Научная статья на тему 'XALQARO PEDAGOGIK HAMKORLIKNING MAZMUN-MOHIYATI VA OMILLARI'

XALQARO PEDAGOGIK HAMKORLIKNING MAZMUN-MOHIYATI VA OMILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik kompravistika / ta’lim / didaktik tadqiqotlar / xalqaro hamkorlik / online didaktika / rivojlangan mamlakatlar / kasbiy rivojlanish / huquqiy asoslar / fan / siyosiy asoslar / g’oyaviy asoslar / 4K kompetensiyalari / 21-asr ko‘nikmalari

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Safarova Roxat Gaybillayevna

Ushbu maqolada xalqaro pedagogik tadqiqotlar va ta’lim-tarbiya sohasidagi hamkorlikning zarurligi, mazmuni, uni amalga oshirish shakllari va omillari, xalqaro xarakterdagi tadqiqotlarning yo‘nalishlari, bunday tadqiqotlarni amalga oshirishga bo‘lagn ijtimoiy, pedagogik, siyosiy-huquqiy, g’oyaviy talablar, uni amalga oshirish imkoniyatlari, kompravistik, progmatik yondashuvlarning ustuvorligini ta’minlash yo‘llari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO PEDAGOGIK HAMKORLIKNING MAZMUN-MOHIYATI VA OMILLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

XALQARO PEDAGOGIK HAMKORLIKNING MAZMUN-

MOHIYATI VA OMILLARI

Safarova Roxat Gaybillayevna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti "Uzluksiz ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi" bo'limi boshlig'i, p.f.d., professor https://doi.org/10.5281/zenodo.11502505

Annotatsiya. Ushbumaqoladaxalqaropedagogiktadqiqotlarvata'lim-tarbiyasohasidagi hamkorlikning zarurligi, mazmuni, uni amalga oshirish shakllari va omillari, xalqaro xarakterdagi tadqiqotlarning yo'nalishlari, bunday tadqiqotlarni amalga oshirishga bo'lagn ijtimoiy, pedagogik, siyosiy-huquqiy, g'oyaviy talablar, uni amalga oshirish imkoniyatlari, kompravistik, progmatik yondashuvlarning ustuvorligini ta'minlash yo'llari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik kompravistika, ta'lim, didaktik tadqiqotlar, xalqaro hamkorlik, online didaktika, rivojlangan mamlakatlar, kasbiy rivojlanish, huquqiy asoslar, fan, siyosiy asoslar, g'oyaviy asoslar, 4Kkompetensiyalari, 21-asr ko'nikmalari.

Abstract. In this article, the necessity, content, forms and factors of international pedagogical research and cooperation in the field of education, directions of international research, social, pedagogical, political-legal, personal requirements, possibilities of its implementation, ways to ensure the priority of comprivist, pragmatic approaches are discussed.

Keywords: pedagogical compristics, education, didactic research, international cooperation, online didactics, developed countries, professional development, legal foundations, science, political foundations, ideological foundations, 4K competencies, 21st century skills.

Аннотация. В статье рассматриваются необходимость, содержание, формы и факторы международного педагогического исследования и сотрудничества в сфере образования, направления международных исследований, социальные, педагогические, политико-правовые, личностные потребности, возможности его реализации, пути обеспечения обсуждается приоритет компривистских, прагматических подходов.

Ключевые слова: педагогическая компристика, образование, дидактические исследования, международное сотрудничество, онлайн-дидактика, развитые страны, профессиональное развитие, правовые основы, наука, политические основы, идеологические основы, 4К-компетенции, навыки XXI века.

Bugungi kunda dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida amalga oshitilayotgan pedagogik tadqiqotlarni o'rganish va ularning umumiy jihatlarini tahlil qilishga bo'lgan qiziqish ortmoqda. Bu sohada pedagogik komprovistika fanning yangi tarmog'i sifatida vujudga keldi. XX-asrning ikkinchi o'n yilligida pedagogik komparativistikaga bo'lgan qiziqish ortdi. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida amalga oshirilayotgan pedagogikaga oid tadqiqotlar va ularning ta'lim tizimini rivojlantirishdagi ahamiyatini o'rganish sohasi dolzarblashdi. Kognitiv pedagogika, progmatik pedagogika, o'qituvchilarning funksional kompetentliligi, pedagogik tolerantlik, kreativ pedagogika, pedagogik prognostika va pedagogik antropologiya, qiyosiy pedagogikaga oid tadqiqotlarni o'rganish, o'zaro chog'ishtirishga oid izlanishlar amalga oshirilmoqda.

Chunki pedagogika fanini rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamkorlik tobora ortmoqda, yangi metodikalarni o'rganish, saralagan holda O'zbekiston ta'lim tizimiga taqdim etish, ularning samaradorligini xalqaro tajribalarning natijalari bilan qiyoslashga alohida ehtiyoj mavjud. Chunki

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

har qanday rivojlangan davlatda bo'lgani kabi O'zbekiston pedagogika ilmi va ta'lim tizimi uchun didaktik hamda ijtimoiy pedagogik xarakterdagi qiyosiy tadqiqotlarni yaratish, ulaning natijalarini ta'lim tizimiga taqdim etish alohida ahamiyatga ega.

Bunda komparativistika pedagogik tadqiqotlar va O'zbekiston ta'lim tizimiga oid qonuniyatlar, xususiyatlar, yondashuvlar va emperik tadqiqotlar natijalariga tayaniladi. Chunki pedagogikaga oid xalqaro tadqiqotlar va ulardan ta'lim amaliyotidan foydalanish mexanizmlari ta'lim samaradorligini ta'minlashga xizmat qilishi lozim. Chunki pedagogik va ta'lim sohasidagi xalqaro aloqalar birinchi navbatda o'quvchi va talalabalarni kompleks rivojlantirish, ularni kasb -hunarga muvaffaqiyatli tayyorlash, ma'naviyati va madaniy dunyoqarashini rivojlantirish, kognitiv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi lozim. Masalan, Singapur davlatining o'quvchi va talabalarda yoshlarda 4k kompetensiyasini shakllantirishga oid modelidan bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlarida foydalanilib, samaradorlikka erishilmoqda. O'quvchilarda XX-asr ko'nikmalarini hosil qilishga qaratilgan xalqaro tadqiqotlar ham diqqatga sazovordir. Raqamli pedagogika va online didaktika sohasida ham respublikamiz pedagoglari o'rganishlari lozim bo'lgan ko'plab xalqaro tadqiqotlar mavjud. O'qituvchilarni tayyorlash va kasbiy tayyorlash bo'yicha Singapur, Yaponiya, Germaniya va Buyuk Britaniyada ko'plab samarali didaktik materiallar yaratilgan. O'quvchilarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning hissiy-irodaviy sohalarini o'quv jarayoni maqsadlaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish vositalarini aniqlash ham xalqaro pedagogik tadqiqotlarning asosiy yo'nalishini tashkil etadi.

O'smir yoshdagi o'quvchilarni g'oyalarni generatsiyalashga o'rgatish, ularning kognitiv va hissiy irodaviy sohalarini rivojlantirgan holda mustaqil rivojlanish trayektoriyalarini tanlashga ko'maklashishga oid pedagogik strategiyalarni aniqlash ham butun dunyo miqyosidagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi.

Shunga ko'ra ta'lim sohasidagi xalqaro aloqalarni turlicha xarakterdagi pedagogik strukturalarning mujassamlashuvi va yangi sifat ko'rsatgichiga ega bo'lgan strukturaning vujudga kelishi sifatida baholash mumkin. Bunda sinergetik omil ustuvor o'rin egallaydi. Ushbu masalaga ijtimoiy-axloqiy nuqtai-nazardan qaraydigan bo'lsak, bir nechta ilg'or mamlakatlarning ta'lim sohasidagi tajribasini o'rganib, har tomonlama tahlil qilib, saralagan holda uyg'unlashtirish natijasida yuqori darajadagi samaradorlikka erishish mumkin. Masalan, bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash, pedagoglarni kasbiy rivojlantirish, umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida o'quvchilarda kompetensiyaviy yondashuv asosida kreativ, mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish hamda ularni ijtimoiylashtirish sohasidagi xalqaro tajribalarni o'rganish va uzluksiz ta'lim jarayoniga tadbiq etish natijasida ta'lim sifatini oshirish imkoniyatlari kengayadi. Shu ma'noda ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik O'zbekiston ta'lim tizimi uchun manfaatli hisoblanadi. Bunda hamkorlikka kirishuvchi davlatlar bilan huquqiy, ijtimoiy-pedagogik munosabatlar doirasini aniq belgilab qo'yish talab etiladi.

Chunki pedagogik va ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlik o'zining turli shakllariga ega. Masalan, bunday hamkorlik keng yoki tor, og'zaki yoki yozma shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Hamkorlikning eng samarali shakli muayyan davlatlarning oliya ta'lim va ilmiy tadqoqot muassasalari o'rtasida memorandum shaklida amalga oshiriladigan hamkorlikdir. Chunki bunday hamkorlik doirasida o'zaro kelishuvga erishuvchi ilmiy tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarining funksiyalari va majburiyatlari aniq belgilab qo'yiladi. Pedagogika tadqiqotlar va ta'lim sohasidagi hamkorlik jarayonida u yoki bu mamlakatning milliy manfaatlari, g'ururiga daxl qilinmagan holda, ta'lim sohasidagi yutuqlari, kamchiliklari ob'yektiv baholanishi lozim. Shartnomaviy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

majburiyatlarni o'z vaqtida bajarish mamlakat ta'lim tizimidagi bo'shliqlarni to'ldirish, uni yangi sifat bosqichiga ko'tarish imkonini beradi.

O'zbekistonda ham ta'lim sohasi mutasaddilarining xalq va xalqaro hamkorlik qilinayotgan davlat bilan muloqot madaniyati qoidalariga amal qilishlari ta'lim sifatini oshirishda muvaffaqiyatni ta'minlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda O'zbekistonning ta'lim sohasida rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik qilishga undovchi bir qator omillar mavjud. Mazkur omillarni bir qancha guruhlarga bo'lish mumkin. Ular quyidagilar:

ijtimoiy - iqtisodiy omillar. Dunyodagi globallashuv jarayonlari O'zbekistonning ta'lim sohasida boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishini taqozo etmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekistonning iqtisodiy, siyosiy, madaniy, intellektual imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat. Bugungi kunda tobora kengayib borayotgan mehnat migratsiyasi O'zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan mutaxassislik diplomlarini tan olish yoki tan olmaslik haqida kelishuvlarni imzolashini talab qilmoqda;

siyosiy omillar. O'zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan pedagogik tadqiqotlar va ta'lim sohasida amalga oshiradigan hamkorligi natijasida millatlar va xalqlar orasida do'stona munosabatlar vujudga keladi. Madaniyatlararo bir-birini tushunish imkoniyatlari kengayadi. Shu bilan bir qatorda g'oyaviy omil ham hamkorlik jarayonida ustuvor o'rin egallaydi. Chunki har bir mamlakat, shu jumladan O'zbekiston ham o'zining milliy madaniyatini targ'ib qilish va ommalashtirishdan manfaatdor hisoblanadi. Milliy madaniyat targ'iboti va madaniyatlararo muloqot pedagogik tadqiqotlar va ta'lim sifatini oshirishda alohida ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda ta'lim sifatini oshirishda akademik omil ham muhim o'rin egallaydi. Fan va ta'lim o'zining tabiati va ko'lamiga ko'ra baynalminal xarakterga ega. Shuning uchun ham fan va ta'lim turli xalqlar va millatlarning bilimlari va tajribalarini o'zaro almashinishlari uchun eng qulay vosita hisoblanadi. Bu esa ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi;

huquqiy omillar. Mazkur omil doirasida amalga oshiriladigan hamkorlik pedagogik tadqiqotlar va ta'lim sifatini ta'minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Xalqaro aloqalar haqida fikr yuritilar ekan, inson huquqlarining oliy qadriyat ekanligiga e'tibor qaratgan holda ta'lim sohasidagi xalqaro aloqalarni tartibga solish lozim. Chunki, insonning peadgogik tadqioqtlar va ta'lim sohasidagi huquqini ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asosiy masalalardan biri sifatida e'tirof etilgan. Fan va ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni ham huddi mana shu nuqtayi nazardan turib amalga oshirish taqozo qilinmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha harakatlar birinchi navbatda har bir shaxsning ta'lim olish huquqini ta'minlash va ta'limning sifatini kafolatlashdan iborat. Xalqaro hamkorlikning pirovard maqsadi ham shunga qaratilgan.

Butun dunyodagi etakchi olimlar, shu jumladan pedagoglar, psixologlar, huquqshunoslar, sotsiologlar shaxsning birinchi darajali ta'lim olish huquqlari sifatida quyidagilarni e'tirof etganlar:

- majburiy, bepul, sifatli boshlang'ich ta'lim olish;

- turlicha shakllardagi ochiq, qulay umumiy o'rta ta'lim olish, shu bilan bir qatorda kasbiy-texnologik ta'lim olishga bosqichma-bosqich o'tish;

- teng imkoniyatlarga ega bo'lgan oliy ta'lim olish va kasbiy yuksalish. Shuningdek ta'lim-tarbiya jarayonlari ota-onalarning o'z e'tiqodlaridan kelib chiqqan

holda farzandlariga diniy, axloqiy tarbiya berish huquqi bilan kafolatlanadi. O'zbekiston Respublikasida pedagogik tadqiqotlar va ta'lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni tartibga solishda butun dunyoda qabul qilingan huquqiy me'yorlarga tayaniladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Chunki butun dunyoda ilmiy tadqiqotlar va ta'lim sifati quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

- o'rganilayotgan o'quv materiallarining mazmuniga ko'ra;

- o'rganilayotgan o'quv materiallarining hajmiga ko'ra;

- o'qitish metodikasi asosida;

- o'quvchilar bilimini obyektiv baholash natijasida;

- o'qitish shart-sharoitlarining qulayligiga ko'ra.

Yuqoridagi mezonlarning har biri o'quvchi va talabalarning ta'lim olish huquqini ta'minlaydi. Fan va ta'lim sohasidagi xalqaro aloqalar O'zbekiston Respublikasida mavjud huquqiy-me'yoriy asoslar bilan tartibga solinadi. Chunki bugungi kunga kelib fan va ta'lim sohasida integrativ jarayonlar jadallashmoqda. Integrativ jarayonlar insoniyatni taraqqiyotning yangi bosqichga olib chiqadi. Har qanday mamlakatda ta'lim sifati hayot sifatini ta'minlashga xizmat qiladi. Insonning sifatli ta'lim olish huquqi 1997-yilda qabul qilingan Lissabon konvensiyasida ham o'z ifodasini topgan.

Har bir shaxs o'zi istagan mamlakatda sifatli ta'lim olish, shuningdek turli mamlakatlarning ta'lim sohasidagi tajribasini o'rganib uning eng yaxshi tomonlarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Ta'lim olish huquqining barcha tarkibiy qismlari chunonchi, qulaylik va shart -sharoitning ta'minlanishi, sifatli ta'lim olish, malakaning tan olinishi, ixtisoslikka ega bo'lish, sifatli ta'limdan bahramand bo'lish huquqlarining barchasi davlat tomonidan kafolatlanadi. Buning uchun kompravistik tadqioqtlar doirasida rivojlangan mamlakatlarning pedagigk tadqioqtlar va ta'lim tizimini tashkil etish ga oid tajribalari o'rganilib, integratsiya jarayonlari amalga oshiriladi. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun esa xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish alohida ahamiyatga ega. Insonning sifatli ta'lim olish huquqini ta'mi nlashda xalqaro hamkorlik asosida turli davlatlarning ilg'or tajribalarini integratsiyalash imkoniyatidan foydalaniladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 2023 yil 1 maydan kuchga kirgan.

2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Birlashgan millatlar tashkiloti bosh assambleyasining rezolyutsiya 217 A (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va e'lon qilingan.

3. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi" to'g'risidagi PF-5712-sonli Farmoni.

6. Лиссабонская конвенция о признании квалификатций, относяшихся к высшему образованию в Европейском регионе, от 11 апреля 1997 г.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.