Научная статья на тему 'AGRAR SOHADA KADRLAR TAYYORLASHNING AHAMIYATI'

AGRAR SOHADA KADRLAR TAYYORLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim tizimi / agrar soha / mehnat bozori / oliy ta’lim / kadrlar tayyorlash / rivojlantirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boltayev Nurali Shiramatovich

Ushbu maqolada agrar sohada kadrlar tayyorlashning ahamiyati, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha hukumat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar hamda olimlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AGRAR SOHADA KADRLAR TAYYORLASHNING AHAMIYATI»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

AGRAR SOHADA KADRLAR TAYYORLASHNING

AHAMIYATI

Boltayev Nurali Shiramatovich

Dotsenti (i.f.f.d), TDAU https://doi.org/10.5281/zenodo.11403551

Annotatsiya. Ushbu maqolada agrar sohada kadrlar tayyorlashning ahamiyati, shuningdek, oliy ta 'lim muassasalarini har tomonlama rivojlantirish bo'yicha hukumat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar hamda olimlarningfikr-mulohazalari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, agrar soha, mehnat bozori, oliy ta'lim, kadrlar tayyorlash, rivojlantirish.

Аннотация. В данной статье описывается важность подготовки кадров в аграрном секторе, а также возможности, предоставляемые государством для всестороннего развития высших учебных заведений, а также мнения ученых.

Abstract. This article describes the importance of personnel training in the agricultural sector, as well as the opportunities provided by the government for the comprehensive development of higher education institutions, as well as the opinions of scientists.

O'zbekistonni "jannati yurt" deb bejiz aytilmagan, resurslarga boy, muqobil tabiatga ega, haqiqiy 4 faslga ega, mehnatkash xalqi bor mamlakat. Baland-baland tog'lariyu, keng maydonli ko'llari bor, yuqori darajada issiqligi, yetarli darajada sovuqga ega ob-havosi bor, Mendeleev jadvalida keltirilgan elementlarga boy resurslari bor. Ushbu tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, jahonda global ko'lamdagi muammoga aylanib borayotgan oziq-ovqat xavfsizligi masalasiga alohida e'tibor berishni taqozo etadi. Shuning bilan birga, yildan-yilga mamlakatimiz aholisi ko'payib bormoqda. Ekin ekiladigan yerlar qisqartirilib, uning o'rniga serdaromad tarmoqlar meva-sabzavot, moyli ekinlar ekinini ekish yo'lga qo'yildi va bu yo'nalish davom etmoqda. 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida agrar sohani ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish belgilangan[1]. Shu bois, ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko'rsatish tizimini takomillashtirish. Nufuzli xalqaro ilmiy markazlar va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilish va agrar sohada ilm-fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirishga alohida ahamiyat berish zarur hisoblanadi.

Yangi asr rivojlanishi ilm-fanning rivojlanishi bilan bevosita bog'liq bo'lishi, fan taraqqiyoti kadrlarga bo'lgan talabning ortib borishi har bir soha uchun yosh, qobiliyatli, o'z sohasining professionallari kerakligini ko'rsatib bermoqda. Ta'lim tizimi, kadrlar masalasi, mehnat bozori, ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlash va ular o'rtasidagi integratsiyani uzluksiz tarzda olib borish talim tizimida bir qator ilmiy-amaliy ishlar olib borishni taqozo etadi.

Bundan tashqari, agrar sohada ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash, ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish, hududlarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ilg'or xorijiy tajriba va agrotexnologiyalar bo'yicha yetarli bilim va malakalarga ega bo'lgan kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining 2023-yilning 7-iyuldagi "Agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-216-sonli[2], 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-sonli "Agrar ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi[3] qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil

15-dekabrdagi 788-sonli "Agrar ta'lim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi[4] qarorida belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish orqali agrar sohani sanoat darajasiga olib chiqish hamda sohaga yuqori malakali tayyorlash bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mazkur qarorlardan kelib chiqib, agrar soha kadrlar tayyorlash jarayonini samarali tashkil etish, rivojlantirish, mutaxassis-kadrlarning mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo'jaligida tayyorlanayotgan kadrlar zamonaviy bilimlarga ega bo'lishi uchun yangi ta'lim shakllari va usullarini samarali joriy etish asosida mehnat bozorida raqabatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish mumkin bo'ladi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda ta'lim muassasalariga xususiy sektorni jalb etish orqali ilm-fan ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash, ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, moliyaviy resurslarni jalb etish orqali sohani jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Agrar sohada kadrlar tayyorlash jarayonini samarali tashkil etish, rivojlantirish, mutaxassis-kadrlarning mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Shu boisdan, J.O.Kucharov o'z ilmiy izlanishlaridan qishloq xo'jaligida talab etiladigan kadrlar soni me'yorlarini aniqlash uslubi mehnatning intensivligi, mehnat unumdorligi va mehnat tejamkor texnologiyalardan foydalanish ko'lamini hisobga olish, qishloq xo'jaligida malakali kadrlarni tayyorlash, fan-ta'lim va amaliyot integratsiyasini ta'minlashni davlat tomonidan soliq, moliya va kredit dastaklari hamda autstaffing xizmatlarini rivojlantirish orqali rag'batlantirish, agrar ta'lim muassasalariga yangi ta'lim shakli va usullarini samarali joriy etish maqsadida "Qishloq xo'jaligida zamonaviy ta'lim shakllarini sinash va joriy etish markazi"ni tashkil etish va uni moliyalashtirish asosida faoliyatini yo'lga qo'yish taklif etilgan[3]. Fikrimizcha, qishloq xo'jaligida tayyorlanayotgan kadrlar zamonaviy bilimlarga ega bo'lishi uchun yangi ta'lim shakllari va usullarini samarali joriy etish asosida mehnat bozorida raqabatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish mumkin bo'ladi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda ta'lim muassasalariga xususiy sektorni jalb etish orqali ilm-fan ishlab chifqarish integratsiyasini ta'minlash, ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish, moliyaviy resurslarni jalb etish orqali sohani jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

A.O.Ochilov ham o'z tadqiqotida zamonaviy innovatsion iqtisodiyotda menejment tamoyiliga muvofiq «Butun umr davomida ta'lim» («life-learning») konsepsiyasiga o'tish va ta'lim tizimida fanlar sonini optimallashtirish, OTMlarida o'qish muddatini bir yilga qisqartirish asosida bakalavrlar va magistrlar tayyorlashni boshqarish samaradorligini oshirish, oliy ta'lim sifatini oshirishni boshqarishning ko'p bosqichli modeli taklif etilgan[4]. Fikrimizcha, tajriba va joriy etish mexanizmining tenglikda qo'llanilishi ta'lim tizimini isloh qilish bilan bir qatorda uning rivojlanishiga yo'l ochib beradi. Shu bois, rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimi ostida mamlakatimizga mos ta'lim tizimini qo'llashimiz kadrlar tayyorlashda ularning sifatini, bilimini, dunyoqarashini oshirishga zamin yaratiladi.

Bunday izchil islohotlar natijasi esa agrar ta'lim uchun eng samarali yo'nalish hisoblanadi. Shu boisdan, oliy ta'lim tizimida quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishga e'tibor berilsa maqsadga mufoviq bo'ladi:

• OTM faoliyatini prognoz qilish va rejalashtirish, strategiyalarni ishlab chiqish;

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

• kadrlarni mehnat bozorida joy-joyiga oqilona qo'yish, vazifalarni taqsimlash, ish beruvchilar bilan muntazam hamkorlik qilish;

• ta'limga oid axborot tizimini tashkil etish va undan foydalanishning samaradorligini ta'minlash;

• har tomonlama nazorat, tahlil, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishni ta'minlash;

• OTM rahbar va pedagog xodimlarining malakasi va mahoratini oshirib borish.

Ushbu asosiy vazifalarni samarali amalga oshirish natijasida barcha sohalarni yetuk kadrlar

bilan ta'minlash, sohalarda innovatsion texnologiyalarni qo'llash, yoshlarda kreativ fikrlash va raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish orqali respublikamiz iqtisodiyotining o'sishiga olib keladi. Shuningdek, o'quv jarayonini to'g'ri tashkil etish, kadrlar salohiyatini baholash mezonlarini yuqori samarali bo'lishi uchun agrar ta'lim tizimida kadrlar tayyorlashni quyidagi rivojlantirish yo'llarini ishlab chiqish va uni ta'lim tizimida amalga oshirish provard maqsad bo'lib xizmat qiladi.

Agrar sohaning ilm-fan, ta'lim tizimini rivojlantirish va kadrlar tayyorlashda quyidagi asosiy yo'nalishlarni izchillik bilan amaliyotga joriy etish talab etiladi:

^ Ilm-fan, ta'lim, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog'liqligini nazarda tutuvchi «Universitet 3.0» va «Universitet 4.0» konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;

^ Oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy-innovatsion faoliyatni tashkil etish va rivojlantirish;

^ OTMning uzoq va o'rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash, o'rta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasi hamda daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash;

^ Rahbar va pedagog-xodimlari faoliyati samaradorligini baholash bo'yicha KPI tizimini joriy etish va undan samarali foydalanish;

^ Agrar sohada innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qo'llash, «aqlli qishloq xo'jaligi» (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish bo'yicha zamonaviy bilimlarga ega bo'lgan kadrlar tayyorlash;

^ O'quv jarayoni va malaka oshirish kurslari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;

> Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalari va agrotexnologiyalar texnikumlarga o'quv-metodik jihatdan amaliy yordam ko'rsatish;

^ Zamonaviy o'quv adabiyotlarini xarid qilish hamda shu asosida darsliklar yaratish;

^ Ta'lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to'lov-kontrakt asosida o'qitish qiymatini, to'lov-kontrakt mablag'larini to'lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;

^ Kadrlar tayyorlashda har tomonlama nazorat, tahlil, kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etishni ta'minlash.

Yuqoridagilardan xulosa qilib, agrar sohada ilm-fan, ta'limni rivojlantirish, kadrlar tayyorlash asosida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, agrar sohada tabiiy omillar ta'sirini e'tiborga olish, bugungi kunda jadal rivojlanayotgan raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektdan samarali foydalanish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, xorijiy investitsiya mablag'larini jalb etish, ilmiy loyihalar ko'lamini kengaytirishga muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek,

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirib, agrar sohani rivojlanishi

natijasida sanoatni xom-ashyo bilan ta'minlash imkoniyatini yanada kengaytiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi "Agrar sohada ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-216-sonli Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-sonli "Agrar ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 788-sonli "Agrar ta'lim tizimining 2030 yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori.

5. J.Kucharov. Qishloq xo'jaligini innovatsion rivojlantirish sharoitida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yo'llari.// Avtoreferat. 08.00.04 - Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti ixtisosligi. Toshkent-2021.: 52 bet.

6. A.Ochilov. Yuqori malakali kadrlar tayyorlashni boshqarish samaradorligini oshirish.// Avtoreferat. 08.00.13 - Menejment ixtisosligi. Toshkent-2018.: 76 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.