Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIDA FIZIKA FANINI MODULLI TEXNOLOGIYA ASOSIDA O`QITISH'

OLIY TA’LIM TIZIMIDA FIZIKA FANINI MODULLI TEXNOLOGIYA ASOSIDA O`QITISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
594
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
modulli ta`lim / modulli texnologiya / mustaqil ta`lim / elektron muloqot / pedagogik nazariya / modulning maqsadi / o`qitishning uzluksizligi / individuallashtirish / optimallashtirish / sub`yekt / modulli boshqaruv / didaktik maqsad / modulli dastur / sillabus / muammoli ma`ruza / strukturalash / tizimlash / virtual tajriba / aqliy hujum / muammoli muloqotlar / evristik suhbat. / modular education / modular technology / independent learning / electronic communication / pedagogical theory / purpose of the module / continuity of teaching / individualization / optimization / subject / modular management / didactic purpose / modular program / syllabus / problem speech / structuring / systematization / virtual experience / mental attack / problem communication / heuristic conversation.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ashurmatov R, Haqnazarov S, Ikomxonov E.

ushbu maqola modulli ta`lim texnologiyasining fizika faniga tadbiqiga bag`ishlangan bo`lib, modulli texnologiyaning qanday ta`lim texnologiyasi ekanligi, aynan Oliy ta’lim tizimida fizika faniga qo`llagandagi asosiy jihatlar, uning afzalliklari, mustaqil ta`limni rivojlantirishdagi o`rni sanab o`tilgan va xulosalar bilan yakunlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING PHYSICS IN MODERN TECHNOLOGY IN HIGHER EDUCATION SYSTEM

This article is devoted to the application of modular educational technology to physics, what is the educational technology of modular technology, the main aspects of its application in physics in higher education, its advantages, the development of independent learning The list is listed and concluded with conclusions.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIDA FIZIKA FANINI MODULLI TEXNOLOGIYA ASOSIDA O`QITISH»

Scientific Journal Impact Factor

OLIY TA'LIM TIZIMIDA FIZIKA FANINI MODULLI TEXNOLOGIYA

TKTI Yangiyer filiali, "Umumiy fanlar" kafedrasi assistenti

Haqnazarov S

TKTI Yangiyer filiali, "Umumiy fanlar" kafedrasi assistenti

Ikomxonov E. O'zFA Y adro fizika instituti, stajyor-tadqiqotchisi

Annotatsiya: ushbu maqola modulli talim texnologiyasining fizika faniga tadbiqiga bag^ishlangan bolib, modulli texnologiyaning qanday talim texnologiyasi ekanligi, aynan Oliy ta 'lim tizimida fizika faniga qollagandagi asosiy jihatlar, uning afzalliklari, mustaqil talimni rivojlantirishdagi o^rni sanab o^tilgan va xulosalar bilan yakunlangan.

Kalit so zlar: modulli talim, modulli texnologiya, mustaqil talim, elektron muloqot, pedagogik nazariya, modulning maqsadi, o^qitishning uzluksizligi, individuallashtirish, optimallashtirish, sub^yekt, modulli boshqaruv, didaktikmaqsad, modulli dastur, sillabus, muammoli ma^ruza, strukturalash, tizimlash, virtual tajriba, aqliy hujum, muammoli muloqotlar, evristik suhbat.

TEACHING PHYSICS IN MODERN TECHNOLOGY IN HIGHER

Yangiyer branch of TKTI, assistant of the department "General sciences"

Yangiyer branch of TKTI, assistant of the department "General sciences"

Annotation: This article is devoted to the application of modular educational technology to physics, what is the educational technology of modular technology, the main aspects of its application in physics in higher education, its advantages, the development of independent learning The list is listed and concluded with conclusions.

Keywords: modular education, modular technology, independent learning, electronic communication, pedagogical theory, purpose of the module, continuity of teaching, individualization, optimization, subject, modular management, didactic

ASOSIDA OQITISH Ashurmatov R

EDUCATION SYSTEM Ashurmatov R.

Haknazarov S.

Ikomkhonov E.

Trainee researcher at the Institute of Nuclear Physics of the Academy of Sciences of Uzbekistan

Scientific Journal Impact Factor

purpose, modular program, syllabus , problem speech, structuring, systematization, virtual experience, mental attack, problem communication, heuristic conversation.

ПРЕПОДАВАНИЕ ФИЗИКИ СОВРЕМЕННЫМИ ТЕХНОЛОГИЯМИ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ

Ашурматов Р

Янгиерский филиал ТКТИ, ассистент кафедры «Общие науки»

Хакназаров С

Янгиерский филиал ТКТИ, ассистент кафедры «Общие науки»

Икомхонов Э.

Узбекский институт ядерной физики, стажер-исследователь Аннотация: Статья посвящена применению модульной образовательной технологии в физике, что такое образовательная технология модульной технологии, основным аспектам ее применения в физике в высшей школе, ее преимуществам, развитию самостоятельного обучения. заключил с выводами.

Ключевые слова: модульное обучение, модульная технология, самостоятельное обучение, электронная коммуникация, педагогическая теория, цель модуля, непрерывность обучения, индивидуализация, оптимизация, предмет, модульное управление, дидактическая цель, модульная программа, учебная программа, проблемная речь, структурирование, систематизация, виртуальный опыт, мозговой штурм, проблемное общение, эвристический разговор.

Modulli talim texnologiyasi bu, talabalar tomonidan bilimlarni mustaqil tarzda o'zlashtirishga, o'qituvchi esa ularning o'quv faoliyatini, elektron muloqot orqali, boshqarib borishiga asoslangan bo'ladi. Ushbu jarayonda o'qituvchi talabalarni o'quv faoliyatiga yo'naltirishi, ularda ushbu faoliyatga nisbatan qiziqishni hosil qilishi, mustaqil o'quv faoliyatini tashkil etishi, muvofiqlashtirishi va oz o'rnida maslahatlar berib borishi lozim. Ushbu texnologiya zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalaridan, internet tizimidan foydalanish bilan birgalikda pedagogik nazariya va amaliyotda to'plangan barcha ilg'or tajribalarni ozida muj assamlashtiradi [ 1 ].

Ushbu texnologiyaning biror bir fanga va qanday talim muassasasida o'qitilishidagi tadbiqiga keladigan bo'lsak, masalan fizika fanining TKTI Yangiyer filiali "Texnologik mashina va jihozlar" yo'nalishida o'qitilishiga, ushbu yo'nalishda fizika fani umumtalim fani sifatida o qitilib, soat nisbatan kam ajratilgan, jami

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

soatlar soni 90 soat bo'lib, dars turlariga keladigan bo'lsak 30 ta ma'ruza, 30 ta amaliy va 30 ta laboratoriya mashg'ulotlaridan iborat xolos. Fizika fanining 5 ta bo'limdan tashkil topganligini va fanning ushbu sohadagi yuksak ahamiyatini inobatga oladigan bo'lsak ajratilgan vaqtning nihoyatda kamligi yaqqol ko'rinadi. Ushbu soatlar hajmida butun bir fanni o'zlashtirish uchun fanning kattagina qismini mustaqil o'zlashtirishga to'g'ri keladi va aynan shu joyda modulli o'qitish texnologiyasi yordamga kelishi mumkin. Bularda kelib chiqadiki, demak, ma'ruza mashg'ulotlarida modulning maqsadi, uning qanday mavzulardan tashkil topganligi, ulardagi asosiy fizik qonuniyatlar, muhim fizik jarayonlar, muhim effektlar sanab o'tiladi va barchasining ushbu sohada ishlatilishi ustida to'xtalinadi, qanday adabiyotlardan foydalanish keltirib o'tiladi, mavzu bo'yicha namunaviy texnik masalarni yechib ko'rsatilib, mustaqil ishlanishi lozim bo'lgan masalalar beriladi, shu bilan birgalikda modul mavzulariga oid qanday virtual laboratoriya ishlari mavjudligi va ularni qanday manzillardan olish mumkinligi keltiriladi. Natijada talabalar tomonidan bitta modul bo'yicha faqat bitta laboratoriya ishi emas, bir qancha laboratoriya ishini bajarish mumkin bo'lsa, amaliy mashg'ulot bo'yicha bir nechta masala emas, bir necha on ta masala yechish mumkin bo'ladi[2].

Mazkur tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, mantiqiylik, analiz, sentiz metodlaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada Oliy ta'lim tizimida fizika fanini modulli texnologiya asosida o'qitish mexanizmlari qiyosiy tahlil qilib o'tildi. Bugungi kundagi innovatsion ta'lim metodlarining rivojlantirish bosqichlari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Bugungi kunda Oliy ta'lim sohasidagi qonunlar metodologik manba sifatida olindi

Modulli o'qitishda bularning barchasi o'qituvchi bilan elektron muloqot tarzida olib borilib, ma'ruza materiallari bo'yicha, masala yechishlar bo'yicha, laboratoriya ishlarini bajarishda tushunish qiyin bo'lgan joylarda yordam olinib, yanada mustaqil bilim olishni, mustaqil masalalar yechishni, mustaqil laboratoriya ishlarini bajarishni davom ettirish mumkin.

Fanning xususiyatidan kelib chiqib, fanni tushuntiruv apparatining qat'iy tizimli tahlili asosida eng samarali modul tuziladi. Ushbu ta'lim muassasasida fanni o'qitish 15 tagina ma'ruza darslariga tayanilgan bo'lgani uchun ham ayrim hollarda fizikaning bitta bo'limi bitta ma'ruza bilan qamrab olinishi, xuddi shunday butun bir bo'lim bo'yicha yechiladigan masalalar ham bitta amaliy mashg'ulot darsida ko'rib chiqilishi kerak bo'ladi, laboratoriya mashg'ulotiga keladigan bo'lsak, bunda ham faqat bitta laboratoriya ishi bilan chegaralanishga to'g'ri kelinadi. Bu bilan esa biz bu

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

kabi keng qamrovli fanning, hech bo'lmaganda, ushbu sohada muhim ahamiyat kasb etadigan qonuniyatlari, jarayonlari va hodisalarini ko'rib chiqishga ulgurmaymiz, albatta. Shundan kelib chiqib, xuddi mana shu joyda fanning o qitilishiga modulli texnologiyani qo'llasak, vaziyatdan bir qism chiqishimiz imkonini beradi. Zero, modul alohida guruhlangan mavzular bo'yicha tuzilishi lozim bo'lganini inobatga oladigan bo'lsak, ushbu ta'lim muassasasida mavzular tabiiy guruhlangan, ya'ni bir xil fizik jarayonlar bitta mavzuga birlashtirilgan holda o qitiladi, masalan "Tebranishlar va tolqinlar" mavzusini oladigan bo'lsak, bunda mexanik tebranishlar va to'lqinlardan boshlab, elektromagnit tebranishlar va to'lqinlargacha va hatto tovush tebranishlari va to'lqinlarini ham o'zida qamrab olgan. Bu esa modul tuzish uchun ayni muddao.

Modulli o'qitishda o'qitishning uzluksizligini ta'minlash, o'qitishni individuallashtirish, materialni mustaqil o'zlashtirish uchun shart-sharoit yaratish, o'qitishni jadallashtirish, fanni samarali o'zlashtirishga alohida e'tibor qaratiladi. Shu bilan birgalikda talabalarning o'z qobiliyatiga ko'ra bilim olishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi. O'qitishning samaradorligi esa quyidagi omillarga bog'liq bo'ladi: o'quv muassasasining moddiy-texnik bazasiga, professor-o'qituvchilarning malakaviy darajasiga, adabiyotlar bilan ta'minlanganligiga, didaktik materiallarning ishlab chiqilishiga, ko'zlangan natijalarni o'z vaqtida baholashga, natijalarning tahliliga va modullarni optimallashtirishga.

Modulli o'qitishda talaba va o'qituvchi orasidagi muloqotning shakli o'zgaradi. U modul hamda shaxsiy individual muloqot, yani sub'yekt-sub'yekt shaklida amalga oshadi. Talaba o'quv jarayonining aksariyat qismida mustaqil ishlaydi. Ular o'z faoliyatlarini rejalashtirish, mustaqil tashkil etish, nazorat qilish va baholashga o'rganadilar. O'qituvchi ham talabalarning o'quv-biluv faoliyatlarini modulli boshqarish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ushbu boshqaruv muayyan maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi. Yozma tarzidagi aniq modullar o'qituvchilarga talabalar faoliyatini individuallashtirish imkonini beradi. Bu o'rinda yakka tartibdagi maslahatlar berish, yordam ko'lamini kengaytirish imkoniyatlari ham paydo bo'ladi. Buning uchun o'qituvchilar modulli dasturga ega bo'lishlari kerak. Ushbu dastur didaktik maqsadlar va modullar majmuidan iborat bo'lishi lozim. Modullar esa qo'yilgan maqsadga erishishni ta'minlashga xizmat qilishi zarur. Didaktik maqsad esa ikkita darajaga ega bo'ladi: talabalarning o'quv materialini o'zlashtirishlari va o'zlashtirilgan bilimlardan kelgusidagi amaliy faoliyatlarida foydalana olishlari.

Oliy ta'lim muassasalari o'quv-metodik majmualari moduli bo'yicha quyidagi o'quv materiallari tayyorlanishlari lozim: sillabus, modulni o'zlashtirishdagi maqsad, modul bilan ishlashdagi metodik tavsiyalar, nazariy axborot banki va tayanch

Scientific Journal Impact Factor

tushunchalar, amaliy va laboratoriya mashgulotlari mazmuni, topshiriqlar va ularni bajarishga yordam beruvchi tavsiyalar, joriy nazorat topshiriqlari, individual holda bajariladigan mustaqil topshiriqlar, talabalar bilimini nazorat qilish uchun testlar, oz-o'zini tekshirish uchun savollar, talaba yig ishi mumkin bo'lgan reyting ballari. Har bir modul test sinovlari bilan tugallanadi[3],

Har qaysi modul uchun adabiyotlar, tarqatma va tasvirli materiallar toplami tuziladi va ular talabaga mashg'ulotdan oldin elektron shaklda beriladi. Har bir talaba materiallarni o'zlashtira borib, bir moduldan keyingisiga o'tadi. Iqtidorli talabalar boshqalarga bog'liq bo'lmasdan test sinovlaridan o'tishi mumkin. Modulli o'qitishda har bir modul bo yicha umumlashtiruvchi axborotlar beruvchi muammoli va yo'naltiruvchi maruzalar o'qilishini talab qiladi. Maruzalar talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilmog'i lozim. Modulning amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari maruzalar bilan birga tuziladi, ular eng avvalo, ma ruzalar mazmunini yangi materiallar bilan to ldiradi, qolaversa ma ruzada berilgan nazariy bilimlarning amalda qo'llanilishini masala va misollar yechish va tajriba ishlarini bajarish orqali texnik masalalarning nazariy va eksperimental yechimiga ozlarida konikmani shakllantirib boradi. Undan tashqari, amaliy mashg'ulotlar kelgusida ular tomonidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining nazariy tomoniga, laboratoriya ishlarini, natijalarga statistik ishlov berish, laboratoriya ishini ilmiy xulosalar bilan tugatishga o'rganib borish orqali ilmiy-tajribaviy ishlarga konikmani shakllantirib boradi.

Maruzalar matnini tayyorlashda, strukturalash va tizimlash usullarini qo'llab, materialning blok-sxema, rasmlar bloki va virtual tajribalarni kiritgan holda taqdim etilishi maqsadga muvofiq bo'ladi, materialning o'zlashtirish samaradorligi oshadi. Natijada: modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi, o'quv materialining elementlari orasidagi bog'lanishlar yaqqol ko'rinib turadi, o'quv materialining butun hajmi talabaning koz o'ngida gavdalanadi va eng muhimi har bir fizik qonuniyat, fizik jarayonning ushbu sohada ishlatilishi haqida tasavvur hosil bo'ladi. Bu esa dars mashg'ulotiga bo'lgan motivatsiyani shakllantiradi.

Modul tizimida o'quv materialining mazmunini strukturalashda eng avvalo axborotni ixchamlashtirish vazifasi qo'yiladi. Bilimlardan tola foydalanish uchun material qulay holda taqdim etilishiga harakat qilinadi. Axborot bir vaqtning ozida bir necha xil-rasmli, sonli, belgili, virtual va og'zaki ko'rinishda berilganida eng mustahkam ozlashtirishga erishiladi. Rasmlarda turli xil texnik qurilmalarda fizik jarayonlarning kechishi virtual shaklida berilishi qurilmaning ishlashidagi fizik jarayonning ahamiyatini anglab yetishga yordam bersa, rasmlardagi grafiklar bir fizik kattalikning ikkinchisiga yoki bir nechtasiga funksional bog'liqligini tasvirlaydi va bu

Scientific Journal Impact Factor

bilan ilmiy ishlarga debocha shakllantiriladi. Shu bilan birgalikda har bir modul uchun atamalarning izohli lugatini tuzish maqsadga muvofiq hisoblanadi[4],

Modulli texnologiyaning samaradorligini oshirish uchun o'qitishning quyidagi interfaol usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq: aqliy hujum, muammoli muloqotlar, evristik suhbatlar, o'quv o'yinlari, o'quv loyihalar, savolli va topshiriqli keyslar va boshqalar.

Modulli o'qitishning quyidagi afzalliklari namoyon bo'ladi: modullararo uzluksizlik va fanning modulli tuzilish tarkibining moslashuvchanligi ta'minlanadi, talabalarning o'zlashtirishi muntazam va samarali nazorat qilinadi, talabalarning qobiliyatiga ko'ra tabaqalanishi amalga oshadi, axborotni ixchamlashtirish natijasida o'qitish jarayoni jadallashadi va o'quv vaqti tarkibi, ma'ruzaviy, amaliy, tajribaviy mashg'ulotlar, individual va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlar optimallashadi[5].

Xulosa qilib shularni aytish mumkinki, modulli texnologiya ta'limi bu mustaqil ta'lim bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ushbu shaklda o'qitish avvalo mustaqil ta'limga ko'nikmani shakllantiradi. Mustaqil ta'lim haqida esa quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

-Har bir inson ta'lim olar ekan unda mustaqil ta'limning ahamiyatini to'la anglab yetmog'i lozim;

-Mustaqil ta'lim har bir kishining dunyoqarashini kengaytiradi; -Mustaqil ta'lim olam haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi;

-Mustaqil ta'lim har bir o'smir va yoshlarning intellectual qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi;

-Mustaqil ta'lim, yoshlar tomonidan fanning o'zlari xoxlagan yo'nalishi bo'yicha, chuqur bilim olishiga hamda ushbu yo'nalish bo'icha keyinchalik salohiyatli mutaxassis bo'lib yetishishiga yordam beradi;

-Mustaqil ta'lim, yoshlar tomonidan o'zlari xoxlagan yo'nalishlar va mavzular bo'yicha keyinchalik ilmiy salohiyatini rivojlantirib borishi yo'lida ushbu mavzuni ilmiy ishlar darajasida davom ettirishiga asos bo'lib xizmat qiladi; -Ta'lim tizimimizda mustaqil ta'limga bo'lgan e'tiborni kuchaytirishga alohida ahamiyat berish zarur;

-Har bir o'qituvchi, dars berar ekan, mustaqil ta'limga bo'lgan e'tiborni kuchaytirishi, unga talabchanlik bilan yondoshmog'i lozim;

-Har bir yosh ta'lim olishga kirishar ekan, avvalo o'zida mustaqil ta'limga bo'lgan ko'nikmani shakllantirishi kerak bo'ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Scientific Journal Impact Factor

Ushbu modulli tizim doirasida aynan fizika fani bo'yicha mustaqil ta'limga to'xtaladigan bo'lsak:

-Fan qamrovining nihoyatda kengligini inobatga olgan holda bo'lsa ham mustaqil ta'limga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish zarur bo'ladi;

-Fizika fanining texnologik sohadagi ahamiyatini inobatga olgan holda esa mustaqil talimga e'tibor yanada kuchaytirilishi lozim;

-Fizika fani bo'yicha dars mashg'ulotlari hajmining nisbatan kamligidan kelib chiqadigan bo'lsak, mustaqil ta'limning ahamiyati yanada ortishi tabiiy hol.

Fanning o'qitilishidagi mashg'ulot turlaridan kelib chiqib aytadigan bo'lsak:

-ma'ruza darslariga tayyorgarlik jarayonlarida, hech bo'lmaganda, har bir mavzuning texnikaviy ishlardagi ahamiyati bo'yicha mustaqil izlanib, ma'lumotlarni to'plab borish maqsadga muvofiq;

-Amaliy mashg'ulotlar bo'yicha fizika fanining texnik sohaga tadbiq etilgan masalalarini yechib borish alohida ahamiyat kasb etadi;

-Laboratoriya mashg'ulotlariga keladigan bo'lsak esa, bundagi mustaqil ta'lim ikki bosqichga, ya'ni har bir laboratoriya ishini bajarishdan oldingi va bajarishdan keyingi mustaqil ishlarga bo'linib, laboratoriya ishini bajarishdan oldin laboratoriya ishi mavzusi bo'yicha nazariy ma'lumotlar bilan tanishgan holda laboratoriya ishi matnini daftarga yozishi, ular bo'icha o'qituvchi beradigan savollarga javob beradigan darajada tayyorgarlik ko'rishi lozim bo'lsa, laboratoriya ishini bajarib bo'lgandan so'ng u bo'yicha olingan natijalarni tahlil qilishi, statistik ishlov berishi, ayrim bog'lanishlar grafiklarini tasvirlagan holda xulosalar chiqarishi, nazorat savollariga javoblar topishi lozim bo'ladi.

-Talabalarning o'zlari qiziqqan tajribaviy ishlarga bo'lgan qobiliyatini rivojlantirib borishda to'garak mashg'ulotlarining ham ahamiyati beqiyosdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. M. Djo'rayev. Fizika o'qitish metodikasi: o'quv qo'llanma Toshket-2015.

2. Asqarov A.D. Masofaviy o'qitish ta'lim shaklining rivojlanish bosqichlari va modellari. Zamonaviy ta'lim, 2015-59-65 bb.

3. Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofaviy o'qitish nazariyasi va amaliyoti.-T.: Fan.2009.

4. Abduqodirov A.A. va b. Axborot texnologiyalari.-T.,2002.

5. Полат Е.С. и др. Теория и практика дистанционного обучения. Учеб. Пособие.-М: ОИЦ «Академия». 2004.-с.416.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.