Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA INNAVATSION O’QITISH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA INNAVATSION O’QITISH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
shaxsga yo’naltirilgan ta’lim / innovatsion faoliyat / innavotsion jarayon / innovatsion yondashuv / ta’lim sifat / ta’lim texnologiyalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Otaboyeva L.F, Rustamova Z.E

Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to’liq mosligini ta’minlash yoshlarimizning bugungi tez o’zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhimligi, uzluksz ta’lim tizimining tuzilmasi hamda mazmuning zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko’zda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA INNAVATSION O’QITISH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA INNAVATSION O'QITISH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

1Otaboyeva LF., 2Rustamova Z.E.

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2Qo'qon davlat pedagogika instituti, Maktab menejmenti yunalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11192061 Annotatsiya. Innovatsion ta'lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to'liq mosligini ta'minlash yoshlarimizning bugungi tez o'zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishningmuhimligi, uzluksz ta'lim tiziminingtuzilmasihamdamazmuningzamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko'zda tutadi.

Kalit so'zlar: shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, innovatsion faoliyat, innavotsion jarayon, innovatsionyondashuv, ta'lim sifat, ta'lim texnologiyalar.

Abstract. Creating an innovative educational environment, ensuring its full compliance with international standards, involves the importance of successful socialization of our youth to today's rapidly changing social life, improvement of the structure and content of the continuing education system based on modern scientific achievements and social experience.

Key words: person-oriented education, innovative activity, innovative process, innovative approach, educational quality, educational technologies.

Аннотация: Создание инновационной образовательной среды, обеспечение ее полного соответствия международным стандартам предполагает важность успешной социализации нашей молодежи в современной быстро меняющейся общественной жизни, совершенствования структуры и содержания системы непрерывного образования на основе современных научных достижений и социального опыта.

Ключевые слова: личностно-ориентированное образование, инновационная деятельность, инновационный процесс, инновационный подход, качество образования, образовательные технологии.

Yangi O'zbekiston barqaror kelajagini ta'minlashda sifatli mutaxassislar tayyorlash jamiyatning ajralmas, tashkil etuvchi qismiga aylanmoqda. Jamiyat talabi asosida, ta'lim oluvchilar kasbiy mahoratini innavatsion o'qitish texnologiyalaridan foydalana olish ko'nikmalari orqali shakllantirish va oshirish hozirgi bosqichda sifatli mutaxassis tayyorlashning muhim tashkiliy qismidir.

Hayotimizning barcha sohalari kabi ta'lim tizimini xam modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Innovatsion ta'lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to'liq mosligini ta'minlash yoshlarimizni bugungi tez o'zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. Uzluksz ta'lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni kozda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta'lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg'or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyat bilan ta'minlash lozim. Yosh avlodga ta'lim-tarbiyab berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Keng ko'lamli islohotlarning muhim bog'ini- innovatsiyalar ham bugun xar bir sohada bo'lgani kabi ta'lim tizimida ham o'z afzalliklarni namoyon qilmoqda. Hozirgi vaqtda "innovatsiya" tushunchasi juda keng qo'llanilmoqda. Innovatsiya so'zi inglizcha so'z bo'lib, innavatsion yangilik kiritish degan ma'noni bildiradi, yani tizim ichki tuzilishini o'zgartirish, deb

ta'riflanadi. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo'lib, ijtimoiy-madaniy obekt sifatlarining yaxshilashga yo'naltirilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimidir.

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

INTERFAOL METODLAR

A V

TA 'LIMDA INNOVATSIYA

TEXNIK VOSITALR YORDAMID A O'QITSIH

\7

MASOFALI TA'LIM

dek, umuman ta lim uziini

Jia shakllangan yangicha mazmunini rivojlantirish ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

1-rasm. Ta'limda innovatsiya.

Innovatsiyalar dolzarb, mi yondashuvlardir. Ular tashabbusla uchun istiqbolli bo'ladi. Shuningi Innovatsiya - ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo'llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma'lum bo'lgan oxirgi natijadir.

Ta'lim tizimidagi har qanday yangilik innovasiya bo'la olmaydi. Shu sababli "novatsiya" va "innovatsiya" tushunchalari o'rtasidagi asosiy farqlarni ko'rsatib o'tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko'lami asos bo'lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo'lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo'lmasa, o'z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba'zi elementlarini o'zgartirishni vazifa qilib qo'ygan bo'lsa, u holda biz novatsiya xususida fikr yuritayotgan bo'lamiz. Agar faoliyat ma'lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo'lsa va uning natijasi o'sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o'zgarishiga olib kelsa innovatsiya degan tushuncha shakllanadi.

Bugun ta'lim tizimidagi innovasiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:

- Faoliyat yo'nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi);

- Kiritilgan o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra (lokal, modulli, tizimli);

- Kelib chiqish manbaiga ko'ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan).

Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: innovatsiya mavjud nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko'lam va vaqt bo'yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi (1-, 2- rasm). Innovatsiya esa tizimli, yaxshi va davomli bo'ladi, ma'lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot sub'ektlari pozitsiyalarini to'la yangilaydi. Bunda faoliyatning yo'nalishlari ochiladi, zamonaviy texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat samaralariga erishiladi, natijada amaliyotning o'zi ham yangilanadi.

Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovasion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon deb - innovatsion o'zgarishlarga tayyorgarlik ko'rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. Innovatsion jarayon - bu pedagogik yangiliklar, bu yangiliklarning pedagogik

hamjamiyat tomonidan o'zlashtirilishi va ulardan ilmiy asosda amaliyotda samarali foydalanishning o'zgarib boruvchi yaxlitligidir.

Ta'lim jarayonidagi innovatsion o'zgarishlar, tizimga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita o'qituvchi faoliyatini yangilash va o'zgartirish orqali amalga oshirilishi ham atroflicha o'rganilgan. Innovatsion faoliyat - bu uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo'lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablar bilan an'anaviy me'yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me'yorining yuzaga kelgan me'yor bilan to'qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni echishga qaratiladi. Innovatsiyalar doimiy ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta'lim rivojiga hissa qo'shadi, pedagogik faoliyatga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Bugun Yangi O'zbekistonda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan izchil borayotganligi uchun kadrlar tayyorlash tizimi izchillik bilan tubdan isloh qilinib, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta'lim ustuvorligi qaror topmoqda. O'quv-tarbiyaviy jarayonni innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash zarurati ham kelgusida raqobatbardosh kadrlarni mehnat bozoriga o'z o'rnini topish maqsadlarini ro'yobga chiqarish shartlaridan biridir.

Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o'qitishning hozirgi zamon tizimlari va innovasion pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Innovasion pedagogik texnologiyalarni hislati shundaki, unda qo'yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o'quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg'ulotlarning muvaffaqiyatli o'tishining 80 foizi ta'lim jarayonini to'g'ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog'liqdir.

O'quv jarayonlarini loyihalashtirishda ta'lim mazmunini, ta'lim maqsadi, kutilayotgan natijani aniq belgilash, ta'lim metodlari, shakllari va vositalarini to'g'ri tanlash, o'quvchi va talabalarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholashni real mezonlarini oldindan ishlab chiqish, mashg'ulotga ajratilgan vaqt ichida ularni samarali amalga oshirish va bir-biri bilan uyg'unlashuviga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.

Zamonaviy pedagogik texnologiya o'zining fan yutuqlari bilan bog'liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o'quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo'naltirilgan; o'qitishning axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.

Ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida talaba asosiy bo'g'inga aylanadi.

NOA'NANAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYASI

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan, interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlashdan iborat, ya'ni u pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Demak, innovatsion ta'lim texnologiyalari ta'lim jarayonining alohida qismlarini ham qiziqarli, o'ziga xos tashkil etilishini ta'minlaydi. Bu esa talabalarda o'quv fani asoslarini o'zlashtirishga rag'batni yuzaga keltiradi, ularning o'quv-bilish faoliyatini faollashtiradi. Natijada ta'limning sifati yaxshilanib, samaradorligi ortadi. Shu sababli mavjud sharoitda ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ta'lim jarayonining innovasion xarakter kasb etishini ta'minlay olishlari maqsadga muvofiq sanaladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Abdullaeva X.A. Mashg'ulotlarda faol ta'lim usullaridan foydalanish. - Farg'ona: FarDU,

2. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Modulli o'qitish texnologiyalari. - T.: "Fan va texnologiyalar" nashrieti, 2007. - 97 b.

3. Ishmuhammmedov R. Ta'limda innovasiya. - T.: "Fan va texnologiyalar" nashrieti, 2010.

4. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar. - T.: "Fan va texnologiyalar" nashrieti, 2008. - 164 b.

2-rasm. Noa'nanaviy ta'lim texnologiyasi

2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.