Научная статья на тему 'Hamkorlik pedagogikasi orqali tarbiya jarayoniga pedagogik yondashuvlarni takomillashtirishning pedagogik asoslari'

Hamkorlik pedagogikasi orqali tarbiya jarayoniga pedagogik yondashuvlarni takomillashtirishning pedagogik asoslari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
430
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
hamkorlik pedagogikasi / hamkorlikda o’qitish / ta’lim-tarbiya / nodavlat-notijorat tashkilotlari / shaxs rivojlanishi / rag’bat muhiti / o’quvchilar va o’qituvchilar hamkorligi / emotsional-psixologik muhit / muvaffaqiyatga erishish / intelektual salohiyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ugulxon Ergashboyevna Nurullayeva

Ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishda eng avvalo, ota-ona, mahalla va maktab hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yish eng muhim masala hisoblanadi. Chunki, hamkorlik pedagogikasidagi eng ustivor tamoyil sifatida oila va pedagoglar, mahalla instituti birgalikdagi amalga oshiriladigan ishlar va maqsadlar mushtarakligini hisobga olish lozim. Bunda erishadigan yutuqlarimiz va har tomonlama barkamol shaxsni rivojlanishi yo‘lida bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda nafaqat o‘qituvchilarning o‘quvchilar va hamkasblar bilan shuningdek, ota-onalar, mahalla faollari bilan birgalikdagi faoliyatidir. Ota-onalar, mahalla faollari, nodavlat va notijorat tashkilotlar bilan birgalikdagi harakat dars va darsdan tashqari faoliyatda ularning ishtirok etishi, ta’lim-tarbiya jarayoni sifat va samaradorligini oshirishda yordam ko‘rsatishi, mavjud muammolarni birgalikda hal etish va o‘zaro hamfikrlilik muhitini tashkil etishni talab etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Hamkorlik pedagogikasi orqali tarbiya jarayoniga pedagogik yondashuvlarni takomillashtirishning pedagogik asoslari»

Hamkorlik pedagogikasi orqali tarbiya jarayoniga pedagogik yondashuvlarni takomillashtirishning pedagogik asoslari

Ugulxon Ergashboyevna Nurullayeva Namangan davlat unversiteti

Annotatsiya: Ta'lim tarbiya jarayonini tashkil etishda eng avvalo, ota-ona, mahalla va maktab hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish eng muhim masala hisoblanadi. Chunki, hamkorlik pedagogikasidagi eng ustivor tamoyil sifatida oila va pedagoglar, mahalla instituti birgalikdagi amalga oshiriladigan ishlar va maqsadlar mushtarakligini hisobga olish lozim. Bunda erishadigan yutuqlarimiz va har tomonlama barkamol shaxsni rivojlanishi yo'lida bolalarni o'qitish va tarbiyalashda nafaqat o'qituvchilarning o'quvchilar va hamkasblar bilan shuningdek, ota-onalar, mahalla faollari bilan birgalikdagi faoliyatidir. Ota-onalar, mahalla faollari, nodavlat va notijorat tashkilotlar bilan birgalikdagi harakat dars va darsdan tashqari faoliyatda ularning ishtirok etishi, ta'lim-tarbiya jarayoni sifat va samaradorligini oshirishda yordam ko'rsatishi, mavjud muammolarni birgalikda hal etish va o'zaro hamfikrlilik muhitini tashkil etishni talab etadi.

Kalit so'zlar: hamkorlik pedagogikasi, hamkorlikda o'qitish, ta'lim-tarbiya, nodavlat-notijorat tashkilotlari, shaxs rivojlanishi, rag'bat muhiti, o'quvchilar va o'qituvchilar hamkorligi, emotsional-psixologik muhit, muvaffaqiyatga erishish, intelektual salohiyat

Pedagogical foundations of improving pedagogical approaches to the educational process through cooperative pedagogy

Ugulkhan Ergashboyevna Nurullayeva Namangan State University

Abstract: In organizing the education process, the most important issue is the establishment of cooperation between parents, neighborhood and school. Because, as the most important principle in cooperative pedagogy, it is necessary to take into account the joint activities and goals of the family, pedagogues, neighborhood institute. Our success in this is not only the joint activity of teachers with students and colleagues, but also with parents and neighborhood activists in teaching and educating children in the way of development of a well-rounded personality. Joint action with parents, neighborhood activists, non-governmental and non-profit organizations, their participation in class and extra-curricular activities, help in improving the quality and

efficiency of the educational process, joint solution of existing problems and creation of an environment of mutual understanding requires achievement.

Keywords: cooperative pedagogy, cooperative teaching, education, nongovernmental and non-profit organizations, personal development, competitive environment, cooperation between students and teachers, emotional and psychological environment, achieving success, intellectual potential

Ta'lim-tarbiya sifatini takomillashtirish xar bir ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Pedagog mutaxasislar ta'lim tizimini takomillashtirish deganda ta'lim-tarbiya jarayonlari faoliyatini tizimli loyihalashtirish va pedagogik qo'llab-quvvatlash, mavjud va amalga oshirilgan faoliyatlarni qayta aloqaning intensivligini ta'minlash, pedagogik tizimning ochiqligi, dinamikligi, statistikligi, o'quvchilarning o'z-o'zini boshqarish va rivojlantirishi, intellektual, xissiy, axloqiy, madaniy, jismoniy imkoniyatlarini yanada faollashtirishga erishish tushuniladi. [9]. Bu kabi vazifalarga erishish uchun hamkorlik pedagogikasi asosida ta'lim-tarbiya sifatini takomillashtirishning asosiy vazifalarini belgilash va ularni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iborat.

Ularni amalga oshirish imkoniyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

> joriy va strategik rivojlanish jarayonlarini tahlil qilish mexanizmini ishlab chiqish va amalga oshirish,

> o'qitishning taktik va strategik vazifalarini loyihalashtirish; ta'limni boshqarish organlari, mahalliy davlat boshqaruv organlari,

> o'z-o'zini boshqarish organlari, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari va oilalar manfaatlarini ustuvorligiga erishish,

> ularning huquq va mafaatlarini himoya qilishning samarali usullarini joriy etish;

> ta'lim sohasidan manfaatdor guruhlarning talab va ehtiyojlari o'rtasidagi mutanosiblikni ta'minlash,

> ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarning individualligini to'liq qo'llab-quvvatlash va faol hamkorlikni ta'minlashga erishish.

Shu kabi muhum vazifalarni bajarish orqali biz kutilgan natijaga erishishimiz mumkin. O'z pedagogik faoliyatimiz jarayonlarida biz barkamol shaxsni tarbiyalar ekanmiz ta'lim-tarbiya jarayonida xar bir pedagogik imkoniyatlardan va vositalardan unumli foydalanishimiz lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Hamkorlikda o'qitish texnologiyalarini nazariy va amaliy faoliyatda qo'llanishini pedagog.Kostinkoning "Darsdan tashqari faoliyatda yuqori sinf o'quvchilarining produktiv hamkorlik ko'nikmalarini shakllantirish" nomli ilmiy izlanishlarida darsdan

tashqari faoliyatda o'quvchilarda produktiv hamkorlikni shakllantirish modeli ishlab chiqilgan, produktiv hamkorlik ko'nikmalarini shakllantirish darajalari va mezonlari aniqlashtirilgan [1]. O'zining tadqiqotlari natijada bolalar erishadigan va ular amal qilishi lozim bo'lgan ko'nikmalarni ham alohida ta'kidlab o'tgan

Bundan tashqari yana bir qator pedagoglarimizning pedagoglik faoliyatlarida ham oz' tasdig'ini topganligini ko'rishimiz mumkin. O.Balashovning "Sinf ijtimoiy tarmog'i sharoitida o'quv-bilish faoliyatida o'quvchilarning hamkorligini rivojlantirish" mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlarida o'quv-bilish faoliyatidagi o'quvchilarning hamkorligini mohiyati, tuzilmasi, sinf ijtimoiy tarmog'i o'quv-bilish faoliyatida o'quvchilarni faollashtirish omili ekanligi yoritib berilgan [2].

Hamkorlik faoliyatlarini biz yana Xorijlik olimlarning tadqiqotlarida "hamkorlik" va "raqobat" o'quvchilarning faoliyati maqsadi sifatida e'tirof etilganligini ham ko'rishimiz mumkin. D.B.Millerning qayd etishicha, hamkorlik vaziyatida umumiy maqsad mavjud bo'lib, guruhlarga taqsimlangan o'quvchilarning hammasiga vazifalar bo'lib beriladi, raqobat vaziyatida guruhning har bir a'zosi yaxlit tarzda qo'yilgan maqsadga individual erishishi talab etiladi [4]. M.A.Mey, L.U.Duba ham hamkorlik jarayonida uning ishtirokchilari o'rtasida taqsimlangan birgalikdagi umumiy maqsadning mavjudligi va ular o'rtasida do'stona munosabatlarning qaror topishini qayd etib o'tishadi [4]. M.Mid hamkorlikda umumiy maqsadga erishish yuzaga keladi, raqobat jarayonida boshqalar xuddi shu vaqtda erishishga intilayotgan natijani izlash va qo'lga kiritiladi deb hisoblaydi [5]. Xorijiy tadqiqotlarda hamkorlikda o'qitishning guruhiy shaklining imkoniyatlarini ochib berishga alohida ahamiyat qaratilgan. Jumladan, D.V.Jonson, R.T.Jonsonlar o'quvchilarning individual o'quv-bilish faoliyatini kichik guruhlardagi birgalikda ishlash bilan uyg'unlashtirishni taklif etishgan [8]. D.de Friz (D. DeVries) va K.Edvards (K. Edwards) [7] o'quv-bilish faoliyatidagi o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etishning guruhiy shaklini tashkil etishning o'yin usullarini bayon etishgan. S.Sharan (S. Sharan), I.Sharan (Y.Sharan)lar [6] qiziqishiga ko'ra o'quvchilarni guruhlarga birlashtirish masalasini tadqiq etishgan. R.YE.Slavin [6] dars jarayonida o'quvchilarni kichik guruhlarga 4-5 kishidan iborat bo'lish asosida o'quv-materialini o'rganish va o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullarini taklif etdi. E.Aronsona (E.Aronson)[120]ning g'oyalariga muvofiq o'quv-bilish faoliyatida o'quvchilarning hamkorligini rivojlantirish jarayonida ularning guruhdagi o'zaro harakatini tashkil etish har bir ishtirokchining dastlab umumiy topshiriqning ma'lum bir qismi ustida ishlashi, o'rganilgan materialni bir-biriga tushuntirishi va guruhning boshqa ishtirokchilariga topshiriqdagi o'z ulushini bajarishiga yordam berishi, nihoyasida o'quvchilarning qo'yilgan maqsadga erishishiga imkon berishi talab etiladi.

Taxlil va natijalar

Hamkorlik pedagogikasi asosida umumiy o'rta ta'limda ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish ta'lim muassasalari amaliyotiga muayyan o'zgarishlar kiritishga yo'naltirilgan faoliyat bo'lib, uning samarasi umumiy o'rta ta'lim maktablari faoliyatining ijtimoiy talablarga muvofiq tashkil etilishi, ta'lim mazmunining boyitilishi va sifatining yaxshilanishi, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasining oshganligi, ularning yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarga egaliklari, ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida o'zaro faol hamkorlikning qaror topganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot jarayonida hamkorlik pedagogikasi asosida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishning quyidagi mezonlari va ko'rsatkichlari aniqlandi va kerakli tavsiyalar ishlab chiqilmoqda:

- ta'lim-tarbiya jarayonidagi o'zaro birgalikdagi faoliyatning dialogik tavsifga (dialogik munosabatlar jarayonidagi subyektlarning kommunikativ ustanovkalari) egaligi;

- ta'lim-tarbiya jarayonida sub'yektlarda qadriyatga yo'naltirilgan munosabatning (o'zaro hurmat, o'zaro ishonch, o'zaro bir-birini tushunish, mas'uliyatni ongli his etishda subyektlarning o'zaro birgalikdagi faoliyatga qadriyatga yo'nalganligi) umumiyligi;

- sub'yektlarning o'zaro birgalikdagi harakatining muvofiqligi (o'zaro birgalikda maqsadni belgilay olish ko'nikmasi, unga erishish usullarini rejalashtirish,

- belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish, maqsadga erishishni hamkorlikda nazorat qilish, olingan natijalar asosida yangi maqsad va vazifalarni aniqlashtirish);

- faoliyatli-guruhiy mezonlar - o'zaro birgalikdagi harakatning intensivligi, jamoadagi emotsional-psixologik muhit.

Biroq mazkur tadqiqotlarda asosiy e'tibor hamkorlik pedagogikasini o'qitish jarayoni, o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi o'zaro hamkorligi, o'quvchilarning o'zaro birgalikdagi faoliyatini tashkil etish jarayonlari, o'quvchining individualligini rivojlantiruvchi pedagogik faoliyat kabi alohida-alohida masalalarga e'tibor qaratilgan. Yaxlit bir pedagogik tizim sifatida hamkorlik pedagogikasi vositasi ta'lim-tarbiya jarayonining zamonaviy konseptual g'oyalari, tamoyillari va yondashuvlariga, kooperativ ta'lim texnologiyalarini qo'llashning amaliy-texnologik jihatlari ochib berishga qaratilishi yana ham maqsadga erishishimiz uchun amaliy ahamiyatini orttirgan bo'lar edi.

"Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish bo'ladi." Sh.M.Mirziyoyev

Zamonaviy sharoitda hamkorlik pedagogikasining ta'lim-tarbiyaga doir yetakchi g'oyalari sifatida quyidagilar aniqlashtirildi: o'zaro harakat, ijodiy hamkorlik; muvaffaqiyatga erishish; individuallik; o'quv materiallarini yirik bloklarda bayon etish, baholashning variativligi, o'z-o'zini tarbiyalash, o'z-o'zini takomillashtirish, o'z-o'zini rivojlantirish, barcha ishtirokchilarning individual va tipologik

xususiyatlarini hisobga olish. Umumiy o'rta ta'lim maktablarini rivojlantirishning yangi bosqichida hamkorlik pedagogikasining kreativlik, integratsiya va pedagogik evristika tamoyillari hamda antropologik, innovatsion va pragmatik yondashuvlarining o'zaro aloqadorligini hisobga olish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Костенко Ю.К. Формирование навыков продуктивного сотрудничества старшеклассников во внеурочной деятельности: Автореф. дис. ... канд. пед. наук. - Саратов, 2018. - 24 с.

2. Балашов О.Л. Развитие сотрудинчество школьников учебно-познавательной деятельности в условиях классного сетевого сообщества: дисс. .канд. пед. наук. - Курск, 2017. - 185 с.

3. Maller, J.B. Co-operation and Competition: An Experimental Study in Motivation / J.B. Maller. - Teach. Coll., 1929

4. May M.A., Doob L.W. Competition and Cooperation / M.A. May, L.W. Doob.

- New York: Social Science Research Council, 1997.

5. Mead M. Cooperation and Competition Among Primitive People / М. Mead. -McGrawHill, 1997.

6. Slavin R.E. Student teams and comparison among equals: Effects on academic performance and student attitudes. / R.E. Slavin. - Journal of Educational Psychology, vol. 70, 1978. - P. 532-538.

7. DeVries, D., Edwards K. Learning games and student teams: Their effects on classroom process / D. DeVries, К. Edwards. - American Educational Research Journal. - 1993. - №10. - P. 307-318

8. Johnson D.W., Johnson R.T. Cooperation and the use of technology. In J. M. Spector, M. D. Merrill, J. van Merrienboer, & M. Driscoll (Eds.), Handbook of research on educational communications and technology. - New York: Taylor & Francis, 2008.

- P. 1017-1044.

9. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

10. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

11. Nishonova M.Ya., & Kamolova A.O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.