Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA MODULLI O’QITISH TEXNOLOGIYALARINING MAZMUNI VA MOHIYATI'

OLIY TA’LIMDA MODULLI O’QITISH TEXNOLOGIYALARINING MAZMUNI VA MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3256
309
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Bozor iqtisodiyoti / ilm-fan / eksponent qonuni / informatsiya / individium / axborot bloki / modulli o’qitish / konsepsiya / tajriba. / market economy / science / exponential law / information / individual / information block / modular learning / concept / experience.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Madina Baxramova

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida modulli o’qitish texnologiyalarining ahamiyati va bugungi kundagi dolzarbligi haqida fikr yuritilgan. Modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim samaradorligini oshirish mazmuni, shakllari, yo’llari, va pedagogik shart-sharoitlari keng yoritilgan. Modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim samaradorligini oshirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTENT AND SIGNIFICANCE OF MODULAR TEACHING TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION

This article discusses the importance and relevance of modular learning technologies in higher education today. The content, forms, ways, and pedagogical conditions for improving the effectiveness of education using modular learning technologies are widely covered. Scientific and methodological recommendations for improving the effectiveness of education using modular educational technologies are given.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA MODULLI O’QITISH TEXNOLOGIYALARINING MAZMUNI VA MOHIYATI»

OLIY TA'LIMDA MODULLI O'QITISH TEXNOLOGIYALARINING

MAZMUNI VA MOHIYATI

Madina Baxramova

Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti «Pedagogika nazariyasi va tarixi»

yo'nalishi magistri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oliy ta'lim tizimida modulli o'qitish texnologiyalarining ahamiyati va bugungi kundagi dolzarbligi haqida fikr yuritilgan. Modulli ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda ta'lim samaradorligini oshirish mazmuni, shakllari, yo'llari, va pedagogik shart-sharoitlari keng yoritilgan. Modulli ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda ta'lim samaradorligini oshirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Bozor iqtisodiyoti, ilm-fan, eksponent qonuni, informatsiya, individium, axborot bloki, modulli o'qitish, konsepsiya, tajriba.

CONTENT AND SIGNIFICANCE OF MODULAR TEACHING TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION

Madina Bakhramova Master of Pedagogical Theory and History, Faculty of Pedagogy, Bukhara State

University

ABSTRACT

This article discusses the importance and relevance of modular learning technologies in higher education today. The content, forms, ways, and pedagogical conditions for improving the effectiveness of education using modular learning technologies are widely covered. Scientific and methodological recommendations for improving the effectiveness of education using modular educational technologies are given.

Keywords: market economy, science, exponential law, information, individual, information block, modular learning, concept, experience.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishini, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini

shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo'shilishini ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zamonaviy bozor iqtisodiyotining shakllanishi korxonalar orasidagi raqobat asosida, xalq xo'jaligining barcha tarmoq va zvenolarini keskin rivojlanishini taqozo etadi. Chunki bozor iqtisodiyotini raqobatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Korxonalar orasidagi raqobat o'z navbatida, ilm-fan, texnika texnologiyaning yangi ilmiy texnik taraqqiyotining jadallashuviga olib keladi. Shuning uchun ham bizning davlatimizda «Ta'lim to'g'risidagi» Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.

Birinchidan - ilmiy texnik taraqqiyotining hozirgi zamon holati ilm-fanning yuksalib borayotgan roli bilan belgilanadi. XX asrda ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi o'zining eng katta sur'atlariga erishdi.

Oxirgi har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko'rsatgichlari ikki marotaba oshib bormoqda. Ilm-fan rivojining jadallashuvi va ilmiy-texnikaviy informatsiyaning jadal o'sishiga va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponent qonuni bo'yicha rivoji uning ko'chkisimon o'sishini anglatadi. Demak, ilmiy-texnikaviy informatsiyaning o'sishi ham, ko'chkisimon hisoblanadi. Jahonda har yili minglab kitoblar, jurnallar chop etiladi va uni minglab dissertatsiyalar himoya qilinadi.

Informatsiyaning yuksalib borayotgan ko'chkisimon oqimi tezligini ta'minlash maqsadida zamonaviy telekommunikatsiyali informatsion tizimlar qo'llanilmoqda. Ilm-fan rivoji, bu oliy ma'lumotli mutaxasislarning faoliyat doirasidir. Shuning uchun oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o'ta iqtidorlilariga zamonaviy informatsiya oqimini o'zlashtirishga, ilmiy tekshirish faoliyati individual va mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga ilmiy-texnikaviy informatsiya va o'quv ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishga imkoniyat berishi lozim.

Ikkinchidan - hozirgi zamon fanining ko'chkisimon rivoji ikki, uch va undan ortiq fanlarni ulanishlarida, yangi turdagi fanlar paydo bo'lishi bilan ham ta'minlanadi. Masalan: geofizika, biogeokimyo, informatika, fizikokimyoviy mexanika va hokazo. Fan daraxti hosil bo'ladi. Ma'lum fanlar ulanishlarida tug'ilgan yangi fan - bu yangi yo'nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalar demakdir. Bu masalalarni oliy maktabning iste'dodli bitiruvchilari hal etishi lozim.

Shuning uchun kadrlar tayyorlashni zamonaviy tizimi, ularda o'ziga xos va nostandart fikrlash qobiliyatini o'stirishi, o'z ustida doimiy ravishda chidam va matonat bilan ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishi lozim. Uchinchidan - ilm-fan

rivojining ko'chkisimon rivoji va ilmiy texnikaviy informatsiyaning shunga o'xshash

o'sishi, informatsiyaning uzatish va qayta ishlash tezligini oshishiga olib keladi, buning asosida esa hisoblash texnikasi yotadi. Ta'limni individuallashtirilmasdan, zamonaviy informatsion tizimlardan foydalanishni ko'z oldiga keltirish mumkin emas. Shuning uchun oliy maktab oldiga «O'qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofali ta'lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish» vazifasi qo'yilgan.

To'rtinchidan - ilmiy texnik taraqqiyotining xususiyati muhandislik yechimlar turini keskin oshishi, materiallarning tezda almashinuvi, texnologik jarayonlar mashinalar konstruktsiyasi, boshqarish tizimlarining avtomatlashtirish darajasining oshishi, ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishga tadbiq etish muddatlarini kamayishi hisoblanadi.

Beshinchidan - oliy maktabda jadallashayotgan ilmiy texnik taraqqiyotining ortib boradigan talablariga to'la javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash uchun o'qitishni jadallashtirish, inson organizmini butun imkoniyatini, uning ongini o'qitishda ishga solish zarur. Yangi simvolli ko'rsatuvli o'qitishni jadallashtirish zarur. Bu esa o'quv jarayonida informatsiya berilayotganida, o'quv materialini strukturalash va tizimga solish, o'qitishni kompyuterlash o'quv televideniesidan foydalanish taqozo etadi.

Oltinchidan - har qaysi odam tug'ilgandan boshlab alohida individium hisoblanadi, ya'ni har kimning o'ziga hos aqliy kurtaklari, ta'lim olishga qobiliyati bo'ladi. Bundan kelib chiqqan holda, zamonaviy o'qitish tizimining vazifasi insonning individual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilmog'i lozim. Unda ta'kidlanganidek «Yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o'qitishni jadallashtirish» lozim.

MUHOKAMA

«Modulli o'qitish» termini xalqaro tushuncha - modul bilan bog'liq bo'lib, uning bitta ma'nosi faoliyat ko'rsata oladigan o'zaro chambarchas bog'liq elementlardan iborat bo'lgan tugunni bildiradi. Bu ma'noda u modulli o'qitishning asosiy vositasi sifatida, tugallangan axborot bloki sifatida tushuniladi.

Modulli o'qitish-o'qitishning istiqbolli tizimlaridan biri hisoblanadi, chunki odam bosh miyasining o'zlashtirish tizimga eng yaxshi moslashgandir. Modulli o'qitish asosan inson bosh miyasi to'qimalarining modulli tashkil etilganligiga tayanadi. Inson bosh miyasi to'qimasi, qariyib 15 mlrd. neyronlardan (nerv xujayralari) yoki apparatli modullardan iborat. To'qima xujayralari bir-biri bilan ko'p sonli to'qnashuvlarda bo'lishadi. Bir xujayra va uning o'simtasini boshqa xujayra va uning o'simtasi bilan to'qnashuvlari soni 6 mingtagacha yetib boradi. Demak, bosh miya to'qimasidagi to'qnashuvlar (kontaktlar) soni astronomik sonni (1'000000000x6000) tashkil etadi.

Shu nuqtai nazaráan, modul o'quv jarayonining Ыг hujayrasi sifatida qaraladi. Bu xujayra biг vaqtning o'zida axboriy umumiylikka o'ziga xos yaxlitlik va tizimlilikka ega bo'lgan elementlaгdan tashkil topgan bo'ladi1. [9]

NATIJA

O'qitishning modul tizimi haqida гasmiy гavishda birinchi maгta, 1972 yil, YUNESKOning Tokiodagi Butunjahon Konferensiyasida so'z yuritilgan edi. Modulli o'qitish texnologiyasi funktsional tizimla^ fikrlashning neyгofiziologiyasi, pedagogika va psixologiyalarning umumiy nazariyasidan kelib chiqadi. Bu sohalardagi izlanishlarga ko'ra, to'qimasi modulli tashkil topgan inson miyasi, axborotni kvant ko'гinishda (boshqacha aytganda, ma'lum hissai ko'гinishida) eng yaxshi jihatdan qabul qiladi. Modulli o'qitish, kasbiy ta'limning quyidagi zamonaviy masalalarini xar tomonlama

л

yechish imkoniyatlarini yaratadi: [16]

• modul - faoliyatlik asosida o'qitish mazmunini optimallash va tizimlash dasturiami o'zgaгuvchanligi, moslashuvchanligini ta'minlaydi;

• o'qitishni individuallashtiгish;

• amaliy faoliyatga o^gatish va kuzatiladigan xarakterlarni baholash darajasida o'qitish samaгadoгligini nazorat qilish;

• kasbiy motivatsiya (qiziqtirish) asosida, o'qitish jaгayonini faollashtiгish, mustaqillik va o'qitish imkoniyatlarini to'la ra'yobga chiqarish.

Modulli o'qitishning xoziгgi zamon nazariyasi va amaliyotida ikki xil yondashuvni ajratib ko'гsatish mumkin: fan bo'yicha faoliyat yondashuvi va tizimli faoliyat yondashuvi.

Bu yondashuvlar doirasida modul asosida mutaxassislar tayyorlashning bir qator konseptsiyalari ishlab chiqilgan. Barcha konseptsiyalar zamirida faoliyat yondashuvi yotadi va bu nuqtai nazaráan, o'qitish jarayoni to'laligicha yoki muayyan fan doirasida, modulli ta'lim dasturi mazmuniga muvofiq kasbiy faoliyat elementlarini o'quvchi tomonidan ketma-ket o'zlashtirishga yo'naltiгilgan bo'ladi. Turii konseptsiyalaг doiгasida, modulli ta'lim dasturiari, tuгli xil taгkib va ta^ibiy tuzilmalaгdan iboгat bo'ladi, turii shakldagi hujjatlarda taqdim etiladi, ammo ularning barchasi quyidagi uchta asosiy tarkibiy qismni majbuгiy гavishda o'z ichiga oladi:

■ maqsadli mazmuniy dastur;

■ turii ko^inishlaiga taqdim etilgan axbomtlai banki

■ o^uvchito uchun uslubiy ko'гsatmalaг.

1 Avliyoqulov N. H. O'qitishning modulli va pedagogik texnologiyasining amaliy ahamiyati Buxoro 2000

2Selevko S. "Sovremennoe obrazovatelnoe texnologii" M Izd "Narodnoe obrazovanoe", 1998.

XULOSA

Shunday qilib, modulli o'qitish o'quv jarayonini tashkil etish shakli bo'lib, unda o'qitish o'quv materialining mantiqan tugallangan birliklari modullarni bosqichlar va qadamlar bo'yicha o'zlashtirishni anglatadi.

Modul amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari ma'ruzalar bilan birga tuzilishi, ularni ma'ruzalar mazmunini o'rganiladigan yangi material bilan to'ldirilishi kerak. O'qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlandi: - fanlar va modullar bo'yicha o'qitish uzluksizligining tahminlanishi;

- modullararo metodik jihatdan asoslangan muvofiqlik o'rnatilishi;

- fanning modulli tuzilishi tarkibining moslashuvchanligi;

- talabalarning qobiliyatiga ko'ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so'ng, o'qituvchi ayrim talabalarga fanni individuallashtirishni tavsiya etishi mumkin); - axborotni «siqib» berish natijasida o'qitishni jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o'quv vaqti tarkibini, ma'ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashg'ulotlar, individual hamda mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni optimallashtirish. Buning natijasida, talaba yetarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladi.

REFERENCES

1. Olimov, S. S., & Khomidov, K. K. (2020). Preparing Future Teachers To Solve The Tasks Of Patriotic Education Of Children And Youth. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(12), 132-136.

2. Sh, O. S. Sayfullaeva NZ Parametric Modeling of Assessing The Development Level of Economical Thinking of Students. International Journal of Recent Technology and Engineering—India, ISSN, 2277-3878.

3. Олимов, Ш. Ш., & Сайфуллаева, Н. З. (2019). Педагогико-экономические аспекты интеграции образования, науки и производства в условиях региональных вузов на современном этапе. Сибирский педагогический журнал, (3).

4. Олимов, Ш. Ш., & Дурдиев, Д. К. (2019). Педагогические технологии. Бухара: Издательство" Садриддин Салим Бухари".

5. Khaitova, I. I., & Olimov, S. S. (2020). The Main Problems Of Studying Electronic Information And Educational Environment Of The High School: Experience Of Analysis Of Scientific Literature. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(12), 127-131.

6. Олимов, Ш. Ш. (2017). Педагогическое мастерство преподавателя и его профессионализм в системе образования. Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч.-творч. форума. 31 окт.-3 нояб. 2017 г./Челяб. гос. ин-т культуры; сост. ЕВ Швачко.-Челябинск: ЧГИК, 2017.— 394 с. ISBN 978-5-94839-629-3.

7. Жураев, Б. Т. (2019). Сомонийлар даврида педагогик фикрлар тараккиёти. Pedagogik mahorat (Ilmiy-nazariy va metodik jurnal), 67-70.

8. Ходжаев, Б. К., & Жураев, Б. Т. (2020). ШКОЛЬНЫЙ МУЗЕЙ КАК СРЕДСТВО НРАВСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ШКОЛЬНИКОВ. Вестник науки и образования, (10-4 (88)).

9. Жураев, Б. Т. (2020). ВОПРОСЫ НРАВСТВЕННОГО И КУЛЬТУРНОГО ВОСПИТАНИЯ В ЭПОХУ САМАНИДОВ (НА ПРИМЕРЕ ТВОРЧЕСТВА АЛ-БУХАРИ И АЛ-ФАРАБИ). In Современное общество: актуальные проблемы и перспективы развития в социокультурном пространстве (pp. 66-71).

10. Жураев, Б. Т. (2019). Социально-духовное развитие студентов. In Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 22-23).

11. Жураев, Б. Т. (2017). Развитие науки и литературы в государстве Саманидов. Вестник Чувашского государственного института культуры и искусств, (12), 4.

12. Жураев, Б. Т., & Абдурахмонова, Д. У. (2019). Эстетическое развитие школьников средствами узбекского музыкального фольклора. Вестник Чувашского государственного института культуры и искусств, (14), 77.

13. Избуллаева, Г. В. (2013). Взгляды на духовно-моральное воспитание в произведении Дж. Руми «Маснави». Молодой ученый, (4), 564-566.

14. Izbullaeva, G. V. (2013). The Pedagogical views of Djalaladdin Rumi. In Applied and Fundamental Studies (pp. 259-263).

15. Valerievna, I. G. (2014). The Theory and Application of Utilizing Jalal-ad-Dln Rumi's Spiritual and Moral Views. Creative Education, 5(18), 1678.

16. Избуллаева, Г. В. (2017). Дидактические основы произведений великого мыслителя Джалаладдин Руми и их отражение в течение суфизма. Вестник Таджикского национального университета, (3-2), 197-201.

17. Izbullaeva, G. V. (2014). Problems of developing strength of will in Jaloliddin Rumiy's ideas. In PROBLEMS OF CORRELATION OF INTERPERSONAL INTERACTIONS AND EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN SOCIAL RELATIONS (pp. 38-42).

18. Valerievna, I. G. Council for Innovative Research. Journal of Social Science Research, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.