Научная статья на тему '“BLENDED LEARNING” – ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASI'

“BLENDED LEARNING” – ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
327
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Blended learning / elektron ta’lim / aralash ta’lim bosqichlari / faol talaba / face to face usuli. / Blended learning / e-learning / mixed learning stages / active student / face to face method.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sobirova, Moxira Rasulovna

Ta’lim tizimida yangi ta’lim texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Blended learning ta’limni tashkil etishning an’anaviy modelidan yangi modelga o‘tish mexanizmlaridan biri sifatida talabaning shaxsiy rivojlanishi uchun zarur shart –sharoitlarni ta’minlaydi. Ushbu maqolada Blended learning tushunchasi, aralash ta’limdan foydalanishning afzallikliklari, o‘ziga xosliklari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BLENDED LEARNING MODERN EDUCATIONAL TECHNOLOGY

The use of new educational technologies is important in the education system. Blended learning as one of the mechanisms of transition from the traditional model of education to the new model provides the necessary conditions for the personal development of the student. This article discusses the concept of Blended learning, the advantages and disadvantages of using mixed education.

Текст научной работы на тему «“BLENDED LEARNING” – ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"BLENDED LEARNING" - ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYASI

Moxira Rasulovna Sobirova

BuxDUPI Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi magistranti

Ta'lim tizimida yangi ta'lim texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Blended learning ta 'limni tashkil etishning an 'anaviy modelidan yangi modelga o 'tish mexanizmlaridan biri sifatida talabaning shaxsiy rivojlanishi uchun zarur shart -sharoitlarni ta'minlaydi. Ushbu maqolada Blended learning tushunchasi, aralash ta'limdan foydalanishning afzallikliklari, o'ziga xosliklari haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Blended learning, elektron ta'lim, aralash ta'lim bosqichlari, faol talaba, face to face usuli.

BLENDED LEARNING - MODERN EDUCATIONAL TECHNOLOGY

Sobirova Mokhira Rasulovna

Master's degree in Pedagogy and Psychology, Pedagogical Institute,

Bukhara State University

The use of new educational technologies is important in the education system. Blended learning as one of the mechanisms of transition from the traditional model of education to the new model provides the necessary conditions for the personal development of the student. This article discusses the concept of Blended learning, the advantages and disadvantages of using mixed education.

Keywords: Blended learning, e-learning, mixed learning stages, active student, face to face method.

Mamlakatimizda, xususan, ta'lim sohasida raqamli texnologiyalarning qo'llanilishi bir qancha o'ziga xos qulayliklarni yaratmoqda. Ta'lim tizimini isloh qilish, ta'lim sohasida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars o'tish bugungi kun talabi sanaladi. Bugungi kun o'qituvchisi bir joyda qotib qolmasdan dars o'tishning yangi usullarini qidirib topishi, mashg'ulotlarni turli xildagi zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan boyitishi, dars jarayonini barcha uchun qiziqarli, maroqli, qulay, tushunarli va natijaviy bo'lishini ta'minlashi kerak.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Aralash ta'lim-turli xil ta'lim turlarini integratsiyalashni o'z ichiga olgan ta'lim formati bo'lib, masalan, an'anaviy ta'limda auditoriyalarda, laboratoriyalarda va onlayn ta'limda mustaqil o'qish demakdir. Aralash ta'lim talabalarga masofaviy ta'lim tizimidan va o'quv materiallaridan foydalanishga to'liq ruxsat beriladi. Bu tizimda online kutubxonalar va manbalar mavjud. Talabalar bir qism nazorat ishlarini talabalar on-layn tizimida topshirishadi. Shuningdek, tizimda guruhli muloqotlar uyushtiriladi va turli loyihalarni amalga oshiriladi.

Elektron ta'limning an'anaviy ta'limdan farqli jihatlari quyidagilar:

-I- talabaga kamroq tushuntiriladi, talaba ko'proq mustaqil shug'ullanadi;

-I- o'qituvchi va boshqa talabalar bilan muloqot cheklanmagan bo'ladi.

4- asosiy muloqot vositalari - chat, forum va elektron pochtadan foydalaniladi.

-I- shuningdek, "virtual elektron sinf' ham mavjud.

-I- o'qituvchi ma'ruza o'qishi, virtual seminarlar o'tkazishi mumkin.

-I- guruhli mashg'ulotlarga jiddiy e'tibor qaratiladi, chunki talaba o'zini kompyuterga mixlangandek his qilmasligi va hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini egallashi kerak.

fan materiallari interfaol shaklda: matn, audio, video shaklida beriladi, bu materiallar turli rasmlar, grafiklar, sxemalar, animatsiyalar, simulyatsiyalar, fotolar, manbalarga havolalar bilan to'ldiriladi;

-I- talabalarning bilimlari test topshirish, guruhli loyihalar ishlash, esse yozish, ma'ruza va referatlar yozish, nazorat ishlarini bajarish kabi shakllarda nazorat qilinadi;

4- ma'lumot almashish tizimi - fayl jo'natish va qabul qilish shaklida bo'ladi. O'qituvchiga jo'natilgan ma'lumotlar yaxshilab tekshirilgandan so'ng, shaxsiy mulohazalar, tavsiyalar yoki baho shaklida qaytariladi.

Elektron o'quv modeli ancha moslashuvchan hisoblanadi. Transport, vaqt, joy muammolari deyarli yo'q. O'quv materiali o'ta aniq tuzilgan bo'ladi (chunki talaba mustaqil ravishda o'zi shug'ullanadi). O'zini o'zi nazorat qilish va o'z ishini tashkil qilish ko'nikmalari juda muhim. Asosan katta yoshlilar uchun tavsiya etiladi.

Talaba yosh bo'lsa demak, uni oddiy usulda o'qitish kerak, degan fikr noto'g'ri, albatta. Avstraliyalik ish beruvchilar on-line va blended-learning usulida ta'lim olgan talabalarni ko'proq ishga olishar ekan. Chunki ular, nafaqat kompyuter texnologiyalarini yaxshi bilishar ekan, balki ulardan mustaqil shug'ullanish va hamkorlikda ishlash ko'nikmalari kuchli rivojlangan bo'lar ekan. Shu sababli, ba'zi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

AQSh va Yevropa davlatlarida maktab va kollejlarni blended-learning tizimiga o'tkazishga qiziqish tobora ortmoqda. Uning o'ziga xosliklari quyidagicha:

Ma'ruza mashg'ulotlari. Mashg'ulotlar uchun materiallar to'liq berib boriladi, taqdimotlar ham bo'ladi, chunki talaba mustaqil shug'ullanishi uchun o'quv materiallari bilan yetarli darajada ta'minlanishi zarur.

Seminar mashg'ulotlari (face-to-face sessions). Ular ma'ruzalarga qo'shib olib borilishi mumkin. Seminar mashg'ulotlari eng qiziqarli, munozalarlarga boy mavzularni o'zlashtirishda va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishda qo'llaniladi.

Fanning o'quv materiallari (darslik va uslubiy qo'llanmalar). Ular ham qog'oz, ham elektron shaklda mavjud bo'ladi. Elektron shakli qog'oz shakliga qaraganda mazmuni ancha boy, qiziqarli va o'zlashtirishga qulay bo'ladi.

On-line muloqot. Bu yangi turdagi muloqot hisoblanadi. Ular odatda chat, forum, e-mail shaklida bo'ladi. Ular orqali talabalar o'zaro muloqot qilishadi va hamkorlikda ishlashadi. O'qituvchiga xohlagan vaqtda savol berish va qisqa muddatlarda javob olish imkoni bo'ladi. Bilim olishda boshqa talabalar bilan maslahatlashib ishlash juda katta yutuqlarga olib keladi.

Yakka tartibdagi va guruhli on-line loyihalar. Bunday loyihalar Internetda ishlash, turli manbalardagi axborotlarni tahlil qilish, guruh bilan kelishib ishlash, vazifalarni bajarish bo'yicha mas'uliyat va vazifalarni birgalikda taqsimlash ko'nikmalarini shakllantiradi (hamkorlikda). Hozirgi vaqtda ko'pchilik Yevropa kompaniyalari collaboration usulidan kundalik faoliyatida keng foydalanishadi.

Virtual sinf xonasi. Bunda turli Internet aloqa vositalari yordamida, shuningdek, talabalar bevosita o'qituvchi bilan yuzma-yuz uchrashishi, muloqot qilishi mumkin. Bu talabalarga muayyan erkinlik beradi.

Audio va video ma'ruzalar, animatsiya va simulyatsiyalar. Bular aralash ta'limning yanada oddiy, boy va qiziqarli bo'lishini ta'minlaydi. Yuqorida keltirilgan ma'lumotlar, blended learningning o'ta moslashuvchan tizim ekanligini ko'rsatadi.

Ma'ruza darsida ma'lumotlar qisqa beriladi va havola etilgan manbalarda juda ko'plab qiziqarli materiallar, sinov va imtihonlarni topshirish uchun zarur topshiriqlar bo'ladi. Ma'ruzalar asosan Power Point taqdimotlari shaklida bo'ladi.

Darslarning bir qismi on-line rejimida bo'ladi. Bunda materiallarni talabalar yakka tartibda mustaqil yoki guruh bo'lib o'zlari o'zlashtirishlari zarur. On-line darslar savol-javob tarzida bo'lishi mumkin. Ishlangan ma'lumotlar o'qituvchiga fayl tarzida yuboriladi va o'qituvchi tomonidan baholanib qaytariladi. Muddatidan kechikkan ishlarni o'qituvchi qabul qilmaslikka haqlidir. Nazorat ishlari o'qituvchi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nazorati ostida ham o'tkazilishi mumkin. Yakuniy imtihonlar sinfda o'tkaziladi. Xullas, Blended learning talabalarni o'z faoliyatlarini tashkil qilishga o'rgatadi.

Blended learning usulida turli texnologiyalar va vositalar axborotning o'quv materialiga kiritilishiga yordam beradi. Internet esa har bir elementning o'z o'rnida ishlatilishiga imkon beradi. Talaba ma'lumotlarni xohlasa kitobdan, xohlasa internetdan o'zi uchun qulay vaqtda, joyda o'qishi mumkin. Video-ma'ruzalar passiv, o'qish esa faol jarayon hisoblanadi. Asosiy matnga qo'shimcha qilib turli maqolalar, hisobotlar ilova qilinishi mumkin. Ba'zan talabalardan axborotni o'zlari izlashlari talab etiladi. Agar ular mos axborotni topa olishmasa, o'qituvchining o'zi axborotlarni web-saytiga joylab qo'yadi. Matnlar HTML, DOC, AVI, MP3 formatlarida berilishi ham mumkin.

Rasmlardan matnlarni qulay va mantiqli bo'lish uchun foydalaniladi. Biroq, rasmlar qo'llanilganda, axborotni yuklash muammosi paydo bo'ladi. Shu sababli, ular Internetga yuklash qulay bo'lgan formatlarda chop etiladi (JPEG, GIF va h.k.)

Aralash ta'limda talabalarni qiziqtirishi uchun ma'lumotlar aniq strukturaga ega bo'ladi. Har bir mashg'ulot 3 qismdan - dastlabki, hozirgi va keyingi bosqichlardan iborat bo'ladi.

"Hozirgi" bosqichi bevosita muloqot qilinadi (seminar, forum va h.k.). Bu jarayonda o'qituvchi talabalarning berilgan mavzu bo'yicha savollarini va izohlarini kuzatib boradi. Bu bosqichda o'qituvchi xohlasa, ma'ruza shaklida ma'lumotlarni bayon qilib berishi ham mumkin. Talaba "hozirgi" bosqichga tayyor bo'lishi uchun u oldingi darsning materialini to'liq o'zlashtirgan bo'lishi mumkin. Dars yakunida materiallar testlar, savollar va amaliy masalalar yordamida mustahkamlanadi.

"Dastlabki" bosqichda talaba o'qituvchi yoki boshqa talabalar bilan birgalikda muloqotga, darsga tayyorlanadi. Buning uchun o'qituvchi albatta biror topshiriq berishi zarur. Shunday qilinsa, dars vaqtida ortiqcha takrorlanishlar bo'lmaydi va mashg'ulot samarali bo'ladi. Shunda talabalar dars vaqtida faqat ma'lumot olibgina qolmasdan, murakkab masalalarni yaxshi tushunib oladi.

"Keyingi" bosqichda bevosita muloqot qilinadi (seminar, forum va h.k.). Bu jarayonda o'qituvchi talaba dars materialini mustahkamlaydi (test, uy ishi va h.k.). O'qituvchi avval talabalarning savollariga javob beradi va keyin bajarilgan ishlargi izoh beradi. Bunda u talabalarni keyingi mavzuga qiziqtirib yo'naltiradi.

Shunday qilib, bu bosqichlar har bir darsda takrorlanadi. Talabalar shunday yo'l bilan ortiqcha muhokamalarga, keraksiz va oldindan ma'lum materiallarni takror tinglashga vaqtlarini ketkazmasdan darslarda amaliy ish, muloqot, loyihalarni ishlash

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

uchun ko'proq vaqt to'plashadi. Ma'lumotni ajrata bilish, mustaqil ishlash, nazariy bilimlarni amalda qo'llay olish kabi ko'nikmalarni orttirishadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Faol talaba (Active Student) tushunchasi Blended learning tuzilmasining eng zarur elementi hisoblanadi. Hozirda bunday atama bilan Yevropada Blended learning tizimida o'qiydigan talabalarni atashadi. Bunday modellarda o'qiydigan talabaning faoliyati taxminan 50% mustaqil ishdan (materialni o'zlashtirish, forum va chatlarda ishlash, e-mail orqali muloqot va h.k.) iborat bo'ladi.

An'anaviy ta'limda talabani o'qitishadi, blended learningda esa - o'qishga o'rgatishadi, mustaqil faoliyatini tashkil qilishadi.

An'anaviy ta'limda markazda - o'qutuvchi (teacher-centered), blended learningda esa talaba (student-centered) markazda bo'ladi. Bunda talaba ko'p ishlaydi va muvaffaqiyatlari uning o'ziga bog'liq. Talaba o'quv jarayoniga tuzatish kiritishi va o'zgartirishi ham mumkin.

O'zlashtirishni baholash eng e'tibor qaratiladigan qism hisoblanadi. Chunki yaxshi baho olish - asosiy maqsad sanaladi. O'qituvchilar uchun bu ko'rsatkich talabalarning qanchalik rivojlanganligini anglatadi. An'anaviy ta'limdan farqli ravishda blended learningda nazorat biroz boshqacharoq bo'ladi. Eng avvalo ish guruhli tarzda bajariladi, on-line muloqotlar juda ko'p bo'ladi. Guruhning umumkiy bahosi barcha talabalarning baholarining yig'indisiga teng. Bunda har bir talabaning forumdagi ishtiroki haqidagi hisobot inobatga olinadi. O'qituvchi talabadan o'zining forumga tegishli e-mail ma'lumotlari nusxasini yuborishni so'rashi mumkin. Loyiha ikki qismdan iborat bo'lishi mumkin: yakka va guruh bo'lib bajariladigan. Guruh ballari talabalarga forumdagi ishtirokiga qarab bo'linadi.

Har bir o'qituvchi o'z bilganicha yakka ishlash va guruh bo'lib ishlash bo'yicha 100 ballik tizimda baholarni qo'yadi. O'qituvchining baholari on-line tizimida barchaga ochiq ko'rinadi. Biroq, kompyuter baho qo'yganda xatoliklar bo'lib turadi. Kompyuter nazoratidan o'rgatuvchi dasturlarda va joriy nazoratlarda test va fill-in-blank, obyektlarni saralash, o'yin va h.k. usullarida foydalaniladi.

Xulosa o'mida shuni aytish mumkinki, zamonaviy ta'lim jarayonida aralash ta'limni qo'llash obyektiv hamda kommunikativ sohalarda ijobiy natijalarga erishishga yordam beradi. Bunday ta'lim nafaqat kasbiy mahorat darajasini oshirishga, balki talabalarning mavjud axborot ta'lim resurslaridan foydalanishga,

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'qituvchi bilan sifatli hamkorlik qilishga, birgalikdagi faoliyat hamda muloqotga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Абрамова Я.К. Смешанное обучение как инновационная образовательная технология // Перспективы развития информационных технологий.

2. Абрамова С.В., Бояров Е.Н., Станкевич П.В. реализация смешанного обучения в современном образовательном процессе // Современные проблемы науки и образования. - 2020

3. Bonk C.J. & Graham C.R. Handbook of blended learning: Global Perspectives, local designs. - San Francisco, CA: Pfeiffer Publishing, 2005.

4. Means, B., Toyama, Y., Murphy, R., Bakia, M., & Jones, K. (2010, September). Evaluation of Evidence- Based Practices in Online Learning: A Meta-Analysis and Review of Online Learning Studies

5. Alammary A., Sheard J., Caebone A.Blended learning in higher education: Three different design approaches // Australasian Journal of Educational Technology.2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.