Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATI VA JOZIBADORLIGINI BOSHQARISHDA ILM-FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI RIVOJLANTIRISH'

TA’LIM SIFATI VA JOZIBADORLIGINI BOSHQARISHDA ILM-FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
16
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ilm-fan / ta’lim / ishlab chiqarish / ta’lim sifati / jozibadorlik / inson kapitali / integratsiya / innovatsion yondoshuv / innovatsion korporativ hamkorlik / innovatsion salohiyat / strategik resurs / iqtisodiy taraqqiyot.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Djamolov O‘ I.

Maqolada ta’lim muassasalari ta’lim sifati va jazibadorligini boshqarishda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, innovatsion korporativ hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va xorijiy mamlakatlar tajribalar keltirilgan hamda ta’lim muassasalari innovatsion yondoshuvlar asosida malakali mutaxasssislar tayyorlashi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi, jamiyatga innovatsion salohiyat, ya’ni strategik resurs yetkazish orqali iqtisodiy taraqqiyot manbai sifatida xizmat ko‘rsatishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATI VA JOZIBADORLIGINI BOSHQARISHDA ILM-FAN, TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI RIVOJLANTIRISH»

TA'LIM SIFATI VA JOZIBADORLIGINI BOSHQARISHDA ILM-FAN, TA'LIM VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI RIVOJLANTIRISH

Djamolov O'.I

Jizzax politexnika instituti, i.f.f.d.(PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10802242

Annotatsiya. Maqolada ta'lim muassasalari ta'lim sifati vajazibadorligini boshqarishda ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, innovatsion korporativ hamkorlik aloqalarini rivojlantirish vaxorijiy mamlakatlar tajribalar keltirilgan hamda ta'lim muassasalari innovatsion yondoshuvlar asosida malakali mutaxasssislar tayyorlashi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi, jamiyatga innovatsion salohiyat, ya'ni strategik resurs yetkazish orqali iqtisodiy taraqqiyot manbai sifatida xizmat ko'rsatishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: Ilm-fan, ta'lim, ishlab chiqarish, ta 'lim sifati, jozibadorlik, inson kapitali, integratsiya, innovatsion yondoshuv, innovatsion korporativ hamkorlik, innovatsion salohiyat, strategik resurs, iqtisodiy taraqqiyot.

Jahon bozorida raqobatning tobora keskinlashuvi sharoitida mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlashda ta'lim sifati va ilmiy salohiyatni ko'tarish orqali kadrlar tayyorlash tizimining samaradorligini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish, ularda samarali boshqaruv tizimini yo'lga qo'yish, o'quv jarayonlariga eng so'nggi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, ilmiy faoliyatni jahon standartlari asosida tashkil etish, ularning xalqaro reytinglardagi o'rnini yanada oshirish, ilg'or xorijiy tajribaga ega ilmiy-pedagogik kadrlarni keng jalb qilish mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi hisoblanadi.

Ta'lim tizimining ta'lim sifati va jozibadorligini boshqarishda fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi uzviylik va aloqadorlik mustahkam yo'lga qo'yilsa, bu yo'nalishda malakali kadrlar tayyorlash, ularning bandligini ta'minlash hamda mamlakat iqtisodiyotida tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish mumkin bo'ladi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishda yangi mexanizmlarning yaratilishi bugungi globallashuv jarayonlarining hayotiy zaruratiga aylandi va bu o'z navbatida ta'lim sifati samaradorligini oshirish, uni modernizatsiya qilishni taqozo etadi. By öopaga, myHH Ke^rapHÖ yram 3apypKH, MaM.naKaT npe3HgeHTH jamiyat hayotida yoshlarga, ularning ta'lim-tarbiyasi uchun mas'ul shaxslarga e'tibor qaratib, xalq oldidagi mas'uliyatiga e'tibor qaratadi: "Bu yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimiz kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega" mamlakatimiz ta'lim va fan sohasi amalga oshirilayotgan islohotlarda ham o'z samarasini ko'rsatmoqda. Binobarin, ular o'sib kelayotgan yosh avlodning jamiyatda o'z intellektual salohiyati va iste'dodini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish bizning buyuk vazifamiz ekanligini ta'kidlaydilar. Ta'lim jarayonida tashkiliy tuzilmalarning muhim turlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni tanlashda tashkilotning strategik rejalarini, tashqi va ichki muhitni, mumkin bo'lgan o'zgarishlarga moslashish qobiliyatini, byurokratik tuzilmalardan o'tishni hisobga olgan holda stategik rivojlanayotgan tuzilmalar, zamonaviy yirik yoki hatto o'rta tashkilotning boshqaruv tizimi ko'pincha u yoki bu darajada ma'muriy birliklarning rivojlanishiga vertikal va gorizontal munosabatlarga ikki tomonlama bo'ysunish elementlari bilan birlashtirilgan turdagi tuzilma orqali ta'sir ko'rsatish muhimdir .

Shuningdek, intellektual salohiyati yuqori bo'lgan mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, klaster yondashuvi asosida ta'limni rivojlantirish 1990 yillarda M.Porter tomonidan ishlab

chiqilgan klaster nazariyasi va rivojlanishining amaliy natijasi sifatida Yevropada boshlangan. "Claster Initiative GreenBook" monografiyasining muallifi tomonidan o'tkazilgan dunyoning turli mamlakatlaridagi ikki yuzdan ortiq klasterlarni o'rganish shuni ko'rsatdiki, innovatsion faoliyat va texnologiyalarni tarqatish klasterlar faoliyatining eng muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Kaliforniyaning Stenford universiteti menejment va kompyuter fanlari professori, mashhur "Kremniy vohasi"dagi bir qator kompaniyalar asoschisi Uilyam Millerning fikriga ko'ra, ushbu geografik voha tarihining dastlabki sahifalari Stenford universiteti bilan bog'liqdir. Yuz yillar oldin aynan shu universitetning sobiq talabasi nisbatan yuqori texnologik kompaniyaga asos solgan, bir necha professor-o'qituvchilar hamda universitet rektori hududning rivojlanishi va istiqbolini ko'ra bilganlar hamda kam bo'lsa-da, moliyaviy sarmoya kiritganlar. Bu ta'lim muassasasida yaratilgan yuqori texnologik g'oya vohaning 20 yil ichida dunyoda uchinchi o'rindagi biotexnologik hududga aylanishiga olib kelgan. Birinchi navbatda bu borada oliy ta'lim tizimining barcha bosqichlarida ilmiy tadqiqot universitetlari modeliga o'tish va ilmiy tadqiqot kirib borish faoliyatlarini alohida e'tibor bilan kuzatishimiz lozim.

AQShning tadqiqotchilik universitetlari hozirgi kunda yirik loyihalarini amalga oshirmoqdalar. Ular turli fondlar va budjet tomonidan moliyalashtirilgan bo'lib turli xil ishlab chiqarish korporatsiyalari bilan yaqindan bog'langan. Atroflarida turli biznes-inkubatorlar, infratuzilma majmualarini birlashtirgan. Mazkur infratuzilma majmualarining mavjudligi innovatsion tizimning innovatsion mahsulotlari va texnologiyalarni innovatsion tizim va fanning uyg'unlashuvi doirasida boshqa sohalar va yo'nalishlarga tatbiq etish imkoniyatlarini beradi. Amerika modelining alohida ahamiyat beradigan tomonlaridan biri shuki, ularda "g'oyalar fabrika"si, ya'ni maxsus ilmiy tadqiqot va analitik tahlil faoliyati bilan bog'liq tashkilotlarining mavjudligidir. Bunday tashkilotlar XX asrning 40-50 yillarida AQShda vujudga kelgan bo'lib, hozirgi kunda ularni soni bir necha mingdan ortiq. Ular ilg'or mutaxassis va tadqiqotchilarning innovatsion mahsulotlarini mehnat bozori va ishlab chiqarishga taqdim etadilar. Eng muhimi, bu tashkilotlar mutlaq mustaqil tashkilotlar hisoblanadi.

Tayvan tajribasi ham qaysi bir jihati bilan "Kremniy vohasi"nikiga o'xshashdir. Bu mamlakatda salohiyatli ta'lim muassasalarining iqtisodiyot, sanoat bilan samarali hamkorligining ahamiyatini yaxshi tushunganlar. Shu sababli tayvanliklar biznes bilan uyg'unlashgan chuqur fundamental va nazariy muammolar bilan shug'ullanganlar. Tayvanning "Sanoat texnologiyalari tadqiqot instituti" bu borada lokomativga aylangandir. Ko'plab xodimlar institut ishlanmalari asosida o'z kompaniyalarini ochganlar yoki texnologiyalarini boshqa kompaniyalarga bergan va ularning rivojlanishini ta'minlaganlar. Singapurda esa ko'plab muvaffaqiyatli kompaniyalar asosan davlat nazoratida yoki ular davlat tomonidan ochilgandir. O'quv muassasalarida asosiy e'tibor tadqiqotlarga yo'naltirilgandir. Bir qator mamlakatlarda innovatsion rivojlanish, ushbu jarayonlar rivojiga yondashuv madaniyati bilan ham bog'liqdir. Masalan, Xitoyda mutaxassis-xodim ta'lim tizimida bir necha yilga kompaniyaga ishga o'tishi va yana o'z o'rniga qaytishi, o'zining yoki o'zganing kompaniyasini ochishga ko'maklashishi mumkinligi qonunan belgilab qo'yilgan.

Mamlakatimizning mahalliy iqtisodiy sharoitlarida oliy ta'lim va fan integratsiyasining ishlab chiqarishda o'ziga xosligi bor. Biroq, O'zbekiston Respublikasi xalqaro tajribaning asosiy omillaridan va ayniqsa, ilm-fan, ishlab chiqarish va oliy ta'lim sharoiti o'xshash bo'lgan mamlakatlarning ilg'or tajribasidan foydalanishi mumkin. Umuman olganda, innovatsion faoliyatning huquqiy asoslarini ta'lim tizimi predmetlari orasiga kiritish, ta'lim muassasalarida kichik innovatsion tadbirkorlikni tashkil etish faqatgina talabalarning qo'shimcha amaliyotga ega

bo'lishigina emas, balki oliy ta'lim muassasalari uchun yangi daromad imkoniyatlarini ochishi mumkin. Shuningdek, ta'lim muassasalari va moliyaviy oqimlarni tartibga soluvchi kompaniyalar o'rtasida huquqiy munosabatlar va intellektual mulk huquqlarini realizatsiya qilish kichik innovatsion tadbirkorlikni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa oliy ta'lim tizimi sharoitida fan va ta'lim integratsiyani qo'llab quvvatlashi va rivojlanishini ta'minlashi, shuningdek, respublika ta'lim muassasalaridagi ilmiy kuchlar e'tiborini jalb etish, ularning faoliyatini ishlab chiqish tashkilotlari bilan muvofiqlashtirish, shu jumladan, tashkilotlar innovatsion salohiyatini monitoringini yaratish uchun zarur bo'lgan innovatsiyalarni joriy etishga olib keladi.

Ta'lim muassasalari ilmiy tadqiqotlarin ishlab chiqarishga joriy etishda, milliy innovatsion tizimining integratsiyasi muammolarini hal etishda, xorijiy tajriba tahlili, hamda milliy, mintaqaviy va boshqa darajalardagi yangiliklarni tashkiliy shakllarini xilma - xilligi, yangiliklar jarayonini nazorat etish integratsiyaning xususiyatlaridan biri hisoblanadi, deb xulosa qilish mumkin. Biroq bu jarayon to'g'ridan - to'g'ri milliy iqtisodiyotning o'ziga xos xususiyatlari, oliy ta'limni hamda moliyaviy oqimlarni tashkillashtirish bilan bog'liq.

Bugungi kunda ta'lim sifati va jozibadorligini boshqarishda fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiyasini mustahkamlash, sohaga oid tashkilotlar bilan innovatsion-korporativ hamkorlikni zamonaviy yondashuv asosida rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ta'lim muassasalarida ta'lim va mutaxassislik yo'nalishlarining o'ziga xosligidan kelib chiqqan holda iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining muammolar bazasi ishlab chiqilishi va bu baza hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tahlil qilinishi asosida yo'nalish bo'yicha maxsus laboratoriya, konstruktorlik byurolari va texnoparklar tashkil qilinishi lozim. Respublikamizning yetakchi ta'lim muassasalarida tayanch namunaviy ta'lim, fan, ishlab chiqarish integratsiyasi va innovatsion-korporativ hamkorlik markazlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Buning natijasida ilm-fan sohasida ishlash uchun tayyor kadrlar yetishib chiqadi, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etish jarayonlari jadallashadi va milliy iqtisodiyot raqobatda sezilarli ustunlikka ega bo'ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ta'lim muassasalarida:

- ta'lim va mutaxassislik yo'nalishlariga oid sohalar bo'yicha dunyodagi so'nggi tendensiyalar, moliyaviy texnologiyalar, ilg'or xorijiy tajriba va real iqtisodiyot talablarini hisobga olgan holda oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

- o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlarini joriy etish, ta'lim va tadqiqot uyg'unligini ta'minlash orqali iqtisodiyot tarmoqlari uchun ilg'or innovatsion ishlanmalar yaratish, talabalarda tizimli tahlil qilish, kreativ fikrlash va amaliy ko'nikmalarni shakllantirish;

- zamonaviy o'quv-ilmiy laboratoriyalar va simulyatsion markazlar tashkil etish orqali "ta'lim - fan - innovatsiya-raqamlashtirish" korporativ hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini samarali yo'lga qo'yish;

- jahon ta'lim va ilmiy makonida ta'lim muassasasining nufuzini oshirish, yetakchi xorijiy universitetlar bilan akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-o'qituvchilarning xorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini tizimli yo'lga qo'yish;

- iqtisodiyot tarmoqlari ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari bilan innovatsion korporativ hamkorlik asosida faoliyatni samarali tashkil etish, malaka talablarini ishlab chiqish,

moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, talabalarga amaliyot bazalarida sharoitlar

yaratishda kadrlar buyurtmachisi sifatida ko'maklashadi.

Ta'lim muassasalari innovatsion yondoshuvlar asosida malakali mutaxasssislar

tayyorlashi, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi hamda jamiyatga xizmat qilishi kerak.

Innovatsion taraqqiyot yo'li inson kapitaliga yirik sarmoyalar sarflashni taqozo etadi. Innovatsion

salohiyat strategik resurs bo'lib, iqtisodiy taraqqiyot manbai hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. Toshkent, O'zbekiston, 2020 yil.

2. Шумпетер Й. Теория экономического развития. M., Директ-Медиа, 2007.

3. Saidaxmedova N.I., Kurbaniyazov Sh.K. Boshqaruv nazariyasi. Darslik. -Toshkent.:"LESSON-PRESS" nashriyoti, 2023 yil.

4. Неборский Е.В. Модели интегратсии образования, науки и бизнеса в университетах США, Европы и Японии // Проблемы современного образования, 2011, № 1, С. 52

5. Saidaxmedova N.I., Xusniddinov M.M. Pedagogical Conditions for Effective Management of Spiritual and Educational Work and Cluster Interaction in Public Educational Institutions and the Sphere of Culture. Journal of Advanced Zoology, 2023, 44 (S2) India.

6. G'affarov E. Innovatsiya, ijtimoiy innovatsiya va innovatsion faoliyat: ilmiy-nazariy yondashuvlar. NamDU ilmiy axborotnomasi. 2019 yil, 10-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.