Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTABILARIDA ARALASH TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI'

UMUMTA’LIM MAKTABILARIDA ARALASH TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
152
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
aralash ta'lim / elektron ta’lim / almashish modeli / moslashuvchan model / maxsus aralash model / masofaviy ta’lim

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jumakulova Mavludaxon Xosilovna

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida texnologiyalar va eng samarali innovatsion usullarni qo‘llash, ta’lim jarayonida elektron ta’limning ahamiyati, aralash ta’lim tushunchasi xususida adabiyotlarda berilgan bir qator mahalliy va xorijiy olimlarning fikr-mulohazalari, ta’riflari, yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan pandemiya, turli tabiiy ofatlar sharoitida aralash ta’limni joriy etishning afzalliklari, aralash ta’limning eng ko‘p qo‘llaniladigan modellarining tasnifi, qo‘llash usullari, o‘quv jarayonida qo‘llashning afzalliklari, kamchiliklari keltirib o‘tilgan. 2020-yilda butun dunyo bo‘ylab COVID-19 pandemiyasining keng tarqalishi va uning oqibatida aralash ta’lim modellaridan foydalanishga ehtiyoj yuqori darajaga ko‘tarildi. Hamma pedagoglar o‘quv mashg‘ulotlarida raqamli xizmatlardan foydalana boshladilar. Maqolada aralash ta’limning almashish modeli (Rotation), moslashuvchan model (Flex), (Self-blend ) va kengaytirilgan-virtual model (Enriched-Virtual) ta’lim jarayoniga tadbiq etish, shuningdek, bu modellarning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. Maqolaning xulosa qismida aralash ta’limning mazmuni va aralash ta’lim jarayonini tashkil etishning pedagogik asoslari yoritib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTABILARIDA ARALASH TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI»

UMUMTA'LIM MAKTABILARIDA ARALASH TA'LIM JARAYONINI TASHKIL

ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Jumakulova Mavludaxon Xosilovna

Andijon davlat universiteti tayanch doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7930637 Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim jarayonida texnologiyalar va eng samarali innovatsion usullarni qo'llash, ta'lim jarayonida elektron ta'limning ahamiyati, aralash ta'lim tushunchasi xususida adabiyotlarda berilgan bir qator mahalliy va xorijiy olimlarning fikr-mulohazalari, ta'riflari, yurtimizda va jahonda ro'y berayotgan pandemiya, turli tabiiy ofatlar sharoitida aralash ta'limni joriy etishning afzalliklari, aralash ta'limning eng ko'p qo'llaniladigan modellarining tasnifi, qo'llash usullari, o'quv jarayonida qo'llashning afzalliklari, kamchiliklari keltirib o'tilgan. 2020-yilda butun dunyo bo'ylab COVID-19 pandemiyasining keng tarqalishi va uning oqibatida aralash ta'lim modellaridan foydalanishga ehtiyoj yuqori darajaga ko'tarildi. Hamma pedagoglar o'quv mashg'ulotlarida raqamli xizmatlardan foydalana boshladilar. Maqolada aralash ta'limning almashish modeli (Rotation), moslashuvchan model (Flex), (Self-blend ) va kengaytirilgan-virtual model (Enriched-Virtual) ta'lim jarayoniga tadbiq etish, shuningdek, bu modellarning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. Maqolaning xulosa qismida aralash ta'limning mazmuni va aralash ta'lim jarayonini tashkil etishning pedagogik asoslari yoritib berildi.

Kalit so'zlar: aralash ta'lim, elektron ta'lim, almashish modeli, moslashuvchan model, maxsus aralash model, masofaviy ta'lim.

Kirish. Fan va texnikaning tez sur'at bilan rivojlanishi, turli sohalarida jahon tizimlarining integrasiyalashuvi va globallashuvi, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tilishi, o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol shaxs sifatida shakllantirilishga tobora yuqori talablar qo'ymoqda. Jahonda ro'y berayotgan pandimeya, turli tabiiy ofatlar sharoitida ta'limning nafaqat kunduzgi, masofaviy (onlayn), eksternat shakllarida o'quvchilar ta'lim olayotganligi, integrasiyalashuv va globallashuv jarayoniga bog'liq holda ta'limning mazmun-mohiyati informasion muhit ta'sirida o'zgarishiga olib kelmoqda, xususan, keyingi vaqtlarda modulli ta'lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta'limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo'ldi. Zamonaviy ta'lim tizimiga aralashtirilgan ta'lim (blended learning) jadallik bilan kirib kelmoqda. Shu sababli aralash ta'lim jarayonida o'qituvchilar o'z oldiga muhim vazifa o'z-o'zini idrok etish salohiyati, yangi intellektual darajaga ega bo'lgan mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirishni asosiy vazifalardan biri sifatida qo'yilmoqda. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan 637-sonli "Ta'lim to'g'risidagi" qonunida masofaviy ta'lim o'quv rejalari va o'quv dasturlariga muvofiq ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan hamda internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilganligi [1] va masofaviy ta'lim xizmatlarini rivojlantirish, onlayn, "blended learning", "flipped classroom" texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish kabi vazifalar dolzarb vazifalar qatoriga kiradi[2]. Aralash ta'limni amalga oshirish pedagogdan yuqori malakani talab etadi, bunda:

Akt kompetentligi yuqori bo'lishi, axborot texnologiyalari texnik va dasturiy vositalardan samarali foydalanish, ta'limni boshqarish tizimini bilish;

Fan bo'yicha o'quv kontenti (mazmuni)ni mustaqil ishlab chiqish, ammo har qanday o'quv resurslar ham aralash ta'lim tizimi uchum mos kelmasligi mumkin;

Har bir o'quvchi imkoniyatini hisobga olgan holda ta'lim jarayonlarini tashkil etish.[3]

Asosiy qism. Aralash ta'lim an'anaviy yuzma-yuz ta'lim (Face to Face) va masofaviy ta'limni o'zida jamlashtirgan va an'anaviy darslarning ma'lum bir qismini masofaviy muhit bilan almashtirishni o'z ichiga olgan model sifatida tushuniladi. Aralash ta'lim o'quv dasturi hisoblanib, unda o'quvchilar dasturning ma'lum qismida elektron, onlayn formatda o'qitiladi va shu bilan bir qatorda o'rganish vaqti, o'quv reja va tezligini nazorat qilish o'qituvchi zimmasida bo'ladi; qisman o'qitish o'quvchining uyidan tashqarida yoki uy ichida amalga oshiriladi. Albatta, bunday o'rganish natijasida integratsiyalashgan o'rganish tajribasini ta'minlash uchun turli usullardan foydalaniladi.

Adabiyotlarda aralash ta'limning bir qator ta'riflari taklif qilingan. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta'limni tashkil etishda va ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda an'anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv o'quvchini charchatmaydi va o'qishga bo'lgan motivlarini kuchaytiradi [4]. I. Steysi va P.Gerbikning ta'riflariga ko'ra, aralash ta'lim hech bo'lmaganda "virtual va jismoniy muhitlarning kombinatsiyasini" o'z ichiga olishi kerakligini ilmiy nuqtai nazardan ilgari suradilar.[5]

Atama soha doirasida ilk marta 1999 yili Atlantada joylashgan Interactive Learning Centres ta'lim kompaniyasi tomonidan EPIC Learning deb nomlangan press-relizda qo'llanilgan: "kompaniya hozirgi kunda 220 ta online kurslarni ishlab chiqqan, yaqin kunlarda kompaniya Blended Learning metodologiyasidan foydalangan holda o'z internet dasturlarini taklif qila boshlaydi"- deb yoziladi press-relizda [6].

Mahalliy tadqiqotchilardan L. G. Babakhodjayeva aralash ta'limga quyidagicha ta'rif beradi: Aralash ta'lim — an'anaviy kunduzgi, masofaviy va mustaqil ta'limni birlashtiruvchi o'qitish tizimi bo'lib, u o'qituvchilar, ta'lim oluvchilar va axborotning interfaol manbalarining o'zaro ta'sirlashishini qamrab oladi, doimo o'zaro aloqada bo'lgan va bir butunlikni tashkil etgan o'quv jarayoniga xos barcha komponentlar (o'qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllari, vositalari)ni aks ettiradi [7].

Shunday qilib, zamonaviy ta'lim muhitida qo'llaniladigan aralash ta'lim modelining uchta asosiy komponenti mavjud:

• kunduzgi ta'lim (yuzma-yuz) - o'qituvchi--talabaning sinfdagi an'anaviy formatidir;

• mustaqil ta'lim - talabalarning mustaqil ishlarini o'z ichiga oladi: resurs xaritasi yordamida materiallarni qidirish, tarmoqda ishlash va h.k.;

• onlayn ta'lim (onlayn hamkorlikda o'rganish) - talabalar va o'qituvchilarning onlayn ishi, masalan, Internet konferentsiyalari, Skype yoki wiki va boshqalar[8].

Dunyoda ta'lim tizimiga masofaviy ta'limning alohida shakli sifatida o'quv jarayoniga joriy etilmoqda.

Masofaviy ta'lim axborot texnologiyalari, telekomunikatsiyalar asosida kechadigan pedagogik j arayondir.

Masofaviy o'qitish bu, maxsus psixologik-pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalar muhitida, bir-biridan uzoqda bo'lgan qatnashchilarning bilvosita aloqasiga asoslangan holda bilim, malaka, ko'nikma va ularni egallash usullarini uzatish va o'zlashtirish jarayonidir [9].

Klassik ma'noda, aralash ta'lim - bu "masofadan o'qitish kursi tarkibiga faol o'qitish usullari yordamida yuzma-yuz o'rganishni kiritish orqali amalga oshiriladigan ta'lim". Bizning holatimizda, maktab o'quvchilariga aralash o'qitish tarzida o'quv darslarini o'rgatishda quyidagilarga e'tibor qaratiladi:

a) maktab o'quvchilari nazariy materiallarni masofadan turib o'zlashtiradilar, bu esa har bir o'quvchiga nazariy materialni to'liq o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan vaqtni nazariyani o'rganishga ajratishga imkon beradi;

b) nazariy materiallarni mustahkamlash uchun berilgan topshiriqlar har doim onlayn tarzda tekshiriladi. Bunday holda, o'quv fanining o'ziga xos xususiyatini o'rgatishdan foydalaniladi: dasturlash kodlarini onlayn tekshirish uchun dasturiy vositalar mavjud, bu o'qituvchiga nafaqat darsdagi topshiriqlarni tez tekshiribgina qolmay, balki o'quvchi uy vazifasini bajarayotganda test natijasini bilishi;

c) yuzma-yuz uchrashganda, maktab o'quvchilari o'rganilayotgan mavzuning asosiy darajasini o'zlashtirgan deb aytish mumkin, chunki ular nazariyani o'rganib, uni amalda mustahkamlab, asosiy vazifalarni avtomatik tekshirish tizimiga o'tkazadilar;

d) yuzma-yuz uchrashuvlarda o'rganilayotgan mavzuning murakkab jihatlari ko'rib chiqiladi;

e) har bir o'quvchi uchun individual o'quv trayektori amalga oshiriladi: bu o'quvchi materialni o'z tezligida o'zlashtirgan holda, u to'xtatgan material haqida savollar berish imkoniyatiga ega bo'lganligi tufayli mumkin;

f) vaqt o'tishi bilan o'qitishning faol usullaridan foydalanish mumkin bo'ladi. Masofaviy o'qitish jarayoni ta'lim sohasiga nafaqat zamonaviy pedagogik va axborot

texnologiyalari, balki bir qator yangi tushuncha va atamalarni olib kirdi: virtual sinf(guruh); o'qitishning ta'limoti; o'quv telekomunikatsiya loyihalari; teskari aloqa dialogli texnologiya; kompyuter aloqasi; telekonferensiya;

kordinator, moderator, telekonferensiya fasilitatorlari, tyutor[9].

Xorn va Steyker to'rtda modelning tipologiyasi bilan ishlaydi[10]. Ularning ilmiy qarashlari to'rtta o'ziga xos model asosida ajratilgan:

a) almashish modeli (Rotation Model), onlayn va o'quv xonasidagi an'anaviy o'qish boshqa ko'rinishlar bilan almashinib turadi;

b) moslashuvchan model (Flex Model), bunda talabalar asosan individual ravishda oldindan tayyorlangan jadval asosida online o'qitish bilan to'ldiriladi;

c) maxsus aralsh model (Self-blend Model), bunda o'quvchilarga dars an'anaviy mashg'ulotlar tarzida olib borilib, tashkil etilgan qo'shimcha online kurslarga kampusda ishtirok etish orqali bilimlarini mustahkamlaydilar;

d) kengaytirilgan virtual model (Enriched Virtual Model), unda ta'lim asosan oyline rejimda bo'lib, vaqti-vaqti bilan talabalar an'anaviy o'qish uchun ta'lim muassasasiga tashrif buyurishadi [3].

Mutaxassislar aralash ta'limning quyidagi afzalliklarini aniqlaydilar:

• ham sinxron, ham asinxron interaktivlik va aloqa imkoniyati;

• vaqtinchalik va cheksiz foydalanish;

• moslashuvchanlik va qulaylik;

• ta'lim mazmunining arzonligi;

• o'quvchilarning o'qishga bo'lgan ishtiyoqini oshirish;

• o'quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish[2].

Shuningdek, aralash ta'limning mazmun-mohiyati bilim olishning an'anaviy va electron/masofaviy formatlarini muvofiqlashtirish, texnik xizmat ko'rsatishdan iborat.

Aralash ta'limda o'quvchilarga masofaviy ta'lim tizimidan va o'quv manbalaridan online yoki ofline foydalanishga to'liq ruxsat beriladi. O'quvchilar bu tizimda online kutubxonalar va manbalar foydalana oladilar.

O'quvchilar nazorat ishlarining bir qismini onlayn tizimda topshirishadi. Shuningdek, tizimda o'qituvchi tomonidan guruhli muloqotlar uyushtiriladi va to'liq loyihalar amalga oshiriladi.

Aralash ta'lim modeli foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

• online rejimida o'quv materiali bilan xohlagan vaqtda tanishish.

• sinov testini topshirib bilimini sinash;

• nazorat testini topshirish;

• o'tilgan mashg'ulotlarga mos qo'shimcha manbalar bilan tanishish;

• audio va video yozuvlardan, animatsiya va simulyatsiyalardan foydalanish;

• E-mail dan foydalanish va forumlarda ishtirok etish;

• ma'ruzadan tashqari o'qituvchi-talaba va talabalar o'rtasida muloqot tashkil etish[2].

Xulosa. Maqola so'ngida adabiyotlar tahlil qilib, shunday xulosalarga kelish imkonini

berdi:

1. Umumta'lim maktablarida aralash ta'lim tushunchasining kirib kelishi ta'lim jarayonining mazmuni va shakllarining qisman o'zgarishiga ta'sir ko'rsatadi, shuningdek, ta'lim jarayonida yangi shakllarning paydo bo'lishiga sabab bo'ldi.

2. Aralash ta'limning didaktik imkoniyatlari umumta'lim maktablarida fanlarni o'zlashtirish jarayonini tezlashtiradi, shu qatorda o'quvchilarning kompyuter savodxonligini, raqamli xizmatdan foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish va boshqa ta'lim platformalaridan foydalanaish, o'quv mehnati samarasini, mustaqil o'zlashtirish samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi "Ta'lim to'g'risidagi" O'RQ 637-sonli qonuni (Law of the Republic of Uzbekistan on Education), available at: https://lex.uz/docs/-5013007

2. Allamova SH.SH.: Oliy ta'lim tizimida aralash ta'lim texnologiyalarini tahlili. Замонавий таълим/ Современное образование, 2022, 11 (120)

3. Ashurova D.: Аралаш таълим моделлари. Узбекистонда хорижий тиллар, 2021, №. 1(36),115-127

4. Mingbaeva B.U. "Aktual'nye problemy doshkol'nogo i nachal'nogo obrazovaniya" (Actual problems of preschool and primary education), interuniversity scientific and practical conference, Bukhoro, 2019, pp. 305.

5. Stacey E., Gerbic P. Success Factors for Blended Learning avaible at: http://www.ascilite.org/conferences/melbourne08/procs/stacey.pdf (reqest date:5.06.2020)

6. FriensenN. Blended Learning, Avgust 2012, avaible at: https://www.normfriesen.info/papers/Defining Blended LearningNF.pdf (request date:21.06.2020)

7. Babaxodjaeva L.G. Talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirish jarayonida aralash ta'lim modelini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari, avtoreferat. — T.: CHDPU, 2021. — 16 b.

8. Костина, Е. В. Модель смешанного обучения (Blended Learning) и ее использование в преподавании иностранных языков // Известия высших учебных заведений, 2010. № 2(1). C. 14

9. R.Mavlonova, N.Voxidova, N.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. -T.:"Fan va texnologiya ", 278 bet.

10. Staker H., Horm M. B. Classifyying K-12. Blended Learning. A vaible at: https://www.christenseninstitute.org/wp-content/uploads/2013/04/Classifying -K-12-blended-learning.pdf

11. Graham C. R. Blended learning systems: Definition, current trends, and future directions. In: Bonk C. J., Graham C. R. The handbook of blended learning: Global perspectives, local designs. San Francisco, CA: Pfeiffer Publishing; 2006. p. 3-21

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.