Научная статья на тему 'TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА YOSHLARNING ZAMONAVIY TAFAKKURINI SHАKLLАNTIRISHNING MOHIYATI'

TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА YOSHLARNING ZAMONAVIY TAFAKKURINI SHАKLLАNTIRISHNING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
34
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim tizimi / kontseptsiyasi / davlat-xususiy sheriklik tizimi / ijtimoiy soha / kompetensiya / yoshlar / integratsiyasi / o’zaro hamkorlik / muloqot / Education system / concept / public-private partnership system / social sphere / competence / youth / integration / mutual cooperation / communication

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Artikova, Baxtigul

Ushbu maqolada tа’lim muаssаsаlаridа yoshlarning zamonaviy tafakkurini shаkllаntirishning mohiyati hamda bugungi kunda ta’limga berilayotgan imkoniyatlari tahlil qilindi. Kommunikativ kompetensiyaning mazmun-mohiyati, olimlarning kommunikativ kompetensiya xususidagi ilmiy gʼoyalari, oʼquvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning ahamiyati yoritib oʼtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ESSENCE OF FORMING THE MODERN THINKING OF YOUTH IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS

This article analyzed the essence of forming the modern thinking of young people in educational institutions and the opportunities given to education today. The content and essence of communicative competence, the scientific ideas of scientists regarding communicative competence, the importance of forming communicative competence in students are highlighted.

Текст научной работы на тему «TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА YOSHLARNING ZAMONAVIY TAFAKKURINI SHАKLLАNTIRISHNING MOHIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

TA'LIM MUASSASALARIDA YOSHLARNING ZAMONAVIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING MOHIYATI

Baxtigul Artikova

Toshkent davlat transport universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim muassasalarida yoshlarning zamonaviy tafakkurini shakllantirishning mohiyati hamda bugungi kunda ta 'limga berilayotgan imkoniyatlari tahlil qilindi. Kommunikativ kompetensiyaning mazmun-mohiyati, olimlarning kommunikativ kompetensiya xususidagi ilmiy g'oyalari, o'quvchilarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning ahamiyati yoritib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim tizimi, kontseptsiyasi, davlat-xususiy sheriklik tizimi, ijtimoiy soha, kompetensiya, yoshlar, integratsiyasi, o 'zaro hamkorlik, muloqot

This article analyzed the essence of forming the modern thinking of young people in educational institutions and the opportunities given to education today. The content and essence of communicative competence, the scientific ideas of scientists regarding communicative competence, the importance of forming communicative competence in students are highlighted.

Key words: Education system, concept, public-private partnership system, social sphere, competence, youth, integration, mutual cooperation, communication

Bugungi kunda O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Shu asosda mamlakatimizda ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'xtalib o'tish eng muhim masalalardan biridir. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga chiqdi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek: "Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko 'plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo'llab-quvvatlaydi" deb ta'kidlagan edilar. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.

Ta'lim sifatini oshirish maqsadida o'qitishning yangi pedagogik texnologiyalarini joriy etish, yoshlarning bilimini mustahkamlash uchun o'qish hamda amaliyot jarayonining mujassamligini ta'minlash, yangi zamonaviy laboratoriya uskunalarini olib kelish, pedagoglarning tajribasini oshirish, o'quv jarayoniga yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari, ilmiy markazlarining professorlarini jalb qilish kabi namunaviy ishlar olib borilmoqda.Kontseptsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi.Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik o'choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o'quv yurtlari, dunyodagi etakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so'nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta'lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarining soni 125 taga etdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda. Aholi fikrini o'rgangan holda, sirtqi va kechki ta'lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta'limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga etdi.Professor-o'qituvchilarning xorijdagi oliy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o'tashini ta'minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori 2018 yilga nisbatan o'rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta'lim muassasasi o'zini-o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkazildi.

Ta'lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta'lim tizimining quyi bo'g'inlari o'rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

oliy o'quv yurtlari tasarrufiga o'tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o'z yo'nalishi bo'yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo'ldi.Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida professional ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda qabul qilingan PF-5812-son "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida"gi farmonida professional ta'lim muassasalari uchun bir qator vazifalar belgilangan bo'lib, ularning barchasi ta'lim samaradorligini oshirish va sohalar bo'yicha o'z dunyoqarashiga ega bo'lgan yetuk mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Professional ta'lim muassasasi - bu respublikamizning turli sohalari uchun kichik mutaxassislarni tayyorlab beruvchi dargoh hisoblanadi. Bizga ma'lumki professional ta'lim muassasi o'quv dasturlari ham nazariya bilan ishlab chiqarish ta'limini ta'minlaydi. Bugungi kunda O'zbekistonda turli yo'nalishlarda bir qator ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritayotgan bo'lib, ushbu korxonalar ichida tikuv-trikotaj buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni katta foizni tashkil qiladi. Ushbu korxonalarda faoliyat yuritadigan kichik mutaxassislar o'z sohasini chuqur o'zlashtirgan bo'lishlari bilan birgalikda yangi texnika va texnologiyalardan foydalana olishlari, sohaga oid yangiliklardan muntazam ravishda xabardor bo'lib borishlari, xorijiy tillarni o'zlashtirgan bo'lishlari, jamoada o'z o'rnilarini topishlari, ular bilan muloqotga kirishishlari uchun esa bir qator kompetentsiyalarga ega bo'lishlari talab qilinadi. Professional muassasalarida maxsus fanlarini o'zlashtirish jarayoni murakkab bo'lib, ushbu fanlar quyidagi qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan:

1. yoshlarning bilim faolligi va kasbiy mahoratini oshirish;

2. O'quv va kognitiv faoliyatni rag'batlantirish;

3. Kasbiy faoliyatga tayyorlikni shakllantirish;

4. O'rganilayotgan axborotni optimallashtirish;

5. Olingan bilim va ko 'nikmalarni amaliyotda qo 'llay

olish;

6. Jamoada faoliyat yuritish[2].

Ta'lim muassasasini bitirib, yangi ishga borgan kichik mutaxassis kasbiga oid bilim va ko'nikmalarni yetarli darajada o'zlashtirgan bo'lsada, ish joyiga ko'nikishi uzoq vaqt davom etadi; shuning uchun o'quvchilarga nafaqat bilim berish, balki

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ularning kasbiy kompetentsiyalarini shakllantirish lozim bo'ladi.Kompetentsiya - bu mavjud bilim, ko'nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo'llay olish qobiliyati bo'lib, uning bir nechta turlari mavjud. Inson o'z hayotida o'z o'rnini egallashi, ya'ni shaxsiy, ijtimoiy, kasbiy munosabatlarga kirishishi, hayotda o'z sohasi bo'yicha yetuk mutaxassis bo'lishi uchun bir qator kompetentsiyalarga ega bo'lishi lozim. Kommunikativ kompetentsiya - bu o'zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.Kommunikativ kompetentsiya tushunchasiga olimlar tomonidan turlicha ta'riflar berilgan."Kommunikativ kompetentsiya" tushunchasini birinchi bo'lib A.A.Bodalev qo'llagan bo'lib, unda insonning ichki resurslari (bilim va ko'nikmalar) mavjud bo'lganda boshqa odamlar bilan samarali aloqalarni o'rnatish va saqlay olish qobiliyati sifatida talqin qilingan [3].

L.Petrovskaya kommunikativ kompetentsiya deganda insonlar bilan zarur aloqalarni o'rnatish va ularni qo'llab quvvatlash qobiliyatini nazarda tutadi. Yu.N.Emelaynova kommunikativ kompetensiyani aloqa o'rnata olish qobiliyati sifatida belgilaydi, ya'ni, insonning shaxsiy fazilatlaridan kelib chiqib aloqa o'rnatish, hamda suhbatdoshining kommunikativ qobiliyatini hisobga olgan holda muloqatga kirishish lozim deb ta'kidlaydi.

E.Rudenskiy kommuniktiv kompetensiyani shaxsning ichki resurslari tizimi sifatida ta'riflaydi, bu esa insonning shaxslararo munosabat o'rnatish, hamda ular bilan keng doiradagi samarali harakatlarni amalga oshirish uchun zarur deb hisoblaydi.

V.N.Kunitsina kommunikativ kompetensiyani odddiygina "muloqotdagi muvaffaqiyat" deb ta'riflaydi.Yu.MJukovning fikriga ko'ra kommunikativ kompetentsiya - bu shaxsining psixologik xarakteristikasi bo'lib, u odamlar bilan muloqotda yoki odamlar bilan kerakli aloqalarni o'rnatish va saqlab turish qobiliyatida namoyon bo'ladi .S.A.Ezova kommunikativ kompetentsiya odamning bilim, ko'nikma va shaxsiy fazilatlarini qo'llash qobiliyati deb hisoblaydi .Ye.M.Kuzmina kommunikativ kompetentsiya - bu bitiruvchi talabalarning kasbiy kompetentsiyasini eng muhim tarkibiy qismi bo'lib, u samarali muloqotga imkon beradi va kasbiy faoliyatda yordam beradi, deb ta'riflaydi. kompetentsiyaningK.V.Fadeeva - kommunikativ kompetentsiya kasbiy muhim tarkibiy qismi bo'lib, u ishlab chiqarish muammolarini hal qilishda muvaffaqiyatli mulovotni ta'minlaydigan integratsiyalashgan shaxsiy resurs sifatida tavsiflaydi. U universitetda maxsus yaratilgan sharoitda shaxsiy rivojlanish va o'z-o'zini rivojlantirish jarayonida shakllanishi mumkin deb hisoblaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Ijtimoiy turdagi kasblarda kommunikativ kompetentsiyaning ahamiyati katta, chunki aloqa kasbiy faoliyatning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Kommunikativ kompetentsiya o'z sohasini to'liq o'zlashtirish jarayonida, ishlab chiqarish amaliyotlarini o'tash davrida, jamoa a'zolari, o'qituvchilar bilan muloqot o'rnatish jarayonida rivojlanadi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, har bir boshlanayotgan ish faoliyatida hamkorlik aloqalari to'g'ri yo'lga qo'yilishi jarayonni oson rivojlanishiga asos bo'ladi. Bunda shaxsning muloqatga kirisha olis qobiliyati asosiy rol o'ynaydi.

Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi.

Muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday ko'rinishidirki, unda odamlar bir-birlari bilan o'zaro aloqaga kirishadilar va o'zaro axborot almashadilar. Muloqotga kirishish shaxsning ruhiy holati, dunyoqarashi, xarakteri, qobiliyati, nutq boyligi kabi sifatlarga bog'liq hisoblanadi. Tahlil va natijalar. Bo'lajak kichik mutaxasislardan muhandislik va boshqaruv qarorlarini ta'minlash uchun texnik, texnologik va boshqa turdagi ma'lumotlarni tayyorlash va qayta ishlash; ishlab chiqarishning birlamchi bo'g'inlari faoliyatini boshqarish; yordamchi muhandislik va ilmiy yordamchi ish sohalari; eng murakkab, zamonaviy texnik va texnologik tizimlar va ularni boshqarish samaradorligini ta'minlash kabi bilim, ko'nikma va malakalarini o'zlashtirishlari talab qilinadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida sohaga oid formula, atama va tushunchalar borki, ularni o'z vaqtida va o'rnida qo'llay olish mutaxassis fikrini to'liq bayon etishida asosiy rol o'ynaydi. Bunga erishish uchun esa ularda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish muhim hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa qilib, yurtimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli vazifalar, o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. CHunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr talabidir. Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha jabhalarida - sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo'jaligi, to'qimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda taraqqiyot yo'lini tutgan barcha mamlakatlarda e'tirof etilmoqda. Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida e'tibor berilmoqda.Mamlakatimiz Prezidenti, rahbar sifatidagi faoliyatini yurtimiz akademiklari, etakchi olimlari, umuman, ilm ahli bilan uchrashuvdan boshlaganligi, yurtimizda ilm-fan rivojini ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan uyg'unlantirishga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

qaratganligi bejiz emas.Davlatimiz rahbarining shundan keyin sog'liqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobxonlikni kuchaytirish, respublikada yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish, mamlakatni yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi" ishlab chiqilishi, Imom Termiziy xalqaro markazini tashkil qilish borasida va shu kabi boshqa ko'plab qabul qilingan qarorlari, farmonlari, farmoyishlarida ilm-fanni yuksaltirish asosiy masalalardan biri sifatida belgilanishi ham ana shu e'tiborning amaliy ifodasi edi.Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, ularning yutuqlarini yuqori qo'shimcha qiymatga ega mahsulotga aylantirish jarayonida intellektual mulkning ishonchli himoya qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi.Yuqorida keltirib o'tilgan ko'nikmalarning barchasi o'quvchilarni, ya'ni bo'lajak kichik mutaxassislarni kelajakda o'z faoliyatlarini tashkil qilishlari, mustaqil ravishda ish boshqarishlari, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishlari, jamoada o'z o'rnilariga ega bo'lishlarida poydevor bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президентининг 2019 йил 6 сентябрдаги "Профессионал таълим тизимини янада такомиллаштиришга доир кушимча чора-тадбирлар тугрисида"ги фармони

2. Горькаева Е. Ю. Характеристика специальных дисциплин и их роль в профессиональном образовании / Е. Ю. Горькаева. —Теория и практика образования в современном мире : материалы VI Междунар. науч. конф.— Санкт- Петербург : Заневская площадь, 2014. — С. 293-295

3. Бодалев А.А. Психологическое общение - М,: Изд-во "Институт практической психологии", Воронеж: Н.П.О, "Модек", 1996 - 256 с.

4. XEMRAEVNA, M. G., & MIRZARAXIMOVNA, A. B. (2022). MUTAXASSISLIK BO'YICHA ADABIYOTLARNI O'QISH VA TUSHINISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 13(1), 129-133.

5. Артикова Б.М. (2021). УКРЕПЛЕНИЕ ОСНОВАНИЯ ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОГО ПУТИ ПРИ ВЫСОКОСКОРОСТНОМ ДВИЖЕНИЯ ПОЕЗДОВ. Экономика и социум, (2-1 (81)), 492-494.

6. Kaipbergenova, D. (2016). CHET TILI O'QITUVCHILARINING KASBIY VAZIFALARI VA PEDAGOGIC MAHORATI HAQIDA. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 33(4), 48-50.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

7. Orakbayevna, K. D., Normuminovich, M., & Muxiddinovna, M. Z. (2021). English language teaching methodology for non-native speakers. Linguistics and Culture Review, 5(S3), 1721-1725.

8. Orakbayevna, K. D. (2022, February). SYNTACTIC AND SEMANTIC FEATURES OF COMPARISON IN ENGLISH, UZBEK AND RUSSIAN LANGUAGES. In Conference Zone (pp. 145-147).

9. KHUSENALIYEVNA, K. D., CHORIYEVNA, A. Z., & ORAKBAYEVNA, K. D. (2021). Lexico-semantic features of technical teams of English and Uzbek languages. Journal of Contemporary Issues in Business and Government, 27(2), 4083-4088.

10. Orakbayevna, K. D. (2022). THE IMPORTANCE OF GRAMMAR IN LEARNING A FOREIGN LANGUAGE. Confrencea, 7(7), 69-72.

11. Orakbayevna, K. D. (2022). Using effective language learning strategies in teaching English. Texas Journal of Philology, Culture and History, 2, 1-3.

12. Orakbaevna, K. D. (2022). USING THE PRINCIPLE OF UNITY IN EDUCATION. PEDAGOG, 1(4), 1467-1473.

13. Kaipbergenova, D. (2017). THE IMPORTANCE OF MATERIAL DESIGNING IN LANGUAGE TEACHING. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 34(3), 62-63.

14. Kaipbergenova, D. (2016). CHET TILI O'QITUVCHILARINING KASBIY VAZIFALARI VA PEDAGOGIC MAHORATI HAQIDA. ВЕСТНИК КАРАКАЛПАКСКОГО ГОСУДАРСТВЕННОГО УНИВЕРСИТЕТА ИМЕНИ БЕРДАХА, 33(4), 48-50.

15. Bo'rixadjayeva, M. S. (2023). YANGI O'ZBEKISTONDA TA'LIM MUASSASALARIDA BERILAYOTGAN E'TIBOR VA TALABALARNI IMLIY FAOLYATGA YO'NALTIRISH. PEDAGOGSjurnali, 28(1), 68-75.

16. Bo'rixadjayeva, M. S. (2023). PEDAGOGIKNING KASBIY MAHORATINI SHAKLANTIRISH INTERFAOL USULLARI. World scientific research journal, 12(2), 128-133.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.