Научная статья на тему 'TA`LIM SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLARNING ASOSIY YO`NALISHLARI'

TA`LIM SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLARNING ASOSIY YO`NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ta`lim tizimi / ta`lim tizimi rivojlanish konsepsiyasi / xalqaro hamkorlik / innovatsion faoliyat / nodavlat oliy ta`lim muassasasi / davlat xususiy sherikchilik / davlat grandlari / qizlar uchun grandlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rahimjonova Nozima Alisherovna, Xusanov Behzod Ikromjon Ogli

Bugun kunda yurtimizda ta`lim sohasi bo`yicha juda ko`p islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayol qizlar uchun alohida grandlar k`op kitob o`qigan o`quvchilar uchun rag`batlantirish maqsadida mashinalar berildi. O`qishga kirish foizi kam bo`lgan maktablarga hayfsanlar berildi. Til sertifikati bor o`qtuvchilar uchun ustama to`lovlari joriy qilindi. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA`LIM SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLARNING ASOSIY YO`NALISHLARI»

TALIM SOHASINIRIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN ISLOHOTLARNING ASOSIY YONALISHLARI

1Rahimjonova Nozima Alisherovna, 2Xusanov Behzod Ikromjon o'g'li

1,2Qoqon davlat pedagogika instituti, Maktab menejmenti yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11182265

Annotatsiya. Bugun kunda yurtimizda ta'lim sohasi boyicha juda kop islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayol qizlar uchun alohida grandlar h op kitob oqigan o'quvchilar uchun rag'batlantirish maqsadida mashinalar berildi. Oqishga kirish foizi kam bolgan maktablarga hayfsanlar berildi. Til sertifikati bor o'qtuvchilar uchun ustama to'lovlari joriy qilindi. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.

Kalit so^zlar: Ta'lim tizimi, ta 'lim tizimi rivojlanish konsepsiyasi, xalqaro hamkorlik, innovatsion faoliyat, nodavlat oliy ta 'lim muassasasi, davlat xususiy sherikchilik, davlat grandlari, qizlar uchun grandlar.

Annotation. Today, many reforms are being implemented in the field of education in our country. Special grands for girls were given cars as an incentive for students who read a lot of books. Schools with low enrollment rates were given grants. Additionalfees have been introduced for teachers with language certificates. In recent years, practical work on organizing all stages of the education system based on modern requirements has entered a decisive stage in our country.

Keywords: Education system, concept of education system development, international cooperation, innovative activity, non-governmental higher education institution, state-private partnership, state grants, grants for girls.

Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.

Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.

Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi.

Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik o'choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o'quv yurtlari, dunyodagi etakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so'nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta

yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarining soni 200 tadan oshdi.

Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Aholi fikrini o'rgangan holda, sirtqi va kechki ta'lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta'limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga etdi.

Professor-o'qituvchilarning xorijdagi oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o'tashini ta'minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori 2018 yilga nisbatan o'rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta'lim muassasasi o'zini-o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkazildi.

Oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko'paytirib, 2 mingtaga etkazilishi oliy ta'limga qamrab olish ko'lamini yanada kengaytirdi.

Ta'lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta'lim tizimining quyi bo'g'inlari o'rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o'quv yurtlari tasarrufiga o'tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o'z yo'nalishi bo'yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo'ldi.

Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha jabhalarida - sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo'jaligi, to'qimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda taraqqiyot yo'lini tutgan barcha mamlakatlarda e'tirof etilmoqda. Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida e'tibor berilmoqda.

Davlatimiz rahbarining shundan keyin sog'liqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobxonlikni kuchaytirish, respublikada yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish, mamlakatni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi" ishlab chiqilishi, Imom Termiziy xalqaro markazini tashkil qilish borasida va shu kabi boshqa ko'plab qabul qilingan qarorlari, farmonlari, farmoyishlarida ilm-fanni yuksaltirish asosiy masalalardan biri sifatida belgilanishi ham ana shu e'tiborning amaliy ifodasi edi.

Xususan, ta'lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu - "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo'ldi. Mazkur qonunga asosan ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo'yildi.

Shuningdek, qonunga ko'ra, davlat oliy ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari va ularning filiallari, davlat ishtirokidagi oliy, o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo'ldi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan bo'ldi.

Shunga ko'ra, mazkur Qonunning qabul qilinishi hamda amaliyotga joriy etilishi ham ta'lim sohasida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bo'ldi deyishimiz mumkin.

Xulosa qiladigan bo'lsak, ta'lim sohasida amalg aoshirilayotgan istiqbolli vazifalar, o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. CHunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr talabidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Nurmatova Maftuna Ilxamovna. (2022). ZAMONAVIY TA'LIMDA IQTISODIY FANLARNI O'QITISH USULLARI TAHLILI. E Conference Zone, 79-81. Retrieved from http://www.econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/1831

2. Нурматова, Мафтуна. "Оила ик;тисоди ва уни юритишга оид компетенциялар." Общество и инновации 2.11/S (2021): 323-329.

3. Shokirova, Rahmonova Manzura. "MANAGEMENT DIRECTIONS OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT." Academia Repository 4.10 (2023): 259-263.

4. Radjabova, Gavxar Umarovna. "OLIY TA'LIM MUASSASALARINING TA'LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH." Oriental Art and Culture 4.3 (2023): 725-731.

5. Umarovna, Radjabova Gavxar. "ESSENCE AND FEATURES OF THE MARKET FOR EDUCATIONAL SERVICES." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 408-413.

6. Umarovna, Radjabova Gavxar. "HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TARAQQIYOTIDA TASHKILOTNING INNOVATSIYON FAOLIYATINING AHAMIYATI." Oriental Art and Culture 7 (2021): 185-189.

7. Umarovna, Rajabova Gavkhar. "IMPROVING THE PERFORMANCE MANAGEMENT OF THE HIGHER EDUCATION SYSTEM IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN." Open Access Repository 8.11 (2022): 81-86.

8. Ustadjalilova, X. A., & Ostonov, S. M. (2021). IMPROVING THE MECHANISMS OF CURRICULUM DEVELOPMENT IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-10), 10-14.

9. Ustadjalilova, K. (2022). IMPROVING THE MECHANISMS OF THE SYSTEM OF ADVANCED TRAINING OF UNIVERSITY TEACHERS USING ALTERNATIVE METHODS. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(8).

10. Ustadjalilova, X. (2023). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODLARI VA STATISTIK GIPOTEZALARNING NAZARIY JIHATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.

11. Qizi, Saidova Xilolaxon Rashidjon. "Vaziyatli yondoshuv va uning boshqaruv nazariyasi rivojlanishidagi ahamiyati." Oriental Art and Culture 7 (2021): 254-259.

12. Saidova, Hilolaxon Rashidjon Qizi. "Quality of school education and factors of its modernization." Current Research Journal of Pedagogics 2.06 (2021): 43-50.

13. https://yuz.uz/uz/news/talim-tizimi-va-yangicha-yondashuvlar

14. https://www.gazeta.uz/oz/2023/04/25/edu-center/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.