BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA HAMKORLIKDA O'QITISH TEXNOLOGIYASI ORQALI TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Muxitdinova Nodira Mamalatifovna
Pedagogika fanlari nomzodi,dotsent, Nizomiy nomidagi TDPU Umarova Muborak Xusan qizi
Nizomiy nomidagi TDPU 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6549315
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida hamkorlikda dars faoliyatini tashkil etish bo'yicha pedagogik tavsiya berilgan. Shuningdek, matematika darslarida hamkorlik o'qitish texnologiyasi orqali ta'lim samaradorligiga erishish yo'llari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, matematika, hamkorlik darslari, texnologiya, metodika.
ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ ЗА СЧЕТ ПАРТНЕРСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ ОБУЧЕНИЯ МАТЕМАТИКЕ В НАЧАЛЬНЫХ
ШКОЛЬНИКАХ
Аннотация. В статье даны педагогические советы по организации совместной деятельности на начальных уроках математики. В нем также исследуются способы повышения эффективности обучения с помощью технологий совместного обучения на уроках математики.
Ключевые слова: начальное образование, математика, совместные уроки, технология, методика.
INCREASING EFFICIENCY OF EDUCATION THROUGH PARTNERSHIP TEACHING TECHNOLOGY IN PRIMARY SCHOOL MATHEMATICS
Annotation. This article provides pedagogical advice on how to organize collaborative activities in elementary math classes. It also explores ways to increase learning effectiveness through collaborative learning technology in math classes.
Keywords: elementary education, mathematics, collaboration lessons, technology, methodology.
Yosh avlodni tarbiyalashda keng innovatsion texnalogiyalardan foydalanish, zamonaviy pedagogik texnalogik metodlarni targ'ib qilish zamon ta'labi. Hozirgi kunda keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, umumta'lim fanlarini o'qitishning uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o'quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda matematikadan nostandart, noananaviy va murakkabroq masalalani yechish uchun, ularga modellar yasashga doir masalalarning chuqurroq o'rgatilmayotgani o'quvchilarning Hamkorlikda o'qitish g'oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori - R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori - R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori - SH.SHaron (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan.
Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o'qitish, asosan o'quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o'qitish, ko'proq o'quvchilar tomonidan o'quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o'quv bahsi va munozaralar o'tkazishni nazarda tutadi. Mazkur g'oyalar bir-birini to'ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi har bir o'quvchining tahsil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o'quv topshiriqlarini to'liq va sifatli bajarishga o'quv materialini puxta o'zlashtirishga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib, o'zaro yordam ubshtirishga zamin tayyorlaydi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasida o'quvchilarni hamkorlikda o'qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
1. Komandada o'qitish (R.Slavin) da o'quvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a zolari o'quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o'quvchi mavzudan ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga etiborni qaratadi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo'lgan R.Slavinning ta'kidlashicha, o'quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko'rsatma berilishi etarli emas. O'quvchilar tom manodagi hamkorlik, har bir o'quvchining qo'lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o'quvchining kundalik natijasi avval qo'lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi.
2. Kichik guruhlarda hamkorlikda hamkorlikda o'qitish (R.Slavin, 1986). Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o'quvchidan tashkil topadi. O'qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so'ngra o'quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O'quvchilarga berilgan o'quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o'quvchi topshiriqning malum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o'quvchi o'zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o'rtoqlarini o'qitadi, so'ngra guruh azolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
O'qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi. O'quvchilarning kichik guruhlardagi o'quv faoliyati o'yin shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin. O'qituvchi va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e'tibor o'zaro munosabatning rivojlanishini o'rganishga qaratiladi, o'qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi. O'zaro hamkorlikning muhim omili va o'quvchilarning o'zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o'qituvchi bilan o'quvchi hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o'quv faoliyati o'qituvchi va o'quvchi munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o'zlashtirish ob'ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni taminlaydi. O'quvchilarning faolligi asta-sekin o'sib borib, butunlay ularning o'zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi, o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo'ladi.
Pedagogika - psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:
faoliyatga kirish;
mustaqilharakatlar o'qituvchi bilan o'quvchi hamkorlikda bajaradilar;
o'qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o'quvchini jalb etadi; taqlid harakatlari (o'qituvchidan ibrat olgan o'quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi);
- madad harakatlari (o'qituvchi o'quvchiga oraliq mAqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
- o'zini-o'zi boshqarish harakatlari (o'qituvchi umumiy maqsadni ko'rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
o'zini-o'zi ko'rsatuvchi harakatlar; o'zini-o'zi uyushtiruvchi harakatlar.
Interaktivlik - o'qituvchi va o'quvchining o'zaro tasiri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o'tish jarayonida o'zaro tasir o'tkazish harakatini baholashdan o'z-o'zini baholash darajasiga ko'tarilishi sodir bo'ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o'taydi. Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi - o'quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qish o'rganishdir.
An'anaviy metodikada o'quvchi shaxsining rivojlanishini hisobga olgan holda uning bilimi ko'nikmaga, undan esa malakagacha rivojlanishiga ahamiyat berilmasligi ayon. O'qituvchi o'quvchiga iloji boricha o'rganilayotgan mavzudan ko'proq axborot berishga harakat qiladi. O'qituvchi: axborotlarni to'plash, tanlash, qayta ishlash va o'rganilgan axborotlarni qo'llash kabi bilishning uchta bosqichdan iborat modeliga rioya qilavermaydi. Keyingi navbatda o'quvchining bilish faoliyati (olgan bilimi) uning yangi pog'onasiga, ya'ni bilish faoliyatining faollashuv jarayoniga o'tishi kerak. Shundagina bilim ko'nikmaga, ko'nikma esa malakaga aylanadi. O'quvchilar bilish faoliyatining faollashuvi qator tamoyillarga tayanadi: fanni o'rganishga qiziqtirish, tayanch iboralarga asoslanish, muammoli metodlarni qo'llash, mustaqil ishlarni tashkil etish, yalpi va yakka ishlarni tashkillashtirish, ko'rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, ta'lim mazmunini turmush bilan bog'lash, fanlararo aloqadorlikni o'rnatish va hokazo.
O'quvchi umumiy rivojlanishi uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratib beradigan bunday shakllardan biri hamkorlik qilish, boshqa odam bilan birgalikda harakat qilishni nazarda tutadi. Bu o'quv hamkorligi sanalib, uning maqsadi o'quvchilarni o'zini bilishga o'rgatishdan iboratdir. Hamkorlikda o'qitish yoki kichik guruhlarda saboq berish pedagogikada gumanistik yo'nalishdagi texnologiyaga mansub bo'ladi. Bunday texnologiyaning asosiy maqsadi -o'quvchi uchun turli o'quv vaziyatlarda faol birgalikdagi o'quv faoliyatini yuritish uchun sharoitlar yaratib berishdan iborat. Hamkorlikda o'qishning asosiy g'oyasi - bir nimalarni birga bajarishgina emas, balki birgalikda o'qishdir!
Boshlang'ich sinf matematika darsida hamkorlikda ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi:
Bilim olish bo'yicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo'yish; Maqsadlariga muvofiq bo'lgan guruhlarga bo'lish; Didaktik materialni tarqatish; Guruhdagi ishni rejalashtirish;
Topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish; Guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish; Guruh ishining natijalari to'g'risida xabar berish;
❖ Guruhlar ishlari va qo'yilgan vazifaga erishish to'g'risida umumiy xulosa chiqarish.
Hamkorlikdagi o'quv faoliyatining maqsadi o'zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli o'quvchilar ilgari surgan yangi g'oyalar va o'zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog'liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir. Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o'qituvchining o'quvchiga ko'rsatadigan yordamidan boshlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni (1997 yil 29 avgustda qabul qilingan). Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: O'zbekiston, 1997.
2. Jumayev M.E, Tadjiyeva Z.G\ Boshlangich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. (O OY uchun darslik.) Toshkent. "Fan va texnologiyai" 2005 yil.
3. S.Burxonov, O'.Xudoyorov, Q. Norqulova, N. Ruzikulova, L. Goibova. Umumiy o'rta ta'lim maktablari 3-sinfi uchun darslik. -T.: "Sharq", 2019 y.