Научная статья на тему 'TA'LIM TIZIMIGA INNOVATSIYON TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI'

TA'LIM TIZIMIGA INNOVATSIYON TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
23
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologiya / innovatsion / konsepsiya / manbalar / tashkiliy / metodik / psixologik / pedagogik jamoalar / parametrlari / innovasiyon o’qitish / innovatsion ta’lim / yangilikning turlari / innovatsion didaktika / innovatsiyani to’plash / tanlash / qo’llash / innovatsion faoliyat / innovatsiyaning algoritmi / innovatsiyani boshqarish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Azizqulov Tohir Jahongir O’G’Li

Ushbu maqola ta’lim tizimiga kiritilishi zarur bo’lgan va uning yechimi haqida so’z borar ekan, bugungi zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarning kiritilishi va ularni zamonaviylashgan dunyoga tadbiq etish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIM TIZIMIGA INNOVATSIYON TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI»

TA'LIM TIZIMIGA INNOVATSIYON TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

IMKONIYATLARI Azizqulov Tohir Jahongir O'g'li

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti

Pedagogika yo'nalishi 201- guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10801629

Annotatsiyta. Ushbu maqola ta'lim tizimiga kiritilishi zarur bo'lgan va uningyechimi haqida so'z borar ekan, bugungi zamonaviy ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarning kiritilishi va ularni zamonaviylashgan dunyoga tadbiq etish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma'lumot beradi.

Kalit so'zlar: texnologiya, innovatsion, konsepsiya, manbalar, tashkiliy, metodik, psixologik, pedagogik jamoalar, parametrlari, innovasiyon o'qitish, innovatsion ta'lim, yangilikning turlari, innovatsion didaktika, innovatsiyani to'plash, tanlash, qo'llash, innovatsion faoliyat, innovatsiyaning algoritmi, innovatsiyani boshqarish.

Аннотация. В данной статье говорится о внедрении инновационных технологий в современную систему образования и реформах, которые реализуются в современном мире.

Ключевые слова: технология, инновация, концепция, ресурсы, организационно-методические, психолого-педагогические коллективы, параметры, инновационное обучение, инновационное образование, виды инноваций, инновационная дидактика, сбор инноваций, отбор, применение, инновационная деятельность, инновационный алгоритм, инновационный менеджмент.

Abstract. This article talks about the introduction of innovative technologies into the modern education system and the reforms that are being implemented in the modern world.

Keywords: technology, innovative, concept, resources, organizational, methodical, psychological, pedagogical teams, parameters, innovative teaching, innovative education, types of innovation, innovative didactic, innovation collection, selection, application, innovative activity, innovation algorithm, innovation management.

Kirish: O'zbekiston Respublikasida ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, maktab ta'limni modernizasiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va Maktabgacha va maktab ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi maktab ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risi" dagi 08.10.2019 yil PF-5847-sonli farmonida keltirilib o'tilgan.Ta'lim sohasidagi innovatsion texnologiyalar doimiy ravishda rivojlanib, ularning turlari kengayib bormoqda. Innovatsion faoliyat sohasiga,ta'lim berishda axborot texnologiyalariga aloqador dolzarb muammolarning yechimini izlashga o'z vaqtida F.I.Peregudov munosib hissa qo'shdi. Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo'nalish - pedagogik innovasiya va ta'lim jarayonini yangilash g'oyalarining paydo bo'lishi natijasida o'qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo'nalish «O'qituvchining innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo'ldi. «Innovatsion faoliyat» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mkritichyanning bu haqdagi fikri diqqatga sazovar: - «Pedagogik tajriba sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin:

xususiy tajriba, tajribasinov ishi, o'qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovasiyalar qancha ko'p bo'lsa, o'qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi». Bizning mamlakatiimzda pedagogik innovatsiyani yaratilishi va rivojlanishi keng jamoatchi pedagoglar harakati maktablarining tez rivojlanishi, moderinizatsiya qilinishi, standartlarni takomillashtirilishi va dasturlarni yangilanishiga bo'lgan katta extiyoj tug'ildi. Yangiliklarni izlash, yaratish, qo'llash ishlari jadallashib bordi. Shu sababli yangi bilimlarga bo'lgan talab, "yangilik", "innovatsiya" va "innovatsion jarayonlar" paydo bo'ldi va u tushunchalarni izohlash, anglash zaruriyatini keltirib chiqardi. Innovatsion jarayonlarning mikrostrukturasini o'rganib olimlar yangilik kiritishning "hayotiy qismi (davri)" kontseptsiyasini ishlab chiqdilar, u yangilik kiritish vaqt davomida o'tib boradigan jarayon degan fikrni ilgari surdilar. Bu jarayonda yangilikning yaratilishi va ijro etilishini ta'minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo'linadi. Shu davrga kelib ilmiy adabiyotlarda innovatsion jarayonlarni quyidagi bosqichlarga ajratilmoqda: Yangi g'oya paydo bo'lishi yoki yangilik kontseptsiyasi yuzaga kelishi bosqichi. Uni shartli ravishda fundamental va amaliy ilmiy tekshirishlar (yoki birdan paydo bo'ladigan) natijalardan kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb ataydilar. Kashf etish vaqti, ya'ni amalga oshgan ob'ekt, moddiy yoki ma'naviy mahsulot namuna ko'rinishdagi yangilik yaratish. Yaratilgan yangilikka amaliy ko'rinish topilib, uni qo'shimcha ishlab mukammallashtirish amalga oshiriladi. Bu bosqich yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi. Shundan so'ng yangilikning mustaqil mavjudligi boshlanib, yangilik kiritish jarayoni keyingi bosqichga o'tadi. Bu bosqich faqatgina yangilikni qabul qilish shartida amalga oshadi. Yangilikdan keyingi bosqichlar ko'rinadi. Yangilikning biror sohada tarqalishi, uning boshqa sohalarga diffuziyalanib (qo'shilib) keng tatbiq etilishi bilan yakunlanadi. Yangilikning biror sohada xukmron bo'lishi, bunda xususan yangilik o'z yangiligini yo'qotib, yangilik sifatida mavjud bo'lmay qoladi. Bu bosqich yangi samarali yangilik paydo yoki undan ko'ra yanada samaralirog'i bilan almashtirilishi bilan yakunlanadi. Yangilik doirasi qisqarib, uni yanada mahsuldorrog'i bilan almashtirilishi bilan yakunlanadi. Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonning bir - birini vaqtlar davomida yangi bosqichga ketma - ket almashtirib, muntazam tizim, uning rivojlanib borishining soddalashtirilgan ko'rinishlarida ifodalaydi. Biroq aniq innovatsion jarayon bu bosqichlarni o'z ichiga olib, ularning ketma - ket va bog'liqliklariga har doim rioya qilinishi shart emas. Yangilikni kiritishni yangilik yaratish va tarqatish kompleks va maqsadga muvofiq jarayon sifatida qarab, uning maqsadi inson talab va extiyojlarini yangi vositalar bilan qondirilishi bo'lib, uning samaradorligi muntazam va hayotiy yangilikni ta'minlovchi uslub va tizimlarni ma'lum sifatli o'zgarishiga olib keladi. Innovatsion jarayon boshqa sifatli holatga eskirib qolgan hamda vaziyat va ahamiyatlarini qayta ko'rib chiqish bilan bog'liq bo'ladi. Bir darajali qator yangiliklar yig'indisi (umumiyligi) innovatsion yaxlitlikni tashkil etadi. Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma'noda ta'lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonlarga kiritish to'rt bosqichda amalga oshiriladi:

Muammoni tahlil asosida aniqlash;

Mo'ljallanayotgan ta'lim tizimini loyihalash;

O'zgarish va yangiliklarni rejalashtirish;

O'zgarishlarni amalga oshirish.

Yangilik kiritish ichki mantiq va yo'nalishlarga ega bo'lib, u yangilik g'oyasi (fikrini) tug'ilishdan to uni foydalana boshlanishigacha bo'lgan xarakterlarni rivojlantirish ham innovatsion ishtirokchilari o'rtasidagi munosabat mantig'ini belgilaydi. Shu tariqa yangilik kiritish

dinamik tizim bo'lib, ichki mantiq kabi vaqt davomida qonuniy rivojlanishi, uning atrof - muhit bilan o'zaro bog'liqligini ifodalaydi. Innovatsion jarayoni tuzilishi yangilikning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tib borishi bilan o'zgarib boradi. Shu bilan yangilikning dinimaki xususiyatlaridan uning natija - yakuni va samarasi o'zaro bog'liq bo'ladi. Yangilikning yakunlanganligi va uning imkoniyatlari amalga oshirilganlik darajasi innovatsion jarayonning hamma bosqichlari qanchalik muvafaqqiyatli o'tib borishiga bog'liq bo'ladi. Oddiy ishlab chiqarishdan kengaytirilganiga o'tish keskin vaziyat hisoblanadi, bu o'tish amaliyotida ko'p hollarda amalga oshirilmaydi, bu hol qaysidir yangilikning yakunlanmasligiga sabab bo'lib, ko'pgina innovatsion muammolar mavjudligini yuzaga keltiradi. Yangilikning yakunlanganligi uni samaradorligi bilan belgilanadi, ya'ni innovatsion jarayon amalga oshirilayotgan tizim, turli ko'rsatgichlarga yangilikning amalga oshirilgan imkoniyatlari ta'sirini aniqlash mumkin, shu bilan birga ularning o'zaro bog'liqligi yaqqol ko'rinadi. Shu o'rinda yangilikni ikki turi haqida gapirish mumkin. Birinchi marta yaratilgan yangilik. Bu yangilik ixtiroga teng, ya'ni yangi o'rnatilgan yangi haqiqat demakdir. Avval mavjud bo'lgan nazariyani yanada takomillashtirib, zamonaviylashtirib, shu kunning talabiga moslashtirishdan iboratdir. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda uning tizimidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora - tadbirlari to'g'risidagi farmonda ham o'z aksini topgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo'lga qo'yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-14-son farmoni asosidayo'nalish belgilab berildi. Ta'lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqei oshib boradi, televidinie va radioning ta'lim dasturlari intelektuallashuvi ta'minlanadi. Fan va ta'limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, o'quv, o'quv - uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma'lumotnomalar bilan ta'minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi" - deyilgan. Innovatsion didaktikaning predmetini yangilikni o'rgatish, o'rganish, yangilash, uni mazmunini boyitish tashkil etadi. Bunda ishtirok etayotgan barcha komponent bir - birlari bilan shunday uzviy aloqadaki, ulardan birortasini chetda qoldirish mumkin emas. Savol tug'iladi: nimani nimadan boshlash kerak? Ishni o'rganish yoki o'rgatishdan boshlasak, tabiiy ravishda savol tug'iladi: nimani (qanday yangi mazmundagi) o'quv materialani yangicha o'rgatmoqchisiz. O'rgatish ham, o'rganish ham asosiy maqsadga yo'naltirilgan ta'lim ob'ekti va pirovard natija - maxsul bo'lmish ta'lim mazmunini yangicha talqin qilishga bog'liq. Har xil mazmun uni o'zlashtirishning o'ziga xos yangicha usullari bilan farq qilganligi uchun o'rganishning qanday bo'lishi uning mazmuniga bog'liq, bu esa o'rganishni tashkil etuvchi o'rgatuvchining yangicha yondashuviga bog'liq. Shunday qilib, didaktik tafakkur - bu o'rganish, o'rgatish va ta'lim aloqalarining doimiy aloqalari, yangicha munosabatlarni izlash, aniqlash demakdir. O'qituvchi o'quvchini faollashtiradigan, o'zi va o'rgatuvchi uchun qulay bo'lgan yo'llarni, yangicha uslublarni, o'qitishning innovatsion shakllari, metodlari va vositalarini yangi - yangilarini izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham "pedagogik texnologiya", "didaktik texnologiya", "ta'lim texnologiyasi" atamalari bilan bir qatorda "innovatika", "innovatsion pedagogika", "innovatsiya", "innovatsion faoliyat", "innovatsion jarayon" atamalari mustahkam o'rin olib bormoqda. Yuqorida sanab o'tilgan tarzda o'rgatish, o'rganishda ta'lim mazmunini innovatsion asosda tashkil etish asosiy o'rin tutadi. Shuning uchun ham Davlat ta'lim standartlari, dasturlar, yangi avlod darsliklari yaratildi, ta'lim muassasalariga, o'qituvchi va o'quvchilarga yetkazildi. Hozirgi kunda yaratilgan standart, dasturlar tajriba - sinov uchastkalarida sinab ko'rildi. Tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar natijasida takomillashtirilgan standartlar va moderinizatsiya qilingan dasturlar va tender asosida yaratilgan darsliklarning yangi avlodi ta'lim muassasalariga taqdim etildi. Endigi kechiktirib bo'lmaydigan

vazifa shu innovatsion standartlarni tezroq o'quv jarayoniga tatbiq etish mexanizmini yaratish va kiritish zarur. Biroq, e'tirof etish kerakki, hali respublikamiz ta'lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarni, ta'lim innovatsiyalarini yaratish, to'plash, ular ichidan pedagogik faoliyatimizga eng ko'p samara beradiganlarini tanlash, ularni tajriba - sinovdan o'tkazish va qo'llash - joriy etishni yo'lga qo'yadigan yaxlit yangi tizmi shakllantirilmagan. O'zbekiston Respuyblikasining Qonuni, 01.02.2024 yildagi O'RQ 901-son Pedagogokning maqomi to'g'risidagi farmonida ham aynan shu haqda so'z boradi. Mazkur farmonning tahlili asosida so'z ketar ekan ,talablari asosida ishlab chiqilgan umumiy ta'lim fanlari bo'yicha davlat ta'lim standartlarini yangi avlodini bosqichma - bosqich amalga kirita boshlagandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solish, qo'llab - quvvatlash, yangiliklarni ta'lim tizimiga joriy etishga yetarli shart - sharoit yaratadigan tizimlarga extiyoj yaqqol ko'zga tashlandi. Chunki, davlat standartlari, yangi dasturlarni o'quvchilar bilimiga qo'yiladigan majburiy minimal darajalaridan oshirib va ta'lim sifatini kafolatlashning, ularning iqtidor, extiyojlarini ta'minlovchi yagona omil - ularni amalga kiritishga innovatsion yondashuvdir. Bu masalani ijobiy hal etish uchun ilg'or tajribalar, innovatsion texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab, tajriba -sinovdan o'tkazib, amaliyotga tatbiq bo'lgan hayotiy extiyoji yuzaga keltirdi. Bundan keladigan amaliy xulosa - ta'limdagi ilg'or innovatsion tajribalarni, ularning jamg'armalar bankini tashkil etish, sinab ko'rish, pedagogik amaliyotga tatbiq qilishning ilmiy - amaliy yondashuv va xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratishni taqozo etadi. Ammo fanda o'qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanish bosqichlari ishlab chiqilgan. Birinchi bosqich -tayyor metodik tavsiyanomalar olib qo'llaniladi. Ikkinchi bosqich - mavjud tizimga ayrim masalalar (modifikatsiyalar) metodlar kiritiladi. Uchinchi bosqich -yangi g'oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va shakllari to'la ishlab chiqiladi. To'rtinchi bosqich - o'qituvchi o'qitish va tarbiyalashning o'z kontseptsiyasini va metodikasini ishlab chiqadi. Hozirgi kunda shunday tizimni yaratish yo'lida bir qator izlanishlar, sa'y - harakatlar amalga oshirildi. Jumladan, vazirlik, viloyat, tuman xalq ta'limi boshqarmalari tarkibida takomillashtirilgan davlat ta'lim standartlarini monitoringini olib boradigan bo'limlar faoliyat ko'rsatmoqda. Bu tashkil etilgan yangi bo'g'inlar quyidagi ishlarni olib borishga yo'naltirilgan: ta'lim sohasidagi yangi o'quv me'yoriy xujjatlarning bajarilishi nazoratini yuritish; -Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ta'lim jarayoniga tatbiq etish, takomillashtirilgan ta'lim standartlari va moderinizatsiya qilingan dasturlarning bajarilishi monitoringini olib borish; - Ta'limni boshqarish mahalliy organlari va o'quv muassasalarining umumiy tashkiliy pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil qilib borish; - Pedagogik tajriba - sinov ishlarining borishini analitik tahlili, umumlashtirish, ommalashtirish va tatbiq etish bo'yicha tavsiyalar tayyorlash; - Pedagogik innovatsion texnologiyalarni to'plash, nazorat qilish va joriy etish ishlarini, o'quv ishlarini tashkil qilish, shunga oid seminar, treninglar, qisqa muddatli o'quvlar tashkil etish choralarini ko'rish; -Innovatsion texnologiyalarni yaratish, izlash, topish haqida tegishli ma'lumotlar jamg'arma bankini yaratish, to'plash, tahlil qilish, tanlash, ta'lim muassasalariga joriy etish bo'yicha ishlarni tashkil etish. Yuqoridagi ishlarni tashkil etish va joriy etish uchun ma'lum izlanishlar, tadqiqotlar va tashabbuslar bo'lmog'i lozim. Pedagogik innovatsiyalarni yaratish va ularni boshqarish avvalam bor ana shu dolzarb vazifalarni ijobiy hal qilib beradi. Shu boisdan ham pedagogik innovatsiyalar g'oyasini ilgari surish, kontseptsiyasini yaratish, yangiliklarni izlab topish, o'rganish, tahlillar qilish asosida eng ko'p sifat va samara beradiganlarni tanlab olish va ularni ta'lim amaliyotiga qo'llash tartibini belgilab beradigan yaxlit tizimni yaratish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda ta'lim jarayonini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish

o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida ta'limning innovatsion shakllari va usullarini qo'llashga ko'maklashadi. Ta'lim tizimidagi islohotlar yoshlarni hayotga moslashtirish, ta'limga oid dasturlarni mustaqil tanlash hamda amalda qo'llash uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik-pedagogik va boshqa shart-sharoitlarni yaratishni, oila, jamiyat, davlat oldidagi o'z mas'uliyatini anglovchi barkamol insonni tarbiyalashni nazarda tutadi. Ta'lim jarayonini boshqarish va uning sifatini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash juda muhum hisoblanadi. Innovatsion texnologiyalar ta'lim jarayonda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar 233 ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bir o'quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish o'quvchi uchun qiziqarli mashg'ulotga aylanadi. Innovatsion texnologiya - ta'lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo'llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta'lim jarayonida o'qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Interfaol usullar qo'llanilganda o'quvchilar o'qituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil ishlash ko'nikma va malakalariga ega bo'ladilar. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg'ulotga aylanadi. O'quvchilar yangi bilimlarni ilmiy izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar o'tkazish asosida o'zlashtiradilar. Ilm orqali bilim olish tamoyiliga amal qilinadi. Ta'lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga bo'lingan holda ishlaydilar. O'quv topshiriqlari alohida bir o'quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a'zolariga beriladi. O'qitish jarayonini tashkil etishning asosiy shakli bu darsdir. Hozirgi paytda darsning xilma xil noan'anaviy shakllari joriy etilmoqda. Bunday darslar o'quvchining ijodiy qobiliyatini o'stirish, aqliy salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez va to'la qabul qila olish ko'nikma va malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo'llash o'quvchilarda ilmiy izlanishga qiziqishni uyg'otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim, ko'nikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, o'zlashtirish sifati oshadi. Buning uchun o'qituvchi mahoratli bo'lishi va mavzularning mazmuniga qarab darsni to'g'ri rejalashtirishi, mashg'ulot davomida barcha o'quvchilarni faol va ongli ishlashlariga erishmog'i lozim. Pedagogik innovatsiya bu pedagogik g'aoliyatdagi yangilik, o'qitish va tarbiya mazmuni va texnologiyasidagi o'zgarishlar, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan.Innovatsiya -innovatsiya natijasi sifatida tushuniladi va innovatsion jarayon uchta asosiy bosqichning rivojlanishi sifatida qaraladi: g'oyani yaratish (ma'lum bir holatda, ilmiy kashg'iyot), amaliy jihatlarda g'oyalarni rivojlantirish va yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish. Pedagogik innovatsiyalab samaradorligining o'lchovi sifatida optimallik o'qituvchi va o'quvchilarning kafolatlangan natijaga erishishi uchun kuch-quvvat sarflashlarini taqozo etadi. Turli o'qituvchilar va o'quvchilar o'zlarining shaxsiy pedagogik hamda o'quv faoliyatlari jarayonida turlicha darajadagi samaradorlikka erishadilar. Xuddi mana shuning o'zi pedagogik innovatsiyalarning optimallik darajasini belgilaydi. Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida natijalanganlik o'qituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon bo'ladi. O'lchovlardagi texnologiklik, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi o'qitishning yangi usullari, metodlarini baholash orqali namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun. O'RQ-637-son. 2020-yil 23-sentabr.https://lex.uz/

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni //O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 6-son, 70-modda

3. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni, Qonun xujjatlari to'plami milliy bazasi.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022- 2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-sonli Farmoni (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son)

5. 2022-yil 21-iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-289-Qarori (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 22.06.2022-y., 07/22/289/0562-son)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.