Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA OLIY TA`LIM TIZIMINING TRANSFORMATSIYASI'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA OLIY TA`LIM TIZIMINING TRANSFORMATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
30
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oliy ta`lim / raqamlashtirish / ta`lim transformatsiyasi / raqamli iqtisodiyot / onlayn ta`lim / tarmoqlararo ta`sir

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ataniyazova M.B

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu raqamli iqtisodiyotda eng ko‘p talab qilinadigan mutaxassislarni tayyorlash xususiyatlarini, shuningdek, ta'lim jarayonini tashkil etish va ta'lim texnologiyalarini o'z-o'zidan amalga oshirish nuqtai nazaridan kadrlar tayyorlash profillarini alohida yondashuvlar asosida batafsil ko‘rib chiqishni talab qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA OLIY TA`LIM TIZIMINING TRANSFORMATSIYASI»

RAQAMLIIQTISODIYOT SHAROITIDA OLIY TA'LIM TIZIMINING

TRANSFORMATSIYASI Ataniyazova M.B

Toshkent amaliy fanlar universiteti (TAFU), i.f.f.d., Umumiqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.10805517

Annotatsiya. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib, bu raqamli iqtisodiyotda eng ko'p talab qilinadigan mutaxassislarni tayyorlash xususiyatlarini, shuningdek, ta'lim jarayonini tashkil etish va ta'lim texnologiyalarini o'z-o'zidan amalga oshirish nuqtai nazaridan kadrlar tayyorlash profillarini alohida yondashuvlar asosida batafsil ko'rib chiqishni talab qiladi.

Kalit so'zlar: oliy ta'lim, raqamlashtirish, ta'lim transformatsiyasi, raqamli iqtisodiyot, onlayn ta 'lim, tarmoqlararo ta sir

Mamlakatlarning raqamli iqtisodiyotga tayyorligini baholash uchun taklif qilingan Networked Readiness Index (dunyo mamlakatlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanish darajasini tavsiflovchi keng qamrovli ko'rsatkich) bo'yicha O'zbekiston boshqa davlatlar orasida 67-o'rinni egalladi (1-rasm). Biroq, ekspertlarning fikricha, mamlakatimiz raqamlashtirish tezligini oshirish imkoniyatiga ega. Davlat darajasida bu 2020-yil mamlakatimizda "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilindi va bu boradagi ishlar endilikda yangi bosqichga ko'tarilib, Prezident Farmoni bilan mamlakatning "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi.

1-rasm. O'zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanish darajasi (Networked Readiness Index)

Raqamli iqtisodiyot ta'limi, yoki IT ta'limi, raqamlar va kompyuter texnologiyalarini o'rganishga asoslangan ta'lim tizimi hisoblanadi. Bu soha, raqamli ma'lumotlar tahlili, dasturlash, axborot xavfsizligi kabi ko'plab sohalarni o'z ichiga oladi. Raqamli iqtisodiyot talimi bugungi zamonning talabalarga eng talab etilayotgan sohalardan biridir va soha bo'yicha malakali mutaxassislar talab qilinadi. Raqamli iqtisodiyot ta'limi yuqori sifatli kadrlar tayyorlash va sohani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda Oliy talim muassasalari soni keskin ko'paydi. Bu oliy ta'lim muassasalari o'rtasida sifatli kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish maqsadlarini yukladi.

Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Ta'lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu - "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning yangi tahrirda qabul

qilinishi bo'ldi. Mazkur qonunga asosan talim sohasidagi asosiy prinsiplar, talim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo'yildi.

Talim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy talim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy talimni modernizatsiya qilish, ilg'or talim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Malakali kadrlar tayyorlash bilan bog'liq bu muammolarning yechimi, shubhasiz, talim jarayonini qayta tashkil etishdan kelib chiqishi kerak. Quyidagi rasmda O'zbekistonda respublika bo'yicha oliy talim muassasalari keltirilgan.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OtlY O'QUV YURTLARI

RESWBUKA BO'YICHA

OUT TADM MUASSASUAM M ¿12 to lit

UMVBtSTnUUt I? to m

MsmuTuw •to m

AKADtMIYAU* <u m

WJWWRVATOWYA 111 m

NOtmxr OUYTA'UM MUASASMAm MO m

FILIAUAfl mo m

K0SU1Y OTMLAR VA RUALIAM ■to m

2-rasm. O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlari.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, oliy ta'lim muassasalarida 2019/2020 o'quv yili boshida 119 ta oliy ta'lim muassasalari mavjud bo'lib, ularning tarkibida 7 ta akademiya, 58 ta universitetlar va 5 ta oliy diniy ta'lim muassasalari hamda filiallari faoliyat yuritgan. 2021/2022 o'quv yilida ularning soni 130 taga oshgan.

Ayni paytda ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalar, xalqaro ta'lim standartlari asosidagi o'quv dasturlari va uslubiy materiallarni keng joriy etish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, O'zbekistonda xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari soni so'nggi 3 yilda ikki barobar oshgan. 2021/2022-o'quv yilida respublika bo'yicha xorijiy OTMlar va ularning filiallari - 25 tani tashkil etgan bo'lsa, 2022/2023 o'quv yilida xorijiy OTMlar va filiallari esa 30 taga yetgan. O'sha yil hisobida bir nechta OTM yangi ochildi yoki qayta tashkil etildi.

Yuqoridagi ma'lumotlarga ko'ra, xorijiy oliy ta'lim sohasida O'zbekistonda kengaytirilgan investitsiyalar o'sish tendensiyasini ko'rsatmoqda. Xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari sonining o'sishi, mamlakatning xorijiy ta'lim sohasiga berilayotgan e'tibori va xorijiy tajribaning orttirilishini namoyon qiladi. Shuningdek, yangi OTMlar va ular filiallarining ochilishi yoki qayta tashkil etilishi, xorijiy oliy ta'lim sohasidagi rivojlanish va moliyaviy investitsiyalar bilan bog'liq.

Ayni paytda O'zbekistonda Prezidentning "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi doirasida har bir oliy ta'lim muassasasi xorijiy yetakchi

universitet va markazlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatmoqda. Qarorda xorijiy oliy o'quv yurtlari bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlik har yili O'zbekistonga kamida 350 nafar yuqori malakali chet ellik o'qituvchi va olimlarni oliy o'quv yurtlaridagi ta'lim jarayoniga jalb etish imkoniyatiga ega ekanligi belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida oliy ta'limni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bir qator hukumat hujjatlarining qabul qilingani shundan dalolat beradi.

Xorijiy tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, ta'lim darajasi yuqori bo'lgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishining orqada qolishining sabablari quyidagilar:

- ta'limning irratsional tuzilishi;

- mavjud ta'lim salohiyatidan samarasiz foydalanish (masalan, shaxs o'z bilim darajasiga mos kelmaydigan ishlarni bajarishga majbur bo'lganda);

- ta'limga investitsiyalarning past darajasi va yetarli emasligi;

- ta'limni rivojlantirishning noto'g'ri tanlangan strategiyasi.

Bu muammolarni hal etish uchun jahon mamlakatlari intellektual mulkka e'tiborni qaratishmoqda. Ma'lumot o'rnida shuni ta'kidlash kerakki, intellektual mulk ulushi Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizini tashkil etadi. 2020 yilning 12 oktyabr kuni Prezidentimiz raisligida bo'lib o'tgan yig'ilish ham "Intellektual mulkni himoya qilish -Uchinchi uyg'onish davri uchun ishonchli poydevor bo'lib xizmat qiladi" mavzusiga bag'ishlangan edi. O'shanda davlatimiz rahbari patent egalari va tadbirkorlar o'rtasidagi hamkorlikni ta'minlash zarurligiga alohida e'tibor qaratdi. Intellektual mulk yaratuvchilarini rag'batlantirish, patent egalarini mukofotlash kabi imtiyozlar tizimini joriy qilish zarurligi ta'kidlandi.

Shu o'rinda, onlayn ta'lim tizimi Karantin choralaridan so'ng O'zbekistonda tez sur'atlarda takomillasha boshladi. Hukumat tomonidan Oliy o'quv yurtlarida masofaviy ta'limni joriy etish to'g'risidagi nizomni tasdiqlagandi. 2023/2024 o'quv yilidan boshlab davlat va xususiy oliy ta'lim muassasalariga masofaviy ta'lim yo'nalishida kadrlar tayyorlashga ruxsat berildi.

Ma'lumot o'rnida jahon tajribasi o'laroq, AQShda magistratura bosqichidagi talabalarning 22%ga yaqini, bakalavriat bosqichidagi talabalarning 11%i onlayn ta'lim oladi. 2024-yilda onlayn ta'limdan tushadigan daromad $74,80 mlrd.ga yetishi kutilmoqda. Akademik menejerlarning aksariyati (75%) onlayn kurslardagi ta'lim natijasi sinfdagi kurslar natijasi bilan bir xil yoki yaxshiroq ekanligini e'tirof etmoqda. 2021 -2026 yillar oralig'ida Buyuk Britaniyada elektron ta'lim bozorining ulushi $11,57 mlrd.ga yetishi kutilmoqda.

Barcha kurs mavzulari video, audio, matn yoki infografikadan iborat kichikroq qismlarga bo'lingan mikrota'limning tarqalishi Buyuk Britaniyadagi elektron ta'lim bozorining asosiy tendensiyalaridan biri bo'lib, bozorning o'sishiga turtki bo'lmoqda.

Ushbu onlayn platformalar yashayotgan shahridan turib magistr va bakalavr darajasini olish imkonini beradi. Shuningdek, bu platformalar orqali tahsil olayotganlar kampusdagi talabalar bilan bir xil o'quv dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega.

Ilg'or xalqaro ta'lim standartlari darajasidagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni mukammallashtirish, oliy ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, yoshlarning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, oliy ta'lim tizimga innovatsion usullarni joriy qilish, shuningdek mazkur sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida "Kelajak universiteti"ni tashkil etish maqsadida Toshkent xalqaro Vestminster universiteti binosida Innovatsion Rivojlanish vazirligi hamda CityU (Gongkong), UdacityX MOOC (AQSh), MOOC

Iversity (Niderlandiya/Germaniya), Open Polytechnic (Yangi Zelandiya) ta'lim muassasalari bilan hamkorlik to'g'risida kelishuv tuzildi.

O'qish jarayoni shunchaki matnlar yoki ma'ruzalarni ko'chirib olishdan iborat emas, balki bosqichma-bosqich ta'lim dasturini o'zlashtirishdan iborat bo'ladi. Masofadan oliy ma'lumotga olmoqchi bo'lgan talabalar maxsus platformadan foydalangan holda chuqur bilimlarni egallashadi. Mazkur smart-texnologiya har bir talabaning o'z ID profili bo'lishini talab etadi. Har bir profil egasining yuz harakatlaridan tortib, kompyuter tugmalarini bosish usuligacha bo'lgan ma'lumotlarni xotirasida saqlaydigan dastur aynan shu talabaning o'qish jarayonida ishtirok etishini ta'minlaydi. Bunda talaba bir kunda uch soat vaqtini ta'limga sarflashi talab qilinadi. Agar uning o'rniga boshqa odam platformaga kirsa, tizim bloklanadi.

Talabalarning bilimlari sinovdan o'tkazilarkan, ularning natijalari Yangi Zelandiyadagi ma'lumotlar bazasiga borib tushadi va o'sha yerda saqlanadi. Bu o'z navbatida imtihon davomida korrupsiya yuzaga kelmasligiga kafillik beradi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, respublikamizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli vazifalar, o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolmasligi mumkin. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni keng ko'lamda davom ettirish talab etiladi.

Axborot texnologiyalar asri deb nomlangan XXI asrda hayotning barcha sohalarida -sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo'jaligi, to'qimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga chiqarish maqsadida ilm-fanni rivojlantirish, yangiliklar yaratish zarurati kuchayadi. Bu jarayon dunyoda taraqqiyot yo'lini tutgan barcha mamlakatlarda e'tirof etilmoqda. Bizning mamlakatimizda ham bu jarayonga alohida e'tibor qaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.