Научная статья на тему 'O‘QITUVCHILIK SHARAFLI VA MAS’ULIYATLI KASB'

O‘QITUVCHILIK SHARAFLI VA MAS’ULIYATLI KASB Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘qituvchi / o‘quvchi / malaka / ko‘nikma / kompetensiya / huquq / maqom / majburiyat / baxt.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qarshiboyeva Xurinisa Karimovna, Abduraximova Gulnoza Kuromatovna

Mazkur maqolada o‘qittuvchilik kasbining sharafli va mas’uliyatli ekanligi, davlatimiz tomonidan o‘qituvchilarga berilayotgan imkoniyatlar, ularga qo’malaka talablari, huquq va majburiytlar haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHILIK SHARAFLI VA MAS’ULIYATLI KASB»

O'QITUVCHILIK SHARAFLI VA MAS'ULIYATLI KASB

1Qarshiboyeva Xurinisa Karimovna, 2Abduraximova Gulnoza Kuromatovna

1TIPI Pedagogika fakulteti v.b. dotsenti, 2Toshkent viloyati Chirchiq shahar sonli UO'TM kutubxona mudiri, Toshkent Iqtisodiyot va Pedagogika Institutining Boshlang'ich Ta'lim Fakulteti Boshlang'ich Ta'lim yo'nalishi 22-guruh 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214683

Annotatsiya. Mazkur maqolada o'qittuvchilik kasbining sharafli va mas'uliyatli ekanligi, davlatimiz tomonidan o'qituvchilarga berilayotgan imkoniyatlar, ularga qo'malaka talablari, huquq va majburiytlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, o'quvchi, malaka, ko'nikma, kompetensiya, huquq, maqom, majburiyat, baxt.

Аннотация. В данной статье рассматривается почетный и ответственный характер профессии учителя, возможности, предоставляемые учителям нашим государством, их требования, права и обязанности.

Ключевые слова: учитель, ученик, квалификация, умение, компетентность, право, статус, обязанность, счастье.

Abstract. This article discusses the honorable and responsible nature of the teaching profession, the opportunities provided to teachers by our state, their requirements, rights and responsibilities.

Key words: teacher, student, qualification, skill, competence, right, status, duty, happiness.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan har yili 1-oktabr o'qituvchi va murabbiylarning kasb bayrami qilib belgilangani haqida chiqarilgan qaror va farmonlari bilan o'qituvchi kasbi naqadar sharafli ekanligini takidlab o'tdilar.

Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insionlar etib voyaga yetkazish - ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim. Bu esa ta'lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishni talab etadi.

Shuni ta'kidab o'tish lozimki muhtaram yurtboshimiz aytganlaridek: "Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi hisoblanadi".

Bu haqida fikr yuritganda Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» degan chuqur ma'noli so'zlarini eslaymiz. Buyuk marifatparvar bobomizning bu so'zlari biz o'qituvchilar uchun naqadar muhim ekanligini bilishimiz zarur. Haqiqatan ham har qaysi inson qaysi kasbni egallamasin shu kasbning rohatini baxt-u kamolini ko'rib yashaydi. Haqiqatan ham, o'zining ko'z nuri, qalb qo'ri, butun borlig'ini bag'ishlab, barchamizga ezgulikdan saboq bergan, otadek mo'tabar, onadek mehrubon. Siz aziz ustozlarning hech narsa bilan o'lchab baholab bo'lmaydigan mashaqqatli va sharafli mehnatingiz uchun har qancha tahsin va tashakkurlar aytsak arziydi.

Chunki jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy, ma'naviy va boshqa har tomonlama taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bu ta'lim-tarbiyadir. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Miromonivich Mirziyoev: "Yangi O'zbekistoning asosiy ustuni bilim ta'lim va tarbiyada bo'ladi. Maktabda ta'lim sifatiga qanday e'tibor bersak, ma'naviyatga ham shunday e'tibor berishimiz kerak" deganlarida naqadar haq edilar.

Ustozlar biz uchun yaratgan tomonidan berilgan alohida ne'matdur. Aynan ular millatni ulug'likka yetaklaydilar, insonni yetuk qiladilar va dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiladilar. Biz aziz o'quvchilar ham maktab tomon ilk qadam qo'yar ekanmiz, maktab dargohidan kulib turgan yuzlari bilan o'quvchilari ko'nglidan joy topa olgan birinchi ustozimizni hech qachon unutmasak kerak. Birinchi navbatda bizlarning qo'limizga qalam va ruchkani tutqazib birinchi bor bizlarga yozishni, o'qishni o'rgatgan Vatan, Ona, Ota kabi so'zini tanitgan qalbimizdan joy olgan ustozimizga minnatdorchilik bildiramiz. Biroq, o'qituvchilik har bir sohada bo'lgani kabi sharafli va mashaqqatli kasb ekanligini ta'kidlab o'tishimiz joiz. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining qiyofasida nazariy bilimdonlik, kasbiy ko'nikmalik va malakalik hamda kasbiy kompetentsiyalilik, ijtimoiy va axloqiy faollik, yetuklik, kasbiy namunalilik muhim hisoblanadi.

Ularning o'z oldilariga pedagogik vazifani qo'ya olishi, o'quv-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil eta olishi, imkon qadar har bir o'quvchi bilan individual ishlash uslubiga ega bo'lishi va o'quv materiallari bilan ishlash ko'nikmasini egallashi ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning asosi hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunining (2020 yil 23 sentyabr) 5-bobida o'qituvchilarning huquqiy maqomi belgilangan. Bunda o'qituvchining chuqur kasbiy tayyorgarlikka, ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi, ta'lim oluvchilarning huquqlariga rioya qilib, kafolatlangan ish sharoitidan foydalanishlari, o'quv dasturlarini yaratishda mualliflik dasturlarini ishlab chiqa olishi, ta'lim-tarbiya vositalarini erkin tanlash, innovatsiyalar ishlab chiqib amaliyotga joriy qilishlari belgilab qo'yilgan. Mazkur Qonunda ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha'ni, qadr-qimmatini hurmat qilish, o'quv mashg'ulotlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida sifatli tashkil etish, o'z malakasini muntazam ravishda oshirib borish, tibbiy ko'rikdan o'z vaqtida o'tish kabi majburiyatlari ham ko'rsatilgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevraldagi 25-sonli "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo'yiladigan Davlat talablari" Qarorida boshlang'ich sinf o'qituvchilar uchun malakaviy talablar belgilangan.

Mazkur malakaviy talablar quyidagilardan iborat:

Amaliy faoliyatdagi boshlang'ich sinf o'qituvchilariga qo'yiladigan umumiy talablar o'qitish mahorati, tarbiyalash mahorati, shaxsiy sifatlar, bilimlarni nazorat qilish va xolisona baholashni o'z ichiga olishi belgilab qo'yilgan.

Bugungi kunda yurtimizda ta'lim-tarbiya sifatini ko'tarish va o'qituvchi maqomini yuksaltirish yo'lida turli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar o'qituvchilarga qanchalik qulay sharoitlarni yaratsa, o'z ishlariga shunchalik majburiyat va mas'uliyat bilan yondoshishni talab etadi.

O'qituvchilik kasbi haqida o'qir ekanman, o'zim ham shu kasbni tanlaganimdan, nufuzli institutning talabasi ekanligimdan faxr tuyaman. Ayniqsa, pedagogic amaliyotdan barcha kursdoshlarim bilan olam-olam taassurotlar bilan qaytdik. Beg'ubor bolajonlarning ustoz deb, quchoq ochib chopib kelishlari qalbimizni ajoyib tuyg'ularga to'ldirib, kasbimizning qay darajada yuksak ekanligini his qilishimizga sabab bo'lardi. Bu baxtni his qilib yashash uchun umrimizni fido qilsak arziydi.

Bizni, ya'ni bo'lajak ustozlarni mehr bilan tarbiyalayotgan professor ustozlarimizdan

cheksuiz minnatdormiz. Ulardan bilimlar olamiz, o'rnak olamiz. Ishontirib aytamanki,

umidlaringizni ro'yobga chiqarib, kelajakda mahoratli, mas'uliyatli pedagog bo'lamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral 25-sonli "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi Qarori

3. Sh.M.Mirziyoev "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" 2017 yil 31 yanvar

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ilm-fan yangi taraqqiyot davrida ilm-fan va ta'lim-tarbiya sohalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari www.ziyonet.uz.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 maydagi "2022-2026 yillarda xalq ta'limi tizimini rivojlantirish to'g'risida"gi Farmoni.//

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.