Научная статья на тему 'TA’LIM OLUVCHILARNI KOMPETENTLIK YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI'

TA’LIM OLUVCHILARNI KOMPETENTLIK YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetentsiya / izchil / samaralilik / loqaydlik / mehnatsevarlik / mas’uliyatlilik / faollik / xulq-atvor / bilim / ma’rifat. / competence / consistency / efficiency / indifference / diligence / responsibility / activity / behavior / knowledge / enlightenment.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sadixanov, Akmaljon Arapovich

Maqolada o’qituvchilarni o’rganayotgan fanlariga nisbatan kompetentligini shakllashtirish bo’yicha pedagogik talablar haqida va omillar haqida so’z yuritilgan. Zamonaviy pedagogik ta’lim tizimining maqsadi, yoshlarimizni bilimlarini takomillashtirib borishi ko’zda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS OF FORMING STUDENTS' COMPETENCE APPROACH

The article talks about the pedagogical requirements and factors for the formation of competence of teachers in the subjects they study. The purpose of the modern pedagogical education system is to improve the knowledge of our youth.

Текст научной работы на тему «TA’LIM OLUVCHILARNI KOMPETENTLIK YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(02), Feb., 2024

_SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7_www.oriens.uz

TA'LIM OLUVCHILARNI KOMPETENTLIK YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Sadixanov Akmaljon Arapovich

Farg'ona davlat universiteti tadqiqotchisi

Misterbehruz20@Gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada o'qituvchilarni o'rganayotgan fanlariga nisbatan kompetentligini shakllashtirish bo 'yichapedagogik talablar haqida va omillar haqida so 'z yuritilgan. Zamonaviy pedagogik ta'lim tizimining maqsadi, yoshlarimizni bilimlarini takomillashtirib borishi ko 'zda tutilgan.

Kalit so'zlar: kompetentsiya, izchil, samaralilik, loqaydlik, mehnatsevarlik, mas 'uliyatlilik, faollik, xulq-atvor, bilim, ma 'rifat.

ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ КОМПЕТЕНТНОСТНОГО ПОДХОДА

СТУДЕНТОВ

АННОТАЦИЯ

В статье говорится о педагогических требованиях и факторах формирования компетентности учителей по изучаемым предметам. Целью современной системы педагогического образования является повышение уровня знаний нашей молодежи.

Ключевые слова: компетентность, последовательность, работоспособность, неравнодушие, трудолюбие, ответственность, активность, поведение, знания, просвещенность.

FACTORS OF FORMING STUDENTS' COMPETENCE APPROACH

ABSTRACT

The article talks about the pedagogical requirements and factors for the formation of competence of teachers in the subjects they study. The purpose of the modern pedagogical education system is to improve the knowledge of our youth.

Keywords: competence, consistency, efficiency, indifference, diligence, responsibility, activity, behavior, knowledge, enlightenment.

KIRISH

"Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi" va "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda ta'lim mazmunini yangi shakl va ko'rinishlarini joriy etish, o'quvchi faoliyatini

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

rivojlantirishga, bolaning saxsiy fikrini kamol toptirishga xizmat qiladigan, ijodkorlikka yo'naltiruvchi natijali ta'limni tashkil etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga erishish muhim vazifa ekanligi uqtirilgan.

Malaka — shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma'lumot to'g'risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko'nikmalar darajasi;

davlat ta'lim talablari — ta'limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta'lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo'yiladigan majburiy talablar1dir.

Aynan ana shu dastur va Qonunlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda o'quvchilarni kompetentligini shakllashtirishdagi ilmiy izlanishlar samarasi kadrlar tayyorlash masalasi e'tiboriga molikdir2.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT USLUBLARI

O'zbekiston respublikasining qonuni. Ta'lim to'g'risida. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma'qullangan. 11 bob, 75 modadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Pedagog olima O. Musurmonova ta'lim-tarbiya nazariyasiga bog'liq o'z darsligida[4] pedagogik kompetentlik masalalari, ayniqsa o'qituvchilarning fanlar bo'yicha kompetentlikka ega bo'lishligini aloxida ko'rsatib o'tgan. Darslikda kasbiy kompetentsiyalar, pedagogning kasbiy kompetentsiyalari, fanlar bo'yicha ayniqsa umumiy fanlar bo'yicha maxsus kompetentsiyalar, ularning tasnif va ta'riflari, ularni ta'lim ishtirokchilarida shakllantirish bosqichlari va pedagog kasbiy kompetentligi yo'nalishlarini asoslab berlgan.

Tadqiqotchi S.Sh. Akbarova ilmiy maqolasida globallashuv jarayonida kreativ kompetentsiyalar va ularni mustaqil ta'limga qo'llash yo'llari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek talabalar kreativ kompetentsiyalarga ega bo'lishlari uchun ulardan ta'lim - tarbiya jarayonida an'anaviy yondashuvlardan farqli yangi g'oyalar haqida fikrlash, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik talab etilishi haqida fikr yuritgan. Ta'lim oluvchilardagi kreativlik qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlarini ko'rsatib o'tgan[8].

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI

Mamlakatimizda ma'nan yetuk , ruhan sog'lom, uyg'un kamol topgan avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar bazasini yaratishga erishildi. "Maktab ta'limini

1 O'RQ-637-coh 23.09.2020. Ta'lim to'g'risida.

2 O'RQ-637-coh 23.09.2020. Ta'lim to'g'risida.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

rivojlantirish Davlat dasturi"ning samarali amalga oshirilganligi buning yo'rqin dalilidir. Ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirishda asosiy omil sifatiga qaralayotgan ta'lim texnologiyalarni ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etishdan , multimediya resurslaridan oqilona foydalanishdan, buning mevasi bo'lgan o'quvchi bilish qobiliyatini o'stirishdan iborat. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarning afzallik tomoni shundaki,o'quvchini mustaqil fikrlashga,dunyoqarashini kengaytirishga , tinglashga va mushohada etishga , intilish va izlanishga,tafakkurni rivojlantirishga,o'z ustida mustaqil ishlashga o'rgatadi.O'qituvchi va o'quvchi birgalikda faoliyat yuritadi.O'qituvchi boshqaruvchi sifatida o'quvchiga turli yo'nalishlarni ko'rsatadi.O'quvchi dars jarayonida faol harakat qilib,o'zi mustaqil fikr yuritadi.Darsda malakalarini samarali ravishda qo'llashga o'rgatish dars samaradorligini oshiradi.

Ta'limning barcha bosqichlarida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish, ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali va oqilona foydalanish va yuqori samaradorlikka erishishga alohida ahamiyat berish darkor.Jahon talablariga mos keluvchi raqobatbardosh,malakali kadrlar tayyorlashga,kelajak avlodni yuksak ma'naviyatga , ijtimoiy hayotda ro'y berayotgan o'zgarishlarga to'g'ri munosabatda bo'lishga, milliy qadriyatlarimiznning mohiyatini chuqur anglab yetadigan barkamol shaxslarni tarbiyalash yo'lida faoliyat olib boruvchi o'qituvchi ijodkorlik, izlanuvchanlik,fidoiylik naminalarini ko'rsatishi lozim. Shuningdek o'qituvchida ham mahorat va san'at bo'lishi kerakki,u o'quvchilarni o'ziga jalb eta olishi,darsini qiziqarli qilib o'tishi va o'quvchiga bilim va tarbiya bera olishi kerak.

Hozirgi kundagi asosiy vazifalarimizdan biri o'quvchilarni shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallab turgan turli tipdagi malakalarini samarali ravishda qo'llashga o'rgatish, mustaqil o'rgatish, mustaqil ravishda fanga oid zaruriy axborotlarni izlab topish, tahlil qilish natijasida zaruriy bilimlarni oshirishga oid materiallarni ajrata olish, ko'zda tutilmagan noaniq,ya'ni , muammoli vaziyatlar vujudga kelganda ish beradigan malakalarga alohida ahamiyat berish hamda egallagan bilimlarni kundalik turmushi jarayonida qo'llay oladigan xususiyatlarni egallashni tarbiyalashdan iboratdir .

Ta'lim oluvchilar quyidagi huquqlarga ega:

bepul asosda umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olish3;

yashash joyidagi (mikrohududdagi) davlat umumiy o'rta ta'lim muassasasiga qabul qilinish;

ta'lim olish shakllarini erkin tanlash;

3 47-modda. Ta'lim oluvchilarning huquqlari

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari va o'quv dasturlariga muvofiq sifatli ta'lim olish;

ta'lim olish uchun o'zining ruhiy xususiyatlari va fiziologik rivojlanishi inobatga olingan holda zarur shart-sharoitlarga ega bo'lish, shuningdek bepul psixologik-tibbiy xizmatlardan foydalanish;

davlat ta'lim muassasasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, professional ta'lim va oliy ta'limning davlat ta'lim standartlari talablariga binoan ishlab chiqilgan, o'zi oladigan ta'limning mazmunini shakllantirishda ishtirok etish;

pedagog xodimlar va ta'lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari tomonidan hayoti va sog'lig'iga qilinadigan har qanday jismoniy hamda ruhiy zo'ravonlikdan, shaxsi haqoratlanishidan himoyalanish;

ta'lim olish davrida dam olish va boshqa ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta'tillar olish; akademik ta'tillar va stipendiyalar olish, o'qishni tiklash va o'qishini boshqa ta'lim tashkilotlariga, bir ta'lim shaklidan, kasbdan, ta'lim yo'nalishidan, mutaxassisligidan boshqasiga ko'chirish;

ta'lim tashkilotini boshqarishga doir masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

ta'lim olish jarayonida ta'lim tashkilotining o'quv, uslubiy, ilmiy-ishlab chiqarish, madaniy, sport va maishiy obyektlari xizmatlaridan bepul foydalanish;

ta'lim tashkilotining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik, ilmiy-texnikaviy, eksperimental va innovatsion faoliyatida ishtirok etish4.

O'quvchilarda bu xususiyatlarni tarbiyalashda, ayniqsa, ona tili va adabiyat faniga oid bilim, ko'nikma va malakalarning dars jarayonida singdirish bilan birgalikda ularda kompetensiyalarni ham shakllantirilishi lozim.

Kompetensiya -muayyan fan bo'yicha o'quvchi egallagan nazariy bilim, ko'nikma va malakalarni kundalik hayoti da duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni echishda foydalanib, amaliyotda qo'llay olishdir.

Inson qaysi kasb sohibi bo'lishidan qat'iy nazar o'z ishiga, mashg'ulotiga qunt bilan,mehr bilan yondashsa,uning sir asrorini mukammal egallaydi,shu bilan birga o'z-o'zini anglaydi,shu sohada kamol topadi.O'qituvchi ham bolalarni sevsa,tarbiyalasa, o'zi ham ulg'ayadi,donishmandlik kasb etib boradi.O'qituvchi kelajak farzandini tarbiyalab bilim beradi.Zero kelajak yoshlar qolida,ular bizning ertangi kunimiz. Ularda kompetensiyalarni shakllantirilishi, dars davomida o'quvchining faqat tinglovchi yoki eshitganini takrorlavchi "to'ti"ga emas ,balki chuqur mushohada yurituvchi,mustaqil fikrini bayon etuvchi, boshqalar bilan o'zaro hamkorlikda ishlovchi, o'zgalar fikrini hurmat qiluvchi,keng dunyoqarashli shaxsga

4 O'RQ-637-coh 23.09.2020. Ta'lim to'g'risida.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

aylantitishda ilg'or pedagogik texnologiyalaming o'rni beqiyosdir. Interfaol metodlarni qo'llab dars o'tish o'quvchilarda har tamonlama ilmiy-nazariy bilimlarni mustaqil egallash,bilim va ko'nikma,malakalarini shakllantirish va shu asosida o'quvchilarning ilmiy dunyo-qarashlarini tarkib toptirish hamda faolligini oshirish,erkin fikr yurita olishga o'rgatish ,ijodiy qobiliyarlarini aniqlash va ro'yobga chiqarish,o'qituvhi -o'quvchi hamkorligini shakllantirish va nihoyat kafolatlangan yakuniy natijaga erishishishni ta'minlaydi.Interfaol usullarda o'qituvchi o'quvchining mustaqil va mukammal bilim olishi uchun muhit yaratmog'i,fan asoslarini egallashga yo'naltirmog'i ,qiziqish,mehr uyg'otish bilan shug'ullanadi. Yangi pedagogik texnoligiya dars o'tish usullari va shakllarini o'zgartirib,ularni xilma-xil qilib,o'quvchini o'quv jarayonining faol qatnashchisiga aylantiradi.O'qitishning innovasion,nostandart (interfaol) shakllari kompyuterli o'yinlar,intrenetdan foydalanish,elektron darsliklar bilan turli usullarda yangi mavzuga ko'proq e'tibor qaratish,o'qitishni suhbat,o'yin,musobaqa,sahna ko'rinishli,musiqali,savol-javob,aqliy hujm,mushoira sayyohat , intervyu,tijorat,bahs-munozara kabi usullarda dars o'tishni talab qiladi. Darsning borish jarayonida ta'limiy metodlar va usullar almashina boradi. Noan'anaviy darsda o'quvchi shaxsi birinchi o'rinda turadi. O'qituvchi o'quvchi bilan yakkama-yakka, interfaol usulida harakat qiladi.

Adabiyot boshqa fanlardan farq qilib, san'at sifatida inson ruhiyati, his-tuyg'ulari, tafakkurini,ma'naviy dunyosini boyitishda, eng kuchli vosita bo'lib xizmat qiladi.Interfaol darslarda ijodiyot, his-tuyg'u, sezgi, idrok faollashadi. O'qituvchi obrazlar va tasvirlar, qiziqarli ko'rgazmalar orqali o'quvchini bilishga, tafakkur qilishga, go'zallikni ko'ra olishga, dunyoga bo'lgan munosabatini shakllantirishga imkoniyat yaratadi.

Musiqa fani ham o'quvchini mustaqil fikrlashga o'rgatib, ularning ma'naviy dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Avvalo o'qituvchining nutqi sof va chiroyli bo'lmog'i, u ishoralar, qochiriqlar, isteora va xalq maqollari ,afarizmlardan o'rinli foydalana olishi,nutq ohangiga,so'z jozibasiga e'tibor berishi kerakligi talab etiladi.

Interfaol darslarni tashkil etishda o'qituvchining notiqlik san'ati,chiroyli so'zlash mahorati o'quvchining diqqatini jalb etadi.O'qituvchi - o'quvchi ruhini,psixologiyasini yaxshi bilishi har bir o'quvchi bilan individual ishlashni,unga nima topshiriq berishni yaxshi bilishi kerak.O'qituvchidan dars o'tishda ta'lim va tarbiyaning uygunligiga,fanlararo bog'liklik,davr yangiliklari,fan yangiliklaridan boxabar bo'lmoqlik,pedagogik ko'nikma va yuksak saviya,ijodkorlik talab etiladi.

Shuning ushun han o'qituvchilik nihoyatda mas'uliyatli va sharafli kasb deb ulug'lanadi."Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo'lsa,kasblarning ichida eng sharaflisi o'qituvchilik va murabbiylikdir. O'qituvchi ming -minglab murg'ak

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

qalblarga ezgulik yog'dusini baxsh etadigan,o'z o'quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo'tabar zotdir" ,- deydi I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida.

Darhaqiqat, mustaqil O'zbekistonimizning porloq istiqboli barcha fuqarolarning, shuningdek, umumxalq, umummilliy faoliyatiga aylandi, "Betakrorimsan, yagonasan, ona vatanim -go'zal O'zbekistonim "g'oyasini har bir dars va tarbiya bog'iniga' singdirish muhim omillardan biriga aylandi.

XULOSA

Ta'lim olish huquqi: oilada yoki mustaqil o'qish orqali ta'lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o'rta ta'lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o'tgan davlat ta'lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o'tish huquqini berish orqali ta'minlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. https://lex.uz/docs/-5013007. O'RQ-637-сон 23.09.2020. Ta'lim to'g'risida.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 02.02.2022 yildagi PQ-112-son qarori.

3. Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi/ Monografiya. - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2013.

4. Muslimov N.A va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. O'quv metodik qo'llanma. - T.: "Sano-standart", 120 - .2015 b.

5. Umumiy pedagogika. Qism 1: darslik / O.Musurmonova [va boshq.]. -Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. - 376 b.

6. Avazboev A. I., Pardaboev J. E. Talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari //Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan). - 8 .№ - .2018.

7. Ibragimova G. N. Oliy ta'lim tizimida interfaol texnologiyalar vositasida talabalardagi ijodiy fikrlashni rivojlantirish //Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan). - 4 .№ - .2017.

8. Акбарова, С. (2022). Основы развития креативных компетентсий студентов в протсессе самостоятельного обучения. Экономика и образование, 23(2), 311— 316. извлечено от хттпс://cедр .тсуе.уз/индех.пхп/жоурнал/артиоде/виеw/473

9. Qodirova M.T. Kompetentlik yondashuvi nazariyasi va uning pedagogic mazmuniga doir qarashlar. Molodoy uchyonniy. 2020.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

10. Abduvali o'g'li, A. A. (2023). XX ASR MUSIQA SAN'ATI RIVOJINING BA'ZI XUSUSIYATLARI. Gospodarka i Innowacje, 35, 729-734.

11. Абдусатторов, А. А. У. (2023). УРТА ОСИЁ ХАЛК ЧОЛГУ ОРКЕСТРЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШ БОСКИЧЛАРИ. Science and innovation, 2(Special Issue 5), 521-526.

12. Бурбонов, Р. М., Алиев, С., Габриэлян, С., & Гиенко, Б. УРТА ОСИЁ ХАЛК ЧОЛГУ ОРКЕСТРЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШ БОСКИЧЛАРИ Абдусатторов Абдужалил Абдували yFли.

13. Abdusattorov, A. (2023). MUSIQA DARSLARI JARAYONIDA KOMPYUTER TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI. Наука и инновация, 1(9), 8-12.

14. Abdusattorov, A. (2023). TORLI KVARTET UCHUN ASARLAR YARATISHNING METODOLOGIK BOSQICHLARI. Наука и инновация, 1(9), 47.

15. Абдисатторов, А. А. У. (2022). БАСТАКОРЛИК ИЖОДИДА МУСИКА ФОЛЬКЛОРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 602-605.

16. Abdusattorov, A. (2020). About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

17. Ismoilov, N. B. (2023). YANGI O 'ZBEKISTONDA TA'LIM VA ILM SOHALARI RIVOJLANISHNING YANGI DAVRIDAGI MUHIM ASOSLARI. International scientific journal of Biruni, 2(1), 81-88.

18. Najmiddin, I. (2023). THE INTEGRATIVE ROLE OF SCIENTIFIC KNOWLEDGE IN INFORMATION SOCIETY.

19. Adiljanovna, A. M., Nurullaevna, N. M., Abdumalikovna, Y. D., Sharobidinovich, M. J., Abdujalil Abduvalio'g'li, A., & Behzod Asqaralio'g'li, T. (2021). Academic Yunus Rajabi and His Scientific Heritage. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 9092-9100.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.