Научная статья на тему 'O’ZLIGIMNING TIMSOLISAN ONA TILIM'

O’ZLIGIMNING TIMSOLISAN ONA TILIM Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

195
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat tili / qonun / yuksaklik / ma‘naviyat / til bayrami / sivilizatsiya / ma‘rifatparvar / nutq jarayoni

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ko’rkemay Urazbayeva, Abdulaziz Bektemirov, Oybek Rustamovich Achilov

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bu davlatimizning istiqlol uchun qoyilgan ilk qadamlari edi. Shu kundan boshlab xujjatlar va qarorlar davlat tilida yuritila boshladi. Ona tilimiz tarixini o‘rganish uning qaysi davr bilan bogliqligi organildi. Mustaqillikga erishgandan song ommaviy axbarot vositalari gazetalar o‘zbek tilida yuritila boshlanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZLIGIMNING TIMSOLISAN ONA TILIM»

Academic Research in Educational Sciences

Volume 3 | Special Issue 2 | 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

O'ZLIGIMNING TIMSOLISAN - ONA TILIM

Ko'rkemay Urazbayeva

Toshkent davlat transport universiteti talabasi

Abdulaziz Bektemirov

Toshkent davlat transport universiteti talabasi

Oybek Rustamovich Achilov

Ilmiy rahbar, Toshkent davlat transport universiteti katta o'qituvchisi

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bu davlatimizning istiqlol uchun qoyilgan ilk qadamlari edi. Shu kundan boshlab xujjatlar va qarorlar davlat tilida yuritila boshladi. Ona tilimiz tarixini o'rganish uning qaysi davr bilan bogliqligi organildi. Mustaqillikga erishgandan song ommaviy axbarot vositalari gazetalar o'zbek tilida yuritila boshlanadi

Kalit sozi: davlat tili, qonun, yuksaklik, ma'naviyat , til bayrami, sivilizatsiya, ma'rifatparvar, nutq jarayoni.

Ona tili - uni yaratgan va yaratib kelayotgan tilning o'tmishi, buguni va kelajagi. Til kishilar o'rtasidagi muloqot vositasidir, chunki ijtimoiy hayotda kishilar bir-biri bilan til orqali muloqot qiladi, fikr almashadi, fikr bildiradi.

Til har qanday xalqning tarixi va taqdiri, ta'lim va tarbiyasining asosi, muloqot vositasidir. Til bo'lmasa, nutq ham bo'lmaydi. Ma'lumki, so'zsiz xalq hayoti ma'nosiz bo'ladi. Shuning uchun til va so'zning alohida o'rni bor. Shu munosabat bilan ona tilimiz haqida chuqur o'ylash har birimizning burchimizdir. Ona tilimizning mavqei yildan-yilga yuksalib, sha'ni ortib bormoqda. Til xalqning ruhidir. Til o'lsa, xalq yer yuzidan yo'qoladi. Insoniyat tarixida ko'plab sivilizatsiyalashgan mamlakatlarning yo'q bo'lib ketishi tilning yo'qolishi bilan boshlanganini fan isbotlaydi[1,2,3].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Til orqali biz o'qiymiz, bilim olamiz, o'zimiz xohlagan

ANNOTATSIYA

KIRISH

kasbni egallaymiz.

November, 2022

Til orqali biz donishmandlarning so'zlarini o'qib, ulardan ibrat olishimiz mumkin. Til xalq bilan birga yaratadi, rivojlanadi, ravnaq topadi. Oh, ona tilim! Tosh buloqning sukunati sen bilan, ona sutining shirinligi sen bilan, rayhon gulining ifori sen bilan, burgut qushning olovi sen bilan, nozik go'zallikning nozikligi sen bilan, sahroning tekisligi sen bilan...

Til har bir xalqning asosiy boyligi, bebaho boyligi ekanligiga shubha yo'q. Ona tili kindik bo'lib, u orqali har bir inson o'z millatining ruhi va madaniyatidan asrlar davomida to'plangan ma'naviy ozuqa bilan oziqlanadi.

O'zbek tili necha asrlar davomida o'z qadr-qimmati va sifatini yo'qotmagan. 1989-yil 21-oktabrda O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili to'g'risida", 1993-yil 2-sentyabrda "Lotin grafikasiga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida"gi qonunlari qabul qilindi. Bu yil "Davlat tili to'g'risida"gi qonun qabul qilinganiga 33 yil to'ldi. Ayni paytda ona tilimizning jahon miqyosida yanada sayqallanishi, badiiy, tarixiy va obro'-e'tiborini yuksaltirish, jumladan, uning davlat madhiyasi, o'zbek tiliga hurmat-ehtirom ko'rsatishga qaratilgan bir qator madaniy-ma'naviy-ma'rifiy, mafkuraviy ishlar, tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar olib borildi. Va uni nafis va boy til sifatida qadrlaydi.Har yili 21-oktabr mamlakatimizda til bayrami sifatida keng nishonlanadi. [5,6].

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov kitobida bu haqda alohida to'xtalib, shunday fikrlarni bayon qiladi: «O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatningruhidir» .

O'zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo'shib kelmoqda. Bunda ona tilimizning xizmati katta. Chunki bu til bo'lmasa, Mahmud Koshg'ariyning «Devoni lug'atit-turk» kitobi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Alisher Navoiyning «Xamsa»si, Bobur Mirzoning «Bobumoma»si, Abdulla Qodiriyning romanlari, Cho'lpon va Abdulla Oripovning o'tli she'riyati yaratilmagan bolardi. Shuning uchun ona tilimiz millatimiz ruhining timsoliga aylanib ketgan.

Biz ona tili va adabiyot saboqlari kechimida tilni vosita, nutqni jarayon sifatida o'rganamiz. Xaqiqatdan ham, til qancha boy imkoniyatlarga ega bo'lmasin, undan unumli foydalana olmaslik nutqning qashshoqlashuviga, tilning ko'lamdorlik xususiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Aytish mumkinki, Alisher Navoiy o'zbek tilining o'z davrigacha hech kim anglamagan va foydalanmagan imkoniyatlarini ilg'agan va uni o'z asarlarida qo'llay olgan. Tilni

November, 2022

129

amaliy, nazariy, ilmiy jihatdan o'rganib, yuksak cho'qqiga ko'targan[4,7].

XULOSA

O'zbekning buyuk ma'rifatparvari A.Avloniy: "Har bir millatning dunyoda borlig'in ko'rsatadurg'on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur" deganlarida nechog'li haq edi. U o'sha paytda ham tilimiz haqida qayg'urib, "Milliy tilimizni saqlamoq bir tarafda tursin, uni unutib, yo'qotmoqdamiz" deya jon kuydirga edi.

"2020-2030-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi"da davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalariga faol integratsiyalashuvini ta'minlash ustuvor yo'nalish sifatida belgilangan. Konsepsiyada o'zbek tiliga oid barcha ilmiy, nazariy va amaliy ma'lumotlarni o'zida jamlagan elektron ko'rinishdagi o'zbek tili milliy korpusini yaratish va uni jahon axborot tarmog'ida ommalashtirish vazifalarining ko'rsatib berilishi biz, mutaxassislarga katta mas'uliyat yukladi.

REFERENCES

1.https://www.amerikaovozi.com

2.I.Karimov «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» kitobi

3.http://taqvim.uz

4. A.Avloniy "Tanlangan asarlar" kitobi

5. Achilov, O. R. (2017). IMPROVING STUDENTS'CRITICAL THINKING THROUGH CREATIVE WRITING TASKS. In International Scientific and Practical Conference World science (Vol. 4, No. 4, pp. 19-23). ROST.

6. Achilov, O. R. (2018). ISLAM ABDUGANIEVICH KARIMOV-THE FOUNDER OF CIVIL SOCIETY IN UZBEKISTAN. ИСЛОМ КАРИМОВ-ЯНГИ ДАВР УЗБЕКДАВЛАТЧИЛИГИНИНГАСОСЧИСИ, 299.

7.Achilov, O. R. (2018). COMPARATIVE ANALYSIS OF FOREGROUNDING IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. Web of Scholar, 5(4), 23-27.

8.Rustamovich, A. O., & Ismoilovna, A. G. THE CONCEPT OF DIASPORA REFLECTED IN WORLD LITERATURE. 9. Ramatov, J.S., Valiev, L.A., Xasanov, M.N. XIX ASRDA HINDISTONDAGI IZHTIMOII - FALSAFIY JARAYONLAR // ORIENSS. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/hih-asrda-indistondagi-izhtimoiy-falsafiy-zharayonlar (kirish 12/11/2022).

10. Ф. А. Кушаков, М. Н. Хдсанов, Р. У. Баратов, Ж. С. Раматов, & С. Султанов (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОНДА

November, 2022

130

Academic Research in Educational Sciences

Volume 3 | Special Issue 2 | 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ИНСОН ХЖ^КЛАРИ ВА СУЗ ЭРКИНЛИГИ. Academic research in educational sciences, 3 (10), 803-810.

11. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. Х,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА КАДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

12. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

13. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE РЕКБОКМАКСЕ ОБ THE PERFECT МАК IN THE EASTERN RENESSA^E (ON THE ЕХАМРЬЕ ОБ БАКАБ^ VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

14. Hasanov M., Tuhtaboev E. THE РЕКБОКМАКСЕ ОБ THE PERFECT МАК IN THE EASTERN RENESSAN€E (ON THE ЕХАМРЬЕ ОБ FARAБI,S VIEWS) //Innovative Technologica: Methodical Research Journal. - 2021. - Т. 2. - №. 05. -С. 1-6.

15. М.Н.Хасанов, Д.А.Хафизов, Р.Х.Тоиров, & ХД.Болтабоев. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙ ЯШАГАН ДАВРДАГИ ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ . JOURNAL ОБ NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 137-140. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/new/articl e/view/62 7

November, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.