Научная статья на тему 'AKADEMIK LITSEYLARNING ANIQ YO’NALISHIDA TA’LIM OLAYOTGAN O’QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI KOMMUNIKATIV O’YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH'

AKADEMIK LITSEYLARNING ANIQ YO’NALISHIDA TA’LIM OLAYOTGAN O’QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI KOMMUNIKATIV O’YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
212
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ingliz tili darslari / kommunikativ kompetensiya / kommunikativ o’yinlar / o’quvchi markazli yondashuv / ingliz tili muhiti / erkin muloqot. / уроки английского языка / коммуникативная компетенция / коммуникативные игры / ученик центрированный подход / английская среда / свободное общение.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Axmadaliyeva Xosiyatposhsho Abduxayotovna

Mazkur maqolada o’quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishning samarali usullaridan biri kommunikativ o’yinlar yoritilgan. Shuningdek, amalda tilni qo’llash orqali haqiqiy ingliz tili muhitini yaratish, o’quvchilarning xato qilishdan qo’rqmay erkin muloqotga kirishish yo’llari va o’z fikrlarini joyida ifoda etish usullari ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РАЗВИТИЕ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ УЧЕНИКОВ ОБУЧАЮЩИХСЯ ПО СПЕЦИАЛЬНЫМ НАПРАВЛЕНИЯМ АКАДЕМИЧЕСКИХ ЛИЦЕЕВ С ПОМОЩЬЮ КОММУНИКАТИВНЫХ ИГР

В статье коммуникативные игры рассматриваются как один из наиболее эффективных способов повышения коммуникативной компетентности учащихся и исследует способы создания настоящей англоязычной среды посредством использования языка на практике, способы свободного общения учащихся, не опасаясь совершить ошибку, и способы выразить свое мнение на месте.

Текст научной работы на тему «AKADEMIK LITSEYLARNING ANIQ YO’NALISHIDA TA’LIM OLAYOTGAN O’QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI KOMMUNIKATIV O’YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH»

Axmadaliyeva Xosiyatposhsho Abduxayotovna,

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi o'qituvchisi, "Pedagogika va psixologiya kafedrasi" mustaqil tadqiqotchisi

AKADEMIK LITSEYLARNING ANIQ YONALISHIDA TA'LIM OLAYOTGAN O'QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI KOMMUNIKATIV O'YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH

УУК: 343.824 (100-87)

AXMADALIYEVA Х.А. AKADEMIK LITSEYLARNING ANIQ YO NALISHIDA TALIM OLAYOTGAN O'QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI KOMMUNIKATIV O'YINLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada o'quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishning samarali usullaridan biri kommunikativ o'yinlar yoritilgan. Shuningdek, amalda tilni qo'llash orqali haqiqiy ingliz tili muhitini yaratish, o'quvchilarning xato qilishdan qo'rqmay erkin muloqotga kirishish yo'llari va o'z fikrlarini joyida ifoda etish usullari ko'rib chiqilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: ingliz tili darslari, kommunikativ kompetensiya, kommunikativ o'yinlar, o'quvchi markazli yondashuv, ingliz tili muhiti, erkin muloqot.

АХМАДАЛИЕВА Х.А. РАЗВИТИЕ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ УЧЕНИКОВ ОБУЧАЮЩИХСЯ ПО СПЕЦИАЛЬНЫМ НАПРАВЛЕНИЯМ АКАДЕМИЧЕСКИХ ЛИЦЕЕВ С ПОМОЩЬЮ КОММУНИКАТИВНЫХ ИГР

В статье коммуникативные игры рассматриваются как один из наиболее эффективных способов повышения коммуникативной компетентности учащихся и исследует способы создания настоящей англоязычной среды посредством использования языка на практике, способы свободного общения учащихся, не опасаясь совершить ошибку, и способы выразить свое мнение на месте.

Ключевые слова и понятия: уроки английского языка, коммуникативная компетенция, коммуникативные игры, ученик центрированный подход, английская среда, свободное общение.

AXMADALIYEVA KH.А. DEVELOPING COMMUNICATIVE COMPETENCE OF PUPILS STUDYING IN SPECIFIC DIRECTIONS AT ACADEMIC LYCEUMS THROUGH COMMUNICATIVE GAMES

In the article communicative games are considered as one of the most effective ways to develop pupils' communicative competence. That also create a real English environment through the implementation of language in practice, ways for pupils communicate freely without fear of making mistakes, and express their opinions on the spot.

Key words and concepts: english lessons, communicative competence, communicative games, pupil centered approach, English environment, free communication.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 12 (109)

Kirish.

Hozirgi sharoitda mamlakatimizda ta'lim tizimini modernizatsiyalashning ustuvor yo'nalishlari ishlab chiqilib, raqobatbardosh, komil va har tomonlama yetuk bo'lgan yosh-larni o'stirish va tarbiyalash asosiy maqsadlar-dan biri bo'lib qoldi. Ilm-fanning jadal rivojlani-shi bugungi davrning dolzarb masalalaridan biri xorijiy tillarni o'qitish orqali kelajak yosh avlodni ona-Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g'urur, yuksak axloq va ma'naviyat, qad-imiy va boy merosimizga iftixor tuyg'usi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosiy vazifalardandir. Jahon ta'lim tizimidagi qilinayotgan tub islohotlar yoshlarning chet tillarni mukammal o'rganishlari, barcha sohalarda chet tilini bilgan holda o'zlarini namoyon eta olishlari uchun zarur shart- sharoit yaratib berish, ularning xorijiy tilda og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish muammolarini ilgari surmoqda.

Ayniqsa, mustaqillikka erishgandan so'ng, chet tillarini o'rganishga ham qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar eshiklari ochib berildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Kari-mov ta'kidlaganlaridek, "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishda yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egal-lashga intilayotgan mamlakatimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkor-likda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning aha-miyatini baholashning hojati yo'qdir"1. Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil 10 dekabr kuni qabul qilingan "Chet tillarini o'rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari" to'g'risida"gi PQ-1875-son qarori asosida chet tillarini o'rganish imkoniyatlarini kengaytirish uchun xorijiy tillarni boshlang'ich sinflardan boshlab uzluksiz o'qitilishining yo'lga qo'yilishi davlat ta'lim standartlarini xalqaro talablar asosida takomillashtirish, ta'lim tizimini barcha bosqichlari uchun o'quv das-turlarni mazmunini yangilash, ta'lim jarayo-niga yangicha yondashuv va zamonaviy peda-

1 Karimov I. A. Garmonichno razvitoye pokoleniye osnova progressa Uzbekistan. - T., 1997. - 83 b.

gogoik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etadi2. Buning natijasida mamlakatimizda chet tilining o'qitilishi, chet tili o'qituvchilarining bilim va ko'nikmalarini baholashning umu-myevropa ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablar ishlab chiqildi. Unga mos ravishda umumta'lim mak-tablari, akademik litsey, kasb hunar kollejlari o'quvchilari uchun talabga javob beradigan darsliklar, o'quv qo'llanmalar, mustaqil o'qish uchun qo'shimcha adabiyotlar yaratildi. O'quv xonalari innovatsion axborot kommunikativ texnikalar bilan boyitilgan va turli xil mavzu-larni aks etgan rang-barang ko'rgazmali qurol-lar ya'ni stendlar bilan jihozlandi.

Bunga qo'shimcha, ta'lim sifatini yanada takommillashtirish va raqobatbardosh mutax-assislarni yetishtirib chiqish maqsadida 2020 yil 23-sentabr "Ta'lim to'g'risidagi" qonuning yangi shaklda qabul qilinishi ta'lim mazmunini yangilash, takomillashtirish, o'qitish samara-dorligini va o'qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, ilg'or pedagogik tajribalarni keng takomillashtirish bo'yicha bir necha vazifalarni o'z ichiga oldi. Bunda ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, o'quv dasturlarini takomillashtirish va yangi darsliklar yaratish eng asosiy ishlardan biri bo'ldi. Shuningdek, ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur'atlarda jadal-lik bilan rivojlanishi ta'lim tizimi xodimlaridan ta'lim tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko'tarishni talab etib, har bir tizim xodimi, ayniqsa o'qituvchilar zimmasiga yanada yuksak mas'uliyatli vazifalarni yukladi3.

Bundan ko'rinib turibdiki, maktabgacha ta'lim muassasasidan boshlab oliy ta'limgacha bo'lgan davrda har bir o'quvchini qobilyatini rivojlantirish va yetuk, komil shaxs va kadr qilib tayyorlash o'qituvchilarning asosiy vazifalarimiz biridir etib belgilandi. Yana bir narsani ta'kidlab o'tish zarurki, uzluksiz ta'lim faoliyatini tashkil etish jarayonida iqtidorli o'quvchilarni qo'llab-

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-son qarori. // "Xalq So'zi" 2012 y, 240(5660)-son.

3 O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi "Ta'lim to'g'rida" gi O'RQ-637 qonuni. 46-modda.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 12 (109)

quvvatlashga va ularning iqtidorini yanada riv-ojlantirishga ham jiddiy e'tibor qaratiladi.

Shu maqsad sari pedagogik faoliyat maz-muni, metodikasiga asoslanib, iqtidorli o'quvchi yoshlarni muvaffaqiyatli va shaffof aniqlash uchun zarur pedagogik-psixologik va tashkiliy sharoitlar yaratiladi. Ayni vaqtda respublika-mizda iqtidorli yoshlarni aniqlashning puxta asoslangan mexanizmi ishlab chiqildi. Buni amaldagi ifodasi O'zbekiston Respublikasi Pre-zidenti tomonidan 2020 yil 3-dekabr kuni qabul qilingan "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashti-rish chora tadbirlari to'g'risida"gi qaror iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qo'llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulg'ayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga bo'lgan intilishlarini rag'batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirishni maqsad qilib qo'ydi1.

Mavzuning dolzarbligi chet tili ya'ni ingliz tiliga bo'lgan talab kundan kunga oshib boray-otganligi sababli, akademik litseylarda ingliz tili chuqur o'qitilishi va bu fan to'rt aspektga (o'qish, yozish, tinglab tushunish, va gapir-ishga) bo'linib, ular orqali o'quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish masa-lalari to'liq o'rganilmaganligi bilan belgilanadi.

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarning qisqa-cha tahlili

Ta'lim jarayonida, ayniqsa, Ingliz tili darsla-rini yuqori darajada tashkil etishda kommunikativ kompetensiyaning roli beqiyosdir. Bu bilan bog'liq masalalarni xorijiy olimlardan Yu.K. Babanskiy, V.I. Zagvyazinskiy, M.N. Skatkin, N.V.Kuzmina, V.A. Slasteninlar o'z tadqiqotlar-ida uzluksiz ta'lim tizimida kommunikativ kom-petensiyaning o'rni va uning konseptual aso-slarini tadqiq etganlar. Mamlakatimiz pedagog olimlari A. Abduqodirov, U.Sh. Begimqulov, R. H. Jo'rayev, N.S. Sayidahmedov, Sh.S. Sharipov, R. G. Isyanov, N.A. Muslimov, A.R. Xodjabayev, Z.K. Ismoilova, M.B. Urazova, K.D. Rizqulova, A.M. Musurmanova, U.B.Azizovlarning tadqiqot

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashritish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ- 4910-son-qarori. 2-bandi.

ishlarida ham ta'limda bu kompetensiyaning o'rni beqiyos ekanligini ta'kidlab o'tishgan.

Kommunikativ kompetensiyani rivojlanti-rishda o'z o'rniga ega bo'lgan olimlardan biri C.B.Paulstonning ta'kidlashicha kommunikativ kompetensiya-insonning bilimlari va hissiy tajribasiga asoslangan bo'lib, uning turli vazi-yatlardagi muloqot yo'nalishini aniqlay olishi hisoblanadi. Bu insondagi uni atrofidagilar bilan birgalikda samarali harakat qilishning o'ziga xos layoqati bo'lib, aynan o'zini va boshqa-larni, shaxslararo muloqotlarning sifati hamda yashash muhitining ijtimoiy shart-sharoitlar-ida, psixologik, madaniy holatlarning doimiy o'zgarib turishini anglash orqali erishiladi2.

Muloqot paytida o'quvchilar kommunikativ kompetensiyaning har bir komponen-tidan to'g'ri foydalansagina, ularning mulo-qoti muvaffaqiyatli amalga oshirilishi haqida O. Adejare3 tadqiqot olib bordi. Uning fikri-cha, muloqot paytida o'quvchilar kommunikativ kompetensiyaning har bir komponentidan to'g'ri foydalanib, qachon muloqotga kirish-ish, kim bilan va nima haqida muloqot qilishini bilsagina, ularning muloqoti muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Aks holda, o'sha vaziyatda noaniqliklar kelib chiqib, so'zlovchi va tinglov-chi bir-birini to'liq tushunmasligi mumkin.

Shuning uchun tadqiqotchi olimimizning fikrlariga tayanib, kommunikativ kompetensiya komponentlariga rioya qilgan holda muloqotni amalga oshirish oson jarayon emasligini tush-unib yetamiz.

Ingliz tili darslarida o'quvchi markazli darslarni tashkil etishda kommunikativ kompetensiyaning o'rni beqiyosligi haqida chet ellik olim D.Chiesa va o'zbek olimi U. Azizov yonda-suvlari etiborlidir4. Ularning qarashlaricha, kommunikativ kompetensiya- insonning bilimlari va hissiy tajribasiga asoslangan bo'lib, uning

2 Paulston C.B.. 1974. "Linguistic and Communicative Competence." TESOL Quarterly,8:347.

3 Adejare, O.,1995. "Coomunicative Competence in English as a Second Language", New English: A West African Perspective. Eds. A. Bamgbose, A.Banjo and A.Thomas. Bodiji:Mosuro Publishers and Booksellers.

4 D.L.Chiesa, U.B. Azizov, S. Khan, K. Nazmutdinova, K. Tangirova. "Reconceptualizing Language teaching: An in-sevice teacher education course in Uzbekistan". -Tashkent: Baktria Press, 2019.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 12 (109)

turli vaziyatlardagi muloqot yo'nalishini aniqlay olishi hisoblanadi; bu insondagi uni atrofi-dagilar bilan birgalikda samarali harakat qil-ishning o'ziga xos layoqati bo'lib, aynan o'zini va boshqalarni, shaxslararo muloqotlarning sifati hamda yashash muhitining ijtimoiy shart-sharoitlarida, psixologik holatlarning doimiy o'zgarib turishini anglash orqali erishiladi va bu o'quvchi markazli darslarni tashkil etishda kommunikativ o'yinlar kommunikativ kompeten-siyani rivojlantiradigan asosiy kalit ekanligini ta'kidlashgan.

Maqolaning ilmiy yangiligi shundan ibo-ratki, olimlarimiz tomonidan ingliz tili darslar-ida kommunikativ o'yinlar orqali kommunikativ kompetensiyani takomillashtirish yetarli o'rganilmagan.

Tadqiqotning maqsadi xorijiy davlatlarda ta'lim tizimida ayniqsa, ingliz tilini o'qitishda kommunikativ o'yinlardan samarali foydalan-ish kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish asosi ekanligi asosida mamlakatimizda ingliz tili darslarida kommunikativ o'yinlardan foydalan-ish bo'yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tadqiqotning obyekti sifatida akademik lit -seylarning aniq fanlar yo'nalishidagi ingliz tili darslari tanlandi.

Tadqiqotda tizimlilik, qiyosiy-mantiqiy tahlildan foydalanildi.

Tadqiqotning empirik manbaini anketa so'rovnomalari natijalari tashkil etdi.

Asosiy tahlil va natijalar.

Akademik litsey o'quvchilarining kommunikativ o'yinlar orqali kommunikativ kompe-tensiyasini rivojlanishining asosiy ko'rsatkichi ularning fikr-mulohazalarini ravon, yaxlit va mantiqan izchil bayon qilish mahorati bo'lib, bunda muloqot tilining ifodali hamda aniq muloqot bo'yicha sheriklarning faolligining har qanday turini tushunish va mos ravishda javob qaytarish layoqatidan foydalaniladi. Buning uchun, hozirgi kunda akademik litseylarning aniq yo'nalishlarida ingliz tili darslari jarayonida o'quvchilarning kommunikativ kompetensiya-sini rivojlantirish uchun bir qancha innovatsion kommunikativ o'yinlardan foydalanilmoqda.

Ingliz tili darslarida eng samarali innovatsion o'yinlardan biri "Auksiya o'yini" (Auction

game) bo'lib, har bir o'quvchi auksionerdan bir muamoli holat sotib oladi va bu muammoni hal qilish uchun maslahat markazi tashkil etilib, unda kamida 4 ta maslahatchi bo'ladi. O'quvchi o'ziga maslahatchi tanlab muammosini unga aytadi va kerakli maslahatni oladi. Agar o'quvchi muammoga to'liq yechim ololmasa, boshqa maslahatchi bilan muloqotni amalga oshirishi va to'liq yechim olish huquqiga ega. Bu o'yin orqali o'quvchi ingliz tilini amalda xato qilishiga qaramay ishlatadi va bu ma'lum bir vaqt davomida o'quvchilarning nutqidagi ravonlikka sabab bo'ladi. Bunga qo'shimcha, o'quvchilarning muammoga yechim topishlari orqali ularning mantiqiy, analitik qobilyatlari oshadi va ular bemalol o'z fikrlarini erkin ifoda etishga erishishadi.

Yana bir zamonaviy o'yinlardan biri "Kutil-magan gapirish (Impromptu speaking) bo'lib, o'qituvchi oldindan o'quvchilarga savollar tayy-orlab qo'yadi va darsda ularni ikki guruhga bo'ladi. Misol tariqasida dars jarayonida quy-idagi savollardan foydalaniladi:

• eng yoqtirgan bo'sh vaqt mashg'ulotingiz haqida so'zlab bering;

• mamlakatingizdagi mashxur festival yoki milliy bayram haqida gapirib bering;

• o'zingiz ko'rgan eng chiroyli san'at asa-rini tasvirlab bering;

• akademik litseyda eng muhim o'rgangan narsangiz haqida so'zlab bering;

• Milliy ovqatlardan birini qanday tayyor-lanishini tasvirlab bering.

O'yinni boshlashdan oldin guruhlardagi har bir a'zo raqam tanlaydi. Birinchi guruhdagi bir a'zo savollar ichidan birini tanlab, tayyorgarlik-siz 45 soniya ichida o'sha savolga to'liq javob berishi kerak. Ikkinchi guruh a'zolarining vazi-fasi nutq so'zlayotgan o'quvchining grammatik, leksik va talaffuzidagi xatolarni yozib borishi zarur. O'quvchi nutqini yakunlagandan so'ng, ikkinchi guruh a'zolari birma bir xatolarni aytib berishlari kerak. Agar hamma qilingan xatolar aytib o'tilsa o'qituvchi tomonidan ularga ball beriladi, agar ba'zi xatoliklar eslatib o'tilmasa ular ball olishmaydi. Shu tarzda o'yin davom etadi va o'yin oxirida g'olib bo'lgan guruh tanlanadi va mukofotlanadi. Bu o'yin orqali o'quvchilar o'zlarining nutqlaridagi xatolarini

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 12 (109)

to'liq bilib, ularni bartaraf etishga harakat qili-shadi. Natijada, bu o'quvchilarning mukammal muloqot qilish yo'llarini rivojlantiradi. Mukammal muloqot kommunikativ kompetensiyaning asosidir.

Keyingi o'quvchilar uchun qiziq bo'lgan o'yinlardan biri "Rolli o'yin" (Role plays) bo'lib, o'quvchilar har xil holatlarni haqiqiy rol o'ynash orqali ko'rsatib berishadi. Bunda o'quvchilar o'qituvchi tomonidan kichik guruhlarga bo'linadi va har bir kichik guruhga mavzu beriladi. Masalan:

1. Yaponiya davlatidagi dars jarayoni;

2. Angliyadagi mashxur restoranlardan biridagi holat;

3. Rossiya aerportidagi aeroport xodimi va yo'lovchi orasidagi suhbat;

4. Amerika davlatida tug'ilgan kunning nishonlanish bazmi;

5. Uzbek bozoridagi holat.

O'quvchilarga tayyorlanish uchun 10 daq-

iqa beriladi va ular shu vaqt ichida o'zlarining sahna ko'rinishlarini tayyorlashadi va taqdim etishadi. O'qituvchi har bir sahna ko'rinishini tahlil qilib oxirida o'z fikrlarini bayon etadi. Bu o'yin orqali o'quvchilar har xil vaziyatdagi ter-minlarning ishlatilishini o'rganishadi va ularni amalda ishlatib amaliyot qilishadi. Bu esa, kela-jakda turli xil vaziyatlarda bemalol muloqot qil-ishlari uchun zamin bo'ladi.

Ingliz tilini o'rganishda o'quvchi yoshlarning kommunikativ kompetensiyasini kommunikativ o'yinlar orqali rivojlantirish, o'quvchining biror bir ma'lumotni yetkazish samaradorligi, boy lug'at zaxirasi, nutq madaniyati, til vositala-rini o'z o'rnida to'g'ri tanlanganligini belgilashi, shuningdek boshqa insonlar bilan muloqot jarayonida o'z shaxsiy ma'naviy-axloqiy holatini tartibga solishni boshqarish mahoratini belgi-laydi.

Empirik o'rganish natijalari.

Farg'ona shahridagi Farg'ona Politexnika akademik litseyida olib borilgan so'rovnomada 70% o'quvchilar kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda kommunikativ o'yinlarnig roli beqiyos ekanligini ta'kidlashdi. 15% o'quvchilar so'z o'rganish orqali muloqotni rivolantirish mumkin ekanligini, 10% o'quvchilar grammati-

kani egallash orqali kommunikativ kompetensiyani shakllantirsh kerakligini va qolgan talaba-lar kommunikativ kompetensiya shart emaslig-ini ko'rsatishdi. Bundan shunday xulosa ko'rinib turibdiki, ko'pchilik o'quvchilar ingliz tilida erkin, mukammal muloqot qilishning asosi kommunikativ kompetensiya ekanligi tarafdori-dir.

Xulosalar:

• ingliz tili darslarida kommunikativ kompetensiyani takomillashtirish eng dolzarb masalaradan biri ekanligi;

• mamlakatimizdagi akademik litseylarda ingliz tili darslarida o'quvchilarning kommunikativ kompetensiaysini innovatsion kommunikativ o'yinlar orqali rivojlantirishga shart-sha-roitning mavjudligi;

• kommunikativ o'yinlar orqali o'quvchilarni tanqidiy, analitik qobilyatlari o'sadi;

• o'quvchilarning muloqot qilish jarayoni-dagi grammatik, leksik va talaffuzga oid kam-chiliklari bartaraf qilinadi;

• kommunikativ kompetensiyani rivojlan-ishining asosiy ko'rsatkichi o'quvchilar fikr-mulohazalarini ravon, yaxlit va mantiqan izchil bayon qilish mahorati bo'lib, bunda muloqot tilining ifodali hamda aniq muloqot bo'yicha sheriklarning faolligining har qanday turini tus-hunish va mos ravishda javob qaytarish layoqa-tiga sabab bo'ladi.

Ingliz tili darslarida kommunikativ o'yinlardan foydalanib, o'quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishni o'rganib quyidagi amaliy takliflarni berishimiz mumkin:

• o'yinda faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish;

• o'quvchilarning qiziqishlarini o'rganib o'shanga mos mavzular tanlash;

• o'quvchilarga muntazam ravishda moti-vatsiya berib ularning kommunikativ kompetensiyasini bosqichma bosqich rivojlantirish;

• doimiy ravishda ularga ingliz tili muhi-tini yaratib berish va ularni faqat ingliz tilida muloqot qilishini nazaorat qilish.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 12 (109)

с ТАЪЛИМ ПСИХОЛОГИЯСИ / ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПСИХОЛОГИЯ 39 и

Adabiyotlar ro'yxati:

1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ijrosi. Toshkent shahar.,2017-yil 15-avgust. PF-50-24-son.

2. Karimov I.A. Гармоничное развитие поколения - основа прогресса. - Т., 1997. - 83

b.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-son qarori. // "Xalq So'zi" 2012 y, 240 (5660)-son.

4. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi "Ta'lim to'g'rida" gi qonuni. 46-modda. O'RQ-637.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashritish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ- 4910-son qarori. 2-bandi.

6. Adejare, O.,1995. "Comunicative Competence in English as a Second Language", New English: A West African Perspective. Eds. A. Bamgbose, A.Banjo and A.Thomas. Bodiji: Mosuro Publishers and Booksellers.

7. D.LChiesa. U.B. Azizov, S. Khan, K. Nazmutdinova, K. Tangirova "Reconceptualizing Language teaching: An in-sevice teacher education course in Uzbekistan" Baktria Press. Tashkent-2019.

8. D.Bernard. Tillarni o'qitish amaliyotida talabalarning o'zaro aloqasi va tasavvur kuchi // Chet tillarida kommunikativ o'qitish: universitetlararo. Shanba ilmiy. PSTU materiallari -Perm, 1998.

9. Paulston, C,B., "Linguistic and Communicative Competence." TESOL Quarterly,8:347.1974.

10. Volovin A.V. Buyuk Britaniya va AQSh uslubiy tizimlarida chet tillarini o'rganishga kommunikativ yondoshish // Chet tillarni o'rganishga kommunikativ yondashuv: maqolalar to'plami. ilmiy. asarlar, jild 275 - M., 1985.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2021, 12 (109)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.