Научная статья на тему 'OZIQ-OVQAT MAHSULOT TURLARINI O‘QITISHDA ZAMONOVIY PEDAGOKIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

OZIQ-OVQAT MAHSULOT TURLARINI O‘QITISHDA ZAMONOVIY PEDAGOKIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1342
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oziq-ovqat mahsulotlari / texnologiya / pedagogik texnologiyalar / oziq-ovqat mahsulot turlari / ta’lim-tarbiya / kompyuter / food / technology / pedagogical technology / types of food / training / computer.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — To‘lg‘anoy Saidnazarova

Pedagogik texnologiya jarayonida o‘qituvchi rahbarligida talaba mustaqil ravishda bilim oladi, o‘rganadi, o‘zlashtiradi. Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Maqolada oziq oziq-ovqat mahsulot turlarini o‘qitishda zamonoviy pedagokik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the process of pedagogical technology under the guidance of a teacher, the student learns, studies and masters independently. The implementation of this activity includes the organization, implementation, improvement, analysis, research, comparison, generalization, conclusion, management, control, evaluation. The article discusses the importance of using modern pedagogical technologies in teaching various types of food products.

Текст научной работы на тему «OZIQ-OVQAT MAHSULOT TURLARINI O‘QITISHDA ZAMONOVIY PEDAGOKIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-180-183

OZIQ-OVQAT MAHSULOT TURLARINI O'QITISHDA ZAMONOVIY PEDAGOKIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

To'lg'anoy Saidnazarova

Umumtexnika fanlari va mehnat ta'limi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Pedagogik texnologiya jarayonida o'qituvchi rahbarligida talaba mustaqil ravishda bilim oladi, o'rganadi, o'zlashtiradi. Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o'z ichiga oladi. Maqolada oziq oziq-ovqat mahsulot turlarini o'qitishda zamonoviy pedagokik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: oziq-ovqat mahsulotlari, texnologiya, pedagogik texnologiyalar, oziq-ovqat mahsulot turlari, ta'lim-tarbiya, kompyuter.

ABSTRACT

In the process of pedagogical technology under the guidance of a teacher, the student learns, studies and masters independently. The implementation of this activity includes the organization, implementation, improvement, analysis, research, comparison, generalization, conclusion, management, control, evaluation. The article discusses the importance of using modern pedagogical technologies in teaching various types of food products.

Keywords: food, technology, pedagogical technology, types of food, training, computer.

KIRISH

Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta'lim texnologiyasi, o'qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta'lim muammolariga oid ma'ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya», «ilg'or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta'lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo'q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko'pgina ta'riflari mavjud.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-180-183

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta'lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o'qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg'ulari tizimi shakllantiriladi.

Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda, operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko'zda tutadi. Aniqroq aytadigan bo'lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob'ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta'rifni tadqiqot mavzusiga o'giradigan bo'lsak, ya'ni: Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning ta'lim-tarbiya vositalari yordamida talaba (talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir ko'rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonidir.

Yuqorida keltirilgan ta'rifdan ko'rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham, bu tushunchaga berilgan ta'riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko'pdir. Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko'rinishlarini uchratish mumkin: "o'qitish texnologiyasi", "ta'limli texnologiya", "ma'lumot texnologiyasi", "o'quv jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O'qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga yaqin tushuncha bo'lsa-da, aynan o'xshash ma'noni anglatmaydi, chunki u ma'lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o'quv materialini o'zlashtirish yo'lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko'proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi.

Pedagogik texnologiya esa ma'lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o'qituvchi - pedagogik jarayon talaba (talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.

Alohida qayd etib o'tish joizki, ayni vaqtda ta'lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g'oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta'riflar berilgan.

Hozirgi ta'lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo'nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashdan iborat. Ma'lumki, ta'lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o'z bilim va tajribalarini o'sib kelayotgan avlodga o'rgatishdan iborat bo'lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-180-183

Pedagogik texnologiyaning har turli ta'riflari mavjud bo'lib, har bir ta'rif ma'lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy ta'riflar va ularning sharxlarini ko'rib chiqamiz.

Pedagogik texnologiya-axborotlarni o'zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma'no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog'liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o'rgatish jarayonidan iborat.

Pedagogik texnologiya-ta'lim metodlari, usullari, yo'llari hamda tarbiyaviy vositalar yig'indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir.

Pedagogik texnologiya-ma'lumotlarni o'zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o'zlashtirish jarayonidan iborat.

Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta'lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo'yicha ta'sir o'tkazish faoliyatidan iborat.

Pedagogik texnologiya talabani mustaqil o'qishga, bilim olishga, fikrlashga o'rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Hozirgi ta'lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo'nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashdan iborat. Ma'lumki, ta'lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o'z bilim va tajribalarini o'sib kelayotgan avlodga o'rgatishdan iborat bo'lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.

Oziq-ovqat mahsulotlari inson uchun energiya manbai, organizm to'qimalari uchun qurilish materiali va almashinuvni amalga oshiruvchi sifatida kerakdir. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati xom ashyolarning xossalari, shu bilan birga xom ashyolarning birlamchi xossalarini o'zgartiruvchi va mahsulotning yangi xossalarini shakllantiruvchi texnologik jarayonlarga bog'liq. Masalan nonning sifati unning sifati va non pishirish jarayonlariga, sariyog'ning sifati qaymoqning sifati va yog' ishlab chiqarish jarayonlariga bog'liq. Sifati past xom ashyolardan yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlab bo'lmaydi. Shuning uchun xom ashyoga bo'lgan talablarni oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi barcha xodimlar bilishlari shart.

«Oziq-ovqat texnologiyasi» yo'nalishi bo'yicha ta'lim olinayotgan talabalar uchun mutaxasislik fanlarini o'rganish, tarmoqda qo'llaniladigan xom ashyo va materiallarni o'rganishdan boshlanadi. Dars jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan foydalanashi esa darsning sifatini, talabalarning darsga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-180-183

«Oziq-ovqat xom ashyosi va materiallari» fani ushbu sohaning korxonalarida ishlatiladigan xom ashyolarni ishlab chiqarishining zamonaviy texnologiyasi va assortimenti tavsifini, oziqaviy xom ashyolar sifatiga qo'yiladigan me'yoriy hujjatlarga bo'lgan talablarni, shu xom ashyolarning sifatini baholashning organoleptik va tajribaviy nazorat qilish uslublarini o'rganish bilan bog'liq.

«Oziq-ovqat xom ashyosi va materiallari» fani talabalarning umumiy va noorganik kimyo, organik, analitik, fizik va kolloid kimyo, biokimyo, mikrobiologiya va oziq-ovqat kimyosi fanlarida o'rganilgan bilimlarga asoslanadi. Fanning vazifasi talabalarning tabiiy fanlarni o'rganishda egallagan bilimlarini oshirishga qaratilgan. O'z navbatida ushbu fanni o'rganish natijasida olingan bilim talabalarni keng texnik dunyoqarashga ega bo'lishiga, texnologik jarayonlar va xom ashyolarga ta'sir ko'rsatish uslublarini mazmunini tushunishga, ishlab chiqarish amaliyotini samarali o'tishda yordam beradi, mutaxassislik kafedralarida maxsus fanlarni o'rganishga tayyorlaydi.

XULOSA

Bu bilimlar oziq-ovqat sanoatining turli tarmoqlarida ijodiy faoliyat yurgizishga qodir bo'lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda zarur hisoblanadi. Respublikamiz aholisini keng assortimentda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash - xalq xo'jaligining muhim vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani bajarish ishlab chiqarishni kengaytirish, tashish sharoitlarini yaxshilash, xom ashyoni saqlash va iste'mol mahsulotlariga qayta ishlashga bog'liq. Oziq-ovqat mahsulotlari asosan o'simlik va hayvon mahsulotlaridan, ya'ni qishloq xo'jalik mahsulotlaridan tayyorlanadi. Shuning uchun qishloq xo'jaligini jadal rivojlantirish natijasida, qishloq xo'jalik mahsulotlari miqdorini ko'paytirish bilan birgalikda oziq-ovqat sanoatining barcha tarmoqlarini kerak bo'lgan xom ashyolar bilan ta'minlash mumkin.

REFERENCES

1. Общая технология пищевых производств. Под редакцией проф. Л.П.Ковальской. - Москва: Колос, 1993.

2. Васиев М.Г. Васиева М.А. Сырье и материалы отраслей производства пищевых продуктов. - Бухара, 1998.

3. Vasiev M.G., Vasieva M.A., Mirzaev J.D. Non, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarida qo'llaniladigan хom ashyo va materiallar. - Toshkent: Mehnat, 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.