Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va
yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
4-ШУБА. ТАЪЛИМДА ЗАМОНАВИЙ РАЦАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ИННОВАЦИОН
УСЛУБЛАРИ
INFORMATIKADA HAMKORLIK TEXNOLOGIYALARI
Niyatilla Aripov
Stajyor tadqiqotchi, Samarqand Davlat universiteti [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur tezisda hamkorlikda o'qitish texnologiyalarining umumta'lim maktablarida qo'llash, bu usulning ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga ta'siri; o'qituvchi, o'quvchi, o'quvchilar guruhi, shuningdek, jamoa o'rtasida o'zaro hamkorlikni qaror toptirish, hamfikrlik va birdamlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir ta'lim oluvchining ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, sahs sifatida namoyon bo'lishi uchun katta imkoniyatlar eshigini ochishi to'g'risida fikrlar bildirildi.
Kalit so'zlar: o'qituchi, o'quvchi, guruh, jamoa, bilim, ko'nikma, o'quv faoliyati shakllari.
ТЕХНОЛОГИИ СОТРУДНИЧЕСТВА В ИНФОРМАТИКЕ
АННОТАЦИЯ
В этом тезисе рассмотрены вопросы использования технологий совместного обучения в средних школах, влияние этого метода на повышение качества и эффективности образования, и что это откроет дверь к большим возможностям для учителей, учеников, группа учеников, а также решение сотрудничать между командой, для достижения консенсуса и солидарности, стремиться к общей цели, раскрывать внутренний потенциал каждого ученика, чтоб действовать как индивидуальность.
Ключевые слова: учитель, ученик, группа, команда, знания, умения, формы учебной деятельности.
TECHNOLOGIES OF COOPERATION IN INFORMATICS
ABSTRACT
This thesis examines the use of collaborative learning technologies in secondary schools, the impact of this method on improving the quality and effectiveness of Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 706 www.ares.uz
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va
yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
education, and that this will open the door to great opportunities for teachers, students, a group of students, as well as the decision to collaborate between the team, to achieve consensus and solidarity, strive for a common goal, reveal the inner potential of each student in order to act as an individual.
Keywords: teacher, student, group, team, knowledge, skills, forms of educational activity.
Hamkorlikda o'qitish o'qituvchining ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar guruhi, yakka o'quvchi hamda butun sinf bilan o'zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi bilan birgalikda, o'quvchilarning ham o'zaro qo'llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi instruktaj va interfaol jarayonlarni ifodalovchi ommalashgan iboradir [3]. Hamkorlikda o'qitish tushunchasining zamonaviy ta'lim texnologiyalariga kirib kelishiga R.Slavin (1990), R. Jonson, D. Jonson (1987), SH. Sharon (1988) kabi olimlar katta hissa qo'shganlar. Ta'lim texnologiyasining bu turi yaratilishidan ko'p o'tmay jadal rivojlandi va dunyo bo'ylab keng tarqaldi. Hamkorlikda o'qitish g'oyasi amaliyotda ijobiy natija bera boshlaganidan so'ng, XX asr oxirlarida Buyuk Britaniya, Yaponiya, Isroil, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya kabi rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimida ham keng qo'llanila boshlandi.
Amerika olimlari tomonida ishlab chiqilgan texnologiyada bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish asosiy maqsad etib belgilangan bo'lsa, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o'qitish, ko'proq o'quvchilar tomonidan o'quv materialini qayta ishlash va loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o'quv bahsi va munozaralar o'tkazishga ustuvor vazifa sifatida qaraladi. Ahamiyatlisi shundaki, yuqoridagi hamkorlikda o'qitish texnologiyalari turlari bir-birini rad etmaydi, aksincha, didaktik jihatdan boyitadi, to'ldiradi va bir birini taqazo etadi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyalari dunyo tajribasida o'z samarasini berib, keng qo'llanila boshlanganidan so'ng, yurtimizdagi ta'lim muassasalariga ham tatbiq qilinishi yo'lga qo'yildi. 2017 yil 7 fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoevning PF-4947 sonli farmoni bilan 2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi tasdiqlandi [1]. Ushbu xarakat strategiyaning to'rtinchi ustivor yo'nalishi bo'lgan "Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari" da "Umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo'lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o'rganish"ga bag'ishlangan alohida band kiritilganligi ham bu yo'nalish rivojiga berilayotgan alohida e'tiborni anglatadi.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 707 www.ares.uz
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va
yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
O'qitish texnologiyasining ushbu turining boshqalaridan farqli jihati shundaki -u o'quvchilarda o'quv topshiriqlarini birgalikda bajarish, hamkorlikda o'qish o'rganish, jamoa bilan ishlash, o'zini jamoaning bir qismi sifatida his etish, mas'uliyatli bo'lish kabi hislatlarni rivojlantiradi. Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi -o'quvchini kundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o'quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas'uliyat hissini shakllantirishni ko'zda tutadi [2].
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi asoschilaridan biri - R. Slavinning fikricha, bu metod bo'yicha dars jarayonini tashkillashtirishda o'quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko'rsatma berishning o'zi yetarli bo'lmaydi. Bu jarayonda o'qituvchidan o'quvchilarda tom manodagi hamkorlik, guruhning har bir a'zosi qo'lga kiritgan muvafaqqiyatdan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhitning vujudga kelishini ta'minlash talab etiladi. Mazkur texnologiya qo'llanilganida o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o'quvchining kundalik natijasi avval qo'lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o'quvchilar o'zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas'uliyatni his qilib, ko'proq izlanishga, bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga intiladi [5].
Umumta'lim maktablarida informatika fanini o'qitishda hamkorlik texnologiyalarining o'qituvchi-sinf, o'qituvchi-kichik guruh, o'qituvchi-katta guruh, o'qituvchi-o'quvchi, o'quvchi-o'quvchi (juftlikda ishlash), kichik guruh-kichik guruh, kichik guruh-sinf va boshqa tashkiliy shakllari qo'llaniladi. Bu usullar o'quvchilarga shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish, imkoniyatlarini kengaytirish, ikki tomonlama axborot almashish, mustaqil hayotga tayyorlanish, turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o'rtasida o'zaro ijobiy munosabatlar o'rnatishda yordam beradi.
Umumta'lim fanlarini o'qitishda hamkorlik texnologiyalari samaradorligini ta'minlash uchun: o'quvchilarning dars mazmuniga ijodiy yondashuvi, dars jarayonidagi axborotlarni tahlil va tanqid qilish, o'z xulosalarini asoslash, bilimlarni yangi vaziyatlarda ijodiy qo'llash, amaliy topshiriqlar bajarish uchun vaqtni ko'proq ajratish, hamkorlikda ishlayotgan guruh a'zolarining muvaffaqiyatga erishishlari uchun o'zaro ko'maklashuvini ta'minlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, interfaol ta'lim texnologiyalari ta'lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o'qituvchi, o'quvchi, o'quvchilar guruhi, jamoa va jamoalararo o'zaro hamkorlikni qaror toptirish, yagona maqsad sari intilish, Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 708 www.ares.uz
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va
yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
har bir ta'lim oluvchi talabaning ichki imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, g'oyaviy va ruhiy birlikka erishish, ta'lim oluvchilarning shaxs sifatida namoyon bo'lishi uchun zarur shart-sharoit hamda muhitni yaratishda katta ahamiyatga ega. Hamkorlikda o'qitish texnologiyalarining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan interfaol metodlar ta'lim maqsadlarni amalga oshirishda samaradorlikka erishishni ta'minlaydi. Eng muhimi, o'qituvchilar hamkorlikda o'qitish metodini tanlashda o'rganilayotgan mavzu, muammo yoki hal qilinishi lozim bo'lgan masalaga e'tibor qaratishlari lozim. Shuningdek, mazkur texnolohiyani qo'llashda o'quvchining yoshi, psixologik xususiyatlari, dunyoqarashi, hayotiy tajribalari inobatga olinsa, dars samaradorligi yanada oshadi. Bu esa ta'lim bilimdonlik, sezgirlik beruvchidan kasbiy mahorat, malaka, va intuisiyani taqozo etadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoevning "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947 sonli farmoni 2017 yil 7 fevralda https://lex.uz/docs/-3107036
2. CoTHBongueBa AôgypaxMOHOB P. "TatnuM caMapagopnuruHH omupum Ba yKyB ^apaëHura нннoвaцнoн TatnuM TexHonoruanapuHH TarÖHK; этнm 3aMOH Tanaôugup".
3. MycnuMOB H.A., YcMOHÔoeBa M., MupconueBa M. "Hннoвaцнoн TatnuM TexHonoruanapu Ba negaroruK KOMneTenrauK" YKyB-ycnyÖHH Ma^Mya. Toshkent, 2016.
4. Usta-Azizova D. A., Mirzayeva Sh. R., Rahmonova Yo. R. "Ta'lim texnologiyalari" Toshkent, 2019.
5. Makhmudova D.M. Using Information Technology Tools In Mathematics Lessons For Teaching Future Teachers // International Journal of Scientific & Technology Research Volume 9, Issue 03, march 2020. - P. 4168-4171. ((3) Scopus)
6. http://www.ijstr.org/final-print/mar2020/Using-Information-Technology-Tools-In-Mathematics-Lessons-For-Teaching-Future-Teachers.pdf
7. Rakhimov, S., Seytov, A., Nazarov, B., Buvabekov, B., Optimal control of unstable water movement in channels of irrigation systems under conditions of discontinuity of water delivery to consumers. IOP Conf. Series: Materials Science and Engineering 883 (2020) 012065, Dagestan, 2020, IOP Publishing DOI:10.1088/1757-899X/883/1/012065 (№5, Scopus, IF=4,652)
8. A. Kabulov, I. Normatov, A. Seytov and A. Kudaybergenov, "Optimal Management of Water Resources in Large Main Canals with Cascade Pumping Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan Academic Research, Uzbekistan 709 www.ares.uz
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va
yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Stations," 2020 IEEE International IOT, Electronics and Mechatronics Conference (IEMTRONICS), Vancouver, BC, Canada, 2020, pp. 1-4, DOI: 10.1109/IEMTRONICS51293.2020.9216402 (№ 6, Scopus, IF= 9.936).
9. Shavkat Rakhimov, Aybek Seytov, Nasiba Rakhimova, Bahrom Xonimqulov. Mathematical models of optimal distribution of water in main channels. 2020 IEEE 14th International Conference on Application of Information and Communication Technologies (AICT), INSPEC Accession Number: 20413548, IEEE Access, Tashkent, Uzbekistan, DOI: 10.1109/AICT50176.2020.9368798 (AICT) pp. 1-4,(№ 6, Scopus, IF=3,557)
10.A.V. Kabulov, A.J. Seytov, A.A. Kudaybergenov, Classification of mathematical models of unsteady water movement in the main canals of irrigation systems, International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology Vol. 7, Issue 4 , April 2020, ISSN: 2350-0328, India, pp. 13392- 13401.(№ 6, Web of science, IF=3,98)
11.Sh.Kh.Rakhimov, A.J. Seytov, A.A. Kudaybergenov, Optimal control of unsteady water movement in the main canals. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology Vol. 7, Issue 4 , April 2020, India, ISSN: 23500328, pp. 13380-13391. (№ 6, Web of science, IF=3,98).
12.A.J. Seytov, A.R. Kutlimuradov, R.N. Turaev,N.K. Muradov,A.A. Kudaybergenov, Mathematical model of optimal control of the supply canal to the first pumping station of the cascade of the Karshi main canal. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology Vol. 8, Issue 3 , March 2021. India. ISSN: 2350-0328. pp. 16790- 16797. (№5, web of science IF=6,646)
13.A. V. Kabulov, A. J. Seytov & A. A. Kudaybergenov. Mathematical models of the optimal distribution of water in the channels of irrigation systems. International Journal of Mechanical and Production Engineering Research and Development (IJMPERD) ISSN(P): 2249-6890; ISSN(E): 2249-8001 Vol. 10, Issue 3, Jun 2020, pp. 1419314202 (№5 Scopus IF = 9.6246)
14.Sh. Kh. Rakhimov, A. J. Seytov, D. K. Jumamuratov & N. K. Rakhimova. Optimal control of water distribution in a typical element of a cascade of structures of a machine canal pump station, hydraulic structure and pump station. India. International Journal of Mechanical and Production Engineering Research and Development (IJMPERD) ISSN (P): 2249-6890; ISSN (E): 2249-8001 Vol. 10, Issue 3, Jun 2020, pp. 1110311120. (№5 Scopus IF = 9.6246)
15.A Zh Seitov, BR Khanimkulov. Mathematical models and criteria for water distribution quality in large main irrigation canals. Academic research in educational Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 710 www.ares.uz
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va
yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
sciences. Uzbekistan. Ares.uz. Vol. 1. №2, 2020. ISSN 2181-1385. Pp.405-415. (№5, web of science IF=5.723)
16. А. Ж. Сейтов, Б. Р. Ханимкулов, М. Гаипов, О. Хамидуллаева, Н. К. Мурадов. Численные алгоритмы решения задач оптимального управления объектами каршинского магистрального канала. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00519. pp. 1145-1153. (№5, web of science IF=5.723)
17.А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: (№5, web of science IF=5.723) 18.Seytov Aybek Jumayevich, Solaeva Mehribon Norimonovna, TadjibayevIkram Uralbaevich. The product of a function and its place in physics. Solid State Technology. Vol. 63 No. 4 (2020). (№5 scopus IF=0.3)
19.Aybek Jumabayevich Seytov, Mamatqobil Nurmamatovich Esonturdiyev, Obid Sherqul Ogli Qarshiboyev, Gulhayo Baxodirovna Quzmanova. academic research in educational sciences volume 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804. pp. 784- 788.
Google Scholar
Academic Research, Uzbekistan
Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz