Научная статья на тему 'ONA TILI-MILLATNING RUHI VA DAVLAT TIMSOLIDIR!'

ONA TILI-MILLATNING RUHI VA DAVLAT TIMSOLIDIR! Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ona tili / madaniyat / taraqqiyot / kelajak / birlashtirish / tarbiyalash / o'qitish / urf-odatlar / obro' / rivojlanish / alisher / navoiy / xalq / millat / qadrlash / sevgi.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ibraimov X.I., Xodjimetova D.J.

Maqola ona tili va uning millatning madaniyati, taraqqiyoti va kelajagi uchun ahamiyatini ta'kidlaydi. Muallif ona tili xalqni birlashtiruvchi, tarbiyalovchi, o'qituvchi va urf-odatlarni saqlovchi kuch ekanligini ta'kidlaydi. Shuningdek, xalqaro miqyosda ona tilimizning obro'sini oshirish va uni rivojlangan tillar safiga qo'shish uchun har bir insonning o'z tiliga hurmat bilan yondashishi zarurligi ta'kidlanadi. Maqolada Alisher Navoiyning o'zbek tiliga qo'shgan ulkan hissasi va uning o'zbek tilining qudratini isbotlab berganligi haqida ham ma'lumot beriladi. Xulosa qilib aytganda, maqola ona tilimizni sevish va uni ardoqlash millatni sevish va uni qadrlash bilan teng ekanligini ta'kidlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI-MILLATNING RUHI VA DAVLAT TIMSOLIDIR!»

"YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

ONA TILI-MILLATNING RUHI VA DAVLAT TIMSOLIDIR!

1Ibraimov X.I., 2Xodjimetova D.J.

1Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, O'zFA akademigi,

pedagogika fanlari doktori 2Jizzax DPI dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.13943484

Annotatsiya. Maqola ona tili va uning millatning madaniyati, taraqqiyoti va kelajagi uchun ahamiyatini ta'kidlaydi. Muallif ona tili xalqni birlashtiruvchi, tarbiyalovchi, o'qituvchi va urf-odatlarni saqlovchi kuch ekanligini ta'kidlaydi. Shuningdek, xalqaro miqyosda ona tilimizning obro'sini oshirish va uni rivojlangan tillar safiga qo'shish uchun har bir insonning o'z tiliga hurmat bilan yondashishi zarurligi ta'kidlanadi. Maqolada Alisher Navoiyning o'zbek tiliga qo'shgan ulkan hissasi va uning o'zbek tilining qudratini isbotlab berganligi haqida ham ma'lumot beriladi. Xulosa qilib aytganda, maqola ona tilimizni sevish va uni ardoqlash millatni sevish va uni qadrlash bilan teng ekanligini ta'kidlaydi.

Kalit so'zlar: ona tili, madaniyat, taraqqiyot, kelajak, birlashtirish, tarbiyalash, o'qitish, urf-odatlar, obro', rivojlanish, alisher, navoiy, xalq, millat, qadrlash, sevgi.

Inson go'zalligi, ma'naviyati, buyuk merosi, xatto olam barqarorligining asosi ham bu-tildir. Shu sabab onadek aziz o'z ona tilimizni asrab-avaylash, e'zozlash barchamizning muqaddas burchimiz bo'lmog'i joiz. Ona tili-millatning ruhidir. Til-davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish-millatning yuksalishi demakdir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yilgan. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog' i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo' li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.

Muhtaram Prezidentimiz qaerda va qay mavzuda ma'ruza qilmasinlar, yurt kelajagi bo'lmish yoshlar masalasini bot-bot ilgari suradilar va mana shu yo'sindagi so'zlarni keltirib o'tadilar:

"Yosh avlod qalbida ona tilimizni bolalikdan singdirish maqsadida ta'limning barcha bosqichlarida o'zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o'rgatishga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Toki, bolalarimiz o'zbek tilida o'qiydigan, ravon yozadigan va teran fikrlaydigan insonlar bo'lib yetishsin".

Шу уринда юртбошимизнинг "Узбекистоннинг х,ар бир фарзанди халкимизнинг бирдамлиги, мамлакат яхлитлиги учун курашиб яшашни уз хдётининг маъноси деб билмоги керак! Биз бир булсак - ягона халкмиз, бирлашсак Ватанмиз!" деган сузларини эътироф этган х,олда, озар шоири, Акиф Багирнинг куйидаги мисраларини келтиришни уринли деб топдим:

Йул бушат, дилларда музлаган армон!

Йул бушат, менсимай хор килган нодон!

Яна минг йилликнинг тонготаридан,

Йул бушат замона! Йул бушат, жвх,он! -

Узбек келаётир тарих каъридан!

"O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonga ko'ra, 21 oktyabr sanasi yurtimizda "O'zbek tili bayrami kuni" deb belgilandi. Shunday ekan inson zotiga berilgan qisqa umrda bir-birimizga tilimizdagi yaxshi so'zlar bilan dillarimizni xushnud qilaylik.

" YANGI OZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Hozirgi kunda o'zbek tili davlat tili sifatida siyosiy- huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotimizda faol qo'llanmoqda. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

Jasur va matonatli xalqimiz har qanday og'ir sinovlarda ham o'z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashib o'tdi. Bu yo'lda behisob qurbonlar berdi. Har qanday zulm va zo'ravonliklarga qaramasdan, o'z ona tilini, milliy g'ururini saqlab qoldi. Nafaqat saqlab qoldi, balki uni har tomonlama rivojlantirib, bugungi avlodlarga bezavol yetkazib berdi.

Shunday ekan, bobo meros, momo meros o'z ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go'zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tarannum etishimiz lozim. Uning tarovatini boricha saqlab qolsak, unga sayqal bersak, zamonaviy yondashuv bilan raqamli tizimlarga joylasak, milliy tilimizdagi ma'rifiy dasturlarni yaratsak, tilimiz kelajagi yanada charog'on bo'ladi.

Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o'zbek tilining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Allohga behisob shukrlar bo'lsinki, o'zbek tilining shon-shuhrati, obro'si borgan sari yildan yilga oshib bormoqda. Sport, fan, madaniyat va san'at sohasida O'zbekiston yoshlarining sa'y-harakatlari beqiyosdir.

Yurt kelajagi bo'lgan biz yosh avlod o'z harakatlarimiz bilan o'zbek tilini butun dunyo tan olishi, uning rivojlanishiga juda katta hissa qo'shishimiz lozim.

Azizlar, tilimiz sofligini asraylik, qadim meroslarni jonlantiraylik. Ota-onalar, farzandlarimizga hikmat durdonalari bo'lgan" To'tinoma", "Qutadg'u bilig"," Guliston", "Bo'ston"," Mahbub ul-qulub", "Qobusnoma" kabi kitoblarni olib beraylik, birgalashib o'qiylik. Bu asarlar o'quvchini asrlar davomiga kamolga yetkazib kelgan. O'quvchini andishali, odobli, so'zamol, halolu haromni farqlab ulg'ayishida katta xizmat qilgan. Kitobga oshno farzandlardan yomonlik hech qachon sodir bo'lmaydi.

Til har bir millat madaniyatining o'zagidir. Shu sababli ham tilning saqlanishi xalq taraqqiyoti va kelajagini belgilaydi. Til xalqni birlashtiradi, tarbiyalaydi, o'qitadi, urf-odat, an'analarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obro'-e'tiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qo'shishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak bo'ladi.

Xorijiy tillarni bilish insonning madaniyatidan, ziyoliligidan darak beradi. Ona tilini bilish esa har bir fuqaro oldidagi muqaddas burch", deganida donishmandlar ming marta haq fikrni aytishgan. O'zbek adabiy tili, o'zbek adabiyotini rivojlantirish sohasida o'z oldiga qo'ygan vazifalarni yuksak darajada ado etgan Alisher Navoiy o'zining ajoyib nazm durdonalarini, yuksak badiiy qimmatga ega bo'lgan «Xazoyin-ul maoniy», «Xamsa» kabi asarlarini ona tilida yozish orqali o'zbek tilining qudratini, uning boy tasviriy vosita va imkoniyatlarga ega ekanligini, to'liq ma'noda badiiy adabiyot tili ekanligini amaliy tarzda isbotlab berdi.

O'z xalqi uchun uning madaniyati uchun va umuman kelgusi avlodlar uchun katta sharafli ishlarni amalga oshirdi, bu bilan faxrlanib:

Turk nazmida chu tortib men alam,

Ayladim ul mamlakatni yakqalam.

yoki:

Men ul menki, to turk bedodidur,

Bu til birla to nazm bunyodidur.

Falak ko'rmadi men kabi nodire,

Nizomiy kibn nazm aro qodire deb ajoyib faxriyalar yozdi.

"YANGI O'ZBEKISTONDA O'ZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Xulosa shuki, tilni sevish, uni ardoqlash millatni sevish va uni qardlash bilan tengdir. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko'hna va serqirra madaniyati o'zbek tili ta'sirida shakllangan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida yoshlarimizning yutuqlari, sportchilarimizning g'alabalari sharafiga o'zbek tilida madhiyamiz kuylanayotir.

O'zbek tilining nafis tarovatini ona tilimizda bitilgan, o'zimiz o'qigan badiiy asarlarda ko'rdik, "O'tkan kunlar"da Kumush momoning bitgan maktublarida his etdik. Tilimizga nisbatan "ONA" so'zi ishlatilar ekan, biz ham o'zbek millatining sadoqatli farzandlari sifatida tilimiz sofligini onalarimiz allasi bilan qalbimizga joylaymiz va kelajak avlodga eltamiz. Kelgusida ona tilimiz rivoji uchun o'z hissamizni qo'sha olish baxti biz o'zbek farzandlarining ham qalbida ulkan iftixor uyg'otadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ibragimov, X., Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

2. Ibraimov X.I., M.Quronov. Umumiy pedagogika (darslik). -T., "Shaffof", 2023, 416-bet.

3. Х.И. Ибраимов ва бошкалар. Ота-она - мураббий. -T., "Fафyр Fyлом номидаги нашриёт-матбаа уйи", 2024, 220-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.