Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISHNING TAMOYILLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISHNING TAMOYILLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
625
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta'lim tashkilotini boshqarish / menejment / rivojlanish yo'nalishlari / innovatsion usullar / boshqaruv jarayoni / zamonaviy maktab.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Radjabova Gavxar Umarovna, Sotvoldiyeva Sodiqova Nilufar Bahromjon Qizi

Maqolada ta'lim tashkilotini boshqarishning turli yondashuvlari va tamoyillari muhokama qilinadi. Zamonaviy ta'lim muassasasining vazifalari tavsiflanadi, rahbarning ta'siri va uning malakasi ta'lim muassasasini boshqarish samaradorligiga ta'sir qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISHNING TAMOYILLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

TA'LIM MUASSASASINI BOSHQARISHNING TAMOYILLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

1Radjabova Gavxar Umarovna, 2Sotvoldiyeva (Sodiqova) Nilufar Bahromjon qizi

1Qo'qon davlat pedagogika instituti, Ta'lim menejmenti kafedrasi dotsenti 2Qo'qon davlat pedagogika instituti, Maktab menejmenti ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11182151

Annotatsiya. Maqolada ta'lim tashkilotini boshqarishning turli yondashuvlari va tamoyillari muhokama qilinadi. Zamonaviy ta'lim muassasasining vazifalari tavsiflanadi, rahbarning ta'siri va uning malakasi ta'lim muassasasini boshqarish samaradorligiga ta'sir qiladi.

Kalit so'zlar: ta'lim tashkilotini boshqarish, menejment, rivojlanish yo'nalishlari, innovatsion usullar, boshqaruv jarayoni, zamonaviy maktab.

Abstract. The article discusses various approaches and principles of managing an educational organization. The tasks of a modern educational institution are described, the influence of the leader and his qualifications affects the effectiveness of management of the educational institution.

Key words: management of an educational organization, management, development directions, innovative methods, management process, modern school.

Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o'z vazifalarini bir qator tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi. Pedagogik adabiyotlarda ta'lim tizimini boshqarishda asos bolib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda belgilanishiga alohida urg'u berilgan. Mazkur orinda ta'lim muassasasini boshqarishning har bir tamoyiliga alohida-alohida ta'rif berishga harakat qilamiz. Ta'lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:

Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta'lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma'muriyatning muntazam hisobot berishi, o'qituvchi va o'quvchilarga ta'lim muassasasi hayotiga oid oz fikrlarini bildirishga imkon berish, ta'lim muassasasida demokratik g'oyalarning ustuvor o'rin tutishini anglatadi [2].

Ta'lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo'lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub'ektning sub'ektga munosabati darajasiga erishish, o'quvchi va o'qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, oz iste'dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.

Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta'lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta'lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo'ladi. Tizimning birinchi belgisi yagonaligi hamda uni bo'laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir. Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi belgisi tizimning integrsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o'ziga xos sifatga ega bo'lgani bilan, o'zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana olish sifati hosil bo'ladi. To'rtinchi belgisi ta'lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bog liqligidir. Chunki ta'lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, ushbu

ta'lim jarayonini qayta quradi hamda ozining maqsadlariga erishish uchun tashqi muhitni oziga bo'ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o'rtasidagi ozaro harakat va aloqani ta'minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi [2].

Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg'unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo'lganda, albatta, ma'muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o'qituvchilar va o'quvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o'qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi. Shuningdek, markazlashtirilmaslikka ham keragidan ortiq e'tibor berilsa, pedagogik tizim faoliyatining sustlashishi kozga tashlanadi.

Ta'lim muassasasi ichidagi boshqaruvda markazlashtirish va markazlashtirmaslikni uyg'unlashtirish ma'muriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratadi hamda kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadi.

Yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi tamoyili pedagogik jarayonni boshqarishda yakka hokimlikka yo'l qo'ymaslikka qaratilgan. Boshqarish faoliyatida o'quvchilarning tajribasi va bilimiga tayanib, turli qarashlarni taqqoslab, oqilona xulosalar chiqarish ota muhimdir. Vazifalarni kollegial hal qilish har bir jamoa a'zosining javobgarligini yo'qqa chiqarmaydi.

O z navbatida yakkahokimlikning o ziga xos jihatlari bor. Yakkahokimlik pedagogik jarayonda tartib-intizom, vakolat doirasi va unga amal qilishni ta'minlaydi. qarorni qabul qilishda kollegial yondashuv ma'qul bo'lsa, qarorning ijrosini ta'minlashda yakkahokimlikka bo'ysunish ma'quldir.

Ta'lim tizimini boshqarishning davlat-jamoatchilik xarakteri ushbu tamoyilni amalga oshirishga sharoit yaratadi.

Ta'lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob'ektivligi va toliqligi. Ta'lim tizimini boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to liqligiga ham bog'liq. Agar axborotlar aniq, to liq yig ilsa yoki haddan ziyod kop bo'lsa, qaror qabul qilishda chalkashlikka olib keladi.

Biz ta'lim-tarbiya jarayonida o quvchilarning ozlashtirishi haqidagi ma'lumotlarni yig'amiz, lekin ularning qiziqishlari, xulq-atvori, shaxs sifatidagi yo'nalishiga e'tibor beramiz. Ana shuning uchun ham tarbiya jarayonida koplab og'ishlar kuzatiladi. Ta'lim muassasasining rahbari ozining faoliyatida menejer vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun u oz faoliyatida kuzatish, anketa, test, instuktiv va metodik materiallardan keng foydalana bilishi lozim. Ta'lim muassasasi ma'muriyati maktab ichidagi axborotli boshqaruv texnologiyasini ishlab chiqish va uni ta'lim jarayoniga tatbiq etishga alohida e'tibor qaratishi kerak. Boshqaruv jarayonida axborotdan samarali foydalanish ta'lim muassasasi faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi. Ta'lim muassasasini boshqarishda foydalaniladigan axborotlar turlichadir.

Axborotlar jamg'armasini shakllantirish va undan jadal foydalanish boshqaruv ishini ilmiy tashkil etishni yuksaltiradi.

Maktab ichki boshqaruvining oziga xosligi quyidagi vazifalarda aniq korinadi:

1. Ta'lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish.

2. Maqsad qo'yish va rejalashtirish.

3. Tashkil qilish.

4. Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish.

5. Tartibga solish.

Ta'lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va rivojlanishini tahlil qilmasdan, avval erishilgan natijalarni hozirgilari bilan taqqoslamasdan turib, uni boshqarib bo lmaydi. Ta'lim muassasasini boshqarish samaradorligi rahbarning ham, o'qituvchilarning ham pedagogik tahlil uslubiyatini teran bilishlariga bogTiq. Agar oz vaqtida, professional darajada pedagogik jarayon togri tahlil qilinmasa, jamoa orasida ozaro bir-birini tushunmaslik, ishonchsizlik kelib chiqadi. Hozirgi paytda pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud:

1. kundalik tahlil;

2. tizimli tahlil;

3. yakuniy tahlil.

Kundalik tahlil o'quv jarayonining borishi va natijasi haqida har kuni ma'lumot yigib, undagi kamchiliklarning sababini aniqlashga qaratiladi. Kundalik tahlil natijasida pedagogik jarayonga o'zgartirishlar va tuzatishlar kiritiladi. Kundalik tahlilning predmetiga o'quvchilarning har kungi o' zlashtirish va intizomlari darajasi, ta'lim muassasasi rahbarining darsga hamda sinfdan tashqari darslarga qatnashishi, maktabning tozalik holati, shuningdek, dars jadvaliga rioya qilish kabi holatlar kiradi.

Tizimli tahlil darslar va sinfdan tashqari mashg ulotlar tizimini o rganishga qaratiladi. Tizimli tahlil mazmuni ta'lim metodlarini to g ri uyg unlashtirish, o quvchilar tomonidan bilimlarning puxta o'zlashtirilishiga erishish, o'qituvchilarning sifatli tarbiyaviy ishlarni olib borishlari, ularning pedagogik madaniyatini ko'tarish hamda ta'lim muassasasida innovatsion muhitni tashkil qilishda pedagogik jamoaning hissasini ta'minlash kabilardan iborat.

Yakuniy tahlil o'quv choragi, yarim yillik va o'quv yili yakunida amalga oshiriladi hamda asosiy natijalarga erishish yoTlarini o'rganishga qaratiladi. Yakuniy tahlil uchun ma'lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy va oraliq nazorat yakunlari, o'quvchilarning va sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.

Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maqsad qo'yish va rejalashtirishdan iborat.

Boshqaruv faoliyatining maqsadi - ishning umumiy yo'nalishi, mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash. Demak, maqsad - rejaning asosi. Boshqaruvda asosiy maqsad aniqlanganidan keyin, unga erishish uchun qoshimcha maqsad qo'yiladi. Ta'lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Bunday qarorlar ma'lum bir muddat davridagi ma'lumotlarni tahlil qilish orqali yoki yakuniy ishlarni bajarib boTgandan so'ng qabul qilinishi mumkin.

Ta'lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qoTlaniladi [2]:

1. muddatli (perspektiv);

2. yillik;

3. yakuniy.

Muddatli rejalashtirish qoidaga muvofiq so'nggi yillarda ta'lim muassasasida amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida bir necha yilga moTjallab qabul qilinadi.

Ta'lim muassasasida qabul qilinishi mumkin bolgan muddatli reja quyidagi korinishda bolishi mumkin:

1. Rejalashtirilgan muddatda ta'lim muassasasi oldiga qo'yilgan vazifalar.

2. Guruhlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, o'quvchilarning yillik ozlashtirish darajasi

muddatlari.

3. Ta'lim jarayoniga pedagogik innovatsiya (yangilik)larni olib kirish muddatlari.

4. Ta'lim muassasasini pedagogik kadrlariga qo'yilgan talablar.

5. Pedagog kadrlar malakasini turli shakllar (kurslar, seminarlar, treninglar) orqali oshirish.

6. Ta'lim muassasasini texnika hamda oquv-metodik (qurilish ishlari, axborotlashtirish, korgazmali qurollar, kutubxona fondini boyitish) kolamini rivojlantirish.

7. Oqituvchi va o'quvchilarni ijtimoiy himoya qilish.

Ichki nazorat ham ta'lim muassasasini boshqarishda alohida orin tutadi. Nazoratni tashkil etishda yetishmovchiliklarni bartaraf etish uchun bir qancha talablarni bilish zarur. Bunday talablarga tizimlilik, ob'ektivlik, harakatlilik, toldiruvchilik kabilarni korsatish mumkin.

Ta'lim muassasasi ichki nazoratining turlari, shakllari va metodlarini turkumlashtirish hozirgi vaqtda muammoli masala bo lib qolmoqda. Shunga qaramasdan, ichki nazoratning quyidagi turlari ajratilib ko'rsatiladi:

Mavzuli nazorat qandaydir aniq masalani o'rganishda ta'lim muassasasi jamoasi, o'quvchilar guruhi yoki alohida o'qituvchining pedagogik faoliyati tizimi, ta'lim muassasasidagi ta'lim darajasi, shuningdek, o'quvchilarning ekologik va estetik tarbiyasi tizimiga e'tibor qaratiladi.

Frontal nazorat butun pedagogik jamoa, metodik kengash yoki alohida oqituvchi faoliyatini o'rganishga qaratiladi.

Alohida nazorat biror bir o'qituvchining faoliyati, sinf (guruh) rahbarlarining tarbiyaviy ishlarini mavzuli, frontal tkshirishga asoslanadi.

Sinf-muloqot nazorat shaklida sinf jamoasining dars va darsdan tashqari jarayonida shakllanishiga ta'sir etuvchi o'ziga xos omillar e'tiborga olinadi.

Predmetli nazorat shakli bitta yoki bir necha sinf (guruh)larda, butun ta'lim muassasasida ta'lim olinganlik darajasini aniqlashda qollaniladi.

Mavzuli nazorat shaklining bosh maqsadi turli fan o'qituvchilari va sinflarning alohida o'quv-tarbiya jarayonini boshqarishdagi ishlarini o'rganishdan iborat.

Majmuaviy (kompleks) nazorat shakli bir necha o'quv fanlari bir yoki bir nacha sinf (guruh)larda turli o'quvchilarning ishlarini o'rganishni tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi. Tartibga solishning asosiy maqsadi ta'lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilishda ta'lim muassasasining oldiga qo'yilgan maqsad va rejalarini amalga oshirish, boshqaruv ishini tashkil etish hamda nazorat qilishda yol qoyilgan holatlarni tuzatishdan iborat.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. T.: 2020 yil

2. Ta'lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari (muhaz.org)

3. Radjabova, Gavxar Umarovna. "OLIY TA'LIM MUASSASALARINING TA'LIM XIZMATLARINI RIVOJLANTIRISH BOSHQARUVINI TAKOMILLASHTIRISH." Oriental Art and Culture 4.3 (2023): 725-731.

4. Umarovna, Radjabova Gavxar. "ESSENCE AND FEATURES OF THE MARKET FOR EDUCATIONAL SERVICES." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 408-413.

5. Umarovna, Radjabova Gavxar. "HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TARAQQIYOTIDA TASHKILOTNING INNOVATSIYON FAOLIYATINING AHAMIYATI." Oriental Art and Culture 7 (2021): 185-189.

6. Umarovna, Rajabova Gavkhar. "IMPROVING THE PERFORMANCE MANAGEMENT OF THE HIGHER EDUCATION SYSTEM IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN." Open Access Repository 8.11 (2022): 81-86.

I. Ustadjalilova, X. A., & Ostonov, S. M. (2021). IMPROVING THE MECHANISMS OF CURRICULUM DEVELOPMENT IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-10), 10-14.

В. Ustadjalilova, K. (2022). IMPROVING THE MECHANISMS OF THE SYSTEM OF ADVANCED TRAINING OF UNIVERSITY TEACHERS USING ALTERNATIVE METHODS. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(B).

9. Ustadjalilova, X. (2023). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODLARI VA STATISTIK GIPOTEZALARNING NAZARIY JIHATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (б), 21-21.

10. Saidova Xilolaxon Rashidjon Qizi. "Vaziyatli yondoshuv va uning boshqaruv nazariyasi rivojlanishidagi ahamiyati." Oriental Art and Culture l (2021): 254-259.

II. Saidova, Hilolaxon Rashidjon Qizi. "Quality of school education and factors of its modernization." Current Research Journal of Pedagogics 2.06 (2021): 43-50.

12. Xusnida, Madaminova. "SPECIFIC ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF TEACHERS'PROFESSIONAL DEVELOPMENT IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.12 (2023): ll6-l8l.

13. Rashidovna, Madaminova Khusnida. "DEVELOPMENT OF INDEPENDENT THINKING SKILLS OF CHILDREN IN A PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 44-4l.

14. Rahmonova, Manzura. "Inson Kapitali Indeksi Tushunchasi Va O'zbekistonda Uni Holati Tahlili." Interpretation and researches 1.1 (2023).

15. Rahmonova, Manzura. "Inson Kapitali Indeksi Tushunchasi Va O'zbekistonda Uni Holati Tahlili." Interpretation and researches 1.1 (2023).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.