Научная статья на тему 'MAKTABLARDA NIZOLARNI OLDINI OLISH VA HAL ETISHDA DUCH KELINADIGAN QIYINCHILIKLAR VA YECHIMLARINI TOPISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI'

MAKTABLARDA NIZOLARNI OLDINI OLISH VA HAL ETISHDA DUCH KELINADIGAN QIYINCHILIKLAR VA YECHIMLARINI TOPISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
107
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabdagi nizolar / nizolarni oldini olish / nizolarni hal etish / o’qituvchilar / o’quvchilar / ota-onalar / kommunikatsiya / ta’lim muassasasi siyosati. / school conflicts / conflict prevention / conflict resolution / teachers / students / parents / communication / educational institution policy.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Habibullayev, Shixnazar Abduvohid O'g’li

Mazkur maqola maktab muhitida yuzaga keladigan nizolarni oldini olish va ularni hal qilishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni va ularning echimlarini tahlil qiladi. Nizolar o’qituvchilar, o’quvchilar va ota-onalar o’rtasida turli sabablarga ko’ra yuzaga kelishi mumkin, shu jumladan kommunikatsiya etishmovchiligi, o’quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va ta’lim muassasasining ichki siyosati. Maqola, shuningdek, bu muammolarni hal qilish uchun samarali usullar va strategiyalarni taklif qiladi. Ushbu tadqiqot metodologiyasi adabiyotlar sharhini, so’rov va kuzatuvlarni o’z ichiga oladi, bu esa maktabdagi nizolarni tushunish va ularni hal etish bo’yicha chuqur tahlilni ta’minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME CHALLENGING ISSUES OF DISCUSSION PREVENTION AND RESOLUTION IN SCHOOLS AND FINDING SOLUTIONS

This article analyzes the difficulties encountered in preventing and resolving conflicts in the school environment and their solutions. Conflicts can arise between teachers, students, and parents for a variety of reasons, including communication gaps, student personalities, and internal school policies. The article also suggests effective methods and strategies for solving these problems. This research methodology includes literature review, survey, and observation, which provides an in-depth analysis of understanding and resolving school conflicts.

Текст научной работы на тему «MAKTABLARDA NIZOLARNI OLDINI OLISH VA HAL ETISHDA DUCH KELINADIGAN QIYINCHILIKLAR VA YECHIMLARINI TOPISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

MAKTABLARDA NIZOLARNI OLDINI OLISH VA HAL ETISHDA DUCH KELINADIGAN QIYINCHILIKLAR VA YECHIMLARINI TOPISHNING

AYRIM DOLZARB MASALALARI

Habibullayev Shixnazar Abduvohid o'g'li

Osiyo xalqaro universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola maktab muhitida yuzaga keladigan nizolarni oldini olish va ularni hal qilishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni va ularning echimlarini tahlil qiladi. Nizolar o'qituvchilar, o'quvchilar va ota-onalar o'rtasida turli sabablarga ko'ra yuzaga kelishi mumkin, shu jumladan kommunikatsiya etishmovchiligi, o'quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va ta'lim muassasasining ichki siyosati. Maqola, shuningdek, bu muammolarni hal qilish uchun samarali usullar va strategiyalarni taklif qiladi. Ushbu tadqiqot metodologiyasi adabiyotlar sharhini, so'rov va kuzatuvlarni o'z ichiga oladi, bu esa maktabdagi nizolarni tushunish va ularni hal etish bo 'yicha chuqur tahlilni ta 'minlaydi.

Kalit so'zlar: maktabdagi nizolar, nizolarni oldini olish, nizolarni hal etish, o 'qituvchilar, o 'quvchilar, ota-onalar, kommunikatsiya, ta 'lim muassasasi siyosati.

ABSTRACT

This article analyzes the difficulties encountered in preventing and resolving conflicts in the school environment and their solutions. Conflicts can arise between teachers, students, and parents for a variety of reasons, including communication gaps, student personalities, and internal school policies. The article also suggests effective methods and strategies for solving these problems. This research methodology includes literature review, survey, and observation, which provides an in-depth analysis of understanding and resolving school conflicts.

Key words: school conflicts, conflict prevention, conflict resolution, teachers, students, parents, communication, educational institution policy.

KIRISH

Maktab muhitidagi nizolar, o'zining ko'p qirraliligi bilan, ta'lim jarayonining sifatiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Bu nizolar o'quvchilar, o'qituvchilar va ota-onalar o'rtasida turli shakllarda namoyon bo'lishi mumkin. Eng ko'p uchraydigan nizolar o'quvchilar o'rtasidagi ijtimoiy moslashuv muammolari, o'qituvchilar bilan kelib chiqadigan ziddiyatlar va akademik bosim kabi omillarga bog'liq holda yuzaga keladi. Ushbu nizolarning asosiy sabablari esa ijtimoiy-psixologik, pedagogik va tashkiliy jihatlarni o'z ichiga oladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Birinchi navbatda, ijtimoiy-psixologik sabablar, o'quvchilarning yoshiga xos xususiyatlari, ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan bog'liq. O'smirlik davridagi o'zgaruvchan psixologik holatlar, o'zini-o'zi anglash jarayonidagi qiyinchiliklar, ijtimoiy qabul qilinishga bo'lgan ehtiyoj kabi omillar nizolarning yuzaga kelishida muhim rol o'ynaydi.

Pedagogik sabablar esa, o'qituvchilar va o'quv dasturlarining o'quvchilarning individual xususiyatlari va ehtiyojlariga mos kelmasligidan kelib chiqadi. Bu vaziyatda, o'qituvchining pedagogik mahorati, ta'lim metodlari va yondashuvlari, shuningdek, dars jarayonini tashkil etish uslubi muhim ahamiyat kasb etadi. O'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi kommunikatsiya muammolari, o'qitish uslubidagi mos kelmasliklar va o'quv materiallarining qiyinligi pedagogik ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Tashkiliy sabablar, maktabning ichki qoidalari, ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, sinflararo va sinf ichidagi munosabatlar, shuningdek, o'quvchilarga qo'yiladigan talablar bilan bog'liq. Maktab muhitining o'quvchilar o'rtasida hamkorlik va o'zaro hurmatni rag'batlantirmasligi, maktabdagi ijtimoiy faolliklarning yetarli darajada tashkil etilmaganligi kabi omillar ham nizolarning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maktab muhitidagi nizolar murakkab va ko'p o'lchovli holatlar bo'lib, ularning yuzaga kelish sabablari o'quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, o'qituvchilarning pedagogik yondashuvlari va maktabning tashkiliy muhitiga chuqur bog'liqdir. Shu sababli, ushbu muammolarni hal etish va oldini olish uchun kompleks yondashuv zarur, bu esa nafaqat ta'limiy, balki ijtimoiy-psixologik va tashkiliy choralarni ham o'z ichiga oladi. Bu borada, maktab muassasalarida nizolarni samarali boshqarish va oldini olish strategiyalari ishlab chiqish, o'quvchilar, o'qituvchilar va ota-onalar o'rtasida o'zaro tushunish va hamkorlikni mustahkamlash orqali amalga oshirilishi mumkin[1].

O'qituvchilar va maktab ma'muriyati, o'quvchilar o'rtasidagi nizolarni oldini olish va hal etishda bir qator strategiyalardan foydalanadilar. Bu strategiyalar, muloqot va tinglash ko'nikmalarini rivojlantirish, muammoli vaziyatlarni hal qilishda o'quvchilarni o'qitish, shuningdek, ijobiy munosabat va hamkorlik madaniyatini qo'llab-quvvatlash kabi omillarni o'z ichiga oladi. O'qituvchilar, shuningdek, o'quvchilarni turli xil ijtimoiy va hissiy ko'nikmalar, jumladan, o'zaro hurmat, sabr-toqat va jamoada ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga undaydilar.

Birinchi strategiya sifatida, o'qituvchilar va ma'muriyat muloqot ko'nikmalarini mustahkamlashga katta e'tibor beradilar. Bu, o'quvchilarga o'z fikrlarini aniq va

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

hurmat bilan ifodalash, boshqalarning fikrlarini tinglash va tushunish ko'nikmalarini o'rgatish orqali amalga oshiriladi. Muloqot - bu har qanday nizoni hal etishning asosi hisoblanadi, shuning uchun bu ko'nikmalar nafaqat maktabda, balki ularning kelajakdagi hayotlarida ham muhim ahamiyatga ega.

Ikkinchidan, muammoli vaziyatlarni hal qilish ko'nikmalarini o'rgatish, o'quvchilarni nizolarni o'zlari hal qilishga tayyorlaydi. Bu strategiya, o'quvchilarga nizolarni qanday aniqlash, ularning sabablarini tushunish va konstruktiv yechimlar topish bo'yicha ko'nikmalar beradi. Bu jarayon, o'quvchilarni o'zaro muloqot orqali kelishmovchiliklarni hal qilishga undaydi, bu esa ularning muammolarni hal qilish qobiliyatlarini oshiradi.

Uchinchi strategiya sifatida, ijobiy munosabat va hamkorlik madaniyatini qo'llab-quvvatlash amalga oshiriladi. Maktab ma'muriyati va o'qituvchilar, o'quvchilarni boshqalar bilan hamkorlik qilishga va jamoa sifatida ishlashga undash orqali, o'zaro hurmat va tushunish muhitini yaratishga harakat qiladilar. Bu, o'quvchilarga bir-birlarini qo'llab-quvvatlash, turli fikrlarni qabul qilish va birgalikda maqsadlarga erishish zarurligini o'rgatadi.

Bu strategiyalar, o'qituvchilar va maktab ma'muriyati tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar va kuzatuvlar asosida, o'quvchilar o'rtasidagi nizolarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam bergan. O'qituvchilar va ma'muriyatning bu boradagi sa'y-harakatlari, o'quvchilarning ijtimoiy va hissiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan, shuningdek, o'quv muhiti sifatini yaxshilashga hissa qo'shgan. Biroq, ushbu strategiyalar samaradorligini yanada oshirish uchun, doimiy baholash va takomillashtirish zarur. Bu, maktab muhitida nizolarni oldini olish va hal etishda yanada samarali yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini beradi[2].

O'quvchilar o'rtasidagi nizolarni hal etishda turli yondashuvlar qo'llaniladi, har birining o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Ushbu tahlil qismida, asosiy yondashuvlar - tengdoshlar orasida vositachilik, o'quvchilarni nizolarni hal etish ko'nikmalarini o'rgatish, va restorativ amaliyotlar - ko'rib chiqiladi.

Tengdoshlar orasida vositachilik yondashuvi, o'quvchilarni nizolarni o'zaro hal etishda o'z tengdoshlarini vositachilar sifatida jalb etishni o'z ichiga oladi. Bu yondashuvning afzalliklari orasida o'quvchilarning o'zaro munosabatlarni qurish qobiliyatini rivojlantirishi, ularning muammolarni hal etishda mustaqilligini oshirishi va maktab muhitida o'zaro hurmat va tushunishni kuchaytirishi sanaladi. Kamchiliklari esa, ba'zi hollarda, tengdoshlar orasida yetarli tajriba va ko'nikmalarning yo'qligi tufayli nizolar noto'g'ri hal etilishi yoki yanada chuqurlashishi mumkin.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Bu yondashuv o'quvchilarga muammolami hal qilish, muzokaralar olib borish va kelishuvlarga erishish kabi asosiy ko'nikmalarini o'rgatishni ta'kidlaydi. Uning asosiy afzalligi shundaki, u o'quvchilarni kelajakdagi nizolarni oldini olish va ularga samarali yechim topish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar bilan ta'minlaydi. Biroq, bu yondashuvning kamchiligi shundaki, u darhol natijalar bermaydi va o'quvchilarning yangi ko'nikmalarni o'zlashtirishida vaqt va sabr-toqat talab etiladi.

Restorativ amaliyotlar, nizolarni hal etishda jabrlanuvchi va jabrdiydaning o'zaro muloqotini qo'llab-quvvatlaydi, ularning o'zaro tushunishini va kelishuvga erishishini ta'minlaydi. Bu yondashuvning afzalligi, nizolarni hal etish jarayonida jamoatchilikni qayta tiklashga qaratilgan bo'lib, bu o'quvchilarga o'z harakatlarining oqibatlari haqida chuqurroq tushuncha beradi. Kamchiliklari esa, restorativ amaliyotlar ko'pincha vaqt talab etadi va bu jarayonni samarali olib borish uchun tajribali moderatorlar talab qilinadi.

Umuman olganda, o'quvchilar o'rtasidagi nizolarni hal etishda turli yondashuvlarning qo'llanilishi, har bir holatning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni talab qiladi. Samarali nizolarni hal etish strategiyasi, shuningdek, maktabning madaniyati, resurslari va o'quvchilarning ehtiyojlariga mos kelishi kerak. Har bir yondashuvning o'z afzalliklari va kamchiliklari mavjud bo'lib, ularni to'g'ri birlashtirish orqali maktab muhitida ijobiy o'zgarishlar yuzaga keltirish mumkin.

Maktabdagi nizolarni oldini olish va hal etishda ota-onalar va mahalla jamoatchiligi bilan hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon, o'quvchilarning ta'limiy va ijtimoiy muhitini yaxshilashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi. Ota-onalar va mahalla jamoatchiligi bilan ishlash, maktabning ochiqligi va jamoatchilik ishtirokini ta'minlash orqali amalga oshiriladi, bu esa o'z navbatida, maktab muhitida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan nizolar sonini kamaytirishga yordam beradi[3].

Birinchi qadam sifatida, ota-onalar va mahalla vakillarini maktab hayotiga faol jalb qilish orqali ularning maktabdagi voqealar va muammolar yuzasidan xabardorligini oshirish zarur. Bu, ota-onalar yig'ilishlari, maktab kengashlari va jamoatchilik eshituvlarini o'tkazish orqali amalga oshirilishi mumkin. Ushbu tadbirlar, ota-onalarning maktabdagi nizolarni oldini olish va hal etish bo'yicha taklif va fikrlarini bildirishlari uchun platforma yaratadi.

Shuningdek, mahalla jamoatchiligi bilan hamkorlikda o'quvchilarga mo'ljallangan ijtimoiy va ma'naviy tarbiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish muhimdir. Bunday dasturlar, o'quvchilarning jamoatchilik bilan aloqalarini mustahkamlashga, ularning ijtimoiy mas'uliyat hissini oshirishga va turli ijtimoiy muhitlarda o'zaro samarali muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

beradi. Ota-onalar va mahalla jamoatchiligi bilan muntazam aloqada bo'lish, ularni maktab hayotining barcha jihatlariga jalb qilish, maktab va jamoatchilik o'rtasidagi ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. Bu esa, o'z navbatida, maktab muhitida nizolarning oldini olish va hal etishda muhim omil hisoblanadi.

Nihoyat, maktablar ota-onalar va mahalla jamoatchiligi bilan hamkorlikda nizolarni hal etish bo'yicha treninglar va seminarlar tashkil etishlari mumkin. Bu, ularning nizolarni aniqlash, ularga munosabat bildirish va ularni samarali hal etish bo'yicha ko'nikmalarini oshiradi. Ushbu yondashuv, maktab muhitida nizolarni oldini olish va ularni hal etishda keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta'minlaydi, bu esa o'z navbatida, maktabdagi ta'limiy va ijtimoiy muhitning yaxshilanishiga hissa qo'shadi.

XULOSA

Maktablarda nizolarni oldini olish va hal etish, ta'lim muassasalarining muhitini yaxshilash hamda o'quvchilar, o'qituvchilar va ota-onalar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqola, maktablarda duch kelinadigan nizolarning turli sabablari va ularni samarali hal qilish yo'llarini tahlil qiladi. Xususan, nizolarni oldini olish va hal etishda o'qituvchilar, ota-onalar hamda mahalla jamoatchiligi bilan hamkorlikning ahamiyati, shuningdek, o'quvchilarning ijtimoiy-psixologik farovonligini ta'minlashda tarbiyaviy dasturlar va kommunikatsiya ko'nikmalarining roli ta'kidlanadi. Maqolada, madaniy xilma-xillikni hisobga olgan holda nizolarni boshqarish, shuningdek, muammolarni hal etishda innovatsion yechimlarni qo'llashning dolzarb masalalari ko'rib chiqiladi. Natijada, maktablarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizolarni samarali oldini olish va hal etish uchun ko'p qirrali yondashuvlar zarurligi ko'rsatib o'tiladi. Ushbu yondashuvlar, maktab muhitini yanada qulay va xavfsiz qilishga, shuningdek, o'quvchilar, o'qituvchilar va ota-onalar o'rtasidagi o'zaro tushunish va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Nizomiddin o'g'li, Z. J. (2023). OTA-ONA VA MAKTAB O'QITUVCHISI O'RTASIDAGI ZIDDIYATLI VAZIYATLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI. World scientific research journal, 14(1), 71-74.

2. Yaxshiyev, D. (2023). "UZLUKSIZ MA'NAVIY TARBIYA KONSEPSIYASI" ASOSIDA MAXSUS MAKTAB-INTERNAT OQUVCHILARINI MA'NAVIY TARBIYALASH. Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 1(4 Part 2), 14-19.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. Muhammadnayimovich, Y. D. (2023). UZLUKSIZ MA'NAVIY TARBIYA KONSEPSIYASI" ASOSIDA MAXSUS MAKTAB-INTERNAT O? QUVCHILARINI MA'NAVIY TARBIYALASH. FAN, TA 'LIM FA AMALIYOTNINGINTEGRASIYASI, 4(3), 1-10.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.