INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© B.E.Toshmatov1^_
1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ta'lim sifati o'qituvchilarning metodik tayyorgarligi samaradorligi bilan chambarchas bog'liq. Ilg'or pedagogik mahorat va metodikalar bilan jihozlangan yaxshi tayyorlangan o'qituvchilar talabalarning bilim olish natijalarini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ushbu maqolada ta'lim sifatini oshirishda metodik tayyorgarlikning o'rni o'rganilib, o'qituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish muhimligi ta'kidlangan.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning maqsadi metodik tayyorgarlikning o'qituvchilarning ta'lim amaliyotiga ta'siri va uning ta'lim sifatiga keyingi ta'sirini o'rganishdir. Tadqiqot samarali metodik ta'lim dasturlarining asosiy elementlarini aniqlashga va o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishini optimallashtirish bo'yicha tavsiyalar berishga qaratilgan.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda miqdoriy va sifat ma'lumotlaridan foydalangan holda aralash usullar qo'llaniladi. Materiallar o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha qo'llanmalar, o'quv tadqiqot maqolalari va uslubiy o'quv dasturlarida qatnashgan o'qituvchilarning so'rov ma'lumotlarini o'z ichiga oladi. Usullar so'rovlar, suhbatlar, sinfda kuzatishlar va talabalar faoliyati ma'lumotlarini tahlil qilishni o'z ichiga oladi. Miqdoriy ma'lumotlar statistik usullar yordamida tahlil qilinadi, sifatli ma'lumotlar esa mavzuli kodlash va hikoya tahlili orqali tahlil qilinadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: reflektiv amaliyot va konstruktiv fikr-mulohazalar uslubiy treningning muhim tarkibiy qismidir. O'qituvchilarni o'z ta'lim amaliyotlari haqida fikr yuritishga rag'batlantirish va fikr-mulohazalarni bildirish ularga takomillashtirish yo'nalishlarini aniqlashga va samarali strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi. Fikrlash amaliyoti bilan shug'ullanadigan va muntazam ravishda fikr-mulohazalarni qabul qiladigan o'qituvchilar o'zlarining ta'lim usullarida sezilarli yaxshilanishlarni ko'rsatadilar. Ushbu aks ettiruvchi yondashuv doimiy takomillashtirish va professional o'sish madaniyatini rivojlantiradi.
xUlOSA: tadqiqot shuni ko'rsatadiki, ta'lim sifatini oshirishda uslubiy tayyorgarlik hal qiluvchi rol o'ynaydi. Kontent bilimi, pedagogik mahorat, uzluksiz kasbiy rivojlanish, texnologiya integratsiyasi va refleksli amaliyotga qaratilgan keng qamrovli o'quv dasturlari o'qituvchilarni yuqori sifatli ta'lim berish uchun jihozlaydi.
Kalit so'zlar: pedagog, muammoli ta'lim, talaba, pedagogik texnologiya, usul.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Iqtibos uchun: Toshmatov B.E. Ta'lim sifatini oshirishda pedagoglar uslubiy tayyorgarligining o'rni. // Inter education & global study. 2024. №4(2). B. 66-72.
РОЛЬ МЕТОДИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ПЕДАГОГИ В ПОВЫШЕНИИ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ_
© Б.Е.Тошматов1Н
Ташкентский государственный педагогический университет имени Низоми, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: качество образования тесно связано с эффективностью методической подготовки учителей. Хорошо подготовленные преподаватели, обладающие передовыми педагогическими навыками и методиками, могут значительно улучшить результаты обучения учащихся. В данной статье рассматривается роль методической подготовки в повышении качества образования и подчеркивается важность непрерывного профессионального развития учителей.
ЦЕЛЬ: целью данного исследования является изучение влияния методической подготовки на образовательную практику учителей и ее последующее влияние на качество образования. Целью исследования является выявление основных элементов эффективных методических образовательных программ и выработка рекомендаций по оптимизации профессионального развития учителей.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использованы смешанные методы с использованием количественных и качественных данных. Материалы включают руководства по подготовке учителей, статьи об исследованиях в области образования и данные опросов учителей, принимавших участие в программах педагогической подготовки. Методы включают опросы, интервью, наблюдения в классе и анализ данных об успеваемости учащихся. Количественные данные будут анализироваться с использованием статистических методов, а качественные данные будут анализироваться посредством тематического кодирования и описательного анализа.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: рефлексивная практика и конструктивная обратная связь являются важными компонентами методической подготовки. Поощрение учителей задуматься о своей практике преподавания и предоставление обратной связи может помочь им определить области для улучшения и разработать эффективные стратегии. Учителя, которые занимаются рефлексивными практиками и получают регулярную обратную связь, демонстрируют значительные улучшения в своих методах преподавания. Такой
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
fccilL
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
рефлексивный подход способствует развитию культуры постоянного совершенствования и профессионального роста.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследования показывают, что методическая подготовка играет решающую роль в повышении качества образования. Комплексные учебные программы, ориентированные на знание содержания, педагогические навыки, непрерывное профессиональное развитие, интеграцию технологий и рефлексивную практику, позволяют учителям обеспечивать высококачественное обучение.
Ключевые слова: педагог, проблемное обучение, студент, педагогическая технология, метод.
Для цитирования: Тошматов Б.Е. методической подготовки педагоги в повышении качества образования. // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 66-72.
THE ROLE OF METHODOLOGICAL TRAINING OF TEACHERS IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION_
© Boboxon E. Toshmatov1®
Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION: the quality of education is closely related to the effectiveness of methodological training of teachers. Well-trained teachers equipped with advanced pedagogical skills and methodologies can significantly improve student learning outcomes. This article examines the role of methodical training in improving the quality of education and emphasizes the importance of continuous professional development of teachers.
AIM: the purpose of this study is to study the impact of methodological training on the educational practice of teachers and its subsequent impact on the quality of education. The study is aimed at identifying the main elements of effective methodological education programs and making recommendations for optimizing the professional development of teachers.
MATERIALS AND METHODS: the study uses mixed methods using quantitative and qualitative data. Materials include teacher training manuals, educational research articles, and survey data from teachers who participated in instructional training programs. Methods include surveys, interviews, classroom observations, and analysis of student performance data. Quantitative data will be analyzed using statistical methods, while qualitative data will be analyzed through thematic coding and narrative analysis.
DISCUSSION AND RESULTS: reflective practice and constructive feedback are important components of methodological training. Encouraging teachers to reflect on their teaching practices and providing feedback can help them identify areas for
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
improvement and develop effective strategies. Teachers who engage in reflective practices and receive regular feedback show significant improvements in their teaching methods. This reflective approach fosters a culture of continuous improvement and professional growth.
CONCLUSION: research shows that methodological preparation plays a decisive role in improving the quality of education. Comprehensive curricula focusing on content knowledge, pedagogical skills, continuing professional development, technology integration, and reflective practice equip teachers to provide high-quality instruction.
Key words: pedagogue, problem-based education, student, pedagogical technology, method.
For citation: Boboxon E. Toshmatov. (2024) 'The role of methodological training of teachers in improving the quality of education', Inter education & global study, (4(2)), pp. 66-72. (In Uzbek).
Jamiyatning taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi, ta'limdagi tarkibiy o'zgarishlar shuni ko'rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday holatda ham to'g'ri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun pedagogning an'anaviy usullarga tayanib dars o'tishi, o'quvchi -talabalarni boshqarishi yetarli emas. Pedagogning o'zi bu fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo'llay olishi, barcha pedagogik qobiliyatlarni namoyon eta olishi talab etiladi. Vatanning ravnaqi va uning kelajagi barkamol avlod faoliyatiga bevosita bog'liq bo'lganligi tufayli bo'lg'usi mutaxassislarni ertangi kun talabiga mos kadr qilib tayyorlash dolzarb vazifadir. Hozirgi ta'lim tizimida eng ko'p qo'llanadigan samarador o'qitish texnologiyasi - bu muammoli o'qitish sanaladi. Muammoli o'qitish texnalogiyasi samaradorligining ahamiyati keng bo'lib, u qator vazifalar bilan belgilanadi. Demak, uning asosiy vazifasi faol bo'lish, jarayonga undash va tafakkurda tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o'qitish ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlari bilan uzviy bog'liqdir. Muammoli o'qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o'qitishning reproduktiv shakllariga nisbatin tibora o'sib boradi. Bugungi ta'lim tizimiga keng qo'llashga ehtiyoj ortib borayotgan mazkur texnologiya va uning mohiyatini o'qituvchi tomonidan talabalarning o'quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o'quv vazifalarini, muammolarini savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o'zlashtirishning ilmiy- tadqiqot usllarini vujudga keltiradi. Muammoli o'qitishning asosida inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy ziddiyatlarini hal qilishda ob'ektiv qonuniyatlari didaktik tamoyil - muammolikka tayanadi. O'qitishning hozirgi jarayoni tahlili, psixolog va pedagoglarning fikrlashicha, muammoli vaziyat, kutilmagan hayrat va mahliyo bo'lishdan boshlanadi, degan xulosalari to'g'ri ekanligini ko'rsatadi. O'qitish sharoitida insonning o'sha psixik, emotsional va hissiy xolati unga fikrlash va aqliy izlanish uchun o'ziga xos turtki vazifasini bajaradi. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil eiladigan o'ziga xos o'qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o'rganilgan mavzular xususiyatlaridan kelib chiqib,
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o'qitishda muammoli vaziyat shunchaki «fikr yo'lidagi kutilmagan to'siq» bilan bog'langan aqliy mashaqqat holati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik holatidir. Bunday vaziyat negizida avval o'zlashtirilgan bilim izlari va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun akliy va amaliy harakat usullari yotadi. Bunda har qanday mashaqqat muammoli vaziyat bilan bog'liq bo'lavermasligini ta'kidlash o'rinli bo'ladi. (yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan bog'lanmasa, aqliy mashaqqat muammoli bo'lmaydi).Muammoli vaziyat har qanday fikrlash mashaqqatlaridan farq qilib, unda talaba mashaqqat talab qilingan talab o'ekt (tushuncha, fakt)ning avval va ayni vaqtda ma'lum vazifa, masala bo'yicha ichki yashirin aloqalarni anglab yetadi. Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammo, ya'ni nima ma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan belgilangan. Muammoli vaziyatning mazmunini tahlil qilinganda, u dastavval talabalarning mustaqil ahloqiy faoliyatidir. U talabani intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarini tushunishga, unga qarshi kurashish, muammoni so'z bilan ifodalash, ya'ni faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o'yinda izchillik yorqin ko'rinadi: avvalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, so'ng o'quv muammosi shakllanadi. Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma'lum (berilgan vazifa asosida), noma'lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma'lumki, topishga yo'nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma'lum bo'lgan o'quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma'lum bo'ladi, lekin talabalar o'zlaridagi avval egallagan bilim va ko'nikmalarga asoslanib kutilgan natija yoki yechish yo'lini izlashga tushadi.
O'quv muammosini muhim belgilari quyidagilar: yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma'lumning quyilishi; talabalarda, noma'lumni topish yo'lida izlanishlari amalga oshirish uchun zarur bulgan muayyan bilim zahirasining bo'lishi.
Endilikdagi asosiy vazifamiz mustaqillikni mustaxkamlash, Vatanimizning porloq istiqbolini yaratish, ilg'or mamlakatlar qatoridan o'rin olish, xalqimizning turmushini, madaniyatini yuksaltirishdan iborat. Kelajakdagi faravonligimiz manbai esa mehnatda, ilmda, faxm-farosatlilikda. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari talaba yoshlar tarbiyasiga, ularning ilm olishi, aqlli va ma'naviy barkamol inson bo'lib yetishishiga katta ahamiyat bermoqda.
Bugungi kunda metodlarni samarali qo'llashning muhim mezonlaridan biri muammoli vaziyatni vujudga keltirish, muammoni kun tartibiga kuya bilishdir. Mutaxassislarning fikricha, muammoli o'qitish talabaning mustaqilligini, fikrlash doirasini kengaytirishga olib keladi. Muammoli o'qitish talabalarni faol bilish jarayoniga undab, tafakkurni ilmiy tadqiqotga yo'naltiradi. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiy tashkil etiladigan o'ziga xos o'qitish sharoitida yuzaga keladi. Muammoli vaziyatning moxiyati shuki u talaba tanish bo'lgan ma'lumotlar bilganlari bilan yangi faktlar, xodisalar o'rtasida xamda mukobil tanlov zaruriyati vujudga kelishi natijasida qaror qabul qilishning qiyinchiligi oqibatida kelib chiqadigan vaziyatdir.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Muammoli vaziyatning vujudga kelish talabalarning aqlini charhlaydi. Muammoni kelib chiqish sabablarini yechimini topishga undaydi. Shuning uchun ham hoh ma'ruza, hoh amaliy mashg'ulot, seminar bo'lsin o'qituvchining muammo qo'yishi, yoki muammoli vaziyat vujudga keltirishi katta ahamiyatga ega.
Muammolar qo'yilishi jihatidan qo'yidagi darajalarga bo'linadi: I.Muammoni o'qituvchining o'zi qo'yadi, uni shakllantiradi, talabalarni mustaqil ravishda yechimini topishga, yechish yo'lini qidirishga yo'naltiradi.
2.O'qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechimini izlaydilar.
3.O'qituvchi ma'lum bir muammoni ko'rsatmaydi, balki unga talabalarni ro'baru qiladi, ularni mustaqil faoliyatga yo'naltiradi.
4.Talabalarning o'zi mustaqil ravishda muammoni anglaydilar, uni shakllantiradilar va yechimini topishga xarakat qiladilar.
Mazkur metodning o'ziga xos jihati talabalar oldiga muammolar qo'yishdir. Muammoli ma'ruza savol, ya'ni muammo qo'yish orqali boshlanadi, ma'ruzachi tomonidan izchil va mantiqiy holda yechib beriladi yoki uni hal etish yo'llari ko'rsatiladi. Muammo o'quv materialining aniq mazmuni bilan bog'lih bo'ladi. Ta'lim jarayonida maqsadga erishish uchun muammoli o'qitishga qator talablar qo'yiladi: muammoli o'qitish ta'lim oluvchilar extiyojlarini qondirish va faolligini oshirishga yo'naltirilishi; taqdim etilgan muammoning ta'lim oluvchilar uchun aniq va tushunarli bo'lishi. Bular: qo'yilgan muammoning muhimligi; muammo iloji boricha real hayotdan olinishi; ta'lim oluvchilar uchun muammo ma'lum ahamiyatga ega bo'lishi;-ta'lim oluvchilarning hamkorlikda faol ishlashi; -muammoga aloqador axborotlar; muammoni yechish.
Hozirgi vaqtda O'zbekistonda jahon ta'lim maydoniga kirishga yo'naltirilgan yangi ta'lim tizimi qaror topdi. Bu jarayon bilan bir vaqtda pedagogik o'quv-tarbiya jarayonining nazariyasi va amaliyotida sezilarli o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Ta'limdagi yondashuvlar tarkibi o'zgarmoqda va boshqacha munosabatlar, pedagogik mentalitetlar o'rnatilmoqda. Ta'lim tarkibi yangi protsessual mahoratlar, axborotlar bilan ishlash qobiliyatining rivojlanishi, ilmiy muammo va bozor amaliyotining ijodiy yechimining ta'lim dasturlarini individuallashtirishga qaratilishi bilan boyitilmoqda. Axborotning an'anaviy usullari-og'zaki va yozma nutq, telefon va global masshtabli telekommunikatsiyalarni ishlatish bilan almashtirilmoqda. Pedagogik ta'lim texnologiyalarning psixologik-pedagogik nuqtai nazardan takomillashuvining asosiy yo'nalishlari quyidagilar bilan ifodalanadi: 1) Yodlashdan eslab qolish funksiyasiga o'tish, ya'ni o'zlashtirilganini ishlatish imkonini beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga o'tish. 2) Bilimning assotsiativ statistik modelidan aqliy harakatning dinamik tarkibiy tizimlariga o'tish. 3) O'rtacha talabaga yo'naltirilganlikdan o'qitishning differensiallangan va individuallashtirilgan dasturlariga o'tish. 4) Talabaning tashqi motivatsiyasidan ichki ma'naviy irodali tartibga solinishigao'tish.
Ta'limda zamonaviy didaktika va ta'lim tarkiblarining samaradorligini oshirish, yangi g'oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ishlatilmoqda. Bunda har xil pedagogik tizim bilan o'qitish texnologiyalari o'rtasida bog'liqlik, amaliyotda davlat ta'lim tizimining yangi shakllari (qo'shimcha va alternativ) ning aprobatsiyasi, hozirgi zamon sharoitida o'tmishning pedagogik tizimlarini qo'llash muhim hisoblanadi. Bunday sharoitda pedagog, boshqaruvchi keng ko'lamli zamonaviy innovatsion texnologiyalar, g'oyalar, o'quv muassasalari, yo'nalishlarida ma'lum bo'lgan narsalarni qayta ochishga vaqtini sarflashi kerak emas. Bugungi kunda savodli mutaxassis bo'lish uchun ta'lim texnologiyalarining hammasini o'rganish lozim. Pedagogik texnologiya tushunchasi 3 aspektda namoyon bo'lishi mumkin:
1. Ilmiy aspekt-pedagogik texnologiya pedagogik fanning qismi sifatida ta'lim uslublari, tarkibi va maqsadlarini ishlab chiqadi va o'rganadi, hamda shu bilan birga pedagogik jarayonlarini loyihalashtiradi.
2. Protsessual-tavsifiy aspekt - ta'limda rejalashtirilgan natijalarga erishish uchun jarayonni tasvirlash, maqsad, tarkib, uslub va vositalar majmuidir.
3. Protsessual-amaliy aspekt - pedagogik (texnologik) jarayonning amalga oshishi, barcha pedagogik metodologik (uslubiy), instrumental vositalarning amal qilish
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda ta'limning samaradorligini oshirish imkoniyatlari, yangi g'oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy asoslanishi qo'llanilmoqda. Zamonaviy mutaxassis bo'lish uchun ta'lim texnologiyalarining barchasini, shu jumladan pedagogik komponentlarini chuqur o'rganib, tahlil qilish lozim. Pedagogik texnologiya ko'proq sifatli natijaga erishishga qaratilgan, u asosan pedagogning mahoratiga, pedagogik texnologiya usullaridan mohirona foydalana olishiga, ilmiy-kasbiy tajribasiga, shaxsiy xususiyat hamda insoniy fazilatlariga bog'liqdir.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Golish L.V., Fayzullaeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish: O'quv uslubiy qo'llanma.- T.: "Iqtisodiyot" 20l9.
2. Abdullaeva R.M., Karimova Q.A. Ta'lim jarayonida interfaol usullardan foydalanish samaradorligi. Raqamli iqtisodiyot: iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini modellashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash istiqbollari/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi Toshkent. 2019. 409 b.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HToshmatov Boboxon Egamshukurovich, katta o'qituvchi, [Тошматов Бобохон Эгамшукурович Старший преподаватель], [Bobokhan E. Toshmatov, Senior teacher]; манзил: O'zbekiston, 100183, Toshkent, Chilonzor tumani, xiebon BUNYODKOR, 27 [адреа Узбекистан, 100183, г. Ташкент, Чиланзорский район, проспект БУНЁДКОР, 27], [address: Uzbekistan, 100183, Tashkent, Chilonzor district, 27 BUNYODKOR avenue] [email protected]