«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
AGRAR SOHA UCHUN KADRLAR TAYYORLASHDA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY ETISH YO'NALISHLARI
Boltayev Nurali Shiramatovich
Dotsenti (i.f.f.d), TDAU https://doi.org/10.5281/zenodo.11421701
Annotatsiya. Ushbu maqolada agrar soha uchun kadrlar tayyorlashning ustuvor yo'nalishlari, mehnat bozorida raqobat muhitini shakllantirish, qishloq xo'jaligi rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim muassasalarida innovatsion boshqaruv usullarini joriy etish bilan bog'liq masalalarni hal etish bo'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: agrar soha, ta'lim tizimi, qishloq xo'jaligi, mehnat bozori, kadrlar tayyorlash, boshqarish, ustuvor yo'nalishlar, bozor mexanizmlari.
Аннотация. В данной статье рассмотрены приоритеты подготовки кадров для аграрного сектора, создание конкурентной среды на рынке труда, подготовка квалифицированных кадров с учетом перспектив развития сельского хозяйства, внедрение инновационных методов управления в образовательном процессе учреждений обсуждаются, даются предложения и рекомендации.
Ключевые слова: аграрный сектор, система образования, сельское хозяйство, рынок труда, подготовка кадров, менеджмент, приоритеты, рыночные механизмы.
Abstract. In this article, the priorities of personnel training for the agrarian sector, the creation of a competitive environment in the labor market, the training of qualified personnel taking into account the prospects for the development of agriculture, and the implementation of innovative management methods in educational institutions are discussed. suggestions and recommendations are given.
Keywords: agrarian sector, education system, agriculture, labor market, personnel training, management, priorities, market mechanisms.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar asosida ta'lim tizimida ham bir qator ijobiy natijalarga erishilmoqda. Shu bilan birga, ta'limda ro'y berayotgan integratsiya jarayonlari xalqaro standartlarga javob bera oladigan yangi ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish muhim hisoblanadi.
Zamonaviy bilimlar va intellektual kapitalni ulardan yanada samaraliroq foydalanish maqsadida boshqarish muammolari so'nggi yillarda birinchi darajali ahamiyat kasb etmokda. Ayrim tashkilot nazariyasi va amaliyotida bilim boshqaruv ob'ekti sifatida qaralishi lozimligini tan olish tendensiyasi kuzatilmoqda. Korxonalarning raqobarbardoshik darajasiga ularning bilimlarni shakllantirish, jamlash va rivojlantirish, ularning negizida innovatsiyalar yaratish, oxir-oqibatda raqobat sohasida barqaror ustunlikka erishish qobiliyati yanada kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda[1]. Shu bois, Yangi O'zbekistonning asosiy maqsadi ta'lim jarayonlarini rivojlantirish va sifat bosqichiga olib chiqish, mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, o'quv jarayoni va ta'lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, yangi ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish, mamlakatda ta'lim tizimini isloh qilish yuzasidan ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirishdir.
Zamonaviy kasblar bo'yicha malakali mutaxassislar tayyorlash, ularni o'z sohasining yetuk va salohiyatli qilib shakllantirishda asosiy omillarni hisobga olish kadrlarning potensialiga
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli har bir kasbiy faoliyatni to'liq tahlil etishimiz hamda kasbga yo'naltirishda kadrlarning bilim darajasini baholash va tizim tashkilotlarning ish uslubini hisobga olgan holda o'quv jarayonlariga tadbiq etish samarali yechim hisoblanadi. So'nggi yillar ichida izchil amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlar natijasida malakali qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi mutaxassis kadrlar tayyorlash ishlari, xususan, hududlarda oliy va professional ta'lim muassasalari soni oshib bormoqda. Xususan, 2024-yilning 5-fevral Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy sohalardagi asosiy vazifalar bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishda talabalar uchun oliygohlarda mustaqil ishlashga muhit yaxshi emasligi, mehnat bozori uchun malakali kadrlar tayyorlashda kamchiliklar mavjudligi hamda har bir sohaning o'ziga xosligini inobatga olgan holda kadrlar tayyorlanishi zarurligini qayd etildi. Bu albatta, respublikamizda kadrlar tayyorlashni bozor mexanizmlari asosida tashkil etish, agrar sohada ta'sir etuvchi omillarni hisobga olish, ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash asosida amalga oshirilishi lozim bo'ladi.
O'zbekistonda oliy ta'lim tizimida keng ko'lamli islohotlarning amalga oshirilishi, mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shuningdek, mamlakatimiz qishloq xo'jaligi sohasini ham malakali oliy ma'lumotli mutaxassislar bilan ta'minlash borasida ham keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligini ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari, ko'plab xususiy oliy o'quv yurtlari va xorijiy universitetlar filiallarining tashkil etilishi agrar ta'lim tizimida bozor mexanizmlari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Ushbu jarayonda agrar ta'lim muassasalari qishloq xo'jaligi sohasi uchun yetakchi kadrlar manbai sifatidagi mavqeini saqlab qolish uchun zarur hisoblanadi. Shu bois, boy tarixga ega va mamlakatimiz qishloq xo'jaligi rivojiga katta hissa qo'shib kelayotgan agrar ta'lim tizimida faoliyat olib boruvchi muassasalarda bozor mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy ta'lim muassasalari sifatida tan olish uchun yetarli shart-sharoitga ega. Xususan, Toshkent davlat agrar universiteti O'zbekiston Respublikasining qishloq xo'jaligi yo'nalishidagi eng yirik va yetakchi oliy o'quv yurtlaridan biridir. Davlat universitetlarini o'zini-o'zi boshqarish va o'zini-o'zi moliyalashtirishga o'tkazish bo'yicha davlat siyosati doirasida universitetni transformatsiyaga tayyorlash zarur, bu esa o'z navbatida uni boshqarishdagi mavjud yondashuvni takomillashtirish va malakali kadrlar tayyorlashda bozor mexanizmlarini joriy qilishni bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni belgilash hamda malga oshirish mexanizmini ishlab chiqishni talab qiladi (1-jadval).
1-jadval
Agrar soha uchun kadrlar tayyorlashda bozor mexanizmlarini joriy qilishning ustuvor yo'nalishlari1
№ Ustuvor yo'nalishlar Kutilayotgan natija
1 Ta'limning xalqaro standartlari asosida ochiqligini ta'minlash Oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga erishiladi
2 Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini optimallashtirish Mehnat bozorida raqobatbardosh, yangi mutaxassisliklarga ega bo'lgan malakali kadrlar tayyorlanadi.
3 Masofaviy va dual ta'lim uchun elektron axborot manbalarini taqdim etish maqsadida "Media-markaz" faoliyatini Agrar sohada zamonaviy ta'lim olish shakllari orqali ish beruvchilar va OTM o'rtasida samarali hamkorlik vujudga
1 Myarau^ Hm^aHMacH.
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
№ Ustuvor yo'nalishlar Kutilayotgan natija
yo'lga qo'yish keladi.
4 Axborot-resurs markazidagi o'quv adabiyotlarini to'liq raqamlashtirish va Virtual agroaxborot-resurs tarmog'ini yaratish Ta'lim oluvchilarga va ishlab chiqaruvchilar uchun yangi bilimlarni egallashi uchun yagona agroaxborot ma'lumotlar bazasi yaratiladi.
5 Agrar ta'lim tizimida malakali rahbar va pedagog kadrlarni TOP-1000 talik reytingga ega nufuzli oliy va ilmiy ta'lim tashkilotlarida malaka oshirish va stajirovkalarini tashkil etish Rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini oshirishga erishiladi va ta'lim berishda xorijiy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.
6 Xodimlarni boshqarishning zamonaviy jarayonlari bo'yicha trening (yollash, tanlash, iste'dodlarni boshqarish, iste'dodlar fondi) tizimini yo'lga qo'yish Kelgusida rahbar kadrlar zahirasi shakllantiriladi va iste'dodli yoshlarni ilm-fanga yo'naltiriladi.
7 Ta'lim sifatini oshirish maqsadida «Feedback» tizimini takomillashtirish Talabalar va pedagog xodimlar o'rtasida vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish imkoniyati yaratiladi.
8 Ta'lim muassasalari tamomlagan bitiruvchilardan tashkil topgan "Bitiruvchilar jamg'armasi"ni samarali faoliyatini yo'lga qo'yish Ta'lim muassasalarida uni bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor shaxslarning homiylik xayriya mablag'lari hisobiga iqtidorli, bilimli o'quvchi va talabalarning o'z bilimlarini yanada mustahkamlashlari uchun zarur bo'ladigan o'quv va ilmiy adabiyotlar hamda jihozlarni xarid qilinadi.
9 Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar ta'sirchanligini oshirish hamda ekologik savodxonlikni yaxshilashga e'tibor qaratish Besh tashabbus doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash va yashil iqtisodiyotga o'tishning ustuvor vazifalari ijrosi ta'minlanadi.
10 Mehnat bozoriga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga ish beruvchi tashkilotlarni faol jalb etish va hamkorlik olib borish O'quv jarayonini tashkil etishda ish beruvchi tashkilotlarda yuqori malakaga ega bo'lgan xodimlar jalb etiladi va ilm-fan ishlab chiqarish integratsiyasi ta'minlanadi.
11 Ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta'minlash, moddiy-texnik ta'minotini mustahkamlash, investitsiyalarni jalb etish Ta'lim xizmatlari ko'rsatishning turli usullari yordamida OTM moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi va OTMdagi bo'sh turgan bino-inshoatlardan samarali foydalaniladi.
12 Pedagogik xodimlarning me'yoriy-uslubiy xujjatlarini raqamlashtirish (QR tizimida) va avtomatik boshqarish tizimi bo'yicha taqsimlash O'quv yili uchun mo'ljallangan yuklamani taqsimlashda turli xil muammoli vaziyatlarni oldini olish, yaratgan adabiyot va o'quv qo'llanmalarini yuklab olishda qulaylik yaratiladi.
13 Ilm va innovatsiyaga asoslangan agrotexnologiya va ekologik barqarorlik amaliyotlarini rivojlantirish Zamonaviy agrar ta'lim tizimida kadrlar tayyorlashning boshqaruv mexanizmlari takomillashtiriladi va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash imkoniyati yaratiladi.
14 Qishloq xo'jaligida biznes va operativ samaradorlikni ishlab chiqishni qamrab oladigan ilmiy-tadqiqotlar olib borish Raqamli iqtisodiyotga o'tish davrida dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlar, loyihalar, startaplarni amalga oshirishga
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
№ Ustuvor yo'nalishlar Kutilayotgan natija
erishiladi.
15 Milliy va xalqaro reytinglarda OTM o'rnini mustahkamlash Ta'lim xizmatlari ko'rsatishning globallashuvi jarayonida xorijiy va mahalliy abiturientlarni OTMga jalb etish imkoniyati, xorijiy oliy va ilmiy ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish imkoniyati yanada oshib boradi.
Agrar soha uchun zamonaviy bilimlarga ega bo'lgan kadrlar tayyorlashda kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikni samarali yo'lga qo'yish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mehnat bozorini o'rganish va zamonaviy marketing usullaridan foydalanish, ta'lim tizimiga raqamli axborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish lozim. Shu orqali agrar soha uchun kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, agrar soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun yetuk kadrlarni tayyorlashda ish beruvchi korxona va tashkilotlarning rolini belgilab olish lozim bo'ladi. Bunda:
S agrar soha uchun oliy ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan ta'lim muassasalari faoliyatini pedagogik va uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish agrar ta'lim muassasalari va uning filiallari tuzilmalarida kadrlar tayyorlash va ishga joylashtirishni monitoring qilish uchun maxsus bo'limlar tashkil qilish;
S agrar ta'lim muassasalari faoliyatiga ta'sir etuvchi va hamkorlikdagi muammolarni yechishda boshqaruv uslublarini zamonaviylashtirishni yo'lga qo'yishda rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini joriy etish;
S kasbiy faoliyatidan tashqari zamonaviy texnologiyalar asosida bilim ko'nikmalarga ega bo'lish asnosida qo'shimcha kasbiy faoliyatga ega bo'lishini ta'minlanishi tashkil etish;
S ta'lim muassasalarini ta'lim yo'nalishlari bo'yicha zarur bilim va malakaga ega yuqori malakali kadrlar uchun yil davomida ish beruvchi tashkilotlar tomonidan tanlovlar e'lon qilish. Tanlov yakunlari bo'yicha ishga kabul kilingan kadrlarni malaka oshirish, qayta tayyorlash hamda ish xaqi bilan ta'minlash masalalarini hal kilish;
S agrar ta'lim muassasalarida moliyaviy mustaqil bo'lganligini inobatga olgan holda to'lov kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash, dual ta'lim tizimida ishlash bo'yicha tasdiqlangan yagona tartib va Nizom ishlab chiqilib qabul kilinishini tezlashtirish;
S Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda qishloq xo'jaligi uchun ishchi kasblari bo'yicha mutaxassislar tayyorlashda kasblar klassifikatorini takomillashtirish va kasbiy-mutaxassislik standartlarini ishlab chiqish;
S agrar soha bo'yicha joriy qilinayotgan investitsion loyihalarning tarkibida koida tarikasida ularning umumiy qiymatining kamida 2 foizigacha bo'lgan miqdorda ta'lim komponenti bo'lishini ko'zda tutish, bu mablag'larni markazlashgan holda pedagog xodimlarning ilg'or xorijiy tajribani o'rganish, moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash, yangi avlod o'quv darsliklarini maqsadli yaratish;
S Oliy ta'limni 2020-2030 yillarda rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan professor-o'qituvchilarning talabalar soniga nisbati o'zgartirilishi, ta'limning modul kredit tizimi joriy etilishi munosabati bilan ular sonining makbullashtirilishi sababli bir qism oliy ta'lim xodimlarini o'rta maxsus ta'limga jalb qilish uchun zarur motivatsiyalar yaratish maqsadida ularga belgilangan ish xaki to'lash tizimini saqlab kolish hamda joylarda ijtimoiy imtiyoz (arzon uy-joylar ajratish, imtiyozli kreditlar yoki lizing asosida avtomashinalar)lar berilishi lozim.
«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY
Xulosa o'rnida, mazkur ustuvor yo'nalishlar va kutilayotgan natijalar asosida agrar soha uchun kadrlar tayyorlayotgan oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim muassasalariga izchillik bilan joriy etish, zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, innovatsion boshqaruv usullari yordamida kadrlar tayyorlash va xodimlarni boshqarish jarayoni olib borilishi bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Shu asosda, mehnat bozorida erkin raqobat muhiti shakllanadi va bu jarayon iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda, agrar sohani yanada rivojlantirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
REFERENCES
1. N.S.Fayzullaeva. Ta'lim iqtisodiyoti va menejmenti.// O'quv qo'llanma. Toshkent LESSON PRESS nashriyoti. Toshkent-2020.: 191 bet.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-fevral kuni "Ijtiomiy sohalardagi vazifalar bo'yicha o'tkazgan yig'ilishi", «Xalq so'zi», 06.02.2024 y., № 27 (8650).
3. https://www.agro.uz/.
4. https://www.tdau.uz/