Научная статья на тему 'XALQ TA’LIMI MUASSASALARIDAGI TA’LIM SIFATIGA TA’SIR KO’RSATAYOTGAN MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR.'

XALQ TA’LIMI MUASSASALARIDAGI TA’LIM SIFATIGA TA’SIR KO’RSATAYOTGAN MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktab / pedagog / ta’lim tizimi / sifat / o’quvchilar / soha / muammo / islohotlar .

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamayusupova Dildora Rasuljon Qizi

Hozirgi kunda ta’lim sohasiga e’tibor qaratish va uning sifatini muntazam monitoring qilib borish , jahon ta’lim standartlariga muvofiq yetakchi va raqobatbardosh kadrlar faoliyatini yo’lga qo’yish ham huddi shunday masalalardan biridir. Ushbu maqolada ham xalq ta’limi muassasalaridagi ta’lim sifatiga ta’sir ko’rsatayotgan mavjud muammolar va ularni yechish bo’yicha olib borilayotgan turli islohotlar haqida yoritib beradi.Bu bosqich ta’lim tizmimizdagi eng katta bosqich hisoblanadi va bunda har bir shaxs o’zi uchun eng muhim va asosiy bilimlarni o’zlashtiradi shuning uchun ham har bir xalq ta’limi muassasasidagi hech bir masala e’tiborsiz qolmasligi kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQ TA’LIMI MUASSASALARIDAGI TA’LIM SIFATIGA TA’SIR KO’RSATAYOTGAN MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH BO’YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR.»

XALQ TA'LIMI MUASSASALARIDAGI TA'LIM SIFATIGA TA'SIR KO'RSATAYOTGAN MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH BO'YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR.

Mamayusupova Dildora Rasuljon qizi

QDPI Maktab menejmenti yonalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10800003

Annotatsiya. Hozirgi kunda ta'lim sohasiga e 'tibor qaratish va uning sifatini muntazam monitoringqilib borish, jahon ta'lim standartlarigamuvofiqyetakchi va raqobatbardosh kadrlar faoliyatini yo'lga qo'yish ham huddi shunday masalalardan biridir. Ushbu maqolada ham xalq ta'limi muassasalaridagi ta'lim sifatiga ta'sir ko'rsatayotgan mavjud muammolar va ularni yechish bo'yicha olib borilayotgan turli islohotlar haqida yoritib beradi.Bu bosqich ta'lim tizmimizdagi eng katta bosqich hisoblanadi va bunda har bir shaxs o'zi uchun eng muhim va asosiy bilimlarni o'zlashtiradi shuning uchun ham har bir xalq ta'limi muassasasidagi hech bir masala e'tiborsiz qolmasligi kerak.

Kalit so'zlar; maktab , pedagog ,ta'lim tizimi , sifat , o'quvchilar , soha , muammo , islohotlar.

Abstract. Currently, paying attention to the field of education and regularly monitoring its quality, establishing the activities of leading and competitive personnel in accordance with world educational standards is one of important issues. This article also highlights on the existing problems that affect the quality of education in public educational institutions and the various reforms that are being carried out to solve them. To learn the most important and basic knowledge for him, therefore, every issue in public educational institution are should not be ignored.

Keywords: school, pedagogue,education system, quality, students, field, problem, reforms.

Aннотация. В настоящее время одним из таких вопросов является уделение внимания сфере образования и регулярный контроль его качества, налаживание деятельности ведущих и конкурентоспособных кадров в соответствии с мировыми образовательными стандартами. Данная статья также проливает свет на существующие проблемы, влияющие на качество образования в государственных образовательных учреждениях и различные реформы, которые проводятся для их решения. институтом следует пренебречь.

Ключевые слова: Школа, педагог, система образования, качество, учащиеся, сфера, проблема, реформы.

Harbir mamlakat rivojida ta'lim sifatini oshirish muhim ahamiyatga ega, zero ta'limda rivojlanish bo'lsa har bir sohada rivojlanish bo'ladi. Uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim jarayoni ishtirokchilari ehtiyojlari, shuningdek, fan, ta'lim, ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqib, raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda uzluksiz ta'lim tizimining asosiy komponentlari hisoblangan maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rtamaxsus kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keying ta'lim, maktabdan tashqari ta'lim hamda qayta tayyorlash va Malaka oshirish jarayonlarining integrative tabiatiga mos ta'lim jarayonlari samaradorligini oshiruvchi texnologiyalarni tanlash, hamda pedagogic jarayonlarda vujudga kelayotgan muammolami o'rganish va ularni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ta'lim sohasida turli xil va keng istiqbolli yangilikla rkiritilmoqda. Xalq ta'limi tizimi ta'lim sohasining asosiy bo'g'ini hisoblanadi.

Maktab ta'lim tizimi uzoq muddatli jarayon bo'lganligi sababli ham bunda har bir farzand harf tanishidan toki kasb tanlash jarayonigacha bo'lgan vaqtni o'zichiga oladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 30-oktabr kuni videoselektor tashkil etilgan, videoselektor yig'ilishida ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo'lib o'tdi va bu videoselektorda muallimning obro'-e'tiborini va maqomini ko'tarish, o'quv dasturlari va metodikasini to'liq qayta ko'rib chiqish, maktab ta'lim tizimini keying bosqichlar bilan uzviy bog'liqligini taminlash, o'qituvchilarning ortiqcha qog'ozbozlikdan xalos etib, o'z ustida ishlash uchun shart sharoitlarni yaratish, maktablarning moddiy texnik bazasini yangilash va ta'minlash masalalari alohida ko'rib chiqildi.[1]

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivoj lantirish konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan chora tadbirlar xalq ta'lim itizimida turli ehtiyojga ega bo'lgan bolalarga qaratilgan muassasalar — o'qitish darajasi ta'lim standartlaridan yuqori bo'lgan muassasalar (ixtisoslashtirilgan muassasalar) va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta'lim muassasalari faoliyat yuritadi, xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan PISA ( The Programme for International Student Assessment) umum ta'lim maktablarida ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish va boshqa islohotla rko'zda tutilmoqda.[2]

Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonida pedagogik innovatsiyalardan foydalanish jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi. Bu o'z navbatida, mamlakatda modernizatsiya jarayonining tez sur'atlarda rivojlanayotganligi sababli ayni davrdata'lim sohasiga yangiliklarni tizimli ravishda kiritishga alohida e'tibor qaratishnitaqozo etadi. Ammo, bu sohaga o'qitishning yangi mazmun, shakl, metod vavositalarini joriy etish bo'yicha pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning joriy etish darajasini hozircha yetarli deb bo'lmaydi.

Ta'lim sohasidagi mavjud muommolar kamaytirishda ta'limning sifatini oshirishda pedagoglar bilim va kasbiy mahoratining davr talablariga mosligi, o'qitishda innovasion ta'lim texnologiyalaridan oqilona foydalanishi, tashkil etilayotgan darslarning samaradorligi, ta'lim oluvchi yaxshi o'zlashtirishi uchun har bir mavzuning pedagogik va axborot texnologiyalarni qo'llagan holda o'tilishini ta'minlash talab etiladi. O'qitishda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limni amaliyotga joriy etish, ta'lim oluvchilarda egallagan bilimlarini hayotda qo'llay olish, kasb tanlash, mustaqil ta'lim olish, o'quv bilish kompetensiyalarini rivojlantirish dolzarb masalalaridan biri[3].

Ta'lim sohasidagi islohotlar asosan shaxsga yo'naltirilgan ta'lim asosida olib borilmoqda oldingidek ta'lim tizimida yodlashga asoslangan ta'lim emas mavzuning negizini tushungan o'quvchining bilimi haqiqiy bilim ekanligi isbotlanib kelinmoqda. O'quvchi va talaba yoshlar hozirda faqatgina yodlab emas o'rgangan bilimlarini amlada qo'llay olishlari eng asosiy maqsadimiz ekanligi va bunga erishish uchun harakat qilmoqdamiz .Buning uchun ixtisoslashtirilayotgan makatablar tashkil etilayotgani , xususiy maktablar tashkil etilishiga keng imkoniyat yaratilgani ham bejiz emas. STEAM ta'lim texnologiyasiga asoslanga holda ta'lim jarayonlarini tashkil etishga katta e'tibor berilmoqda. Yurtimizda ta'lim tizimida yuqori darajada sifatli ta'limga e'tibor qaratayotgan vaqtimizda ta'lim sohasidagi mavjud muommolar bunga to'siq bo'lmoqda , ularga misol qilib bularni aytishimiz mumkin ;

-ta'lim oluvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashda hamdaiqtidorli yoshlarning kreativ g'oyalarni amaliyotga tatbiq etilishida tizimli vainnovasioln faoliyat to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi;

-pedagoglar tomonidan ta'lim oluvchilarning intellektual qobiliyatinirivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv mashg'ulotlari tashkil etilmaganligi;

- pedagoglar tomonidan innovasion pedagogik texnologiya va metodlariniamaliyotga keng joriy etilmasligi;

-ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro hamkorlik to'liq yo'lga qo'yilmaganligi; -ma'lumotlarni takrorlash bilan cheklanib qolayotganligi, ularning talab darajasida emasligi ;

- o'quv dasturlari strukturasini yangilash va o'zgartirish zaruriyati;

- o'quv jarayonini loyihalash mexanizmlarini kiritish zaruriyati;

- pedagogik va axborot texnologiyalarining hamda mustaqil ta'limning to'g'ritalqin etilmaganligi ;

-maktab o'qituvchilarining ota-onalari bilan to'g'ri muloqot o'rnatish masalalari; -ta'lim va tarbiya jarayonining barabar olib borilishidagi mavjud muammolar; -moddiy texnik bazaning yetarli emasligi ;

- o'quv jarayonini loyihalash mexanizmlarini kiritish zaruriyati;

- pedagogik va axborot texnologiyalarining hamda mustaqil ta'limning to'g'ri talqin etilmaganligi ;

-maktab o'qituvchilarining ota-onalari bilan to'g'ri muloqot o'rnatish masalalari;

- ta'lim va tarbiya jarayonining birgalikda olib borilishidagi mavjud muammolar;

- yosh mutaxassis kadrlardagi tajriba yetishmasligi :

- maktab o'quvchilaridagi davomat masalalari kabi bir qator muammolar ko'rib chiqilmoqda va ularni bartaraf etish maqsadida turli qarorlar ishlab chiqilmoqda.[4]

Maktab o'quvchilarining bilimi va ko'nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o'qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o'quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, maktab ta'limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq: -jamiyatda o'qituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag'batlantirish;

-o'qituvchilarning yoshlarga ta'lim va tarbiya berishdagi mas'uliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirish;

-umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ilg'or maktab direktori va namunali o'qituvchi mezonlarini ishlab chiqish hamda ular asosida rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholab borish;

-umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, mazkur yo'nalishda uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yo'lga qo'yish, bola ta'lim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning o'rnini oshirish;

-o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasblarga yo'naltirish tizimini takomillashtirishkabi ishlar olib borilmoqda.[5;8]

Davlat kelajagi yoshlar qo'lida faqatgina ilmli , salohiyatli yoshlargina kelajagi porloq yurtni yarata oladilar , har qanday sohada yetakchi o'ringa chiqa oladilar , yurtimiz bayrog'ini

ko'klarga ko'tarib dunyo arenasiga olib chiqa oladilar. Yoshlarda sifatli va asosli , ularni faqatgina yoddan aytib bera oladigan emas , amalda qo'llay oladigan ta'lim bersakgina bu bizga samara beradi.Ta'lim sifati, uning maqsad va vazifalarini, mazmunini, shakl, metod,texnologiya va vositalarini to'g'ri tanlash bunda juda ham muhim ahamiyatga ega .Ta'lim beruvchi har bir pedagog o'z kasbibi sevuvchi hamda yetarli bilim , ko''nikmalarga ega bo'lishi kerak. Har bir mashg'ulot ta'lim oluvchilarda o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga, o'quv adabiyotlaridan kerakli axborotlarni mustaqil topishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Mashg'ulot sifati o'qilayotgan, tahlil qilinayotgan mavzuga pedagogning mas'uliyat bilan yondashishi, uning mazmunini ta'lim oluvchilarga yetkazishga qaratilgan mahorati, mashg'ulotni bugungi kun talabi asosida tashkil etish va boshqarish uslubiy faoliyati bilan belgilanadi. Pedagog mavzuni yoritish uchun uning muhim bo'lgan nazariya bilan asoslanganligi, fikrlarni mantiqan bog'langanligini tushuntira olsa, ma'lum maqsadga erishgan bo'ladi. Buning uchun zamonaviy o'qitish texnologiyalari imkoniyatlari vausullaridan foydalanish zarur [6;7]

Ta'lim sifatini oshirishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, bu yo'ldagi maqsad va vazifalarni aniq belgilash, buning uchun jahonda tan olingan tajribalardan foydalanish, axborot texnologiyalarini pedagogik texnologiyalar bilan uyg'unlashgan holda qo'llash bo'lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, bu jarayon samaradorligini oshiradi. Ta'lim maqsadlarini oydinlashtirish, o'qitish va o'zlashtirish jarayonlarida qo'llaniladigan turli texnologiya va usullardan foydalanish, mazmunga e'tiborni qaratish ta'lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi.

REFERENCES

1. Узбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 23 сентябрдаги "Таълим тyFрисида"ги ^онун". УР^-637-сон. (Конун хужжатлари маълyмотлари миллий базаси, 24.09.2020 й., 03/20/637/1313-сон).

2. Sultonmurodovna O. M. THE ORETICAL AND SCIENTIFIC APPROACHES TO ENSURING THE QUALITY OF EDUCATION IN THE TRAINING OF COMPETITIVE PERSONNEL IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS //Open Access Repository. -2022. - Т. 8. - №. 11. - С. 121-126.

3. МавляновА., ваб.к.лар. "Иетор педагогик технология б7йича y;yB машFyлотини лойихалаш". Замонавий таълим. 2016

4. https://daryo.uz/2020/10/30/shavkat-mirziyoyev-raisligida-talim-sohasidagi-muammolar-ularni-hal-etish-va-talim-sifatini-oshirishga-bagishlangan-videoselektor-otkazildi.

5. ПФ-5538-сон 05.09.2018. Хал; таълимини бошкдриш тизимини такомиллаштириш бхйича к^шимча чора-тадбирлар тyFрисида https://lex.uz/docs/3893445

6. PF-134-сон 11.05.2022. 2022-2026-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida https://lex.uz/uz/docs/-6008663

7. Rakhmonova Manzura Shokirovna. (2023). ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS OF ADMINISTRATIVE ACTIVITY IN THE FIELD OF EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(11), 1041-1044. Retrieved from https://giirj.com/index.php/giirj/article/view/5969

8. Rahmonova Manzura Shokirova. (2023). 1^оп kаpitаlini rivоjlаntirishning mеnеjmеnti yо'nаlishlаri. Open Academia: Journal of Scholarly Research, 1(6), 1-5. Retrieved from https://academi aone .org/i ndex.php/4/article/view/209

9. Rakhmonova Manzura Shokirovna. (2023). ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS OF ADMINISTRATIVE ACTIVITY IN THE FIELD OF EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(11), 1041-1044. Retrieved from https://giirj.com/index.php/giirj/article/view/5969

10. Rahmonova Manzura Shokirova. (2023). Inson kapitalini rivojlantirishning menejmenti yo'nalishlari. Open Academia: Journal of Scholarly Research, 1(6), 1-5. Retrieved from https://academi aone .org/index.php/4/article/view/209

11. Otajonova M., Mamayusupova D., Olimjonova Z. VAQT KATEGORIYASIDA PERSONAL KOMPETENTLIK VAQTNI BOSHQARISHNING PERSONAL TIZIMI TAHLILI //Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. - 2023. - T. 2. - №. 21. - C. 104-109.

12. Rahmonova, M. (2023). THE UNDERSTANDING OF HUMAN CAPITAL INDEX AND ANALYSIS OF ITS SITUATION IN UZBEKISTAN. Interpretation and researches, 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.