Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O‘ZARO HAMKORLIKNING DOLZARB YO‘NALISHLARI'

TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O‘ZARO HAMKORLIKNING DOLZARB YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
memorandum / hamkorlik / pedagogik mahorat / tajriba almashish / zamonaviy jihozlar / fan / bilim / ko‘nikma / amaliyot / sifat / samaradorlik / axborot-kommunikatsiya texnologiyasi / multimediya / o‘quv uslubiy ishlanmalar / seminar-trening / mahorat darslari / elektron darslik va h.k.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Rustamov Raxmat, Kadirov Faxriddin, Kulaxmetov Abdusattor

ushbu maqolada o‘rta maxsus (akademik litsey) ta’lim tashkilotlari, tegishli oliy ta’lim muassasalari hamda sohaviy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikning ustivor yo‘nalishlari, pedagog kadrlarning mahoratini oshirish, o‘quv jarayonlarni tashkil etilishi, o‘qitish metodikalari va vasitalari, moddiy-texnik ta’minot, ta’lim dasturlarining o‘zaro uzviyligi, shuningdek, o‘quv jarayonlari sifati, mazmuni, o‘quvchilar bilimini baholash metodikalari, fanlar bo‘yicha zamonaviy o‘quv jihozlari va vositalari, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etilishi, har bir fanni xususiyatini inobatga olgan holda amaliyot bilan uzviy bog‘liq holda dars jarayonlarini tashkil etishda o‘qituvchilarning pedagogik mahoratlari, o‘quvchilarning fanga bo‘lga qiziqishlari va ko‘nikmalarini oshirishdagi ta’lim tashkilotlari bilan tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari to‘g‘risida fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O‘ZARO HAMKORLIKNING DOLZARB YO‘NALISHLARI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

TA'LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA O'ZARO HAMKORLIKNING DOLZARB YO'NALISHLARI IMPORTANT DIRECTIONS OF MUTUAL COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY AND EFFECTIVENESS OF EDUCATION

Rustamov Raxmat Mansurovich

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyi

kafedra boshlig'i, texnika fanlari nomzodi.

Kadirov Faxriddin

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyi

bosh o'qituvchisi, texnika fanlari nomzodi. Kulaxmetov Abdusattor Baxriddinovich O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyi bosh o'qituvchisi, yuridik fanlari nomzodi, dotsent.

Annotatsiya: ushbu maqolada o'rta maxsus (akademik litsey) ta'lim tashkilotlari, tegishli oliy ta'lim muassasalari hamda sohaviy tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikning ustivor yo'nalishlari, pedagog kadrlarning mahoratini oshirish, o'quv jarayonlarni tashkil etilishi, o'qitish metodikalari va vasitalari, moddiy-texnik ta'minot, ta'lim dasturlarining o'zaro uzviyligi, shuningdek, o'quv jarayonlari sifati, mazmuni, o'quvchilar bilimini baholash metodikalari, fanlar bo'yicha zamonaviy o'quv jihozlari va vositalari, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlarni tashkil etilishi, har bir fanni xususiyatini inobatga olgan holda amaliyot bilan uzviy bog'liq holda dars jarayonlarini tashkil etishda o'qituvchilarning pedagogik mahoratlari, o'quvchilarning fanga bo'lga qiziqishlari va ko'nikmalarini oshirishdagi ta'lim tashkilotlari bilan tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari to'g'risida fikrlar bildirilgan.

Abstract: This article discusses the priority areas of interaction with secondary specialized (academic lyceums) educational organizations, relevant higher educational institutions and industry organizations, professional development of

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

teaching staff, organization of the educational process in educational organizations, teaching methods, modern teaching tools, logistics, the relationship of educational programs, as well as the quality of the educational process, the content of teaching, methods of assessing students' knowledge, modern educational equipment and tools in the subjects, opinions were expressed on promising areas of interaction with educational organizations for the organization of laboratory and practical classes, pedagogical skills of teachers in organizing educational processes in close connection with practice, taking into account the specifics of each subject, increasing students' interest in the subject and their skills.

Kalit so'zlar: memorandum, hamkorlik, pedagogik mahorat, tajriba almashish, zamonaviy jihozlar, fan, bilim, ko'nikma, amaliyot, sifat, samaradorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi, multimediya, o'quv uslubiy ishlanmalar, seminar-trening, mahorat darslari, elektron darslik va h.k.

Key words: Memorandum, collaboration, pedagogical expertise, exchange of experience, modern equipment, science, knowledge, skills, practice, quality, effectiveness, information and communication technologies, multimedia, educational and methodological development, seminar-training, master class, electronic books.

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga yetkazishning barcha bosqichlarini qamrab oluvchi uzviylik va uzluksizlikka asoslangan yaxlit tizim tarkib topdi.

Ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarning pirovard maqsadi - sifatli ta'lim orqali o'quvchi yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning iqtidorlarini ro'yobga chiqarish va malakali yetuk kadrlarni tayyorlashda "bir komanda" bo'lib harakatlanish, rivojlangan davlatlarning ta'lim sohasidagi tajribalarini milliy uslublar asosida joriy etish, ta'lim va amaliyotni o'zaro uyg'unlashtirish, yuqori darajadagi professor-o'qituvchilarning pedagogik mahoratlaridan maqsadli foydalangan holda ommalashtirishda ta'lim va sohasiy tashkilotlar o'rtasida (xususan, akademik litseylar, oliy ta'lim muassasalari hamda

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

sohaviy tashkilotlar) o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning ustivor yo'nalishlarini yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Bugungi kun o'quvchi yoshlariga nazariy bilimlarini amaliy ko'nikmalar bilan bog'liqligini muvofiqlashtirgan holda shakllantirib borishda oliy ta'lim muassasalari va sohaviy tashkilotlar bilan ta'limdagi hamkorlikning eng maqbul yo'nalisharini uyg'unlashtirish o'z samarasini berib kelmoqda.

Shu boisdan amaliyotda qo'llanilib kelinayotgan ushbu hamkorlikining bir nechta dolzarb yo'nalishlarini yo'lga qo'yish mexanizmlari, natijadorligi, xususan, bir o'rta maxsus (akademik litsey) ta'lim tashkilotining ikki yoki undan ortiq ta'lim tashkilotlari, sohaviy tashkilotlar bilan ta'lim-tarbiya sohasidagi o'zaro hamkorlik vazifalari, ularning yechimlari va natijadorligiga to'xtalib o'tmoqchimiz.

Albatta, savol tug'ilishi tabiiy, ta'limda o'zaro hamkorlikning qaysi yo'nalishlari ta'lim sifati va mazmunini oshirish imkoniyatini kengaytiradi ?.

Shu munosabat bilan ta'limda hamkorlikning quyidagi maqsad va ustivor yo'nalishlari tavsiya etiladi.

Hamkorlikning asosiy maqsadlari:

- ta'lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikning istiqboli indekatorlarini belgilash;

- o'zaro manfaatli masalalarni kelishuv asosida amalga oshirish;

- vakolatlari doirasida o'zaro tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash hamkorlikning asosiy maqsadlari hisoblanadi.

Hamkorlikning asosiy yo'nalishlari:

- pedagoglarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo'naltirish;

- o'quv jarayonlari sifat va samaradorligini oshirishda o'qitishning zamonaviy innovatsion metod va uslublari, o'quvchilar bilimini baholash metodikalari;

- o'qituvchilarning pedagogik mahoratlarini oshirishda xorij tajribalari asosida seminar-treninglar;

- davlat va huquq sohasiga oid normativ-huquqiy, o'quv, o'quv uslubiy adabiyotlar almashinuvini yo'lga qo'yish;

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

- professor-o'qituvchilarning respublika va xalqaro konferensiyalarda, anjumanlarda ilmiy maqolalar bilan ishtirok etish hamkorligi;

- axborot texnologiyalari sohasida ta'lim jarayonida elektron ta'lim dasturlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish yo'nalishida;

- o'quvchi yoshlar va talabalar bilan ilmiy-amaliy, ma'naviy-marifiy tadbirlarni hamkorlikdagi ishtiroklarini kengaytirish yo'nalishida;

- oliy ta'lim muassasalarining yuqori tajribaga va pedagogik mahoratga ega professor-o'qituvchilarini akademik litseylarning o'quv jarayonlariga jalb etish;

- iqtidorli o'quvchilarni oliy ta'lim muassasalariga maqsadli tayyorlash;

- ta'lim dasturlarini takomillashtirib borish, zamonaviy o'quv adabiyotlarini yaratishdagi hamkorlik hamda ta'lim sifati, mazmunini oshirish bo'yicha eng ilg'or uslublari ishlab chiqish va joriy etish kabi hamkorlik yo'nalishlarini qamrab olish maqsadga muvofiq.

Ta'lim muassasalari o'rtasida tuziladigan o'zaro hamkorlik memorandumlarida qamrab olingan ustivor vazifalarning asosiy maqsadlari ta'lim sifatini oshirish, pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini hamda o'zaro pedagogik mahoratlarini oshirib borish, "ustoz-shogird" an'analarini maqsadli davom ettirish, yosh pedagog kadrlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo'naltirishdagi vazifalarni izchil amalga oshirish hamda ta'lim muassasalari o'quv jarayonlari bilan bevosita uzviy bog'liq bo'lgan bir qator dolzarb yo'nalishlarda o'zaro hamkorlikni tizimli ravishda yo'lga qo'yish ta'lim samaradorligini oshirishda o'zining ijobiy natijalarini beradi.

O'zaro hamkorlikning yuqorida bayon etilgan yo'nalishlarini inobatga olgan holda bir ta'lim muassasasining bir nechta ta'lim muassasalari va sohaviy tashkilotlar bilan "Ta'limdagi hamkorlik" quyidagi umumiy tuzilmasida (model) qamrab olinadi.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

TA'LIMDAGI HAMKORLIKNING UMUMIY TUZILMASI

Таълим йуналиши:

Ижтимоий-гуманитар фанлар

I

I

ü

i

Аник, фанларга йуналтирилган ОТМ

Хорижий тилларга йуналтирилган ОТМ

Хукукий фанларга йуналтирилган ОТМ, сохавий ташкилотлар

Кутилаётган натижалар: таълим сифати, узаро тажриба алмашиши, педагогик майорат, укитиш методлари, бахолаш методлари, "устоз-шогирд", "бир команда" булиб фаолият юритиш, педагогик махоратни ошириш ва х.к.

Tavsiya etilayotgan ushbu tuzilmaning asosiy maqsadi ta'limda hamkorlikning dolzarb yo'nalishlari bo'yicha o'rta bo'g'in kadrlarni maqsadli tayyorlash, fanga va kasbga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish, pedagoglarning o'zaro tajriba almashuvi, o'rta maxsus, oliy ta'lim muassasalari hamda tegishli sohaviy tashkilotlar bilan o'quvchi yoshlarga kasbiy amaliy ko'nikmalarini shakllantirib borishda ijobiy natijalarini beradi.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son qarori.

2. Akademik litsey va Oliy ta'lim muassasalari bilan tuzilgan hamkorlik memorandumlari. 2023y.

3. "Ta'lim, fan va innovatsiya" ma'naviy-marifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. №3. 2015.10-11b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.