Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA PEDAGOGIK MULOQOT VA UNING AHAMIYATI XUSUSIDA'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA PEDAGOGIK MULOQOT VA UNING AHAMIYATI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1121
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik muloqot / muloqot madaniyati / ehtiyoj / manfaat / o‗quv jarayoni / faoliyat / shaxs rivojlanishi / o‗zaro ta‘sir jarayoni / axborot almashinuv / muomala odobi / muomala madaniyati / kishi ma‘naviyati / nutq madaniyati / fikrni bayon etish / fe‘latvor / milliy urf-odat / pedagogik takt. / pedagogical communication / culture of communication / need / interest / educational process / activity / Personality Development / interaction process / information exchange / manners / culture of treatment / spirituality of a person / culture of speech / expression of thought / national tradition / pedagogical tact.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — R. Musurmonov, A. K. Sharaxmatova

Maqolada oliy ta‘lim muassasalari professor-o‗qituvchilarining o‗quv jarayonida talabalar bilan samarali faoliyat olib borishlari va muloqot madaniyatining pedagogik shart sharoitlari to‗g‗risida fikr yuritilib, taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT PEDAGOGICAL COMMUNICATION AND ITS IMPORTANCE IN HIGHER EDUCATION

The article focuses on the effective functioning of professors and teachers of higher educational institutions with students in the educational process and pedagogical conditions of the culture of communication, offers and recommendations were given.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA PEDAGOGIK MULOQOT VA UNING AHAMIYATI XUSUSIDA»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-755-760

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA PEDAGOGIK MULOQOT VA UNING

AHAMIYATI XUSUSIDA

R. Musurmonov

Chirchiq davlat pedagogika instituti dosenti

A. K. Sharaxmatova

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining o'quv jarayonida talabalar bilan samarali faoliyat olib borishlari va muloqot madaniyatining pedagogik shart-sharoitlari to'g'risida fikr yuritilib, taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik muloqot, muloqot madaniyati, ehtiyoj, manfaat, o'quv jarayoni, faoliyat, shaxs rivojlanishi, o'zaro ta'sir jarayoni, axborot almashinuv, muomala odobi, muomala madaniyati, kishi ma'naviyati, nutq madaniyati, fikrni bayon etish, fe'l-atvor, milliy urf-odat, pedagogik takt.

ABOUT PEDAGOGICAL COMMUNICATION AND ITS IMPORTANCE IN

HIGHER EDUCATION

ABSTRACT

The article focuses on the effective functioning of professors and teachers of higher educational institutions with students in the educational process and pedagogical conditions of the culture of communication, offers and recommendations were given.

Keywords: pedagogical communication, culture of communication, need, interest, educational process, activity, Personality Development, interaction process, information exchange, manners, culture of treatment, spirituality of a person, culture of speech, expression of thought, national tradition, pedagogical tact.

KIRISH

Aslida muloqot inson faoliyatining ruhiy hamda ma'naviy asosi natijasida

yuzaga keladigan ijtimoiy ehtiyojlar bilan birga namoyon bo'ladi. «Shaxslar faoliyati

motivatsiyasining asosi sifatida yuzaga chiqayotgan ehtiyoj, manfaat, manfaatdorlik

kabi ijtimoiy iqtisodiy omillar ma'lum ma'noda ularni maqsadli o'y-fikrlari, istaklari

yuzaga chiqishiga ham sabab bo'ladi. Shaxslararo munosabatlarni, muloqot

madaniyatini qay darajada shakllanishiga ham sezilarli ta'sir o'tkazadi. Binobarin,

muloqot odamlar orasida amalga oshiriladigan faoliyatlar ichida yetakchi o'rin Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 755 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-755-760

egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojlarni jamiyatda yashash va o'zini shaxs deb hisoblash bilan bog'liq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati mislsiz» [4].

Shunday qilib, muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari, ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-biri bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayoni hisoblanadi. Har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan faoliyati o'zaro munosabat va ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi. Chunki har qanday ish, avvalo odamlarning bir-birlari bilan til topishish, bir-birlariga turli xil ma'lumotlarni uzatish, fikr almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab etadi. Shunday ekan, har bir shaxsning jamiyatda tutgan o'rni, ishlarining muvaffaqqiyati, obro'si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog'liqdir. Bir qarashda osonga o'xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab bo'lib, inson hayoti davomida o'rganib boradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Muloqotning psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida taniqli psixolog B.F.Parigin shunday yozadi:

a) individlarning o'zaro ta'sir jarayoni;

b) individlar o'rtasidagi axborot almashinuv jarayoni;

v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabat jarayoni;

g) bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni;

d) bir-biriga hamkorlik bildirish imkoniyatlari;

e) shaxslarning bir-birini tushunish jaraèni.

Muloqot o'z xususiyatlariga ko'ra turli shakl va ko'rinishlarga ega. Muloqot inson amaliy faoliyatining moddiy-ma'naviy shakllarini hamda uning ehtiyojlarini o'zida aks ettiradi .

O'qituvchining talabalar bilan muomala odobi

O'qituvchi va talaba, domla va talaba o'rtasidagi munosabat va muomala madaniyati ularning fe'l-atvori, xulqi va olgan tarbiyasining amaliy hayotda namoyon bo'lishini bildiradi. Kishining madaniyati, avvalo uning muomalasi, atrofdagilar bilan munosabatida ko'zga tashlanadi. O'qimishli, madaniyatli o'qituvchi hamkasbidan, talabasidan nimani, qanday so'rashni, u yoki bu masala yuzasidan murojaat qilish mumkinmiyoèki yo'qligini, oilaviy munosabatlarga daxldor masalalarga munosabat bildirish zaruriyati bormi yo'qligini yaxshi anglaydi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-755-760

Muomala jarayonida suhbatdoshining kayfiyatini ko'tarish, unga optimistik ruh bag'ishlash, uning o'z kuchiga ishonchini hosil qilish ham o'qituvchining eng muhim sifatlaridan biridir. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tom ma'nodagi muomala madaniyatiga ega bo'lgan o'qituvchi shuhratparastlik, manmanlik, befarqlik, hasadgo'ylik, g'iybatchilik kabi illatlarga toqat qila olmaydi va unga qarshi kurashadi.

O'qituvchining muomala madaniyatining tarkibiy qismi nutq madaniyati bilan bog'liq. Chunki nutq va unda ifodalangan so'z kishiga ta'sir etuvchi qudratli psixologik kuchga ega. Uni faqat o'zining mazmuni bilan emas, balki so'zlovchining aytilayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham ta'sir darajasi va qudratini yanada orttirish mumkin.

Ingliz dramaturgi B.Shou aytganidek, «Ha» so'zini aytishning 50 dan ortiq uslubi bor, «Yo'q» so'zini ham shuncha uslubi bor, ammo bu so'zni yozishni faqat bir uslubi bor». Bu fikr zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik qochirim, ma'no yashiringan. O'qituvchi muloqotining negizida so'z, fikr turar ekan, fikrni bayon etish ifodasi har bir o'qituvchining saviyasi, ma'naviy dunyosi, madaniyatiga asoslanadi. O'qituvchining muloqot madaniyati nafaqat shaxslararo munosabatlarga, balki shu bilan birga yoshlar ta'lim-tarbiyasi, ishlab chiqarish, mehnat jamoasi, jamiyat hayotiga ham kerakligini hisobga oladigan bo'lsak, bugungi kunda talaba va ular fe'l-atvorini o'rganish, ularning bir-birlariga mehr-muruvvatli bo'lishga o'rgatish, diniy aqidaparastlik tomir otayotgan hozirgi davr uchun jamiyatni insonparvarlashtirish naqadar dolzarbligini anglash mumkin.

Umuman olganda, muloqot madaniyatini takomillashtirish umuminsoniy ehtiyoj sifatida o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Atoqli adib B.Shou so'zlari bilan aytganda: «Biz hozir havoda qush kabi uchishni, suvda baliq kabi suzishni o'rganib olgan bo'lsakda, bizga bir narsa — insonlardek yashashni o'rganib olish yetishmaydi».

Artur Konon Doyl asarining qahramoni, mashhur izquvar Sherlok Xolms ta'kidlaganidek: «Har bir inson o'z xususiyatiga ko'ra hal etilmaydigan jumboq»dir [5]. Kishilar xulqi, fe'l atvori bilan bir-birlaridan farq qiladilar, ammo ular orasidagi o'xshashlik ma'lum darajada saqlanib qoladi. Demak, odamzodning tashqi turqi tarovatigina, balki ichki olami, maslagi, insoniy qiyofasi, hozirgi ko'rinishi uzoq tarixiy kamolot natijasidir. Bu kamolot zamirida esa kishilar o'rtasidagi muloqot hamda muomala madaniyati turganligi sir emas. Shu sababli o'qituvchining muloqot madaniyatida ham oqilona ehtiyojni anglab olish muhim vazifadir.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-755-760

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Pedagog-o'qituvchining ish faoliyati davomida talabalar bilan muomala munosabatlari katta o'rin egallaydi. Bu jarayonda talaba insoniyat to'plagan bilimlarni, muomala qilish tajribalarini o'zlashtiradi. O'qituvchi esa pedagogik jarayonda asosiy shaxs bo'lib xizmat qiladi, chunki unga yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. O'qituvchi talabalarni o'qitish va tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy urf-odat mezonlaridan saboq beradi. Talabalar muomala odobini, muloqot olib borish yo'llarini asosan o'qituvchi timsolida anglab oladilar. Muallim talaba uchun bir umr ideal, ibrat, na'muna bo'lib qolishi shubhasiz.

O'qituvchi bilan talaba o'rtasidagi muloqotni tartibga soluvchi asosiy talablardan biri talabaning xulqini, muomalasini, talaba bajargan ishni odilona, adolatli baholashdir. Muloqotlar jarayonida o'qituvchi ayrim talablarga rioya qilishiga to'g'ri keladi:

* o'z faoliyati jarayonida o'qituvchi har bir talabaning qadr-qimmatini inson sifatida hurmat qilishi, talabaga nisbatan ishonchi;

* talabaga mehribon, g'amxo'r bo'lishi, shodligiga ham, tashvishlariga ham sherik bo'lishi;

* talabalar bilan har qanday vaziyatdagi muloqot jarayonida alohida yondoshish, pedagogik taktni saqlashi zarur.

Barcha me'yoriy hujjatlar va "Ta'lim to'g'risida" gi qonun talablaridan kelib chiqadigan ustivor vazifalarni OTM talabalari, o'quv yurtlarining pedagog xodimlari, professor o'qituvchilari amalga oshiradilar. Shu bois pedagog xodimlar o'zlarining kasbiy kompetentligi, sha'ni va qadr-qimmatlarini himoya qilishlari uchun:

* odob-axloq qoidalariga qat'iy rioya etishlari, talaba, talaba-talaba, o'qituvchi-talaba shaxsining qadr-qimmatini asrashlari;

* talabalarni mustaqil fikr yuritish, ilm egallash, mehnatga, qonun-qoidalarga, ota-onalarga, ma'naviy tarixiy, madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalashlari, ibratli faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy axloq qoidalariga, haqiqat, adolat, vatanparvarlik, yaxshilik va boshqa xayrli xislatlarga nisbatan e'tiborni qaror toptirishlari lozim.

Millatimizning ko'p asrlik ma'naviy-milliy, qadriyatlari, ma'naviyatini belgilab byeruvchi Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, Imom al Buxoriy, Imom at -Termiziy, Bahouddin Naqshband, az-Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, So'fi Olloyor, Sulaymon Boqirg'oniy kabi mutafakkirlarning bebaho

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-755-760

merosini, Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al -Byeruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Mirzo Ulug'bek, Amir Temur, Bobur, Alishyer Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi allomalarning jahon fani va madaniyatiga qo'shgan bebaho hissalarini o'rganish, shu asosda yosh avlodni uchinchi renessans poydevorini yaratishga qobiliyatli qilib tarbiyalash zarurligi ta'kidlanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ta'kidlashicha, yoshlarni umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashda islom ta'limotining ahamiyati katta. Islom dini - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham diyonat, ham ma'rifatdir.

Insonga xos olijanob sifatlardan yana biri kechirimli bo'lishdir. Bu sifat keng qalbli, birovlarning adovati vaziyatiga chiday oladigan kishilarda bo'ladi. Insonlar ko'pincha xato qiladilar va xatolarning kechirilishiga muhtojlik sezadilar. «Yomonlikni yaxshilik bilan qaytaringlar» deyiladi. Qur'oni karimda. Kishilar o'rtasidagi munosabatlarda ko'pgina salbiy muammolar o'ylamasdan, ehtiyotsizlik bilan aytilgan qo'pol so'zdan kelib chiqadi. O'qituvchining chiroyli so'zi esa yaxshi muomala, mehr-oqibat kalitidir. O'qituvchi shirinso'zligi va xushmuomalaligi shartlaridan biri ovozni baland ham, past ham qilmay, me'yorida gapirishdir.

Shirinso'zlik va go'zal munosabat hech qachon, hech qayerda sotilmaydi. Bunga erishmoqlikning birgina yo'li bor, bu ham bo'lsa, tinimsiz shirinso'zni mashq qilish, kitob o'qish va axborotlarni tinglash, ko'p eshitish va tahlil qilishdir. Muomala o'qituvchining kimligini ko'rsatuvchi ko'zgudir. Pedagogik mahorat fani o'qituvchisining maqsadlaridan biri - komil insonni o'qitish va tarbiyalash natijasidir. Komil inson g'oyasi ham milliy, ham umumbashariy mohiyat va qadriyatga ega, odamzodga xos eng yuksak ma'naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g'oyadir. Komil insonni tarbiyalash g'oyasi azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, uning ma'naviyatining uzviy bir qismi bo'lib kelgan.

Barkamol inson haqidagi yuksak, umuminsoniy g'oyalar Abu Nasr Forobiy va Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarimizning asarlarida ayniqsa, teran ifoda etilgan. Hazrat Navoiyning «Kamol et kasbim, olam uyidin senga farz o'lmagay g'amnoq chiqmoq. Jahondin notamom o'tmak biaynix, erur hammomdin nopok chiqmoq», degan fikrlari har bir inson komillikni o'ziga shior qilib olishi zarurligini anglatadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-755-760

XULOSA

Keltirilgan mulohazalarimizdan farqli o'laroq, aytishimiz mumkinki, bu borada Chirchiq pedagogika instituti Pedagogika fakulteti "Pedagogika va menejment" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan talabalar bilan olib borilayotgan ishlar e'tiborga molik hisoblanadi. Gap shundaki, har bir professor-o'qituvchi o'z mashg'ulotlari jarayonida talabalar bilan muloqot qilish qoidalari etikasi va muomala madaniyatiga to'la amal qilgan holda faoliyat olib boradilar. Bunda ibrat sifatida pedagogika fanlari doktori, professor U.I.Mahkamov, pedagogika fanlari nomzodi, dosent F.U.Jumanova, katta o'qituvchilar S.M.Abduhamidov, D.M.Ismoilovalarning talabalar bilan olib borayotgan faoliyatlari to'la samimiyatga o'girilgan bo'lib, talabalarning e'tirof va hurmatlariga sazavor bo'lmoqda. Shular kabi boshqa ustozlar ham talabalar ko'ngliga samimiylik ila yo'l topish orqali olib borayotgan mashg'ulotlari ko'pchilikka o'rnak bo'lmoqda. Xalqimizda "Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi, yomon gap bilan pichoq qinidan chiqadi" degan hikmat bor. Qaysi bir o'qituvchi talaba bilan til topisholmasa uning holiga voy, deging keladi. Akademik T.N.Qori Niyoziy aytganidek, "Agar sen o'qituvchi bo'laman desang, eng avval yaxshilab o'yla: Sen uni kasb qilib ololasanmi, yoki unga mayl va rag'bating bormi? Chunki o'qituvchilik kosiblik emas" degan edi. Tasodifan pedagoglik kasbiga duchor bo'lganlar uchun bu maydon torlik qiladi.

REFERENCES

1. N. Azizxadjayeva — Pedagogik tehnologiyall T. 2001 y.

2. U.Tolipov —Pedagogik tehnalogiyal T. 2001y.

3. N.Q Saidaxmedov —Yangi Pedagogik texnologiyall T. 2008 y.

4. B. Fyerbyerman —Ilg'or pedagogik tehnologiyall T. fan 2000 y.

5. O'. Asqarova «Pedagogika» T. 2008 y.

6. M.Ochilova, N.Ochilova —Oliy pedagogikall T. 2008 y.

7. Musurmonov R., Shermatov K. Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda innovasion yondashuvlar. Multidisciplinary Peer Reviewed Journal In Association with Novateur Publication India ' s

8. Musurmonov R., Musurmonova M. Ta'limda innovatsion faoliyat - davr talabi. science and education, scientific journal volume #1 special issue issn 2181 - 0842. Science and Education" Scientific Journal December 2020 / Volume 1 Special Issue 4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.