INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 1, 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
"UZLUKSIZ KASBIY TA'LIM" MAXSUS ELEKTRON PLATFORMASI VA
Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekistonXalq ta'limi tizimidafaoliyatyuritayotgan raxbar kadrlar vapedagog xodimlarning onlayn malaka oshirishini tashkil etish tizimi sifatida yaratilgan "Uzluksiz kasbiy ta'lim" maxsus elektron platformasining amaliyotga joriy etilishi, qulayliklari va imkoniyatlari yoritib berilgan. Ushbu platforma orqali malaka oshirishda ta'lim sifatini boshqarish maqsadidayo'lga qo'yilgan ishlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: "Uzluksiz kasbiy ta'lim" maxsus elektron platformasi, onlinedu.uz, malaka oshirish, masofaviy ta 'lim, pedagoglarning onlayn malaka oshirishi.
Аннотация: В данной статье описывается реализация, удобство и возможности специальной электронной платформы «Непрерывное профессиональное образование», которая создавалась как система для организации онлайн повышения квалификации руководителей и педагогов, работающих в системе народного образования Узбекистана. Через эту платформу представлены работы, проводимые в целях управления качеством образования в области профессионального развития.
Ключевые слова: специальная электронная площадка «Непрерывное профессиональное образование», onlinedu.uz, повышение квалификации, дистанционное обучение, онлайн повышение квалификации педагогов.
Abstract: This article describes the implementation, convenience and possibilities of the special electronic platform "Continuous Professional Education", which was created as a system for organizing online professional development of managers and pedagogues working in the public education system of Uzbekistan. Through this platform, the works carried out in order to manage the quality of education in professional development are presented.
Keywords: special electronic platform "Continuous professional education", onlinedu.uz, professional development, distance education, online professional development of pedagogues.
KIRISH Hozirgi kunda elektron kurslar va onlayn o'qitish bozori yuqori cho'qqilarni zabt etmoqda. Xorijiy davlatlar yoshlarga o'zlarining potensiallariga erishish, kuchli jamiyatga qo'shilishlari uchun kerakli bo'lgan bilim va ko'nikmalar, ishonch va aloqalar o'rnatishlariga
UNDA TA'LIM SIFATINI BOSHQARISH
Rahmonova Gulhayo Saidjon qizi
Tayanch doktorant A.Avloniy Nomidagi Milliy-Tadqiqot Instituti E-pochta manzili: [email protected]
https://doi.ors/10.5281/zenodo.7116113
JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM
I
5
OCTOBER, 2022
I
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 1, 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yordam berish masalalarida, turli sohalar bo'yicha xodimlarning kasbiy rivojlantirish, xususan, xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish masalasida onlayn ta'lim platformalariga tayanishmoqda. Malaka oshirish tizimi so'nggi o'n yil ichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, onlayn ta'lim va masofadan o'qitishning yangi salohiyatini bosqichma-bosqich o'zlashtirdi. Onlayn kurs platformalari orqali masofaviy ta'lim olish usuli hozirda ancha muvaffaqiyatli ekanligi a'tirof etilmoqda.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi "Xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo'llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4963-son Qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi "Xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 25-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan xalq ta'limi muassasalari xodimlarining "hayot davomida o'qish" tamoyili hamda kredit tizimiga asoslangan uzluksiz kasbiy ta'lim tizimi yo'lga qo'yildi.
"Xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 17.01.2022 yildagi 25-son O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori matnida keltirilgan asosiy atamalarning ta'riflari:
"Uzluksiz kasbiy ta'lim" maxsus elektron platformasi (keyingi o'rinlarda — elektron platforma) — o'quv modullari kontentlarini yaratish, saqlash va ularni ta'lim oluvchilarga taqdim etish, shuningdek, ta'lim oluvchilarni ro'yxatga olish va ularga o'quv modullarini onlayn tarzda o'zlashtirish imkoniyatini beruvchi maxsus elektron dasturiy tizim;
Ushbu platforma xalq ta'limi tizimida faoliyat yuritayotgan raxbar kadrlar va pedagog xodimlarning onlayn malaka oshirishini tashkil etish tizimi sifatida yaratilgan. Platforma yuqori texnologiyalar zamonida taqdim qilinayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish va vaqtni tejash, ta'lim oluvchi uchun qulay vaqt va maqbul sur'atlarda malaka oshirish imkoniyatini beradi. Platforma qulay interfeysga ega, barcha yo'nalishlar bo'yicha malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan 50 dan ortiq kurslarning o'quv-uslubiy majmua va videodarslari joylashtirilgan.
Tinglovchi — ixtisoslashtirilgan ta'lim tashkilotiga qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga qabul qilingan xalq ta'limi xodimi;
Mutaxassislar — xalq ta'limi tashkilotlarida metodist, defektolog, logoped, psixolog, kutubxonachi va mutaxassis lavozimlarida faoliyat ko'rsatuvchi shaxslar;
Pedagog xodimlar — xalq ta'limi tashkilotlarida ta'lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi o'qituvchi va tarbiyachilar;
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 1, 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Rahbar xodimlar — xalq ta'limi tashkilotlari va ularning tarkibiy bo'linmalarida boshqaruv funksiyalari va vazifalarini bajaruvchi shaxslar hamda ularning o'rinbosarlari, shuningdek, xalq ta'limi tizimidagi hududiy boshqaruv organlari mutaxassislari.
MUHOKAMA
Malaka oshiruvchi xodimlarning platformadan foydalanish jarayonida qulayliklarni ta'minlash maqsadida sodda va tushunarli interfeys yaratilgan ya asosiy oynada yo'riqnoma joylashtirilgan. (1-rasm) Tinglovchi o'ziga qulay tilni (o'zbekcha/ruscha) tanlashi mumkin. Bundan tashqari platforma asosiy oynasida: ro'yxatdan o'tish tizimi, malaka oshirishni boshlash, hozirda onlayn malaka oshirayotgan ro'g'risida ma'lumot, xalqaro ekspertlar fikrlari, sertifikatni haqiqiylikka tekshirish oynasi, ommabop kurslar, mutaxassislar tomonidan o'tkaziladigan vebinarlar, platforma mutaxassislari haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan.
Bir vaqtning o'zida turli gadjetlar orqali kirish imkoniyati
Personal Computer MacBook Notebook Netbook Mobile phone Plashed Smart TV
Ixtiyoriy operatsion tizimdan foydalanish imkoniyati
Android iOS
Windows
Linux
Unix
Istalgan turdagi brovzer dasturidan foydalanish
Google Chrome Mozilla Firefox Opera Yandex Safari
Microsoft Edge
1-rasm
Platforma barcha turdagi gadjetlar orqali TAS-IX tizimida ishlash imkoniyatiga ega. Tinglovchilar ro'yxatdan o'tish tizimi uchun faqat telefon raqami va passport ma'lumotlari
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 1, 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
yetarli.(2-rasm) Har bir tinglovchi shaxsiy kabineti yaratilgan. Tinglovchilar mustaqil ravishda onlayn yoki oflayn malaka oshirishni tanlash imkoniyati mavjud.
Ro'yxatdan o'tish
x
Shaxsiy telifon raqam .
kiritish: -• +998 (n) 222-22-22
11-222-22-22
Foydalanuvchi shaxsiy raqami orqali parolni qayta tikiashi imkoniyati mavjud
Tizimdan ro'yxatdan o'tgan n raqam va i yozib kirishi
pA$$W0rD0220
aroini takrorlash pA$$worDO220|
Ro'yxatdan o'tish
Parolni tiklash i Kirish
Qulay bo'lgan 8 ta belgidan kam bo'lmagan parol kiritish:
pAssworDozzo
Tasdiqlash uchun parolni qayta kiritish:
pAssworDozzo
Telefon raqamga 5 ta raqamdan iborat sms xabar yuborlladl:
>ZM5
2-rasm
Malaka oshirishga tashrif buyurgan tinglovchilarga individual yondashish maqsadida kasbiy kompetensiyalarni aniqlash bo'yicha diagnostika testlari ishlab chiqilgan. Diagnostika testi tinglovchining malaka oshirishdan oldingi kasbiy komponentligini aniqlashda yordam beradi. Test natijalari tushunarli va ko'rgazmali bo'lishini ta'minlash maqsadida individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi grafik ko'rinishda tasvirlanadi. (3-rasm) Test natijalariga asoslangan holda tinglovchining ehtiyojlari shakllantiriladi va ehtiyojdan kelib chiqqan holda kurslar taklif etiladi. (4-rasm)
Atosiy M»mng akkauntim
Malaka oshirish
Diagnostika test natijasining har bir I kompetensiya bo'yicha | raqamli ko'rsatkichi
l. O'quv kurslari va treninglarni tashkil etish 50%
3. Ta'lim sifatini oshirishda AKTni samarali joriy etish 50% / 88%
3. Ta'limdagi yangi yondashuv va strategiyalar
50% / 100%
U. Pedagogika va psixologiya 60% / 88%
5. Ta'lim tizimidagi islohotlar va huquqiy masalalar 66% / 100%
6. Metodik xizmatni olib borish 7S% / 88'
IL
Diagnostika test natijasining o'rgimchak to'ri grafikasidagi ko'rinishi
■ Diagnostika test
natijasining chiziqli 1 grafikda ko'rishi
100 ballik baholash tizimdan olingan diagnostika test natijasi
Malaka oshirish .
O'tildi o kredit (0%)
3-rasm
1 Lavozim bo'yicha
to'planishi kerak bo'lgan ' minimal kredit miqdori
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 1, 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Mavzular bo'yicha videodarslar, taqdimotlar va adabiyotlar mavjud. Kursning sifatini hamda tinglovchining diqqatini oshirish maqsadida videodarslarni ko'rish mobaynida o'tilayotgan mavzu bo'yicha testlar berib boriladi. Ushbu testlar har bir mavzudan keyin o'zlashtirish darajasini aniqlanashga yordam beradi. Tinglovchi tomonidan minimum kredit miqdori to'plangandan so'ng elektron shaklda sertifikat taqdim etiladi.
Pcdagog^a va 0% pvxologiya >
O'quv kurilari va 0% tramnglarni taihkil »ti*h >
Ta'lim tizimidagi islohotlar va hwqwqiy matalalar >
Taiimdagi yang* yondashuv va Mrategiyala« >
M«tod>k «izmatni olib borith >
Ta'lim sifatini othirithda AKTm samarali joriy et>»h >
Har bir lavozim bo'yicha «ga bo'lishi lozim bo'lgan kasbiy komp«t«nsiyalar asosida kreditlar bclgilanadi
Kurslar tavsiya etiladi
Mvtodih «'imjln. otb bei*
Diagnostika testi natijasida foydalanuvchining qaysi I kompetensiyalarida past ko'rsatkich mavjud bo'lsa shu | kompetensiyalar bo'yicha kurslar taklif etiladi
Har bir kompetensiya tarkibida bir nechta mualliflik kurslari mavjud «kanligini hisobga olgan holda eng ko'p ijobiy baholangan kurslar tinglovchiga tavsiya •tiladi
4-rasm
Bundan tashqari "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida malaka oshirish sifatini ta'minlash maqsadida quyidagi imkoniyatlar mavjud:
Har bir tinglovchi uchun shaxsiy portfolioni ko'rish imkoniyati;
Muqobil malaka oshirish shakllari orqali kredit to'plash imkoniyati;
Cheklanmagan vaqtda soni cheklanmagan tinglovchilar uchun vebinar tizimi imkoniyati;
Vebinar davomida turli onlayn so'rovnomalarni tashkil etish imkoniyati;
Tinglovchilar va tutorlar orasida o'zaro muloqot qilish va fayl almashish imkoniyati;
Platformada tahsil olganlar haqida statistik ma'lumotlarni ko'rish imkoniyati;
Fan yo'nalishi bo'yicha metodistlar va maktab rahbarlarining o'z ta'lim muassasasida platforma orqali tahsil olayotganlarni nazorat qilish imkoniyati.
LMS platformasiga oid savollarga javob olish chati yo'lga qo'yilgan bo'lib, chat orqali beriladigan savollarga mutaxassislardan istalgan vaqtda (24/7) javob olish imkoniyati.
XULOSA
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
VOLUME 1, ISSUE 1, 2022
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Covid-19 pandemiyasi davrida ta'lim sohasi ko'p talofatga uchradi, ammo o'qituvchilarni masofadan ishlashga o'rgatdi. O'zbekistonda o'qituvchilar masofaviy ta'lim texnologiyalaridan keng foydalanishga o'tdilar. Xalq ta'limi xodimlarning masofadan malaka oshirishi uchun yaratilgan onlinedu.uz elektron platformasi keng imkoniyatlarni taklif etishi bilan pedagoglarning katta qismini jalb qila oldi va hozirgacha undan foydalanuvchilar soni yuqori suratlarda o'sib bormoqda.
Ayni kunlarda "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida malaka oshirish sifatini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish bo'yicha ilmiy ish olib borilmoqda. An'anaviy ta'limda malaka oshirish sifatini aniqlashtiruvchi omillarning masofaviy ta'limda qo'llash mumkin emasligi ispaniya tadqiqotchilari (Jung & Latchem, 2012; Veytia & Chao Gonzalez, 2013) tomonidan isbotlangan. Shu sababli ushbu platforma orqali malaka oshirishda ta'lim sifatini ta'minlovchi omillarni chuqur o'rganish va bu omillarga ijobiy ta'sir qilgan holda ta'lim sifatini yanada oshirish ilmiy ishning asosiy maqsadi etib belgilangan.
REFERENCES
1. "Xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 17.01.2022 yildagi 25-son O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.
https://lex.uz/uz/docs/-5828765?ONDATE=18.01.2022%2000
2. https://onlinedu.uz/
3. Rahmonova Gulhayo Saidjon qizi. Masofaviy ta'lim texnologiyalari va ulardan xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirishda foydalanish. Conference Zone, 85-91. Retrieved from http://conferencezone.org/index.php/cz/article/view/691
4. Baxramov Anvar Axrarovich. Xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish: davriylikdan uzluksizlikka o'tish masalalari. "Xalq ta'limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar" jurnali, 2021. (63-68 b.)
5. Jung, I., & Latchem, C. (2012). Quality assurance and accreditation in distance education and online. New York/London: Routledge.