamon talablariga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlash hamda ularni bilim saviyasini jahon tajribasiga tayangan holda yanada yuksaltirish bo'yicha chora- tadbirlar belgilab berilgani biz yosh avlodga keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Shuningdek ushbu qonunda ta'lim olish turlaiga ham to'xtalib o'tildi. Xususan, ta'lim olishning ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olish (kunduzgi), ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish(Sirtqi, kechki, masofaviy), dual ta'lim, oilada ta'lim olish va mustaqil ta'lim olish, katta yoshdagilarni o'qitish va ularga ta'lim berish, inklyuziv ta'lim, eksternat tartibdagi ta'lim, mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasidagi kadrlar tayyorlash kabi maqsad va vazifalar belgilab berildi.

Xulosa qilib aytganda yurtimizdagi bugungi kundagi o'zgarishlar orqali xalqimiz juda ham mamnun bo'lmoqda. Yurtimizda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijasida yurtimizdagi kadrlar hech jabhada jahon mamlakatlari kadrlaridan ortda qolayotganligi yo'q. Bundan ko'rinib turibdiki,

yurtimizda ta'lim jarayonlari, ushbu sohadagi sifat yaxshi darajada rivojlanmoqda. Biz yoshlar ham o'z imkoniyatlarimizni ishga solib hech ham bilim olishdan, hunar o'rganishdan shu bilan birgalikda izlanishdan to'xtab qolmasligimiz kerak. Zeroki biz bu buyuk davlatning ertasi, kelajagining bunyodkorlarimiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi T-; 01.05.2023, T-; // https/ www.lex.uz

Normativ-huquqiy hujjatlar:

2. PF-67-son 08.05.2023. Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida // https/ www.lex.uz

3. PF-6108-son 06.11.2020, O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida // https/ www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.