Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR'

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
23
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim maydoni / innovatsiya / integratsiya / o’quv amaliyoti / uzluksiz ta’lim / innovatsion loyiha / innovatsiyalarni baholash mezonlari / pedagogik ob’ektlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xudaykulova Dilnoza Zafarovna

Maqolada pedagogika fani va ta’lim amaliyotini integratsiyalashuvining uslubiy asoslari muhokama qilinib, innovatsiyalarning tarkibi, ob’ektlari va pedagogik innovatsiyalar sifatini baholash imkoniyati integratsiya mexanizmi sifatida ko’rib chiqiladi. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy tizimning zaruriy bo‘g’ini bo‘lgan ta’limning innovatsion faoliyatida hal qilishimiz mumkin. Psixologiya va pedagogika fanlari bilan ta’lim amaliyotini integratsiyalash mexanizmini ishlab chiqish orqali ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shu jumladan ta’limda integratsiyalashuv jarayonining muvaffaqiyatli innovatsion o’zgarishlar natijasiga erishish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR»

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR Xudaykulova Dilnoza Zafarovna

Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumani 72-IDUM ingliz tili fanidan o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10805138

Annotatsiya. Maqolada pedagogika fani va ta'lim amaliyotini integratsiyalashuvining uslubiy asoslari muhokama qilinib, innovatsiyalarning tarkibi, ob'ektlari va pedagogik innovatsiyalar sifatini baholash imkoniyati integratsiya mexanizmi sifatida ko'rib chiqiladi.

Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy tizimning zaruriy bo'g'ini bo'lgan ta'limning innovatsion faoliyatida hal qilishimiz mumkin. Psixologiya va pedagogika fanlari bilan ta'lim amaliyotini integratsiyalash mexanizmini ishlab chiqish orqali ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shu jumladan ta'limda integratsiyalashuv jarayonining muvaffaqiyatli innovatsion o'zgarishlar natijasiga erishish mumkin.

Kalit so'zlar: ta'lim maydoni, innovatsiya, integratsiya, o'quv amaliyoti, uzluksiz ta'lim, innovatsion loyiha; innovatsiyalarni baholash mezonlari, pedagogik ob'ektlar.

KIRISH

Bugun yurtimiz iqtisodiyoti va uning ishlab chiqarish salohiyati jahon talablariga mos ravishda shakillanib bormoqda. Iqtisodiyot tarmoqlarini o'zaro integratsiyalash jahon talablariga mos ravishda faoliyat yurishning asosi hisoblanadi.

Birgina iqtisodiy sohani emas balki ilm-fan va ta'limni ham bevosita iqtisodiyotimiz ishlab chiqarish salohiyatimiz bilan bog'liq holatda amalga oshirish uni jahon talablarga mos ravishda shakilantrish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasi ong-tafakkuri ozod inson shaxsini tarbiyalash ekan bu o'z o'zidan integratsion ta'lim klasterlari tuzishni taqazo etadi. Yuqoridagi barcha jarayonlarni tahlil qilgan holatda maqolada fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi hamda istqbollari haqida fikr yuritamiz.

Ta'limda integratsion yondashuvning zarurati: O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish to'g'risidagi Harakatlar strategiyasining "Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari" deb nomlangan 4-qismining 4.1. bandida yaqin besh yilda aholini ish bilan bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, buning uchun esa "yangi ish o'rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari bitiruvchilari bandligini ta'minlash" kabi vazifalar belgilab qo'yilgan edi. Yurtboshimizning "YANGI O'ZBEKISTON STRATEGIYASI" nomli asarida sifatli ta'lim inson kapitalini rivojlantirishning hal qiluvchi omili to'g'risida gapirib, bunda uzluksiz ta'lim tizimi uchun milliy o'quv dasturini joriy etish, ta'lim sifatini oshirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e'tibor berib o'tgan.

Bu masalalarni bugungi mehnat bozori tamoyillari asosida hal etishda fan, ta'lim va ishlab chiqarish" innovasion hamkorligini amalga oshirish muhim masalalardan biri hisoblanadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Pedagogika fanlari bilan ta'lim amaliyotining uslubiy jihatdan mukammal ishlab chiqilgan integratsiyalashuv jarayoni ko'p jihatdan shaxsning ta'lim maydoni-uzluksiz ta'lim tizimi, turli xil yetakchi faoliyat turlari va ta'lim sub'ektlarini birlashtiradigan maxsus ijtimoiy-madaniy hodisa ekanligini belgilaydi.

Integratsiya jarayonlari quyidagi jihatlari bilan ta'limda ifodalanishi mumkin:

- umumiy o'rta ta'lim o'quvchilari o'z ichiga olgan rivojlanish sub'ektlari;

- uzluksiz ta'limning tizimli shakllari (maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, oliy ta'lim va oliy ta'limdan keyingi ta'lim va boshqalar);

Etakchi faoliyat turlari (o'yin, kognitiv, o'quv, kasbiy, ishlab chiqarish va ijodiy yo'naltirilgan) Tadqiqot mehnat bozorida talabga ega bo'lgan mutaxassislarni tayyorlashuchun asos bo'lishi kerak. Shunday qilib, ilmiy tadqiqot markazlari nafaqat ilmiy bilimlarni yaratish va tarqatish, balki ishlab chiqarishda kadrlar, texnologik va korporativ jihatlarni shakllantiradi hamda amalyotda uzviy qo'llab boradi. MUHOKAMA

Bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim sifatini oshirishda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini asosiy omil sifatida foydalanishga e'tibor kuchaydi. Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va unda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasining roli, uning xalqaro tajribasini o'rganish hamda ilg'or xorijiy tajribadan foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish dolzarb masalaga aylanmoqda.

Ilm-fan va innovatsiyalar o'rtasidagi mazmunli bog'liqlik-innovatsion loyihalar asosida mavjud ta'lim amaliyotini takomillashtirishda maqsadli o'zgartirishdir. Innovatsion loyihalarni bir nechta bosqichga amalga oshirish mumkin:

-loyihalash,ya'ni uning natijasi sifatida dasturlar ishlab chiqiladi;

-b a j a r i s h bosqichida dastur amalga oshiriladi va amaliyotga tatbiq etiladi;

-tahlil bosqichida innovatsion faoliyat baholanadi.

Innovatsiyalar ta'limning turli jihatlarini o'zgartirish va yangilashga qaratiladi.

Ular:

- pedagogik-psixologik o'zgarishlar;

- ta'limning kasbiy ko'nikma qismini takomillashtirish;

- o'quvchilarga ta'lim berish, tarbiyalash va rivojlantirishning yangi psixologik-pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish;

- yangi kommunikatsion-axborot texnologiyalari

Ta'limga ijodiy yondashuv quyidagilardan iborat:

- tashkiliy ishlarning bir-biriga mutanosibligining ta'minlash;

- bilim va ko'nikmalarni yangilash jarayonlarini ta'lim tizimining barcha tarkibiy qismlariga

kiritish;

- bilim oluvchilarning ijodkorligi va tashabbuskorligini rivojlantirish;

- ijtimoiy-iqtisodiy va ta'lim muhitidagi o'zgarishlarni kuzatish asosida ta'lim texnologiyalarini doimiy ravishda yangilab borish;

- innovatsiyalarni yaratish va rag'batlantirish, hamda ularni tanlashning o'zaro ta'sirini ta'minlash.

Tahlilga ko'ra, psixologik-pedagogik tadqiqotlar natijalari innovatsion pedagogik faoliyat asosida shakllanadi va bu pedagogik innovatsiyalarning nazariy asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham pedagogika fani, ta'lim amaliyoti va pedagogik innovatsiyalarning integratsiyasi zarurdir. Ta'lim muasasalari va ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritayotgan har bir shaxs, rahbar va ilmiy xodim integratsiya va innavatsion-korporativ hamkorlik yordamida sifatini ta'minlash uchun zamonaviy yondashuvlar asoslarini bilishlari maqsadga muvofiq.

Bunday yondashuvlar asosida o'quvchilarga ta'lim dargohlarida olgan bilimlarini limiy tadqiqot muasaslarida mustahkamklash, ishlab chiqarish soha va tarmoqlarida amaliy jihatdan ko'rib chiqish imkonyati yaratilgan bo'lar edi.

Innovatsion faoliyat deganda tugallangan ilmiy tadqiqot va ishlanmalar natijalarini, boshqa fan va texnika yutuqlarini, shuningdek intellektual ob'ektlarini yoki takomillashtirilgan pedagogik mahsulotlarni ta'lim jarayoniga joriy etishga qaratilgan pedagogik faoliyat tushuniladi.

Amaliy pedagogik faoliyat tegishli qo'shimcha tadqiqot va ishlanmalar bilan birga amalga oshirish jarayoni bo'lib, bunda ta'lim jamiyatning iqtisodiy- huquqiy tuzilishi, iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari, shuningdek, mehnat bozorining hozirgi sharoitlari hamda ta'lim mahsulotlari va xizmatlariga mos kelishi darkor.

Bundan kelib chiqadiki, pedagogik innovatsiya innovatsion pedagogik faoliyat natijasi bo'lib, uning ijtimoiy, iqtisodiy, boshqaruv, ekologik, sog'liqni saqlash va boshqa jihatlarini o'z ichiga olgan yangi ta'lim samaradorligini ta'minlaydi. Lekin har doim ham pedagogik tadqiqotlar natijalarini bevosita ta'lim amaliyotiga joriy etish mumkin emas. Innovatsiyalargina ularni o'zgartirishi va amaliyotga joriy etish mexanizmi hisoblanishi mumkin.

XULOSA

Demak, ta'limdagi innovatsiyalar fan va ta'lim integratsiyasini ta'minlovchi omil hisoblanib, bu fan yutuqlarini ta'lim jarayoniga joriy etish bilan birga ta'limni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ta'lim innovatsiyalari salohiyati mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'sirini o'rganish, pedagogik innovatsiyalar sifatini baholash, buning uchun zarur bo'lgan mezonlarni ishlab chiqish va ta'lim muassasalarini ekspertizadan o'tkazishni tashkil etish muammosining dolzarbligini ko'rsatadi. Shu o'rinda pedagogik innovatsiyalar muammosini tizimli hal qilish -pedagogik innovatsiyalar sifatini baholash tizimini ishlab chiqishni talab qiladi.

Ushbu xulosalardan kelib chiqib, kasbiy ko'nikmani shakllantirishda mutaxassislik kasbini tez va oson egallash yo'lini anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, kasbiy ko'nima bu maqsadning aniqligi, subyekt va obyekt aloqasining uzviyligini ta'minlovchi pedagogik hosiladir. Shu o'rinda e'tirof etish joizki, uning shakllanishi va takomillashuvi, murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Bu jarayon o'qituvchi - tarbiyachidan pedagogik -psixologik, nazariy va metodik tayyorgarlikni chuqur egallash bilan birga pedagogik axborotlarni qunt bilan muntazam o'qib borishni, mavjud nazariy-amaliy pedagogik yutuqlardan o'z faoliyatida o'rinli foydalana olishga o'rganishni talab etadi.

Bo'lajak ingliz tili o'qituvchisi kasbiy ko'nikmasining shakllantirishning birinchi sharti faoliyatdir. Kasbiy mahoratini shakllantirish va takomillashtirishda faoliyat yetakchi omildir. Zero, mehnat, bilish, mahorat, ijod, inson hayoti va faoliyatining bosh mezoni. Bu mezon kundalik ish, faoliyat orqali amalga oshiriladi. Mehnat qilish, izlanish jarayonida, ya'ni amaliyot jarayonida yutuqlar qo'lga kiritiladi, mahoratga erishiladi. Kasbiy mahorat sirlarini o'rganishga harakat qiluvchi har bir o'qituvchi, avvalo, egallashi lozim bo'lgan pedagogik bilim va axborotlarga ega bo'lishga intilishi, qilayotgan ishininig barcha qirralarini aniq tasavvur etishga harakat qilishi va natijalarni taxlil qilib, baholab borishi, yo'l qo'ygan xato va kamchiliklarining mohiyatini tushunishga harakat qilishi lozim.

REFERENCES

1. Adilova M.F. (2022). Innovation yondashuv asosida bo'lajak pedagoglarning kommunikativ kompetentligini shakllantirish. Integration of science, Education and practice. Scientific-methodical journal, 3(7), 99-106.

2. Adilova M.F. (2022). Methods of Innovation Approach to Forming

CommunicativeCompetenceofFutureEducators. EurasianScientificHerald, 10,53- 58.

3. AdilovaM.F.(2022).Psychologicalandpedagogicalfactorsofinnovative approachtotheformationofcommunicativecompetenceofthefuture teacher.European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(04), 304308.

4. Адилова М.Ф. (2021). Формирование экологической культуры у учеников начального образования на основе медиатехнологий. Science and Education, 2(6), 543-546.

5. Адилова М.Ф. (2020). Реформы в образовании Узбекистана: состояние и перспективы. Science and Education, 1(7), 452-455.

6. Adilova MF. & Ergasheva, G.M., Sotiboldieva S.J., (2020). Comprehensiveapproachtoassessingstudentsknowledgeinprimaryschoolbased on the international assessment program in the republic of Uzbekistan. Theoretical & Applied Science, (1), 56-62.

7. Салаева М.С. Инновацион таълим шароитида педагогнинг шахсий- касбий ривожланишининг психологик омиллари // "Образование и наука в XXI веке"международныйнаучно-образовательный электронный журнал. Выпуск№ 12 (том 3) (март, 2021)- Б.567-570.

8. Салаева М.С. Педагогнинг самарали инновацион фаолиятини таъминлашда шахсий-касбий ривожланишини психологик куллаб-кувватлаш / "Инновацион таълим: халкаро тажриба, муаммо ва ечимлар" мавзусидаги Халкаро илмий-амалий конференция. Тошкент шах,ридаги ЁДЖУ техника университети,2021йил21апрель.Электронтуплам.3 -кисм.2021йил21апрель. -Б.405-407.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.