Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH'

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktab / pedagog / ta’lim tizimi / sifat / o’quvchilar / soha / muammo / islohotlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raximjonova Nozima Alisher Qizi, Nabijonova Nafisa Rustamjon Qizi, Qahhorov Asadbek Azizbek Ogli

Hozirgi kunda ta’lim sohasiga e’tibor qaratish va uning sifatini muntazam monitoring qilib borish , jahon ta’lim standartlariga muvofiq yetakchi va raqobatbardosh kadrlar faoliyatini yo’lga qo’yish ham huddi shunday masalalardan biridir. Ushbu maqolada ham xalq ta’limi muassasalaridagi ta’lim sifatiga ta’sir ko’rsatayotgan mavjud muammolar va ularni yechish bo’yicha olib borilayotgan turli islohotlar haqida yoritib beradi.Bu bosqich ta’lim tizimizdagi eng katta bosqich hisoblanadi va bunda har bir shaxs o’zi uchun eng muhim va asosiy bilimlarni o’zlashtiradi shuning uchun ham har bir xalq ta’limi muassasasidagi hech bir masala e’tiborsiz qolmasligi kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH»

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH

1Raximjonova Nozima Alisher qizi, 2Nabijonova Nafisa Rustamjon qizi 3Qahhorov Asadbek Azizbek o'g'li

1,2,3Qo'qon davlat pedagogika instituti, Maktab menejmenti yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11182280

Annotatsiya. Hozirgi kunda ta'lim sohasiga e 'tibor qaratish va uning sifatini muntazam monitoringqilib borish, jahon ta'lim standartlarigamuvofiqyetakchi va raqobatbardosh kadrlar faoliyatini yo'lga qo'yish ham huddi shunday masalalardan biridir. Ushbu maqolada ham xalq ta'limi muassasalaridagi ta'lim sifatiga ta'sir ko'rsatayotgan mavjud muammolar va ularni yechish bo'yicha olib borilayotgan turli islohotlar haqida yoritib beradi.Bu bosqich ta'lim tizimizdagi eng katta bosqich hisoblanadi va bunda har bir shaxs o'zi uchun eng muhim va asosiy bilimlarni o'zlashtiradi shuning uchun ham har bir xalq ta'limi muassasasidagi hech bir masala e 'tiborsiz qolmasligi kerak.

Kalit so'zlar: maktab, pedagog, ta'lim tizimi, sifat, o'quvchilar, soha, muammo, islohotlar.

Abstract. Currently, paying attention to the field of education and regularly monitoring its quality, establishing the activities of leading and competitive personnel in accordance with world educational standards is one of important issues. This article also highlights on the existing problems that affect the quality of education in public educational institutions and the various reforms that are being carried out to solve them. To learn the most important and basic knowledge for him, therefore, every issue in public educational institution are should not be ignored.

Key words: school, pedagogue,education system, quality, students, field, problem, reforms.

Har bir mamlakat rivojida ta'lim sifatini oshirish muhim ahamiyatga ega, zero ta'limda rivojlanish bo'lsa har bir sohada rivojlanish bo'ladi. Uzluksiz tа'lim tizimida tа'lim jarayoni ishtirokchilari ehtiyojlari, shuningdek, fan, tа'lim, ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqib, raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda uzluksiz tа'lim tizimining asosiy komponentlari hisoblangan maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim, maktabdan tashqari ta'lim hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining integrativ tabiatiga mos ta'lim jarayonlari samaradorligini oshiruvchi texnologiyalami tanlash, hamda pedagogik jarayonlarda vujudga kelayotgan .muammolami o'rganish va ularni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri hisoblanadi . Hozirgi kunda ta'lim sohasida turli xil va keng istiqbolli yangiliklar kiritilmoqda. Xalq ta'limi tizimi ta'lim sohasining asosiy bo'g'ini hisoblanadi . Maktab ta'lim tizimi uzoq muddatli jarayon bo'lganligi sababli ham bunda har bir farzand harf tanishidan toki kasb tanlash jarayonigacha bo'lgan vaqtni o'z ichiga oladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 30-oktabr kuni videoselektor tashkil etilgan ,videoselektor yig'ilishida ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo'lib o'tdi va bu videoselektorda muallimning obro'-e'tiborini va maqomini ko'tarish , o'quv dasturlari va metodikasini to'liq qayta ko'rib chiqish , maktab ta'lim tizimini keyingi bosqichlar bilan uzviy bog'liqligini taminlash, o'qituvchilarning ortiqcha qog'ozbozlikdan xalos etib , o'z ustida ishlash uchun shart sharoitlarni yaratish , maktablarning moddiy texnik bazasini yangilash va ta'minlash masalalari alohida ko'rib chiqildi.[1]

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish

bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan chora tadbirlar xalq ta'limi tizimida turli ehtiyojga ega bo'lgan bolalarga qaratilgan muassasalar — o'qitish darajasi ta'lim standartlaridan yuqori bo'lgan muassasalar (ixtisoslashtirilgan muassasalar) va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta'lim muassasalari faoliyat yuritadi, xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan PISA (The Programme for International Student Assessment) umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish ba boshqa islohotlar ko'zda tutilmoqda.[2]

Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida pedagogik innovatsiyalardan foydalanish jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Bu o'z navbatida, mamlakatda modernizatsiya jarayonining tez sur'atlarda rivojlanayotganligi sababli ayni davrda ta'lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e'tibor qaratishni taqozo etadi. Ammo, bu sohaga o'qitishning yangi mazmun, shakl, metod va vositalarini joriy etish bo'yicha pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning joriy etish darajasini hozircha yetarli deb bo'lmaydi.

Ta'lim sohasidagi mavjud muommolar kamaytirishda ta'limning sifatini oshirishda pedagoglar bilim va kasbiy mahoratining davr talablariga mosligi, o'qitishda innovasion ta'lim texnologiyalaridan oqilona foydalanishi, tashkil etilayotgan darslarning samaradorligi, ta'lim oluvchi yaxshi o'zlashtirishi uchun har bir mavzuning pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llagan holda o'tilishini ta'minlash talab etiladi. O'qitishda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limni amaliyotga joriy etish, ta'lim oluvchilarda egallagan bilimlarini hayotda qo'llay olish, kasb tanlash, mustaqil ta'lim olish, o'quv bilish kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb masalalaridan biri[3].

Ta'lim sohasidagi islohotlar asosan shaxsga yo'naltirilgan ta'lim asosida olib borilmoqda , oldingidek ta'lim tizimida yodlashga asoslangan ta'lim emas mavzuning negizini tushungan o'quvchining bilimi haqiqiy bilim ekanligi isbotlanib kelinmoqda. O'quv chi va talaba yoshlar hozirda faqatgina yodlab emas o'rgangan bilimlarini amlada qo'llay olishlari eng asosiy maqsadimiz ekanligi va bunga erishish uchun harakat qilmoqdamiz. Buning uchun ixtisoslashtirilayotgan makatablar tashkil etilayotgani , xususiy maktablar tashkil etilishiga keng imkoniyat yaratilgani ham bejiz emas. STEAM ta'lim texnologiyasiga asoslanga holda ta'lim jarayonlarini tashkil etishga katta e'tibor berilmoqda. Yurtimizda ta'lim tizimida yuqori darajada sifatli ta'limga e'tibor qaratayotgan vaqtimizda ta'lim sohasidagi mavjud muommolar bunga to'siq bo'lmoqda. Misol qilib quyidagilarni aytishimiz mumkin:

-ta'lim oluvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashda hamda iqtidorli yoshlarning kreativ g'oyalarni amaliyotga tatbiq etilishida tizimli va innovasioln faoliyat to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi;

-pedagoglar tomonidan ta'lim oluvchilarning intellektual qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv mashg'ulotlari tashkil etilmaganligi;

- pedagoglar tomonidan innovasion pedagogik texnologiya va metodlarini amaliyotga keng joriy etilmasligi;

- ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro hamkorlik to'liq yo'lga qo'yilmaganligi;

-ma'lumotlarni takrorlash bilan cheklanib qolayotganligi, ularning talab darajasida emasligi;

- o'quv dasturlari strukturasini yangilash va o'zgartirish zaruriyati;

- o'quv jarayonini loyihalash mexanizmlarini kiritish zaruriyati;

- pedagogik va axborot texnologiyalarining hamda mustaqil ta'limning to'g'ri talqin etilmaganligi;

-maktab o'qituvchilarining ota-onalari bilan to'g'ri muloqot o'rnatish masalalari; -ta'lim va tarbiya jarayonining barabar olib borilishidagi mavjud muammolar; -moddiy texnik bazaning yetarli emasligi;

- o'quv jarayonini loyihalash mexanizmlarini kiritish zaruriyati;

- pedagogik va axborot texnologiyalarining hamda mustaqil ta'limning to'g'ri talqin etilmaganligi;

-maktab o'qituvchilarining ota-onalari bilan to'g'ri muloqot o'rnatish masalalari;

- ta'lim va tarbiya jarayonining birgalikda olib borilishidagi mavjud muammolar;

- yosh mutaxassis kadrlardagi tajriba yetishmasligi:

- maktab o'quvchilaridagi davomat masalalari kabi bir qator muammolar ko'rib chiqilmoqda va ularni bartaraf etish maqsadida turli qarorlar ishlab chiqilmoqda.[4]

Maktab o'quvchilarining bilimi va ko'nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o'qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o'quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, maktab ta'limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq: -jamiyatda o'qituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag'batlantirish;

-o'qituvchilarning yoshlarga ta'lim va tarbiya berishdagi mas'uliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirish;

-umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ilg'or maktab direktori va namunali o'qituvchi mezonlarini ishlab chiqish hamda ular asosida rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholab borish;

-umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, mazkur yo'nalishda uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yo'lga qo'yish, bola ta'lim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning o'rnini oshirish;

-o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasblarga yo'naltirish tizimini takomillashtirish kabi ishlar olib borilmoqda.[5]

Davlat kelajagi yoshlar qo'lida faqatgina ilmli, salohiyatli yoshlargina kelajagi porloq yurtni yarata oladilar , har qanday sohada yetakchi o'ringa chiqa oladilar , yurtimiz bayrog'ini ko'klarga ko'tarib dunyo arenasiga olib chiqa oladilar. Yoshlarda sifatli va asosli, ularni faqatgina yoddan aytib bera oladigan emas , amalda qo'llay oladigan ta'lim bersakgina bu bizga samara beradi. Ta'lim sifati, uning maqsad va vazifalarini, mazmunini, shakl, metod,texnologiya va vositalarini to'g'ri tanlash bunda juda ham muhim ahamiyatga ega .Ta'lim beruvchi har bir pedagog o'z kasbibi sevuvchi hamda yetarli bilim , ko''nikmalarga ega bo'lishi kerak. Har bir mashg'ulot ta'lim oluvchilarda o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga, o'quv adabiyotlaridan kerakli axborotlarni mustaqil topishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Mashg'ulot sifati o'qitilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga pedagogning mas'uliyat bilan yondashishi, uning mazmunini ta'lim oluvchilarga yetkazishga qaratilgan mahorati, mashg'ulotni bugungi kun talabi asosida tashkil etish va boshqarish uslubiy faoliyati bilan belgilanadi. Pedagog mavzuni yoritish uchun uning muhim bo'lgan nazariya bilan asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog'langanligini

tushuntira olsa, ma'lum maqsadga erishgan bo'ladi. Buning uchun zamonaviy o'qitish texnologiyalari imkoniyatlari va usullaridan foydalanish zarur [6]

Ta'lim sifatini oshirishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, bu yo'ldagi maqsad va vazifalarni aniq belgilash, buning uchun jahonda tan olingan tajribalardan foydalanish, axborot texnologiyalarini pedagogik texnologiyalar bilan uyg'unlashgan holda qo'llash bo'lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, bu jarayon samaradorligini oshiradi. Ta'lim maqsadlarini oydinlashtirish, o'qitish va o'zlashtirish jarayonlarida qo'llaniladigan turli texnologiya va usullardan foydalanish, mazmunga e'tiborni qaratish ta'lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Nurmatova Maftuna Ilxamovna. (2022). ZAMONAVIY TA'LIMDA IQTISODIY FANLARNI O'QITISH USULLARI TAHLILI. E Conference Zone, 79-81. Retrieved from http://www.econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/1831

2. Нурматова, Мафтуна. "Оила ик;тисоди ва уни юритишга оид компетенциялар." Общество и инновации 2.11/S (2021): 323-329.

3. Shokirova, Rahmonova Manzura. "MANAGEMENT DIRECTIONS OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT." Academia Repository 4.10 (2023): 259-263.

4. Radjabova, Gavxar Umarovna. "OLIY TA'LIM MUASSASALARINING TA'LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH." Oriental Art and Culture 4.3 (2023): 725-731.

5. Umarovna, Radjabova Gavxar. "ESSENCE AND FEATURES OF THE MARKET FOR EDUCATIONAL SERVICES." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 408-413.

6. Umarovna, Radjabova Gavxar. "HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TARAQQIYOTIDA TASHKILOTNING INNOVATSIYON FAOLIYATINING AHAMIYATI." Oriental Art and Culture 7 (2021): 185-189.

7. Umarovna, Rajabova Gavkhar. "IMPROVING THE PERFORMANCE MANAGEMENT OF THE HIGHER EDUCATION SYSTEM IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN." Open Access Repository 8.11 (2022): 81-86.

8. Ustadjalilova, X. A., & Ostonov, S. M. (2021). IMPROVING THE MECHANISMS OF CURRICULUM DEVELOPMENT IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-10), 10-14.

9. Ustadjalilova, K. (2022). IMPROVING THE MECHANISMS OF THE SYSTEM OF ADVANCED TRAINING OF UNIVERSITY TEACHERS USING ALTERNATIVE METHODS. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(8).

10. Ustadjalilova, X. (2023). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODLARI VA STATISTIK GIPOTEZALARNING NAZARIY JIHATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.

11. Qizi, Saidova Xilolaxon Rashidjon. "Vaziyatli yondoshuv va uning boshqaruv nazariyasi rivojlanishidagi ahamiyati." Oriental Art and Culture 7 (2021): 254-259.

12. Saidova, Hilolaxon Rashidjon Qizi. "Quality of school education and factors of its modernization." Current Research Journal of Pedagogics 2.06 (2021): 43-50.

13. https://yuz.uz/uz/news/talim-tizimi-va-yangicha-yondashuvlar

14. https://www.gazeta.uz/oz/2023/04/25/edu-center/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.