Научная статья на тему 'YOSHLARDA MULOQOT MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TIZIMI'

YOSHLARDA MULOQOT MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
666
135
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar / motivatsiya / o`quvchi / o‘qituvchi / odob / axloq / muloqot / bilim / tarbiya / ta’lim / shakllantirish / rivojlantirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nilufar Omonova

Ushbu maqolada ta’lim olyotgan yoshlarda muloqot motivatsiyasi, uning mazmun mohiyati bugungi kundagi afzalligi o‘rganiladi. Hamkorlik munosabatini o‘rnatishda o‘qituvchining va o‘quvchining faoliyati zaruriyat ekanligi aytib o‘tiladi. Bugungi kunda hamkorlik asosida muloqot motivatsiyasini rivojlantirishda uzluksiz ta’limning har bir bo‘g‘inini be’tibor qoldirmaslik, muloqot turlari va muloqot muhitini to‘g‘ri tashkil etishni mukammal bilishimiz zarurdir. Buning uchun esa pedagog o‘quvchi bilan muloqot muhitini yarata olishi, so‘zlashishi, muloqotni samarali usullaridan foydalana olishni doimo o‘rganib borishi ahamiyatlidir. Chunki bu pedagogga darsni samarali tashkillashtirish imkonini beradi. Shunga ko‘ra maqolada pedagogik muloqotning turlari, usullaridan unumli foydalanish asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga muloqot motivatsiyasini rivojlantirish omillarining olib kirishning ahamiyatlilik darajasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA MULOQOT MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TIZIMI»

YOSHLARDA MULOQOT MOTIVATSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING

#

PEDAGOGIK TIZIMI

* ; i>

»

Nilufar Omonova

J > j > JL ;

Termiz davlat Universitetining tayanch doktorant https://doi.org/10.5281/zenodo.7295972

' t л

Annotatsiya: Ushbu maqolada ta'lim olyotgan yoshlarda muloqot motivatsiyasi, uning mazmun mohiyati bugungi kundagi afzalligi o'rganiladi. Hamkorlik munosabatini o'rnatishda o'qituvchining va o'quvchining faoliyati zaruriyat ekanligi aytib o'tiladi. Bugungi kunda hamkorlik asosida muloqot motivatsiyasini rivojlantirishda uzluksiz ta'limning haг biг bo'g'inini be'tiboг qoldnmaslik, muloqot turlari va muloqot muhitini to'g'ri tashkil etishni mukammal bilishimiz zarurdir. Buning uchun esa pedagog o'quvchi bilan muloqot muhitini yarata olishi,

ргч' т\ пг1т1 п Ii 1 mill ал a+ni пп-тпгом îioiill nnrlnn тгл öl onn лмопт n ai m г\ а'гггпшп Кап о 1л 1

so'zlashishi, muloqotni samarali usullaridan foydalana olishni doimo o'rganib borishi

>

ahamiyatlidir. Chunki bu pedagogga darsni samarali tashkillashtirish imkonini beradi. Shunga ko'ra maqolada pedagogik muloqotning turlari, usullaridan unumli foydalanish asosida ta'lim-tarbiya jarayoniga muloqot motivatsiyasini rivojlantirish

»

omillarining olib kirishning ahamiyatlilik darajasi ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Yoshlar, motivatsiya, o'quvchi, o'qituvchi, odob, axloq, muloqot, bilim, tartiya, ta'lim, shakllantirish, rivojlantirish.

Mustaqil ona yurtimizda bugungi kunda ijtimoiy hayotning barcha sohalarini demokratlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish, iqtisodiy o'sish suг'atlaгini taraqqqiy ettirish va uning samaradorligini oshirish, xalqimiz ma'naviy-ma'rifiy salohiyatini yuksaltiгish borasida ulkan ishlaг olib boгilmoqda. Ma'naviyat va ma'rifat bugun o'zining taraqqiyot yo'lidan buyuk kelajak sari odimlab boryotgan xalqimizga o'z ezgu maqsadlariga erishishi uchun ulkan quvvat manbai bo'lib xizmat qilayotgani shubhasizdir. Mustaqilligimizning dastlabki kunlardanoq ma'naviyat, ma'гifat, fan, ta'lim bilan bo'gliq ishlar yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

i nm л '1 ' r-wVs /-vi ri n-f n mi+im Лтлтгг» л-п л 'r»ir>it-»rt /А /-\-fv\ 1т-

Buning natijasi o'laroq O'zbekiston butun dunyoga o'zining demokratik

ш

qadriyatlarga sodiq, tinchliksevar va bunyodkor mamlakat ekanligini allaqachon ko'rsata oldi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko'lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli,

! И*

tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz.

Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar,

^____• , TU„ o" TT1 • „ ____r . ____

Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan * : j*

-^отетг^ a > j

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tartiyani

rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim"21 kabi muhim vazifalar belgilab beгilgan. Bu esa hamkoriikda o'qitish ta'lim vositasida

аи j

talabalarda muloqot motivatsiyasini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirish, bo'lajak o'qituvchining muloqot motivatsiyasi modelini talab etadi.

USULLLAR

Bugun ta'lim dargohlarida amalga oshirilayotgan hamkorlik asosida muloqot motivatsiyasining rivojlanishi talaba-yoshlarda ong, g'urur, ma'naviyatning shakllanishida birlamchi rol o'ynaydi. Shu bois hamkorlikda muloqot tarbiyasi pedagogikaning turkumi fanlarining muhim yo'nalishi sifatida o'rganiladi. Mustaqillik yillaridan buyon motivatsiya, muloqot kabi tushunchalaming ma'no-mohiyatini yoshlar ongiga singdirish uchun ko'plab ma'naviy, axloqiy tadb^^

АШлОТ! 1lK 111 Of АГЛ 01 1 +пг1л1лгп mill АЛЛ+ tr\AllTrn+f4\rnfiinir\rr tnil nitn f О m 1 ûlAOnlimrrn

o'tkazilib ular orqali tarbiya muloqot motivatsiyasining muhim tamoyili ekanligiga

e'tiboг qaгatilib kelinmoqda.

Insonning ma'naviy qiyofasi uning muloqot motivatsiyasida ifodalanadi. U o'zining his-tuyg'usini, ichki tug'yonini, orzu umidlarini muloqot jarayonida bayon

etadi. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyoti, insonlarning yaxlit holda shakllanishi, ularning bir-biriari bilan o'zaro muloqotsiz, hamkoгliksiz, o'zaro ta'siгsiz vujudga kelmaydi.

MULOQOT — uchrashish, ko'rishish; qabul qilish, eski turkiy tildagi

??

koMnishi: uchrashuv; musohaba.

Muloqot motivatsiyasi - Kommunikativ motivatsiya.

А-т-тпт1лп+1Т7 m Afn rn+on го т n о r\ o ro mrln ai muí aaa+ 1/ ni о 1 о ао

Kommunikativ motivatsiya - yuksak darajadagi muloqot ko'nikmalariga egalik.23

Muloqot — kishining ichki va tashqi olamini namoyon etuvchi o'zaro

munosabatlarning muhim shakli. Muloqot jarayonida kishi o'zining tashqi olam, jamiyatning trnmush taгzi, uning ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy hayoti haqidagi qarashlari, tasavvuri va hissiyotini ifodalaydi.

Jamiyat a'zolarining o'zaro ijtimoiy munosabatlaгi, tuгmush shaгoitlaгi J-jt

И 1л Ï I n 11 11 m /Л /~\ /-J 1ТГ /Л I r»tvi 1л Л /Ш I /1 Л ГМ +ПППТППТП +11п1ли1лл1лл

#

o'zgarishi bilan ularning moddiy olam haqidagi tasavvuri, tushunchalari,

ш

dunyoqaгasЫaгi, odob va axloq me'yoriari ham o'zgaradi. Bunday o'zgarish kishilarning umumiy manfaatlari, xayrixohligi asosida ro'y beradi.

Kishilik jamiyati paydo bo'lishi bilan odamlar o'rtasida muloqotga ham ehtiyoj

¡ й>_

ñ-

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

Lex.uz

22 «O'zbekiston entiklopediyasi» 4 jild T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. - 102 b.

23 Pedagogik atamalar lug'ati T.: Fan nashriyoti 2008. - 124 b

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

sezildi. Jamiyat a'zolarining bir-birlari bilan o'zaro muloqotlari shu jamiyatning har tomonlama taraqqiyotiga zamin bo'ldi. Har bir tarixiy davrning o'ziga xos muomala odobi, qonun-qoida me'yorlari mavjud bo'lganidek, erkaklar va ayollar, ota-onalar hamda farzandlar, yigit-qizlar o'rtasidagi muloqotga ham ehtiyoj paydo bo'ldi. Bizning jamiyatimiz a'zolari o'rtasida qanday muloqot turlari mavjud? Ular jamiyatimizning kichik bo'g'ini hisoblangan oiladagi ota-ona, katta kishilarning o'zaro muloqotlari, ota-ona va farzandlarning, qiz bolalar va o'g'il bolalarning, oila a'zolarining, qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug'lar, do'sti-o'rtoqlar

° 1 1 1 ° 1

bilan muloqoti, o'qish jarayonida jamoat joylarida, turli to'y tantanalarida, madaniy xordiq chiqarish maskanlarida, transportda kishilarning o'zaro muloqotidan iborat. Bizning sharqona odobimizda ulug' allomalarimiz, fozil-u fozilalarimiz muloqot motivatsiyasi, qonun-qoidalari va o'gitlarni yaxshi bilganlar, xalqni xushmuomalalikka, o'zaro mehr-muruvvatga, axloq-odobga chaqirganlar.

Bizning mutlaq motivatsiyasimizda xalqimizning asrlar davomida saqlanib

IaûI rrnn 1 irt ал nil о п nn 'nnnl о п плЛлл mû'irat*Inri mi unonn m Kax IiK плпла11пг nonirl or

kelgan urf-odatlari, an'analari, axloq me'yorlari mujassam bo'lib, maqollar, hadislar,

hikmatli so'zlar, pand-nasihatlar, axloq-odob durdonalari shakllaridan xalqni ma'naviy yetuklikka boshlab keladi.

Axloq-odob haqidagi hadislardan birida "Hamma ishlaringizda to'g'ri bo'ling,

»

m?

odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo'lsin",24 - deyilib, barcha toifadagi odamlar xushxulq, samimiy, to'g'ri bo'lishga da'vat etiladi.

Muloqot-pedagog faoliyatini eng muhim professional qurolidir. Pedagogik muloqot-qulay psixologik muhit yaratish maqsadida o'qituvchining o'quvchi bilan

Hare \Td 11 и ri a и tachnoriHom lia mmir mii1r»iTir»+iHir ТЧТг»+г»л ггл t~i r\£»Harrr»rriV mill г»лг»+

dars va undan tashqaridagi haqiqiy muloqotidir. Noto'g'ri pedagogik muloqot o'quvchida qo'rquv, ishonchsizlik tug'diradi, diqqati, xotirasi va ish qobiliyatini susaytiradi, nutq me'yorini buzadi. Natijada, o'quvchilarda steriotip fikrlar vujudga keladi. Ularni o'qishga va mustaqil o'rganishga, fikrlashga bo'lgan qiziqishlar susayadi. Oqibat natijada, o'quvchilarda o'qituvchiga, uning faniga nisbatan muayyan salbiy munosabatlar uzoq vaqt shakllanib qoladi.

Hamkorlikda fikrlash uchun sharoitlar yaratish zarur. Rollar almashinishi yordamida muloqot o'rnatish ularda u yoki bu ijtimoiy shakllanib qolgan hatti-harakatni dasturlaydi (o'qituvchi -o'quvchi).

■ITT I I n»* n I «лл n П П1 11 1 IT 71 ПИ Г»Л7П 11 1 1лл»» -fr» ПЛ Г» П I Г» ПЛ Г> 11 Г> 11Л ЛТ Т И 1л Г» Мп1л1 -»-л 1

Ijtimoiy rollar almashinuvi shaxsni har tomonlama namoyon bo'lishini

ш

ta'minlaydi, niqobni olib tashlab boshqa kishi roliga kirish va shu bilan insonni inson orqali idrok qilish jarayoniga ta'sir ko'rsatadi. O'qituvchilar o'quv-tarbiyaviy jarayonda shaxs-rol shaklidan foydalanadilar, darsning ayrim elementlarini bajarishga

iW -

! И*

o'quvchilarni taklif qiladilar, har bir o'quvchini o'qituvchi rolini bajarishga imkon beradilar. O'z shaxsi qimmatini namoyon qilish ham muloqot funksiyasi sifatida

namoyon bo'ladi. Bunda o'quvchilar tomonidan o'z shaxsi (men)ni, qadr-qimmatini, _

m- -

24 Imom G'azzoliy "Ihyou ulumid-din" (Din ilmlarini jonlantirish) T.:«Movarounnahr» nashriyoti, 2007. 144 b

J ^ ' J "

-^отетг^ a M

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

shaxsini munosib baholash va kelajagini tasavvur eta olish uchun intilishlarini

#

ta'minlash o'qituvchining asosiy vazifasidir.

Muloqotning eng muhim funksiyalaridan biri-hamdard bo'lishdir. U boshqa kishi hissiyotlarini tushunish, boshqalar nuqtayi nazarini ma'qullash qobiliyatini shakllantirish jarayonida amalga oshadi va jamoadagi munosabatlarni me'yorga keltiradi. Bunda o'quvchini, uning istaklarini tushunish va bular asosida o'quvchiga ta'sir etish zarurligi anglash o'qituvchi uchun juda muhimdir.

! Ш-

Muloqot funksiyalarini bilish o'qituvchilar uchun dars va undan tashqarida o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotlarni yaxlit jarayon sifatida tashkil etishga yordam beradi.

Darsga tayyorgarlik ko'rayotganda muloqotning barcha funksiyalaridan kompleks foydalanashga erishish zarur. Darsni rejalashtirayotganda faqat axborot berish haqida emas, balki o'quvchilarning o'z shaxsini namoyon qilishlarini va o'z shaxsiy qobiliyatini ham ko'rsata olishga sharoit yaratishni ham rejalashtirishi zarur.

ID linnn о -ï rn mon rv^ m+i it тглгппттп miiblr\i К/л 4 rrnn а1 лптгл In I nrrvn о 1 aIti а о

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bunda ayniqsa, CqtavcM yordam^ muhtoj bo^ oquvdutoga atohMa

e'tibor berish, har bir o'quvchini qiziqtirish usullarini, hamkorlik va ijodkorlikka asoslangan mehnatni tashkil etishni oldindan o'ylab qo'yish lozim. Muloqot bo'yicha yirik mutaxassis olim Kan-Kalik fikricha, professional pedagogik muloqot tarkibi

»

m?

quyidagilarlardan iborat: sinf-guruh bilan bo'ladigan muloqotni pedagog tomonidan modellash (loyihalash); o'zaro ta'sir ettirishning dastlabki onlarida bevosita faol muloqot olib borish (kommunikativ hujum); pedagogik jarayon davomida muloqotni boshqarish; amalga oshirilgan tahlil qilish va uni kelgusi faoliyat uchun modellash.

Muloqotning har bir elementlarini muvaffaqiyatli bajarish uchun quyidagilarga e'tibor berish zarur. Modellash bosqichi-sinf (guruh) o'quvchilarning o'ziga xos

АИТП rln ai vnmifmrn+lnrmi î i 1 о m 1 Ki 11 a aKiI 1 л rnfl о п лл о roi/fan ahîhtaItiI 11 ^ 1 nr

quyidagi xususiyatlarini, ularni bilish qobiliyatlari xarakteri, qiyinchiliklar ehtimolligi, ish sur'atini bilishni talab etadi.25

Darsga tayyorgarlik ko'rishda uning mazmunini oldingi dars mazmuni bilan bog'lash va u faqat o'qituvchi nuqtayi nazaridan emas, balki o'quvchi shaxsi tomonidan ham o'ylanib, turli variantlarda tayyorlanishi zarur. Bu haqda pedagogik texnologiyada batafsil ma'lumot beriladi. «Kommunikativ hujum» - o'z-o'zidan ma'lum bunda o'qituvchi o'quvchilarni tezda jalb qilish texnikasini bilishi, dinamik J-jt

ï n -« nr>l r» Kn-f I 1 m ï К I г/л vn n Ii îiniil I ni4 n 1 /л/vn I mohi

ta'sir va o'zini salobatli qilib ko'rsatish usullarini egallashi zarur.

ш

Muloqotni boshqarish bosqichida o'quvchilar tashabbusini ma'qullash, dialogik

muloqot olib borish, haqiqiy sharoitga moslab o'z fikrlariga tuzatishlar kiritish zarur.

11 > ï 1 > Muloqotni tahlil qilish uning maqsadi, mazmuni va natijasini taqqoslashdir.

NATIJALAR

Tabiiyki, o'qituvchi muloqotni, o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashabbuskori va yetakchisi bo'lishi zarur. Buning uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

--

25 Pirimov. T "O'qituvchi nutq motivatsiyasi" Ilmiy-o'quv qo'llanma Q.: 2000. -56 b

: * ^

- "Biz" sezgisini vujudga keltirish;

#

>

- O'quvchilarga ta'sir etishda shaxs aspektlarini kiritish;

- O'zini sinf (guruh) haqida ijobiy fikrga ega ekanligini his ettirish;

- Faoliyatning aniq maqsadlarini ko'rsatish;

- O'quvchilarning ichki hissiyotlarini tushunish va ularga buni sezdirishi;

- Ayrim o'quvchilarga nisbatan shakllanib borayotgan steriotip fikrlarni o'zgartirish.

Bularning hammasi yosh o'qituvchi faoliyatida samarali muloqot o'rnatishda

О J 1 J 1

to' siqlarga barham beradi.

Pedagoglar tomonidan turli tipdagi rahbarlarning aniq ijtimoiy-psixologik qiyofasi yaratilgan. Ularning jamoa bilan muloqot texnikasi doimo tahlil qilib boriladi. O'qituvchi ham rahbar sifatida tarbiyalanuvchilar faoliyatini boshqaradi, ular bilan turli xil muloqotda bo'ladi.

Yuqoridagi fikrlarga asoslanib pedagogik muloqotni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

-o'zaro ijodiy faoliyatga qiziqtirishiga asoslangan muloqot;

—mn1r>nr>t_mcicr>fci •

-o'zaro do'stlikka asoslangan muloqot;

-muloqot-masofa;

-muloqot-qo'rqitish; -muloqot-hazil-mutoiba.

Muloqot motivatsiyasi-boshqalarni tushunishga bo'lgan ehtiyoj va qobiliyatni shakllantirish, o'zini tushunishga ehtiyoj tug'dirishdir. Muloqotdagi kamchiliklar: -ehtiyotsizlik, shaxsiyatparastlik, suhbatdoshini ortiqcha majburlash; -passivlik, o'zini juda yuqori va past qo'yish; -haddan tashqari jonbozlik ko'rsatish.26

Bir so'z bilan aytganda pedagogning muloqot motivatsiyasi doimo ishlov berilishini talab qiladi.

Muloqot-insonlarning ma'lum bir jamoda yoki guruhda hamkorlikdagi faoliyatlari jarayonida vujudga keladigan ehtiyojlaridan bo'lib, faoliyatlari davomida o'zaro munosabatlarga kirishishi jarayoni hisoblanadi.

Muloqot motivatsiyasi xamma joyda kerak. Ish joyda, transportda, uyda

J-jt

umuman shaxs bo'lib o'z meniga ega insonlarda mavjud, shuning uchun ham biz kim bilan qanday muloqot (muomala) qilishni bilishimiz kerak. Insonning qanchalik

bilimli, aql-zakovatli ekanligi uning muloqoti orqali namoyon bo'ladi.

J "1 > ^^ \ *>

Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-

birlariga so'z yordamida yetkazadi, amalga oshiradi. Shu tufayli muloqotda kishilarning muomalalari yoqimli bo'lishi zarur. Bundaylarni odamlar yoqtiradi, hurmat qiladi. Muloqot ham o'ziga xos san'atdir. Bu san'atni mukammal o'rganish

-

26 (Заполнитель1)

p q

Ü>j* ^ » !>

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

har bir insonga zarur. Shu bilan birga, ona tilini mukammal o'rganmoq har bir

_

insoning muqaddas burchidir. Tilni bilgach: uni ishlata bilish san'atini egallamoq inson uchun zarurdir.

Muloqot jarayonida shirinso'zlik va go'zal nutq hech qachon, hech qayerda

mi

sotilmaydi. Bunga erishmoqlikning birgina yo'li bor, bu ham bo'lsa tinimsiz shirin so'zlashash mashq qilmoqlikdir. Bu esa asosan ko'p kitob o'qish yo'li bilan amalga oshiriladi. Muomala insonning kimligini ko'rsatuvchi yuzidir.

! Ш-

Izlanishlarning ko'rsatishicha, pedagogning o'quvchilarga nisbatan bo'lgan ijobiy munosabati, ularga tiniq, bosiq tonda murojaat qilishi o'quvchilarda erkinlikni his qilishda yordam beradi. O'quvchilarga noto'g'ri munosabatda bo'lish ularda ishonchsizlik kam gap bo'lishiga, o'quvchilarda laganbardolik kabi yomon fazilatlar shakllanishiga olib keladi. Muloqotga ta'rif bereak, bu so'zlashuv, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr olishuv, og'zaki nutq shakli bo'lib, ikki yoki undan ortiq shaxslarni so'zlashuvidir.

Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida

bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug'iladi. Muloqot-odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot (munosabat) birgalikda faoliyat ko'rsatuvchilar o'rtasida

axborot ayirboshlashni o'z ichiga oladi. Bunda munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga kirishishda avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati munosabatga kirishuvchilarning o'zaro birgalikdagi harakati - nutq jarayonida faqat so'zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham

ayirboshlashdan iborat. Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa ...... „ . , , ,,

imo-ishora bilan muloqotda bo'lamiz.

IV yiimrvpnKn+nmn- Iaûx rir»m tr\n1 ал а+гго 1 /- i п it ?a!ti 1 o rn 1 n a Kir К1 rl о п n 1 1 rl га1/

Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo'lamiz. Aynan muloqot davomida uning haddi-harakatlarini kuzatamiz, uning o'zini tutishi va hakozalar tufayli, muloqotdoshimizga qaysidir ma'noda fikrimiz o'zgaradi. Demak muloqot insonning muhim jihatlaridan biri sanalib insonning muloqot ma'daniyati kishilarda salbiy va ijobiy fikrlarni paydo bo'lishini ta'minlaydi.27 J-jt

Muloqot odobi insonni ma'naviy kamolotga yetkazuvchi jarayondir. Muloqot odobi bolalikdan shakllanadi. Bola ulg'ayishi bilan muloqot odobi darajasi kengayib boradi. Muloqot odobi kishi faoliyatini belgilovchi jarayon bo'lib, uni barcha xatolardan saqlaydi. Natijada uning xulqiy go'zalligi ortadi.

Islom dinida belgilangan muloqot odobi mezonlari umuminsoniy muloqot odobi mezonlari bilan chambarchas bog'liqdir. Chunonchi, «Qur'oni Karim» Inson

kamolotining asosiy dasturidir. Unda insonni yuqori cho'qqiga ko'tarishga ahamiyat _

--

27 M. Maxsudova "Muloqot psixologiyasi" Turon-iqbol. Toshkent 2006 y -76 b.

berilgan. «Qur'oni Karim» ning har bir oyatida kishining kundalik hayotida muloqot

#

odobi mezonlariga og'ishmay amal qilishini ko'rsatadi.

Adab so'zi arabcha bo'lib, hayotimizga singib ketgan, muloqot odobi odamning ma'naviy yetukligi, ma'naviy mezonidir. Muloqot odobi deganda biz tarbiyali degan tushunchani anglaymiz. Muomalali kishi el o'rtasida e'zozlidir. Muloqot odobi insoniy fazilat kishi qadrini baland qiluvchi qimmatli sifatidir. U ta'lim - tarbiyaning asl mevasidir. Aqlning suyanchig'i hisoblangan muloqot odobi barcha fazilatlarning

! Ш-

sha'ni va xikmatidir. Dono xalqimizning "Adab bozorda sotilmas", "Muloqot odobi kishi uchun ulug'lik va fazilatdir", "Muloqot odobi yo'qning aqli ham yo'q" kabi naqllari bejiz aytilmagan. Shunday ekan, aql va muloqot odobi bir-biriga bog'liq, insonda xar ikkovi mavjud bo'lsagina o'sha inson kamol topadi.

O'zbekistonning mustaqilligi tufayli ota bobolarimiz axloq-muloqot odobi haqidagi hikoyatlari, naql va rivoyatlari yosh avlodda qadriyatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, muloqot odobi va axloqiy ezgulik, insoniylik kabi ma'naviy qadriyatlar shaxs kamolotida dasturamal bo'lib kelmoqda.

Axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri hisoblanib, har bir kishining jamiyat va oiladagi yurish-turishi, tartib qoidalarining yig'indisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, mehnatga bo'lgan munosabatda axloq namoyon bo'ladi. Inson

»

xatti-harakatidagi, xulqidagi yo'nalishlar, eng muhim belgilar mujassamlanib, shaxs faoliyatida, uning kamol topishida xulq qoidasining asosi bo'lib qoladi. Axloq faqat tartib intizom o'zini tutishi bilan chegaralanmasdan inson muloqoti o'zgalar bilan munosabatni qay tarzda olib borish jarayonida namoyon bo'ladi. Shunday ekan

o'quvchilarda muloqot odobini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

............ , ....... ....

Shu o rinda o quvchilar bilan muloqot qilishning o ziga xos xususiyatlarini

11-1 л 1 • •

keltirib o tmoqchimiz:

l.O'quvchilar bilan muloqot qilish motivatsiyasining individual shaxsiy xususiyatlarini o'rganishi:

- o'quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish;

- o'quvchilar ichki imkoniyatlariga har tomonlama tavsif berish;

- o'qituvchining muloqot motivatsiyasini to'g'ri tashkil etishi. 2.Shaxsiy muloqotda ro'y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etishi:

J-jt

- kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish;

- har qanday vaziyatda o'quvchilarga qo'pollik qilmaslik;

- o'quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish. 3.O'qituvchi o'zi uchun muloqot motivatsiyasining eng qulay bo'lgan

uslublarini tanlab olishi:

- pedagogik faoliyatiga monand muloqot motivatsiyasi modelini ishlab chiqishi;

- o'z-o'zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini muntazam _

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

--

28 Husanov. B, G'ulomov. B "Muomala motivatsiyasi" T.: Ta'lim nashriyoti 2009 y -80 b

taqqoslab borishi;

#

>

- muloqotda ma'naviyatimiz, uгf-odat va an'analarimiz imkoniyatlaridan doimiy foydalanish.

4.Muloqot motivatsiyasida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik:

- har bir o'quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini ishlab chiqishi;

- muloqotning tartiyaviy ta'sirini va samarasini e'tiraf etish;

29

- muloqot motivatsiyasi asosida pedagogik mahoratni namoyish etish.

Yuqorida keltirilgan xususiyatlaT ta'lim jaгayonida hoziгgi zamon o'quvchilarida muloqot odobini tarbiyalashning asosiy shart-sharoitlarining birlamchisi deb bildik negaki yoshlarimizning individual xususiyatlariga mos holda muloqotni tashkil etish ta'limiy va tartiyaviy tamonlama beгilayotgan bilimlaming samaradorligida muhim ahamiyat kasb etadi.

Talabalarni hamkorlik asosida muloqot motivatsiyasini rivojlantirish, avvalo,

ularning muloqot motivatsiyasining o'zgarishi natijasida namoyon bo'ladi. Bunda hamkorlikda o'qitish har bir o'quvchini kunlik qizg'in aqliy mehnatga o'rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o'quvchida shaxsiy qadr-

»

qimmat tuyg'usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda ma'suliyat hissini shakllantirishni ko'zda tutadi. Buning uchun hamkorlik asosida muloqot motivatsiyasini rivojlantirish talab etiladi.

Hamkoriikda o'qitish texnologiyasi haг biг o'quvchining ta'lim olishidagi muvafaqqiyati guruh muvofaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o'quv topshiriqlarini to'liq va sifatli bajarishga

• • м- > 7 i • , i

A A 1 IT ) mn+At*1 ПМ1Л1 IA I 1 r~\ r\ -7 ООП+ИЧГПАП \7Af/intV» КАГП Г\ Л

o'quv materialini to'liq o'zlashtirishga yordam beradi.

Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi.

Talabalarda hamkorlik texnologiyasi va muloqot motivatsiyasini rivojlantirish uni rivojlanishiga ta'siï etuvchi tuñi omillaráan xalos etib, talaba o'qituvchi o'rtasida do' stona, erkin muloqot yaratish shart-sharoitlarning amalga oshirilishi zarurdir.

O'qituvchilarning - ta'lim jarayonidagi tarbiya beгuvchilaгning samarali metodik yondashuv asosida ish ko'rishlari ya'ni hamkoгlik texnologiyasini to'g'гi qo'llay olish yoshlarda tushunchani o'stiгish barabarida ta'limning haг biг bo'ginida tizimlilikka asoslangan holda nutqini o'stirib muloqot motivatsiyasini oshirish imkonini beradi.

) к î ^ pW

Bunday shart-sharoitlar o'quv dasturlari va qo'llanmalarda berilgan mavzular

mazmunini o'quvchilarga yetkazish asosida amalga oshiriladi. Bu imkoniyatlardan

_

-

29 A. Xoliqov "Pedagogik mahorat" T.: "Iqtisod-moliya" 2010 y 82 b

-^отетг^ a > i

foydalanishda zamonaviy metod va vositalarga murojaat qilinsagina o'z samarasini

berishi mumkin.

Yuqorida keltirilgan muloqot haqidagi ma'lumotlardan xulosa shuki yoshlardagi sog'lom muhit-sog'lom muloqotni shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir

#

yoshning motivatsiyasimizga bo'lgan bilimini, tafakkurini shakllantirish, hurmat e'tiborni takomillashtirish muloqot motivatsiyasini amalga oshirishda tayanch bo'ladi.

MUNOZARA

Tahlillardan foydalanib muloqot motivatsiyasini bugungi davrda jonlantirish va muloqot faolligini oshirishda quyidagi taklif va talablar tizimiga duch keldik:

-Yoshlarni erkin muloqot motivatsiyasini rivojlantirish bilan birgalikda fikrlarini erkin ayta olish layoqatini oshirish;

-Yosh kadrlarni tayyorlash va so'z boyligini oshirishda turli zaruriy adabiyotlarni o'qib o'rganish va o'z ustida ishlash motivatsiyasini tarbiyalash;

Crv'rminrt wo nn„lnK i.kl ^^„i««

-So'zning qudrati va ta'sir atish zaruriyatini anglab uni ishlatishning

>

ahamiyatlilik darajasini yoshlarning rivojlantirish, ularning amaliy hayotida tashkil etish;

-Darslar jarayonida to'g'ri tashkil etilgan hamkorlik va muloqot motivatsiyasini

»

m?

shakllantirish orqali o'quvchida so'zlash muloqatchchanlik qobilyatini rivojlantirish;

Davr yoshlarimizga tarbiyani to'g'ri berish asosida nutqni, tafakkurni, dunyoqarashni va muloqotchanlikni rivojlantirishni talab qilmoqda. Demak o'qituvchilarning ya'ni ta'lim jarayonidagi tarbiya beruvchilarning samarali metodik

yondashuv asosida ish ko'rishlari yoshlarda tushunchani o'stirish barobarida

...................... , , ,, ....... ...

ta'limning har bir bo'ginida tizimlilikka asoslangan holda tarbiyani berish va nutqini o'stirib muloqot motivatsiyasini oshirish imkonini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar:

1. (Mirziyoyev)O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Lex.uz Ж 2. Imom G'azzoliy "Ihyou ulumid-din" (Din ilmlarini jonlantirish)

hhj

*

T.:«Movarounnahr>> nashriyoti, 2007. 144 b

3. «O'zbekiston entiklopediyasi» 4 jild T.: Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. -234 b.

4. Pedagogik atamalar lug'ati T.: Fan nashriyoti 2008. - 156 b

5. Pirimov. T "O'qituvchi nutq motivatsiyasi" Ilmiy-o'quv qo'llanma Q.: 2000. -136 b.

6. A. Xoliqov "Pedagogik mahorat" T.: "Iqtisod-moliya" 2010 y 520 b.

7. M. Maxsudova "Muloqot psixologiyasi" Turon-iqbol. Toshkent 2006 y -355 b.

8. Husanov. B, G'ulomov. B "Muomala motivatsiyasi" T.: Ta'lim nashriyoti 2009 y -118 b.

p>j> Щ >

>q ] i )> >

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.