Научная статья на тему 'HAMKORLIK PEDAGOGIKASI – TA’LIM SIFATINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA'

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI – TA’LIM SIFATINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
438
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
hamkorlik pedagogikasi / hamkorlik konsepsiyasi / ta’lim sifati / ta’lim sifatini boshqarish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A.T.Nurmanov

O‘zbekiston Respublikasi xalqi va davlatiga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir, tanqidiy fikrlaydigan shaxsni shakllantirish borasida ta’lim muassasalari, ota-onalar, oila, mahalla, ma’naviyat targ‘ibot markazlari, yoshlar ittifoqi, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga alohida e’tibor berish zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HAMKORLIK PEDAGOGIKASI – TA’LIM SIFATINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA»

HAMKORLIK PEDAGOGIKASI - TA'LIM SIFATINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA

A.T.Nurmanov

p.f.d., prof. JDPU, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.10115217 Annotatsiya. O'zbekiston Respublikasi xalqi va davlatiga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga qodir, tanqidiy fikrlaydigan shaxsni shakllantirish borasida ta'lim muassasalari, ota-onalar, oila, mahalla, ma'naviyat targ'ibot markazlari, yoshlar ittifoqi, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga alohida e 'tibor berish zarur.

Kalit so'zlar: hamkorlikpedagogikasi, hamkorlikkonsepsiyasi, ta'lim sifati, ta'lim sifatini boshqarish.

Abstract. With educational institutions, parents, family, neighborhood, centers of spiritual promotion, youth union, public organizations in order to form a person who is loyal to the people and the state of the Republic of Uzbekistan and is able to make a worthy contribution to the development of society. it is necessary to pay special attention to cooperation.

Keywords: cooperative pedagogy, cooperative concept, educational quality, educational quality management.

Hamkorlik konsepsiyasining asosiy maqsadi har bir bolaning hayotda o'z o'rnini topishga, baxti uchun zamin yaratishga, mas'uliyatli, insonparvar bo'lishiga qaratilgan. Hamkorlik pedagogikasi prinsiplari asosida ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyatni tashkil etish ta'lim sifatini ta'minlashning asosiy omillaridan biridir.

Shu bilan bir qatorda ta'lim-tarbiya jarayonining sifati quyidagilar bilan belgilanadi: o'qituvchilarning zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar integratsiyasi asosida o'quv jarayonini tashkil etish, o'quvchilarning mustaqil bilim olishiga sharoit yaratish;

o'quvchilarda zarur bilimlar va hayotiy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan, bola shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan zamonaviy yondashuvlar, tamoyillar, metod, shakl va vositalarning samarali joriy etilishi;

o'quvchilar ta'lim-tarbiya jarayonining hamkorlik pedagogikasi tamoyillari asosida tashkil

etilishi;

ta'lim jarayonining o'qituvchi shaxsi, uning shaxsiy va pedagogik ehtiyojlari atrofida tashkil etilishi, pedagogik faoliyatning daxlsizligi;

o'quvchilarning davlat ta'lim standartlarida belgilangan bilim, ko'nikma va malakalarni egallash dinamikasini tizimli baholash, ular bilimidagi bo'shliqlar va kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda bartaraf etishga oid chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish.

Ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligi, ya'ni o'quvchilarda zamonaviy talablar darajasida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, ulardan hayotiy vaziyatlarda samarali foydalana olish ko'nikmalarini rivojlantirish ko'p jihatdan ta'lim muassasalarida yaratilgan sharoitlardan foydalanib, barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta'lim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligi konsepsiyasining maqsad va vazifalarini amaliyotga joriy etishga bog'liq.

Ayni paytda ta'lim tizimida hamkorlik pedagogikasi prinsiplarini joriy etish, hamkorlikning an'anaviy va innovatsion metod, shakl va vositalari, texnologiyalaridan samarali

foydalanish borasida hali o'z yechimini kutayotgan masalalar talaygina bo'lib, ularni ilmiy-metodik jihatdan asoslash, ta'lim tizimiga joriy etish zarur.

Hamkorlik asosida ta'lim-tarbiya sifatini takomillashtirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini nazariy asoslash, tashkiliy-didaktik jihatlarini o'rganish va baholash borasida quyidagi vazifalar o'z yechimini topishi kerak:

hamkorlik pedagogikasini ilmiy-nazariy jihatdan o'rganish;

hamkorlik pedagogikasining konseptual g'oyalari, prinsiplari, metod, shakl va vositalarini tahlil qilish;

ta'lim muassasalarida hamkorlik asosida ta'lim-tarbiya sifatini oshirishning innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

ta'lim muassasalarida hamkorlik asosida ta'lim-tarbiya sifatini rivojlantirish jarayonini pedagogik modellashtirish;

ta'lim muassasalarida hamkorlik asosida ta'lim-tarbiya sifatini oshirishda pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalar imkoniyatlarini integratsiyalash;

ta'lim muassasalarida hamkorlik asosida ta'lim-tarbiya sifatini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish;

ta'lim muassasalari rahbarlari va pedagoglari faoliyatini rag'batlantirish tizimini joriy etish, hamkorlik asosida ta'lim-tarbiya sifatini rivojlantirish asoslari bo'yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.

So'nggi yillarda pedagogik jamoatchilik orasida ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish vazifasini ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqligini ifodalovchi qarashlar shakllandi. Bu esa ta'lim tizimining davlat organlari bilan ijtimoiy tashkilotlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik asosida boshqarilishini anglatadi. Mazkur hamkorlik ijtimoiy tashkilotlarga davlat organlari bilan birgalikda ta'lim muassasalari faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi. Bunday imkoniyat ta'lim loyihalarini qo'llab-quvvatlash, ta'lim muassasalari uchun ajratilayotgan budjet taqsimoti, ularning strategiyasini belgilash va umumiy ta'lim jarayoniga nisbatan ijtimoiy ta'sirlarning yuzaga kelishi mumkinligini anglatadi.

Ta'lim sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida ijtimoiy tashkilotlarning ta'lim tizimini boshqarishdagi faol ishtirokining ta'minlanishi o'ziga xos dolzarblik kasb etadi.

Ta'lim muassasalarini boshqarish zamonaviy ilm-fanning alohida sohasi bo'lib, rahbarning muayyan ish tajribasi, shuningdek, o'ziga xos tashkilotchilik qobiliyati, iqtidori hamda shaxsiy sifatlarga ega bo'lishini taqozo etadi. Jamiyatning mavjud taraqqiyoti ta'lim muassasalari rahbarlarining kasbiy mahoratlarini oshirish zarurligini ko'rsatmoqda. Zero, rahbarlarning kasbiy mahoratlari ta'lim muassasalarida ijtimoiy talablarga muvofiq xamkorlikdagi faoliyatni tashkil etishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Boshqarish har qanday jamiyatga, hayotning barcha sohalariga xos bo'lib, asosiy maqsadi fuqarolarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirishdan iboratdir. Ta'lim muassasalarini boshqarish borasida rahbarlarni saylash tizimiga o'tish, ularning malakalarini uzluksiz oshirib borish kabi masalalar ham o'z yechimini topishi zarur. Zero, hamkorlik pedagogikasining markazida rahbar emas, hatto ta'lim beruvchi ham emas, balki ta'lim oluvchi, uning qiziqish va ehtiyojlari turadi.

Ta'lim sifati yuqori deb e'tirof etilayotgan mamlakatlar tajribasini chuqur o'rganib, dunyoda boshqarish borasidagi o'z isbotini topgan tizimga o'tish davr talabidir.

Ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyatni hamkorlik konsepsiyasi asosida tashkil etish ta'lim mazmunining boyitilishi, sifatining yaxshilanishi, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasining oshishi, yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni egallashiga olib keladi.

Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.Shatalov, Ye.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon ishtirokchilari (o'qituvchi va o'quvchilar) o'rtasida insonparvarlik tamoyiliga asoslangan o'zaro munosabatlarini tashkil etishni ta'kidlab o'tadilar. Hamkorlik pedagogikasi uchun konseptual ahamiyatga ega qoidalar A.Avloniy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o'z ifodasini topgan. Pedagogik hamkorlik g'oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga singdirilgan va "XXI asr ta'limi Konsepsiyasi" asosini tashkil etadi [7].

Ta'lim muassasalarida ta'lim sifati nafaqat o'quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o'quv reja, dasturlarning mazmun - mohiyati, balki o'quvchilarning olgan bilimlari, malaka va ko'nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog'liq ta'lim natijasi sifati bilan ham belgilanadi. Shunday ekan, bugungi kunda hamkorlik pedagogikasiga asoslangan g'oyalar ta'lim-tarbiya tizimiga singib ketishi ayni muddaodir.

Hamkorlik pedagogikasi - an'anaviy o'qitishdan farq qilib, bola bilan do'stona munosabat o'rnatishga qaratiladi. Endi oldingi an'anaviy "men" o'rniga "biz", ya'ni hamkorlikda - "subyekt" - "subyekt" munosabatlariga asoslangan holatda pedagogik faoliyat tashkil etiladi. "Hamkorlikda ishlash" tamoyili o'quvchi shaxsini chuqur bilishga asoslaniladi. O'quv topshiriqlarini bajarishdan oldin strategik maqsad belgilaniladi, so'ngra uni bajarish uchun bolada o'z kuchiga ishonch tuyg'usi shakllantiriladi. Boshqacha qilib aytganda, hamkorlik pedagogikasi bola shaxsiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ta'lim-tarbiya jarayonida iliqlik, hamkorlik, o'quvchi xohish-irodasini yagona maqsadga - ta'lim olishga yo'naltiradi.

Hamkorlik pedagogikasining konseptual asoslari turli mamlakatlarda ilg'or pedagog-navatorlar tomonidan rivojlantirilgan. XX asrning 70-yillarida AQSHda - R.Gane, J. Brigs, Levi Stross; Rossiyada XX asrning 80-yillarida - S.L. Soloveychik, Sh.A. Amonashvili, V.F. Shatalov, S.N. Lisenkova; O'zbekistonda XX asrning 90-yillarida - J.G'.Yo'ldoshev, N.Sayidahmedov, M.Ochilovlar hamkorlik pedagogikasining taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shdilar.

Hamkorlik muayyan bir ish yoki faoliyatni birgalikda amalga oshirish yoki bajarishdir. Hamkorlik "ham" - birgalikda, "kor" - mehnat, o'zaro yordam, fikr almashish, xulosalash, birgalikdagi faoliyat, o'zaro kelishuv, qo'llab-quvvatlash, tajriba almashish degan ma'nolarni bildiradi. Ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik adabiyotlarda "hamkorlik", "sherikchilik", "muvofiqlashish", "birgalikdagi harakat" tushunchalari sinonimlar sifatida ishlatilib kelingan. Bizning fikrimizcha, "hamkorlik" tushunchasi keng qamrovli bo'lib, "umumiy maqsadlarga erishish uchun birgalikdagi harakat" deb qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni.

2. Amonashvili Sh.A. Razmbishleniya o gumannoy pedagogike. - M.: Nauka, 1996. - S.98 .

3. Ахлидинов Р.Ш. Социально-педагогические основы управления качеством обшего среднего образования (на материале Национальной программы по подготовке кадров): Автореф. дисс. ... докт.пед.наук. - Т.: 2002.

4. Djuraev R.X., Turg'unov S.T. Ta'lim menejmenti. - T.: "Voris-Nashriyot" nashriyoti, 2006. - 263 b.

5. Nurmanov A.T. Texnologiya podgotovki studentov k effektivnomu оЬщешуи. LAP LAMBERT Academic Publishing (2014-01-22) http://www.lap-publishing.com/

6. A.T.Nurmanov, Maxmudov S.Yu., Isyanov R.G., Umaralieva M.A., Mustafakulov A.A. Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish texnologiyasi. Monografiya. - T.: "Adabiyot uchqunlari", 2019.- 227 b.

7. Педагогика. // М.Х.Тохтаходжаеванинг умумий тахрири остида. - Т.: Иктисод-Молия, 2008. - Б.78.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.