Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISHNING TUZILISHI'

TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISHNING TUZILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta`lim tizimi / ta`lim tizimi rivojlanish konsepsiyasi / xalqaro hamkorlik / innovatsion faoliyat / nodavlat oliy ta`lim muassasasi / davlat xususiy sherikchilik / davlat grandlari / qizlar uchun grandlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Juraeva Davlatoy Dilshodbek Qizi, Hakimova Ra’No Iqboljon Qizi, Sirojidinova Oydinoy Mansurjon Qizi

Ta’lim tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish ta’lim tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMINI BOSHQARISHNING TUZILISHI»

TA'LIM TIZIMINI BOSHQARISHNING TUZILISHI

Juraeva Davlatoy Dilshodbek qizi, 2Hakimova Ra'no Iqboljon Qizi, 3Sirojidinova Oydinoy Mansurjon Qizi

1'2'3Qo,qon davlat pedagogika instituti, Maktab menejmenti yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11181966

Annotatsiya. Ta'lim tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida ta'limning innovatsion shakllari va usullarini qo'llashga ko'maklashadi. Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish ta'lim tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo'yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Kalit so^zlar: talim tizimi, talim tizimi rivojlanish konsepsiyasi ,xalqaro hamkorlik, innovatsion faoliyat, nodavlat oliy talim muassasasi, davlat xususiy sherikchilik, davlat grandlari, qizlar uchun grandlar.

Annotation. The effective implementation of mechanisms for managing the education system is considered the most important condition for elevating the younger generation to a new level in terms of moral, ethical, and intellectual development, as well as assisting in the adoption of innovative forms and methods of education in the teaching process. Additionally, critical analysis of the current state of affairs in this field identifies a number of issues and shortcomings, including the organization of educational management, practical coordination of the activities of public secondary educational institutions, and the improvement of their material-technical condition.

Keywords: education system, concept of education system development, international cooperation, innovative activity, non-governmental higher education institution, state-private partnership, state grants, grants for girls.

Bugungi kunda ma'lumki ta'lim tashkilotlarini boshqarish bilan dolzarb muammolar yuzaga kelgan. Ta'lim sifatini oshirish uchun e'tiborni avvalo tizimga qaratish kerak.

Boshqaruv - bu muassasaning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishi uchun yo'naltirilgan jarayondir. Bu boshqaruv faoliyati harakatining ketma-ket bajarish jarayoni bolib, muassasaning bir qator ijtimoiy masalalarini yechish va ularni amalga oshirish uchun zarur. Bu harakat boshqaruv vazifalarini bajarish deb ataladi. Ta'lim muassasalari faoliyatini maqsadli boshqarish yosh avlod tarbiyasida, o'quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion texnologiyalarni joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yangi o'sib kelayotgan avlodning ta'lim sohasida tashkil etilgan zamonaviy moddiytexnik bazasidan unumli foydalanishni ta'minlash, oliy va o'rta maxsus ta'limi tizimidagi yo'nalishlar va mutaxassislar bo'yicha davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari, o'quv-metodik adabiyotlarni qayta ko'rib chiqish va takomillashtirish borasida ko'plab ishlar amalga oshirildi

Boshqaruvning tarkibiy tuzilishi deganda boshqaruv bo'g'inlari va bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi. Boshqaruv tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli bo'lishi uning ish qobiliyati yuqori bo'lishini kafolatlaydi, ya'ni boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo'g'inlar qancha kam bo'lsa, boshqaruv shunchalik samarali bo'ladi.

Boshqaruv bo'g'inlari - bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni bajaruvchi mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma elementlari, ularning bo'linmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir.

Boshqaruv bosqichlari - bu boshqarish biror darajasidagi ma'lum bo'g'inlar yig'indisidir. Shu belgisiga ko'ra boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari - ko'p bosqichli (ko'p bo'g'inli), uch, ikki bosqichli (bo'g'inli) bo'ladi. Bosqichlar va bo'g'inlar o'rtasidagi aloqa vertikal va gorizontal bo'lishi mumkin. Vertikal bo'g'inlar rahbarlarning ularga bo'ysunuvchilar o'rtasidagi munosabatlarni, gorizontal aloqalar boshqaruvning teng xuquqli bo'g'in va unsurlari o'rtasidagi munosabatlarni bildiradi.

Boshqaruv tarkibidagi quyidagi elementlar alohida ajratib ko'rsatiladi: zvenolar (buginlar), saviyalar (boshqaruv darajasi) va aloqalar - gorizontal va vertikal. Menejmentning nomlari tilga olingan tashkiliy tarkib elementlari bir-biri bilan o'zaro bog'langandir. Kiskacha ularning aniq tushunchasini alohida ko'rib chiqamiz:

Zveno yoki boshqaruv bo'limi - bu tashkilotning alohida yoki erkin boshqaruv idorasidir. Uning shakllanishining asosiy vazifasi bo'limining Ma'lum bir vazifasini bajarishdir. Bo'limlar orasida o'rnatilgan aloqa gorizontal tavsifga ega.

Tarkib inson va materiallar resurslarini, ularning o'zaro munosabatlarini tarkibga solib birlashtiradi. Barcha tarkiblar, ularning o'lchovlaridan qat'iy nazar, yana bir umumiy xususiyatga ega: ular firmaning maqsadiga erishishi uchun shakllantiradi. Ammo boshqaruv tarkibi o'ziga xos xususiyatga ega, ular ma'lum darajada odamlar faoliyatining samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Har bir ish berayotgan firma uchun tarkibni tashkil qilish, uning faoliyatini yuksaltirishda muhim element hisoblanadi.

Xulosa. Xulosa qiladigan bo'lsak, boshqarish tashkiliy tuzilmalari deganda, boshqarish bo'g'ini, bo'g 'in tarkiblari soni, ularni bir-biriga bo'ysunishi, o 'zaro bog'liqligi tushuniladi. Boshqarishning tashkiliy tuzilmalaridagi oddiylik va tushunarlilik uning ish qobiliyati kafolatidir. Milliy xo'jalikning um um davlat boshqaruv organlari qonun chiqaruvchi, ijro, sud qismlariga bo'linadi. Ular milliy xo'jalik ko'p sonli tarmoqlarini bir butun bog'lab turadi.Boshqaruv tashkiliy tuzilmalari chiziqli-fimksional, chiziqli-shtabli turlariga bo'linadi. Barcha boshqaruv funksiyalari bajarilishini ta 'minlovchi eng yaxshi boshqaruv apparatini tashkil etish — boshqaruv tuzilmalarini takom illashtirishning asosiy masalasi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Nurmatova Maftuna Ilxamovna. (2022). Zamonaviy ta'limda iqtisodiy fanlarni o'qitish usullari tahlili. E Conference Zone, 79-81. Retrieved from http://www.econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/1831

2. Нурматова, Мафтуна. "Оила иктисоди ва уни юритишга оид компетенциялар." Общество и инновации 2.11/S (2021): 323-329.

3. Shokirova, Rahmonova Manzura. "Management Directions Of Human Capital Development." AcademiaRepository 4.10 (2023): 259-263.

4. Radjabova, Gavxar Umarovna. "Oliy ta'lim muassasalarining ta'lim xizmatlarini rivojlantirish boshqaruvini takomillashtirish." Oriental Art and Culture 4.3 (2023): 725-731.

5. Umarovna, Radjabova Gavxar. "Essence And Features Of The Market For Educational Services." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 408-413.

6. Umarovna, Radjabova Gavxar. "Hozirgi zamon iqtisodiy taraqqiyotida tashkilotning innovatsiyon faoliyatining ahamiyati." Oriental Art and Culture 7 (2021): 185-189.

7. Umarovna, Rajabova Gavkhar. "Improving The Performance Management Of The Higher Education System In The Republic Of Uzbekistan." Open Access Repository 8.11 (2022): 81-86.

8. Ustadjalilova, X. A., & Ostonov, S. M. (2021). Improving The Mechanisms Of Curriculum Development In Educational Institutions. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-10), 10-14.

9. Ustadjalilova, K. (2022). Improving the mechanisms of the system of advanced training of university teachers using alternative methods. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(8).

10. Ustadjalilova, X. (2023). Pedagogik tadqiqotlar metodlari va statistik gipotezalarning nazariy jihatlari. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.

11. Saidova Xilolaxon Rashidjon qizi. "Vaziyatli yondoshuv va uning boshqaruv nazariyasi rivojlanishidagi ahamiyati." Oriental Art and Culture 7 (2021): 254-259.

12. Saidova, Hilolaxon Rashidjon Qizi. "Quality of school education and factors of its modernization." Current Research Journal of Pedagogics 2.06 (2021): 43-50.

13. Назирова, Феруза Абдуазизовна. "педагогические и коммуникативные способности в работе учителя." Science and innovation 3.Special Issue 18 (2024): 918-923.

14. Назирова, Феруза. "Kasbiy kompetentlik sifatlari." Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире 1.3 (2022): 363-367.

15. Yormatova, Sh, F. Nazirova, and M. Muhammadjonova. "Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish-ijtimoiy zaruriyat sifatida." Scientific progress 1.6 (2021): 1198-1201.

16. https://yuz.uz/uz/news/talim-tizimi-va-yangicha-yondashuvlar

17. https://www.gazeta.uz/oz/2023/04/25/edu-center/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.