INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA ARALASH TA'LIMNI JORIY ETISHNING DIDAKTIK
ASOSLARI Zamira Kurbaniyazova
Pedagogikafanlari doktori, dotsent, Nukus davlatpedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim"
kafedrasi mudiri https://doi.org/10.5281/zenodo.10014711 Ma'lumki, oliy ta'lim asosan yurtimizga "yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni ta'minlash"ga [1] doir ta'lim turi bo'lib, talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda ta'limning turli shakl, metod, vosita, texnologiya va strategiyalaridan foydalanish talab etiladi. Vaholanki, global bozor iqtisodiyoti talablari doirasida ta'lim xizmatlarini yaxshilash, mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirish, ta'limga raqamli texnologiyalarni olib kirish va raqamli rivojlanish, ta'limni rivojlantirishga doir hamkorlik ishlarni jadallashtirishda oliy ta'lim tizimi, ayniqsa oliy pedagogika ta'lim muassasalari alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi "O'ZBEKISTON — 2030" strategiyasi tug'risidagi PF-158-son Farmonida "Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish" masalasi ko'ndalang qo'yilgan bo'lib, unda yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish, umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarini oliy ma'lumotli pedagog kadrlar bilan to'liq ta'minlash shuningdek, maktab o'quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo'lgan zamonaviy kasblarga o'rgatish hamda 40 millionga yaqin kitob fondini raqamlashtirishga alohida urg'u berilgan [2]. Bu kabi vaziflar esa o'z-o'zidan an'anaviy ta'lim bilan cheklanish emas, balki ta'limni raqamlashtirish asosida tashkil eta oladigan, zamonaviy axborot kommunikatsion va innovatsion texnologiyalardan ham aralash tarzda foydalana oladigan kompetentli pedagoglarni tayyorlash sifatini oshirishni taqozo etadi. Ya'ni, pedagogika oliy ta'lim tizimini takomillashtirish va yangi zamon pedagoglarini tayyorlashda zamonaviy ta'lim texnologiyalarini qo'llash davr talabi hisoblanadi. Shunday ta'lim texnologiyalarining biri aralash ta'lim xisoblanadi.
Aralash ta'lim deganimizda ko'pchilik holatlarda oflayn, ya'ni auditoriyalarda tashkil etiladigan mashg'ulotlar shakli hamda onlayn, ya'ni masofaviy tarzda kopyuter va axborot texnologiyalarining ishtirokida tashkil etiladigan mashg'ulotlar shakli tushuniladi. Aytish joizki, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda ta'lim shakllarining tutgan o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Aralash ta'lim shakli yuzasidan xorijiy va Mustaqil davlatlar hamdo'stligi olimlari tomonidan qator izlanishlar olib borilgan. Masalan, birinchilardan bo'lib Curtis J. Bonk, Charles R. Graham singari olimlar "aralash ta'lim" tushunchasining etimologik kelib chiqish tarixi, uning ta'lim jarayoniga joriy etilishi va o'ziga hos hususiyatlari yuzasidan yirik ko'lamda o'zlarining izlanishlarini olib borgan olimlar hisoblanadi [7]. A.E.Bulganina, K.V.Belousova, S.D.Kalinina, A. Kondatov, A.V.Labazova, A.V.Loginova, I.A.Malinina, I.A.Nagaeva, M.P.Proxorova, A.A.Shkunova singari olimlar aralash ta'limning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishni davom ettirishgan. Jahon tajribasi va tahlillar asosan shuni ko'rsatadiki, aralash ta'lim texnologiyasi uchta asosiy tashkil etuvchidan iborat. Bular masofaviy o'qitish (Distance Learning), auditoriyada o'qitish (Face-To-Face Learning) va Internet orqali o'qish (Online Learning). Agarda aralash ta'limning rivojlanish tendensiyalarini kuzatadigan bo'lsak bu ta'limning ko'plab qirralarining ochilib borayotganoigini ko'rish mumkin. Olimlar tomonidan dastlab aralash ta'limda o'qitishning turlixil usul, uslub hamda an'anaviy ta'limni
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
onlayn rejimda o'qitish bilan aralashtirish tushilgan bo'lsa (Curtis J. Bonk, Charles R. Graham), so'ngra bularga qo'shimcha internet tarmoqlaridan foydalanish orqali o'qitish, gibrid hamda masofaviy ta'lim bilan aralashtirish nazarda turilganligini ko'rish mumkin [11]. Aralash ta'lim tug'risidagi bu kabi qarashlar yanada kengayib aralash ta'lim deganimizda nafaqat o'qitishning an'anaviy shakli, balki o'quv dasturlarini ham o'zida birlashtirishga yo'naltirilganlignini anglash kerak bo'ladi [6]. Aralash ta'lim va uning o'ziga xos hususiyatlarini o'rganish jarayonlari ushbu ta'limning XXI asr chaqirig'iga javoban ta'limning globalizatsiyasi, axborotlashuvi, kompyuterizatsiya va raqamlashtirilishi bilan bilan bog'liq holda yanada rivojlanishning dastlabki pallalarida turgan, joiz bo'lsa ta'limning yangi paradigmalariga yuz tutadigan ta'limga aylanish ehtimolidan holi emas. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, aralash ta'lim tizimining qaysi komponentini olmaylik ular doimiy o'zaro bog'liqlikda ishlaydi va metodik jihatdan to'g'ri tashkil etilishi kerak. O'quv fanlarini o'qitishda eng maqbul natijalarga erishish tashkiliy va tarkibiy jihatlarga bog'liq, chunki ta'lim jarayonining barcha elementlari o'zaro ta'sirlashishi va bir butunni tashkil qilishi kerak. Yurtimizda oliy ta'lim tizimida ham aralash ta'limning muayyan qirralari va elementlari qo'llanilib kelinmoqda va bu borada olimlarimiz va tadqiqotchilarimiz ham o'zlarining fikr va mulohazalarini bildirib, ilmiy izlanishlarini olib borishmoqda. F.A.Hamroeva, M.A.Davronova, J.A.Namozovlar aralash ta'limni toboro ommalashib borayotgan ta'lim shakli ekanligini e'tirof etgan holda uning qator o'ziga xos jihatlarini belgilab beradi. Bular talabaning mustaqil ta'lim olishi, lekin ayni vaqtda o'qituchi tomonidan yordam ko'rsatilishi, talabaning o'quv materillarini o'zlashtirish barobarida o'zidagi ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlarni namoyon etishi, muloqot ko'nikmalarini o'zlashtirib borishi, o'quv materillarini takrorlash imkonining mavjudligi, yangi mavzuni o'zlashtirishga tayyorlanishi, bu ta'limning asosan topshiriqlarga tayanishi, ayditoriyada va onlayn rejimda ta'limning tashkil etilishi va h.k. [12]. Amaliyotchi-o'qituvchilar G.B.Abdukadirova va G.Sh.Xamroevalar oliy ta'lim muassasalarida ushbu ta'limning talabalar bilimi va tajribasini oshirishdagi imkoniyatlariga keng to'xtalib o'tgan [3]. Bu esa o'z navbatida olim va tadqiqotchilar tomonidan ushbu ta'lim paradigmasining yurtimizdagi ta'lim muassasalari yoki ta'lim tizimiga kirib kelishi qo'llab-quvvatlanganligidan dalolat beradi. Tahlillar va ilmiy izlanishlar jarayonida ko'plab olimlar tomonidan aralash ta'limning yutuq va kamchiliklari ham aniqlashtirilganligini ko'rish mumkin. Masalan, aralash ta'lim talabalar uchun o'zining qator qulaylik va imkoniyatlariga ega bo'lishi bilan bir qatorda bu ta'limni oliy ta'lim tizimiga olib kirish amaliyotida qo'yidagi qator muammolarning ham mavjudligini ko'rish mumkin.
Birinchidan, ilmiy manbalarda nazariy jihatdan aralash ta'limga oid atamalar ilmiy jihatdan to'liq asoslanmagan va tartibga solinmagan. Masalan ba'zan aralash ta'limni elektron ta'lim, masofaviy ta'lim yoki gibrid ta'lim bilan chalkashtirish holatlari uchraydi. Masalan gibrid ta'lim asosan sinxron tarzda amal oshirilib, talabalarning muayyan qismi auditoriyalarda bevosita professor-o'qituvchilar bilan muloqoti asosida ta'lim jarayoni tashkil etilsa, ushbu ta'lim talabalarning yana bir qismi bilan onlayn tarzda masofaviy translyatsiya orqali amalga oshirilishi mumkin. Aralash ta'limda esa o'qitish jarayonlari ham sinxron, ham asinxron tarzda talabalar uchun qulay sharoitlarda tashkil etilishi ko'zda tutilgan. Yoki bo'lmasa "aralash ta'lim" (blended-learning) tushunchasi ilmiy kategoriya sifatida ta'lim paradigmasi [8], ta'lim konsepsiyasi [14], ta'lim turi [13], ta'lim metodi [15.;5], ta'lim dasturi [4] hamda ta'lim texnologiyasi [9;15;5] sifatida turlicha tahlil etilmoqda.
Ikkinchidan, aralash ta'lim o'zida an'anaviy oflayn ta'lim bilan onlayn ta'limni integratsiyalagan va bir-birini to'ldirgan holda talabalarga o'quv materillarini turli formatda
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
taqdim etish imkonini beradi. Lekin oliy t'lim muassasalari o'quv rejalari hamda an'ana tusiga kirgan ta'lim shkllari (ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulotlar, laboratoriyalar, mustaqil ta'lim, kurs ishlari va h.k.) aynan aralash ta'limni keng joriy etishga yo'naltirilishi maqsadga muvofiqdir. Vaholanki, aralash ta'lim muayyan sharoitdan kelib chiqqan holda ta'limning turli metod, shakl va vositalarini qo'llash imkoniyati kengligi bilan xarakterlanadi. Masalan, aralash ta'lim sharoitida turli metodlardan foydalangan holda oflayn seminar (konferensiya), taqdimot, vakolatlarni o'tkazish, rotatsiya, amaliy mashg'ulot, loyihalar ustida ishlash, keyslar bilan ishlash, treninglar, mustaqil ish, seminar, loyihalarda ishtirok etish, loyihaviy-tahliliy sessiya, loyihalarni individual himoya qilish, loyihalarni guruhda himoya qilish, imtihon, vebinar, videokonferensiya, murabbiylik, video ma'ruza, virtual maslahat, nazorat ishlarini bajarish, virtual tyutorial, kouching, ishbilarmonlik o'yinlari, konsultatsiya, ma'ruza, qaytar aloqalar, laboratoriya ishlari, master-klass, ta'lim ekspeditsiyasi, ta'lim musobaqasi singari turli ta'lim tadbirlari va o'quv faoliyati tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, aralash ta'lim sharoitda jamoaviy, guruhiy va individual kabi turli xil ta'lim shakllaridan foydalanish ham o'quv jarayoni sifatini oshiradi va samarali natijalar beradi. Lekin aralash ta'limni tashkil etish jarayonlariga talabalar bilan bir qatorda professor-o'qituvchilarning ham psixologik, ham metodik, ham texnologik jihatdan tayyor emasliklari, IT savodxonlikning yetishmasligi asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Uchinchidan, aralash ta'lim o'zida ana'anaviy, elektron va masofaviy ta'lim elementlarini birlashtirganligi sababli talabalar bosma shakldagi kitoblar, dasrliklar, qo'llanmalar bilan bir qatorda o'quv platformalari, onlayn o'quv servislari, virtual o'quv materiallari, simulyatsion qurilmalar, multimediya va mobil ilovalar, audio materiallar va vidioroliklar, lozim bo'lgan holatlarda ijtimoiy tarmoqlardan ham ta'limiy maqsadlarda foydalanishlari mumkin bo'ladi.
Turtinchidan, aralash ta'lim modeli va faoliyat xarakteridan kelib chiqib pedagogik kompetentlikning mazmuni va o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash bo'yicha izlanishlar olib borish talab etiladi. Shuningdek, aralash ta'lim sharoitida pedagogik kompetentlikni rivojlantirish bosqichlari, metod, vosita va pedagogik shart-sharoitlarini yanada takomillashtirish talab etiladi. Masalan, aralash ta'limning akademik guruhlardagi turli xil malakalarga ega bo'lgan talabalarning bitta yagona maqsad atrofida birlashib faoliyat ko'rsatishga yo'naltirilgan kross-funksional tafakkurni shakllantirishdagi imkoniyatlari, mazkur ta'limning interfaollik jihatlari, ta'lim olishga doir talabalarning motivatsiyasi va bilimlilik darajasi, aralash ta'limni tashkil etishda ta'lim kontentlari va elektron resurslarini tayyorlash, aralash ta'lim sharoitida talabalarning o'quv fanlarini o'zlashtirganlik monitoringi, aniq o'quv fanlari kesimida bu ta'limning LMS MOODLE yoki Hemis ta'lim boshqarish tizimiga asoslangan holda tashkil etilishi, aralash ta'limni tashkil etishning metodik va didaktik asoslarini takomillashtirish hali o'zining o'rganilishini kutib turgan muammolardan hisoblanadi.
Shunday qilib, aralash ta'lim modeli konsepsiyasini, shuningdek uning maqsadlari va ta'kidlangan afzalliklarini hisobga olgan holda, aytish mumkinki, o'qitishning ushbu texnologiyasi ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi o'quv va texnologik resurslarni jalb qilgan holda o'qitishni moslashuvchanlik asosda tashkil etishga imkon beradigan didaktik jihat hisoblanadi. Shu munosabat bilan hozirgi vaqtda quyidagi ta'lim shakllari alohida ajratib ko'rsatiladi:
- talaba va o'qituvchi o'rtasida bevosita kommunikatsiya, auditoriyadagi mashg'ulotlar, ma'ruzalar himoyasi, nazorat ishlari, testlar, referatlar yozish, doska oldida javob javob berish va boshqalarni nazarda tutuvchi an'anaviy o'qitish;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
- o'qituvchining tizimli maslahatlarini tashkil qilishda matnlar, audiovizual va multimediali o'quv materiallari to'plamlari (keyslar)dan foydalanishga asoslangan holda talabalarning mustaqil ishlashiga yo'naltirilgan keys-ta'lim;
- talabalarni o'quv-uslubiy materiallar bilan va o'qituvchi, talabalar hamda ta'lim muassasalari ma'muriyati o'rtasida interaktiv o'zaro aloqani ta'minlash uchun instrumental muhit, telekommunikatsiya tarmoqlari yordamida tashkil etilgan tarmoqlar orqali o'qish (e-learning).
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim tug'risida»gi Qonuni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son. 2020 yil, 23-sentyabr, O'RQ-637-son
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrdagi PF-158-son "0'zbekiston-2030 strategiyasi" tug'ridagi Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 12.09.2023 y., 06/23/158/0694-son
3. Abdukadirova G.B, Xamroeva G.Sh. Aralash ta'lim tizimida talabalar bilimini mustahkamlash va ularning tajribasini kengaytirish. //O'zbekistonda xorijiy tillar ilmiy-metodik elektron jurnal. 2019 №4. - 45-51 b. https://j ournal.fledu.uz/uz/
4. Ashurova D.N. Aralash ta'lim (blended learning)ning konseptual va terminologik apparati. //O'zbekistonda xorijiy tillar, 2020. №4 (33), 164-174 b.
5. Babaxodjaeva L.G. Aralash ta'lim sharoitida talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirish metodikasi. O'quv-metodik qo'llanma. - Toshkent, "MALIK PRINT CO. - 2021 y. - B.156.
6. Clark, D. Blended Learning: An Epic White Paper [elektronnbiy resurs]. /Clark D //Epic Group plc. - 2003. - 44 s. Rejim dostupa: http://www.alapitvany.oktopusz.hu/domain9/files/modules/module15/261489EC2324 A25.pdf. Data obra^eniya: 15.04.2016.
7. Curtis, J. Bonk The Handbook of Blended Learning: Global Perspectives, Local Designs / Curtis J. Bonk, Charles R. Graham // Pfeiffer. - 2006.
8. Kondatov A. Novaya paradigma obrazovaniya. [elektronnbiy resurs]. https://blendedlearning.livejournal.com/5053.html
9. Malikova L.R. Texnologiya smeshannogo obucheniya v nachalnbix klassax. -Obrazovatelnaya sotsialnaya set. https://nsportal.ru/nachalnaya-shkola/raznoe/2017/08/30/