PEDAGOGIK NIZONING KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNI BARTARAF QILISH YO'LLARI
Mirsagatova N. S
Oriental universiteti "Pedagogika va psixologiya " kafedrasi katta o'qituvchisi, Karimova Madina Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada pedagogik nizoning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf qilish yo'llari hamda ularni ijobiy hal qilish yo'llari haqida mulohaza yuritilgan.
Tayanch iboralar: nizo ta'lim-tarbiya, o^qitish masalalari, nizo turlari, tarbiyachi, xatti-harakatlari majmui.
Pedagogikaga oid adabayotlarda pedagogik nizo va uni bartaraf etish masalasi o'ta dolzarb ekanligi e'tirof eitladi.
Nizo - i^aklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub'ektlar o'rtasidagi ijtimoiy o'zaro aloqalar shakli.
Ma'lumki, "Nizo" va "nizoli vaziyat" tushunchalari mavjud bo'lib, pedagog oldidagi asosiy vazifa mazkur tushunchalarni bir-biridan farqini ajratib olish.
Nizoli vaziyat bu - ijtimoiy sub'ektlar o'rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni yuzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi. Asosiy belgisi - nizo predmeti yuzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo'qligi.
Ya'ni to'qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat yuzaga keladi, uning asosi hisoblanadi.
Hozirgi kunda pedagogikada nizolarni to'rt turlari ko'rsatiladi:
- ichki shahsiy,shahsning kuchi bo'yicha tahminan teng motivlari, qiziqishlari, ishqibozligi, manfaatlarining kurashini aks ettiruvchi;
- shahslararo, o'z hayotiy faoliyatida qarama-qarshi maqsadlarni amalga oshirishga intiluvchi shahslarni ifoda etadi;
- guruhlararo, biri-biriga mos kelmaydigan maqsadlarni ko'zlagan va ularni amalga oshirish yo'lida bir-biriga to'sqinlik qiluvchi ijtimoiy guruhlar nizo tomonlari sifatida ishtirok etishlari bilan ajralib turadi;
- shahsiy-guruhli-shahsning hulqi guruh qoidalari va umidlariga mos kelmasligi holatlarida yuzaga keladi.
Pedagogik jarayon o'ziga xos murakkab ijtimoiy tuzilma bo'lib, shahslararo aloqalarning doimiy jarayonidan iboratdir. Albatta, bu jarayonda ikki sub'ekt o'rtasidagi munosabatlarni ijobiy shakl doirasidan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi.
Pedagogik konflikt-pedagogik jarayonda shahslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi sifatida yuzaga keluvchi muamoli vaziyatdir. Pedagogik konfliktlarning quyidagi shakllari yuzaga keladi:
o'quvchi-o'quvchi; o'quvchi-o'qituvchi; o'qituvchi-o'qituvchi va o'qituvchi ota-
Pedagogik nizolarni muvaffaqiyatli hal qilish odatda muammoni aniqlash, uni tahlil qilish, uni hal qilish bo'yicha harakatlar va natijalarni baholash siklini o'z ichiga oladi. Har qanday aniq bir vaziyatda nizolarni hal qilish bo'yicha siyosatni ishlab chiqishga kirishishdan avval ularning manbalarini aniqlash zarur.
Pedagog va ta'lim oluvchi pozitsiyalarining to'g'ri kelmasligi ko'p konfliktlarga sabab bo'ladi, shuning uchun konflikt vaziyatlarda qo'llaniladigan sinalgan quyidagi qoidalarni bilish talab etiladi. Quyidagi qoidalardan habardorlik pedagogik jarayonda yuzaga kelgan rizolarni muvafaqqiyatli hal qilishga hizmat qiladi.
Birinchi qoida. Konflikt vaziyatini o'z qo'liga olish. Bu emotsional taranglikni bartaraf etishni anglatadi. Buning uchun ortiqcha jismoniy zo'riqishdan, ortiqcha hatti-harakatlardan halos bo'lish kerak. Mimika, poza, je&lar faqatgina odamning ichki kechinmalarini ifodalab qolmay, unga ta'sir ham ko'rsatadi. SHunday qilib, tashqi vazminlik va xotirjamlik!
Ikkinchi qoida. O'z xatti-harakatlari bilan sherigiga ta'sir ko'rsatish. Bunda ishtirokchining yuzini diqqat bilan o'rganib chiqish yordam beradi, fikrni jamlaydi va uning holatini aniqlashga imkon yaratadi.
Uchinchi qoida. Hamsuhbatning xatti-harakatlari motivlarini tushuna olish. Aqliy tahlilning ishga solinishi emotsional qizishni pasaytiradi. YAxshisi holatning murakkabligini tushunganligini ifoda etish, o'z holatini tushuntirish .
To'rtinchi qoida. Maqsadni muvofiqlashtirish. Ta'lim oluvchi bilan sizni birlashtiruvchi narsani tezroq anglash va uni ko'rsatish.
Beshinchi qoida. Samarali yechim borligiga ishonishingizni namoyish qiliishdan iborat.
Birinchi navbatda nima sodir bo'lganligini aniqlash kerak. Muammo nimadan iborat? Ushbu bosqichda muammoni aniqlash bilan barcha rozi bo'lishi uchun hodisalarni bayon etish muhim.
Nizo tahlil qilib chiqilganidan so'ng hamkorlik ruhida birgalikda barchani murosaga keltirish yo'lini izlashga o'tish mumkin.
O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi nizoni hal qilishda nizoning sabablarini tahlil qilishdan tashqari yosh omilini hisobga olish kerak.
"O'qituvchi-o'quvchi" amaliy nizoli vaziyatlar bilan bir qatorda shahsiy hususiyatdagi qarama-qarshiliklar ham uchrab turadi.
Nizoli vaziyatga tushib qolib o'qituvchi o'zining faolligini yoki suhbatdoshini yahshiroq tushunishga yoki nizoni bo&irish yoki uni oldini olish maqsadida o'z psihologik holatini boshqarishga qaratishi mumkin. Birinchi holatda nizoli vaziyatni hal qilishga insonlar orasidagi bir-birini tushunishlarini yo'lga qo'yish, anglashilmovchiliklarni, kelishmovchiliklarni yo'qotish yo'li bilan erishiladi. Umuman olganda, boshqa insonni tushunish ancha murakkab. Tajribali pedagoglar nimani gapirishni (dialogda mazmunini tanlash), qanday gapirishni (suhbatni emotsional tusda olib borish), bolaga qaratilgan nutqda maqsadga erishish uchun qachon gapirishni (vaqti va o'rni), kimning oldida va nima uchun gapirishni (natijaga ishonch) biladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Maqsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. -T.: Turon-iqbol, 2006.
2. Omonov X.T., Madiyarova S.A. va boshq. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Darslik. - T.: Iqtisod-Moliya, 2009.
3. Djumaeva S. Ijtimoiy va pedagogik nizolar: mohiyati va bartaraf etish yo'llari. Metodik qo'llanma. - T., 2011.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПРЕСТУПНОСТИ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ
К.Б. Муротмусаев
Университет Ориентал, кафедра "Педагогики и психологии "
доцент, к.м.н., М. А.Очилова Университет Ориентал, студетка 2 курса,
Аннотация: в статье рассматривается вопросы преступности у несовершеннолетних. Обсуждается последствия неосознанно совершенных преступлений подростками и даны психологические оценки для их предупреждения. Проведен подробный анализ исследуемой тематики. Описан социально-психологический механизм становления несовершеннолетних на преступный путь, личностные особенности правонарушителей; исследованы пути дальнейшего совершенствования теории и практики предупреждения антиобщественного поведения подростков.
Ключевые слова: преступное поведение, подростковый возраст, влияние, особенность, акцентуация характера, несовершеннолетний преступник.
Одним из основных направлений деятельности полиции является противодействие преступности [7, с.1]. Однако несмотря на активные меры по предотвращению и пресечению преступлений в оществе наблюдается достаточно высокий уровень преступности среди несовершеннолетних. Так, согласно сведениям статистики, каждое двадцать второе преступление совершено несовершеннолетними или при их участии[8]. Проблема преступности среди несовершеннолетних остро стоит в современном обществе. В связи с этим научный интерес к явлению преступности в среде несовершеннолетних максимально высок, однако, не смотря на исследования, проводимые в данной области до сих пор нет однозначного ответа на ряд вопросов, касающихся детерминант преступного поведения и факторов его определяющих. Нет единого мнения относительно того, возможно ли спрогнозировать преступное поведение несовершеннолетних на более ранних этапах развития, каковы должны быть меры коррекционного воздействия на них. На наш взгляд это прежде всего связано со сложностью