Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'qqtyonmg
ZAMONAVIY, YUKSAK INTELLEKTUAL SALOHIYATGA EGA KADRLAR JAMIYAT BARQAROR RIVOJLANISHINING KAFOLATI
Manzura Tulaganovna Narmatova
Jizzah davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim yo'nalishlarida masofaviy ta'lim kafedrasi o'qituvchisi narmatovamanzura7 5 @gmail .com
Javohir Jumanazar o'g'li Jo'raev
Jizzax davlat pedagogika universiteti Sirtqi bo'lim,O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi S1201(420)-guruh talabasi
Bugungi kunda yurtimizda salohiyatli,zamonaviy bilimga ega kadrlarga katta ehtiyoj mavjud.Ushbu maqolada salohiyatli kadrlar tayyorlashda intellektning ahamiyati va kadrlar faoliyatining ijtimoiy hayotdagi ijobiy ko'rsatkichlari haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar : intellekt,OTMlar faoliyati,kapital,mehnat va faoliyat
Ilm-fan mamlakat taraqqiyoti va farovonligining asosidir. Biz bugun XXI asrda -intellektual mehnat birlamchi ahamiyat kasb etayotgan globallashuv va internet asrida, jahon bozorida raqobat kurashining miqyosi hamda keskinligi tobora ortib borayotgan bir davrda yashayotganimizni hech qachon unutmasligimiz zarur, albatta. Shunday ekan, O'zbekistonda boshqa sohalar qatori ta'lim sohasini ham yanada takomillashtirib borishni davrning o'zi taqozo etayotir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev: "Inson kapitaliga e'tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart" - deb ta'kidlaganligi ushbu sohada hal kilinishi lozim bulgan muammolar mavjudligini bildiradi[1]. Davlatimiz rahbarining, "O'zbekiston ilmi-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo'lish shart" - deya ta'kidlaganidan ko'rinib turibdiki, yetuk kadrlarga ehtiyoj yildan-yilga ortib bormokda. Mamlakatimiz mustaqilligining keyingi yillarida rivojlanishning shiddatli tus olayotgani va yurtimiz bo'ylab amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar davrida yetuk kadrlar tayyorlash tizimida xalqaro tajribalar bilan bir qatorda milliy madaniy xususiyatlardan kelib chiqib yondashishni taqazo etadi. Bugun xalqni buyuk kelajak va ulug'vor maqsadlar sari birlashtirish, bulajak har bir kadrning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas'uliyat sezib yashashiga,
ANNOTATSIYA
ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an'analarimizga
December 16
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
munosib bo'lishiga erishish, yuksak fazilatli komil insonlarni shakllantirish, ularni yurtimizdagi ulkan bunyodkorlik ishlariga tomoshabin emas, faol ishtirokchisi bo'lishga da'vat etish ehtiyoji, o'z navbatida fidoyilik, zamonaviy bilimlarga chanqoqlik hissini yuksaltirish xususiyatlarini alohida tadqiq etish zarurati tug'diradi. Ma'lumki, istiqlol yillarida O'zbekiston davlati faoliyatining eng ustuvor strategik yo'nalishlaridan biri barkamol avlodni tarbiyalash masalasi bo'lib kelmoqda. Mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan barkamol shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bu boradagi faoliyatning strategik maqsadi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev har bir nutqida yurtimizni har tomonlama rivojlantirish barchamizning shijoatli mehnatimiz, harakatimizga bog'lik degan fikrni ilgari suradilar.
Inson kapitali mamlakatning muhim milliy boyligidir va biz uning har tomonlama ko'payishi hamda taraqqiy etishi, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan, professional tayyorgarlikka ega, yurtimizni modernizatsiya qilish va demokratik jamiyat qurish yo'lidagi murakkab hamda keng ko'lamli vazifalarni hal etishga qodir bo'lgan, mamlakatimiz va xalqimiz manfaatlariga sadoqatli yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasini printsipial hamda hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb bilamiz.Biz o'z oldimizga sanoati yuqori darajada rivojlangan, iqtisodiyoti fan-texnika yutuqlari va innovatsiyaga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, oliy maktablarni tamomlagan, zamonaviy bilimga, keng dunyoqarashga ega malakali kadrlarni ko'proq tayyorlashga e'tibor qaratamiz. Chunki oliy ma'lumotli inson davlatdan ish so'rab, yordam kutib o'tirmaydi, balki o'zining tashabbuskorligi, zukkoligi hamda uddaburonligi, yangilikka intiluvchanligi bilan yangi ish o'rinlari yaratadi, mamlakatning rivojlanishida faol ishtirok etadi. Bu masala ham yurtimiz yoshlarining oliy ta'lim olishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash, ularning orzu-istaklarini ro'yobga chiqarishga qaratilgani bilan e'tiborga loyiqdir. Jahon tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, innovatsiyaviy ishlanmalarni yaratish, bu borada tijorat ishlarini yo'lga qo'yish va ularni hayotga joriy etishda texnoparklar muhim rolb o'ynamoqda. Ularda tadqiqotchilar, universitetlar va korporatsiyalar o'rtasida texnologiyalar hamda bilimlardan o'zaro foydalanish infratuzilmasi yaratilmokda va bu o'z navbatida, yangi innovatsion kompaniyalarning paydo bo'lishi hamda rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda shiddat bilan o'zgarayotgan zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga ko'tarishni talab qilmoqda. Jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni yechishda fan
December 16
248
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
va ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlash, ta'lim tizimini rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyot taraqqiyotiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlatimizning ustuvor vazifalaridan biri mazkur sohani va olimlarni qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.
Ilm-fan - har qanday davlatning bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan muhim soha ekanini mamlakatimiz rahbarining bu borada olib borayotgan siyosatida sohaga oid qaror va farmonlarda aks etganligini ko'rishimiz mumkin. Misol tariqasida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2020-yil 1-mayda "Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori imzolangan bo'lib, qarorda Respublika transport sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilg'or xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida tubdan takomillashtirish, o'quv jarayoniga o'qitishning innovatsion shakl va metodlari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, tarmoq ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ilmiy salohiyatini yanada oshirish masalalari keng yoritilib berildi. [2]
Davlatimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash transport sohasida ilg'or ilmiy ishlanmalar va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning yutuqlarini samarali joriy etish bilan bevosita bog'liq. Ishlab chiqarishga innovatsion ishlanma va texnologiyalarni keng joriy etish O'zbekistonimizni har tomonlama rivojlangan davlatga aylantirish imkonini berdi. Bu esa, o'z navbatida, ilmiy-texnikaviy sohada yangi tarixiy voqeliklarga javob beradigan oliy malakali kadrlar tayyorlash zaruratini taqozo etadi.
Pirovardida, hozirgi kunda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilinayotgan ko'plab me'yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi tufayli ilm-fan va innovatsiya faoliyati sohasidagi asosiy yo'nalishlar rivojlanish yo'liga tushib oldi. Ilmiy-texnik salohiyat mustahkamlangani, ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning yirik muammolarini hal etishga yo'naltirilgani, mamlakatimizda innovatsiya faoliyatini faollashtirish, belgilangan vazifalarni hal etish uchun katta miqdorda valyuta mablag'lari ajratilayotgani shular jumlasidandir.
Bugungi kunda oliy ta'lim tizimida ustuvor vazifalardan biri sifatida texnik sohalar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalari, innovatsion texnologiyalarga tayanish zarurligi alohida e'tirof etilmoqda. Bu yo'lda salmoqli yutuqlarga ham erishildi. Xususan, bakalavriat ta'lim yo'nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, rahbar hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish kurslarining malaka talablari, o'quv rejalari, dasturlari mazmunini modernizatsiyalash va takomillashtirish, o'quv amaliyotiga ilg'or xorijiy tajribalar zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, elektron o'quv modullari, o'quv-uslubiy majmualar, mulbtimediya ishlanmalarini yaratish, masofali
December 16
249
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
o'qitish shakllarini joriy etish orqali ta'lim sifatini takomillashtirish asosida malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bois, bugungi kun oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchisi nafaqat yaxshi mutaxassis sifatida, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsion ta'lim texnologiyalari hamda sohaga oid ilg'or tajribalarni o'zlashtirgan va kasbiy faoliyatida keng foydalana oladigan ijodkor mutaxassis bo'lishi shart.
Biz Yapon mo''jizasi, koreys tabiati kabi iqtisodiy o'sish namunalarini o'rganar ekanmiz, avvalo ularda millat tafakkurini tubdan taraqqiy ettirishga asosiy urg'u berilganiga guvoh bo'lamiz. Yurtimizda belgilangan muammolarni bartaraf etish bo'yicha strategik yechimlar bosqichma-bosqich ishlab chiqarishga joriy etilishi boshlab yuborildi. Asosiysi, milliy tafakkur va qarashlarimizni ham o'zgartirish, qolaversa, o'sib kelayotgan avlod ongida "shu vatan, shu yurt ravnaqi uchun barchamiz mas'ul" degan g'oya ostida birlashish, jipslashishni davrning o'zi taqazo etib turibdi. [3]
Demak, jamiyatimizning barcha jabhalari qatori ta'lim tizimi ham yangilanmoqda. Sohaga eng so'nggi ta'lim va innovatsion texnologiyalar, kredit-modulb tizimi, xorij tillarini o'rgatish metodlari tatbiq etilyapti. Bu esa bugungi keskin raqobat muhitida intellektual jihatdan yetuk, o'z huquqini chuqur biladigan va boshqalarga ham buni yetkaza oladigan kadrlarni yetkazib berishda ayni muddaodir.
REFERENCES
1. Xatima Shayxova. Intellektual saloxiyat-Taraqqiyot me'zoni. O'quv qo'llanma.2011
2. M.Qurbonov O'zbekiston yoshlarining intellektual salohiyati va ma'naviy qiyofasi.O'quv-uslubiy qo'llanma.2021 yil
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi "Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori.
4. G.G'afforova, S.Qunduzalieva. Zamonaviy ta'lim tizimini takomillashtirishda ma'naviyatning o'rni. 2021 yil.
yil.
December 16