Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISHDA NIZOLARNI ANIQLASH VA ULARNI HAL QILISH USULLARI'

TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISHDA NIZOLARNI ANIQLASH VA ULARNI HAL QILISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
99
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'lim muassasasi / boshqaruv / nizolarni boshqarish / boshqaruv funktsiyalari

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ismatova Umida Nematullayevna

Maqolada Ta'lim muassasasini boshqrishda nizolarni aniqlash va ularni hal qilish usullari ko'rib chiqiladi Ta’lim muassasasidagi nizolarni aniqlash va ularni hal qilish haqida zarur ma’lumot va bilimga ega bo‘lish har ta’lim muassasasini boshqarayotgan rahbar uchun foydalidir. Nizolarni hal etish ta’lim muassasasi boshqaruvini yaxshilashga qaratilgan bo'lishi kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISHDA NIZOLARNI ANIQLASH VA ULARNI HAL QILISH USULLARI»

TA'LIM MUASSASASINI BOSHQARISHDA NIZOLARNI ANIQLASH VA ULARNI

HAL QILISH USULLARI Ismatova Umida Nematullayevna

Xalqaro Nordik Universiteti magistranti Tel : +998943619312 Email: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10810064

Annotatsiya. Maqolada Ta'lim muassasasini boshqrishda nizolarni aniqlash va ularni hal qilish usullari ko'rib chiqiladi Ta'lim muassasasidagi nizolarni aniqlash va ularni hal qilish haqida zarur ma'lumot va bilimga ega bo'lish har ta'lim muassasasini boshqarayotgan rahbar uchun foydalidir. Nizolarni hal etish ta'lim muassasasi boshqaruvini yaxshilashga qaratilgan bo'lishi kerak.

Kalit so'zlar: ta'lim muassasasi, boshqaruv, nizolarni boshqarish, boshqaruvfunktsiyalari

Abstract. The article examines methods of identifying and resolving conflicts in the management of an educational institution. Having the necessary information and knowledge about the identification and resolution of conflicts in an educational institution is useful for every head of an educational institution. Conflict resolution should be aimed at improving the management of the educational institution.

Keywords: educational institution, management, conflict management, management functions

KIRISH

Zamonaviy dunyoda nizolar jamiyatdagi inson hayotining ajralmas qismidir. Ular insonga, shu jumladan kasbiy faoliyat jarayonida hamrohlik qiladi. Bu borada ta'lim muassasalari ham bundan mustasno emas. Umumiy qonunlarga bo'ysunish, ta'lim muassasidagi nizolar bir qator omillar tufayli o'ziga xos xususiyatlarga ega. Muayyan sharoitlarda ziddiyatli vaziyatlar ta'lim muassasasining barqaror faoliyatini buzishi va uning faoliyati samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun pedagogik jamoada ziddiyatning kuchayishiga olib keladigan omillarni tahlil qilish, shuningdek, uyg'un munosabatlarni o'rnatish boshqaruv faoliyatining jihatlaridan biridir.

Ta'lim muassasida sodir bo'layotgan har qanday nizo rahbariyat nufuziga putur yetkazishi mumkin. Sodir bo'lgan nizodan ta'lim muassasasinin mavqeyi keskin pasayadi, jamoada nosog'lom muhit hukm suradi. Shuning uchun rahbardan nizolarning oldini olish tadbirlarini tashkillashtirish va agar sodir bo'lgan paytda esa ularni malakali tarzda hal etish qobiliyati talab etiladi. Rahbar shaxsi, hatto, nizoli vaziyatni yumshatishdagi asosiy omil bo'lib ham ishtirok etishi mumkin. Rahbarning shahsiy madaniyati, nizoli va muammoli vaziyatga munosabati alohida ahamiyat kasb etadi. Rahbar ijodiy bo'lsa, muammoga ko'p tomonlama yondosha olsa, asta- sekin bu xislat uning qo'l ostidagi xodimlar xulqida ham namoyon bo'la boshlaydi , keskin vaziyatga nisbatan rahbarning sokin munosabati, sovuqqonlik bilan mushohada qila olish qobiliyati nizoning yumshatiga shart-sharoit yaratadi.

Muhtaram Prezidentimizning 2019-yil 24-apreldagi " O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 20230-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli Farmonida umumta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda ta'lim sifatini yuqori bosqichga ko'tarish hamda mavjud muammolarni o'z vaqtida hal etish talab etilishi haqida ustvor vazifalar belgilab berilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Ta'lim muassasasidagi nizolarni aniqlash faoliyati, uning turi va turidan qat'i nazar, psixologiya va konfliktologiyaning bir sohasi sifatida konfliktologiya yutuqlariga asoslanadi. Muayyan sharoitlarda ziddiyatli vaziyatlar ta'lim muassasasidagi barqaror faoliyatini buzishi va uning faoliyati samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin.Shuning ta'lim muassasasini boshqarishda nizolarning kuchayishiga olib keladigan omillarni tahlil qilish, shuningdek, uyg'un munosabatlarni o'rnatish boshqaruv faoliyatining jihatlaridan biridir.

Nizolarni aniqlash jarayonining mohiyati asosiy boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishdan iborat: rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya va nazoratdir . Nizolarni aniqlash jarayoniga nisbatan rejalashtirish funktsiyasi muammoli vaziyatni hal qilishda muhim ahamiyatga ega .

Rejalashtirish funksiyasi orqali ta'lim muassasa rahbari o'qituvchilarning kayfiyati, ularni qiynayotgan muammolarni bilib oladi. Ushbu munosabat nizolarni aniqlashda va ularni ha qilishda ta'lim muassasasi rahbariga pedagogik psixolog jihatdan katta yordam berishi mumkin.Nizolarni aniqlash bo'yicha rejalashtirish jarayonida ishonchli ma'lumot olish usullari sifatida sotsiometriya va anketadan foydalanish mumkin.

Nizolarni boshqarish jarayonining mohiyati asosiy boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishdan iborat: rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya va nazorat. Mojarolarni boshqarish jarayoniga nisbatan rejalashtirish funktsiyasi muammoli daqiqalarni aniqlash, faoliyatning maqsad va vazifalarini aniqlashdir

Rejalashtirish ta'lim muassasa rahbariga o'qituvchilar tarkibidagi kayfiyat, mavjud norasmiy guruhlar to'g'risidagi ma'lumotlarga asoslanishi kerak. Shu munosabat bilan, kadrlar bo'yicha pedagogik psixolog katta yordam berishi mumkin. Nizolarni boshqarish bo'yicha faoliyatni rejalashtirish jarayonida ishonchli ma'lumot olish usullari sifatida sotsiometriya va anketadan foydalanish mumkin.

Ta'lim muassasasining o'ziga xos shartlaridan (o'qituvchilarning yoshi, asosan ayollar) nizoli vaziyatlar aniq o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, ular tomonlar o'rtasidagi yashirin qarama-qarshilikda, nizoli vaziyatda ishtirokchilarning hissiyotlarini kuchaytirishda namoyon bo'lishi mumkin.

Ta'lim tashkilotining pedagogik jamoasida ziddiyatli vaziyatlarning paydo bo'lishining sabablari orasida I. V. Milushkina uchta asosiy sabab guruhini aniqlaydi:

- birinchi guruh muvaffaqiyatli ishlashga to'sqinlik qiluvchi sabablardan iborat (noqulay mehnat sharoitlari, ish haqi tizimining nomukammalligi, xususan, ish haqi fondining rag'batlantiruvchi qismini taqsimlash, o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha qarashlarning farqlari, fikrlarning kelishmovchiligi); kasbiy vazifani hal qilish bo'yicha nuqtai nazar);

- ikkinchi guruhni pedagogik jamoa a'zolarining ijtimoiy munosabatlarining xarakterini aks ettiruvchi sabablar: Bir-biriga nisbatan noxolis va salbiy munosabat, ishbilarmonlik va norasmiy muloqot me'yorlarini buzish

- o'zaro ta'sir ishtirokchilarining shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqadigan sabablar: jamoaning alohida a'zolarining psixologik mos kelmasligi V. Milushkina ta'lim muassasasidagi konfliktli vaziyatlarning keng tarqalgan turi bu rahbar va o'qituvchilar o'rtasidagi nizolar ekanligini ta'kidlaydi. Mojarolarning sababi o'qituvchilarning o'z xizmat vazifalarini noto'g'ri bajarishi (ob'ektiv sabab), rahbarning muayyan faoliyat to'g'risida o'z g'oyalarini yuklashi bo'lishi mumkin.

Aniqlanishicha, mehnat jamoalarida nizodan so'nggi kayfiyatning buzilishi va tinchlanguncha o'tadigan vaqt shu nizoga tayyorlanish davriga nisbatan uch baravar ko'proq

muddatni egallar ekan.

Jamoalarda nizo sabablarini tadqiq etish natijasida ziddityalarni yuzaga keltiruvchi qator omillar aniqlandi. Bular qatoriga mehnat resuslarining chegaralanganligi, ishlab chiqarishga oid masalalarning uzviy bog'liqligi, xodimlarning tashkilot kelajagi haqidagi _ tasavvurlarning noanqiligi , ta'lim muassasasi ichidagi kommunikatsiyalardan qoniqmaslik, kadrlarni tayyorlash darajasining pastligi va shu kabi sabablar kiradi.

Rahbar ta'lim muassasasi boshqaruv faoliyatida sanab o'tilgan nizolarning har biri bilan to'qnash keladi. Shu munosabat bilan quyida ular yuzasidan ma'lumotlarni ko'rib chiqamiz.

Shaxsiy nizolar. Nizoninig bu turi ayrim paytda ichki nizo deb ham nomlanadi. Nizoning bu ko'rinishiga shaxsning ichki ziddiyatlari sabab bulib, bunday tafovutlarni yuzaga keltiruvchi omillarni asosan ikki guruhga ajratish mumkin: 1) Insonning ehtiyoji, intilishi va qadriyati uning o'z bo'yniga olayotgan mas'uliyati bilan qarama-qarshi bo'lib qoladi; 2) Shaxsning unga qo'yilayotgan talablarga bosh ko'tarishi natijasidagi ichki tug'yonlari. Misol tariqasida ta'lim muassasasi miqyosida uchrab turadigan quyidagi holatlarni eslash mumkin: Xodim biron ishni puxta bajargisi keladi, lekin vazifani yakunlash muddati uni shoshiltiryapti. Natijada, muddatdan kechikmaslik xohishi va mehnatga sidqidildan munosabatda bo'lish kabi ikki xohish o'rtasida nizo yuzaga keladi. Demak, insonning dunyoqarashi va odatlari o'rtasidagi bunday nomuvofiqlik ichki nizoning asosida yotadi. Ichki nizoga yana bir misol sifatida xodimning ikki raxbardan bir vaqtning o'zida topshiriq olishi va qaysinisini birinchi navbatda bajarishi masalasida qiynalishini xam keltirish mumkin. Bu ikkala misolda qamrab olingan nizo sababi tashqi muhit bilan belgilangan.

Shaxslararo nizo. Ta'lim muassasalarida nizoning bu turi ko'plab uchraydi. Aksariyat rahbarlarning fikricha, bunday nizoning yagona sababi - xodimlar xarakterlarining o'zaro nomutanosibligidir.

Biroq, mazkur nizoga oid vaziyatlar tahlili shuni ko'rsatadiki, shaxslararo ziddiyatlar asosida, ko'p hollarda, ob'ektiv sabablar yotar ekan. Rahbar bilan xodim o'rtasida nizo yuzaga kelaganda esa, xodim o'ziga ajratilayotgan ish xajmini adolatsiz deb hisoblashi, rahbar esa xodim ishga sovuqqonlik bilan qarayapti degan fikrda bo'lishi mumkin.

Ta'lim muassasasini boshqarishda o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi nizolarni ham ko'rib chiqishimiz mumkin.

Ta'lim va tarbiya jarayonini boshqarish qarama-qarshiliklar va nizolarsiz mumkin emas. Shuningdek hozirgi kunda ham bunday nizolar yo'q deb ayta olmaymiz. o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi ziddiyatlar quyidagicha tasniflanishi mumkin:

- o'quvchining darsga o'z vaqtida tayyorlanib kelmasligiga

- o'quvchining maktab ichi tartib qoidalariga amal qilmasligi

- o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi shaxsiy-emotsional muhitga

O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi nizo o'quvchining ta'lim vazifasini bajarishdan yoki uning yomon bajarilishidan voz kechishida namoyon bo'ladi.Bu turli sabablarga ko'ra sodir bo'lishi mumkin o'qituvchining darsga puxta tayyorlanib kelmasligi, o'qituvchining darsga o'z vaqtida kirmasligi 5-6 daqiqa kechikib kirib kelishi , o'quvchi bergan savollarga aniq va lo'nda javob bera olmasligi. Dars vaqtida o'qituvchi telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o'tirishi .Natijada nima bo'ladi o'quvchi darsga qiziqmay qo'yadi.O'qituvchini darsida shunchaki tanaffus bo'lguncha majburlikdan o'tiradi.Bu jarayon shunday davom etsa o'quvchi o'qituvchini mensimay qo'yadi va bu xolat o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida nizo va ziddiyat paydo bo'lishiga olib keladi.

NATIJALAR

Tariximizga nazar tashlaydigan bo'lsak, avvaldan ham biror-bir oila, qabila mahallada nizo kelib chiqadigan bo'lsa, o'sha urug' yoki mahallaning yoshi kattalari, barcha hurmat qiladigan a'zolari nizolashayotgan taraflarni kelishuvga chaqirib, ularning munosabatlarini yaxshilashga, ular o'rtasidagi nizoni tinch yo'l bilan hal qilishga urinishgan va bu holat bu kungi zamonamizda ham davom etmoqda. Bu borada yuridik fanlar nomzodi, professor M.M.Mamasidiqov quyidagicha fikr bildirgan, "Nizodagi taraflarni yarashtirishga qaratilgan milliy qadriyatlarimiz va an'analarimiz, mamlakatimiz hududida muqaddam amalda bo'lgan tartib-taomillar to'g'risida so'z yuritish joiz ko'rinadi"

Ma'lumki, aholisining asosiy qismi islom diniga e'tiqod qiluvchi yurtimizda tomonlar o'rtasida yuzaga kelgan turli kelishmovchiliklar va nizolarni o'zaro murosa yo'li bilan hal etishga asosiy e'tibor berib kelingan. Zero, dinimiz an'analari inson hayotining barcha jabhalariga daxldor bo'lib, oqilonalik va boshqalarga yaxshilik qilish orqali odamlar o'rtasidagi munosabatlarni yengillashtirishga xizmat qilgan va taraflarni yuzaga kelgan nizolarni tinch yo'l bilan hal qilishga da'vat qilgan. Ayniqsa, ta'lim muassasida rahbarl boshqaruv jarayonida xodimlar munosabatlarini saqlab qolish maqsadida kechirimli bo'lish va shu orqali kelishmovchiliklarni tinch yo'l bilan hal qilishga chaqirgan. Mamlakatimizda nizolarni hal qilishning muqobil usullarini joriy qilishga oid izchil islohotlar amalga oshirilib, ularning huquqiy asoslari moddiy protsessual qonunchilikda mustahkamlanib, bosqichma-bosqich takomillashib bormoqda. Bu usullardan ta'lim muassasasi boshqaruvida ham qo'llanlib kelinmoqda.

MUHOKAMA

Ta'lim muassasasini boshqarishda nizolarni aniqlash va ularni hal qilish qo'llaniladigan usullar orqali munosabatlarda nizolashayotgan tomonlarning aloqalarini saqlab qolish, ular o'rtasidagi munosabatlarni xolislikda olib borish, nizoni muzokaralar yo'li bilan hal qilish, nizolarni hal qilishning huquqiy asoslari nizoni hal qilish yakuniy va barcha tomonlarni qoniqtiradigan tarzda yakuniy xulosaga kelish, nizoni tezda hal qilish, uzoq vaqtdan ta'lim muassasasida davom etayotgan nizolarni anqilash va ularni hal qilish orqali murosai-madoraga keltirish, nizolashayotgan tomonlar o'rtasida ko'plab nizolarni birdaniga hal qilish, vaziyat yuqori darajadagi maxfiylikni saqlash, tomonlar mojaroni rasmiy ravishda hal qilish kabi ijobiy xususiyatlarga ega. Shu bilan birga, bir qator hollarda nizolarni hal qilishning orqali taraflar o'rtasida munosabat jiddiy tusda bo'lsa, tomonlardan biri o'z manfaatlarini yetarli darajada himoya qila olmasligi, ishtirokchilardan birini sog'ligi yomonlashib qolishi, ular orasida yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan konfliktni yuzaga kelishi, nizolashayotgan taraflardan birini aniq ko'rsatilmasligi, nizoni tinch yo'l bilan hal qilishni beparvolik va istamaslikka yo'l qo'yilishi, manfaatlar to'qnashuvi yuza kelishi, tomonlardan biri ikkinchi tomonga nisbatan zaifligi yoki noilojlik pozitsiyasida bo'lishi, taraflar nizolarni hal qilish usullari qo'llash davomida erishilgan kelishuvlarni keyinchalik amalga oshirish masalasida ishonmasliga o'xshash salbiy jihatlari mavjud.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak , ta'lim tashkilotida nizolarni boshqarish - bu pedagogik xodimlar uchun maqbul mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatining bir turi. Ta'lim muassasasidagi nizolarni hal qilishning muqobil usullari qo'llashnilishi nizoni yechimini topishda tezroq natija beradi. Tomonlar o'rtasidagi munosabat maxfiylik prinsipi asosida amalga oshadi. Ortiqcha vaqt sarflash turli xil ko'ngilsiz voqealarni oldi olinadi. Ikkala tarafga ham moliyaviy jihatdan foyda bo'ladi. Eng asosiysi davlat organlari yoki sudda ish hajmi kamayadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-apreldagi " O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 20230-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli Farmoni.

2. M.M.MAMASIDDIQOV - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bo'lim boshlig'i. S.I.XASANOV O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagiAmaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti yetakchi ilmiy xodimi "Mediatsiya to'g'risidagi qonunni qabul qilish zarurati va ahamiyati" maqolasi. Toshkent-2017

3. Milushkina I. V. O'qituvchilar tarkibidagi nizolarni boshqarish texnologiyasi //Iqtidorli o'qituvchi. 2013 yil. № 4.

4. www.lex.uz

5. www.pedagog.uz.

6. www.edu.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.