Научная статья на тему 'TAʼLIM SIFATI VA JOZIBADORLIGINI BOSHQARISHDA FAN, TAʼLIM VA ISHLAB CHIQARISHNING MUSTAHKAM INTEGRATSIYASINI TAʼMINLASHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR'

TAʼLIM SIFATI VA JOZIBADORLIGINI BOSHQARISHDA FAN, TAʼLIM VA ISHLAB CHIQARISHNING MUSTAHKAM INTEGRATSIYASINI TAʼMINLASHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsion rivojlanish / raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiyot va ma’naviyat / ta’lim va ishlab chiqarish / barkamol shaxsni tarbiyalash / umumta’lim muassasalari / Oliy ta’lim / ixtisoslashtirilgan maktablar / davlat byudjeti / uchinchi Renessans / yalpi ichki mahsulot / innovatsion yondashuvlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Isroilova Shoira Turgunovna, Suyunova M.S, Yusupova D.M, Malikov S.A

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda Taʼlim sifati va jozibadorligini boshqarishda fan, taʼlim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini taʼminlashda innovatsion yondashuvlar hamda bu boradagi ishlarni samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TAʼLIM SIFATI VA JOZIBADORLIGINI BOSHQARISHDA FAN, TAʼLIM VA ISHLAB CHIQARISHNING MUSTAHKAM INTEGRATSIYASINI TAʼMINLASHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR»

TA'LIM SIFATI VA JOZIBADORLIGINI BOSHQARISHDA FAN, TA'LIM VA ISHLAB CHIQARISHNING MUSTAHKAM INTEGRATSIYASINI TA'MINLASHDA

INNOVATSION YONDASHUVLAR 1Isroilova Shoira Turg'unovna, 2Suyunova M.S., 3Yusupova D.M., 4Malikov S.A.

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti Ta'lim menejmenti kafedrasi

dotsenti 2,3,43-kurs Maktab menejmenti 1shoira.israilova@mail.ru 1Tel:(99)84671 18 https://doi.org/10.5281/zenodo.10801724

Annotatsiya. Maqolada O 'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda Ta'lim sifati va jozibadorligini boshqarishda fan, ta'lim va ishlab chiqarishningmustahkam samaradorligini yanada oshirish bo 'yicha takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: innovatsion rivojlanish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish iqtisodiyot va ma 'naviyat, ta 'lim va ishlab chiqarish, barkamol shaxsni tarbiyalash, umumta 'lim muassasalari, i n

Аннотация. В статье рассмотрены инновационные подходы по обеспечению прочной интеграции науки, образования и производства в управлении качеством и привлекательностью образования в условиях развития цифровой экономики в Республике Узбекистан, а также предложения по дальнейшему повышению эффективности работать в этом направлении.

Abstract. In the article, innovative approaches to ensure a strong integration of science, education and production in the management of the quality and attractiveness of education in the development of the digital economy in the Republic of Uzbekistan, as well as suggestions for further increasing the efficiency of work in this regard

y Bugungi kunda innovatsion rivojlanish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari mamlakatimiz taraqqiyotida ustuvor vazifalar qatoriga kiradi. Bu borada mamlakatda bir qancha nhora tadbirlar ko'rildi va ko'rilmoqda. Bular jumlasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining d018 yil 3 iyuldagi "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-Oidbirlari to'g'risida"gi PQ-3832- son qarori "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi 2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish htrategiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5544-sonli Farmonlarini kiritish mumkin.Mazkur uuquqiy xujjatlar o'z navbvtida innovatsion va raqamli iqtisodiyotning ta'minlovchi muhim omillar hisoblanadi.

l O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar rtrategiyasida ta'lim va fan sohasini rivojlantirish ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mehanizmlarini yaratish, oliy o'quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy eksperimental labaratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish ustuvor yo'nalishlardan hisoblanadi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda uchinchi Renessans poydevorini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar jadal olib borilmoqda bunda innovatsion faoliyatga, ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Mamlakat kelajagi, taraqqiyoti innavatsion faoliyat rivojiga bevosita bog'liq. Sohani isloh qilmasdan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirmasdan turib keng ko'lamli o'zgartirishlarni amalga oshirish, jamiyat hayotini izchil yangilash bo'yicha sa'y-harakatlar samaradorligiga erishish mushkul vazifa hisoblanadi. Keyingi besh yil ichida innavatsion faoliyatni tubdan yuksaltirish bo'yicha ko'rilayotgan Farmon va qarorlar zamirida ham mana shu hayotiy haqiqat mujassam, desak aslo yanglishmaymiz. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi",-deya alohida ta'kidlangan edi. 2020 yilga "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nom berilishida ham chuqur mazmun bor. 2020 yil va undan keyingi xususan 2023 yilni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb nomlanishi yillardagi barcha ezgu maqsadlarimiz albatta ana shu mezonga tayanmoqda.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek "...biz O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohatlar, ilm-ma'rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz.

Buning uchun, avvalombor, tashabbuskor islohatchi bo'lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. SHuning uchun ham bog'chadan boshlab oliy o'quv yurtigacha - ta'limning barcha bo'g'inlarini isloh qilishni boshladik"

Kishilik jamiyatida XIX-XX asrlarda qilingan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, fan va texnikaning jadal sur'atlar bilan rivojlanishi iqtisodiyotda g'oyat katta sifat va miqdor o'zgarishlarga, fan-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarish va uni yuksaltirishning asosiy omillaridan biriga aylantirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida ta'lim va fan sohasini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag'batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish ustuvor yo'nalishlardan hisoblanadi.

Dunyo iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida O'zbekistonning innovatsion faoliyati davlat tomonidan samarali va izchil amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy va faol investitsiya siyosati, rivojlangan xorij tajribasi hamda investitsion muhitni yanada jozibadorligini oshirish mexanizmlariga bog'liq bo'lib, keng ko'lamda o'rganilishi zarur dolzarb ilmiy va amaliy muammolardan biri hisoblanadi. Tadbirkorlar, tadqiqotchi va olimlar mazkur muammoning echimiga milliy xususiyatlarni e'tiborga olgan holda rivojlangan xorij tajribasini qo'llash va ular bilan o'zaro hamkorlik tizimini ishlab chiqish hamda amalga oshirish orqali erishiladi, degan fikrda. CHunki jahon iqtisodiyotining globallashuvi va raqobat muhitini kuchayib borishi, jahon bozorida mahsulotlar hayotiylik davrini keskin qisqarishiga, bozor kon'yunkturasi va iste'molchilar ehtiyojlarini tez o'zgarishiga olib keldi. Natijada har bir xo'jalik yurituvchi sub'ektdan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqishni hayotiy zaruriyatga aylantirmoqda. Bu esa, mamlakatning innovatsion faoliyatini rivojlantirish va uni samarali boshqarishni talab etmoqda.

Mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan turli mulkchilik shaklidagi sub'ektlarning innovatsion faoliyati birinchidan, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ekologik jihatdan barcha me'yorlarga to'la javob beradigan hamda ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularning iste'mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borishni talab etadi.

Ijobiy o'zgarishlarga qaramasdan, mamlakatimiz iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish bugungi kundagi dolzarb masala bo'lib qoladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, "Fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish muhimligi: yangi texnologiyalarni joriy qiluvchi korxonalarga imtiyozlar va preferensiyalar berish ilm-fanga investitsiya kiritadigan korxonalar sonini sezilarli darajada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi".

Keyingi yillarda keng ko'lamda rivoj topgan ilmiy-texnik inqilob mulkdorlar, tadbirkorlar hamda iqtisodchilar e'tiborini ishlab chiqarishda ro'y berayotgan turli texnologik o'zgarishlarga tortdi. SHunday o'zgarishlarni ilmiy sohada "innovatsiya" atamasi bilan atay boshlandi. Natijada hozirgi davrga kelib "innovatsiya" tushunchasi biron-bir turdagi faoliyatni tarkibiy jihatdan yangilash, tubdan o'zgartirish, xo'jalik faoliyati sub'ektlari tomonidan ilmiy-texnik, tashkiliy, boshqaruv va boshqa yangiliklarning yaratilishi, tarqatilishi hamda joriy etilishini ifoda etadi.

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash borasidagi sa'y-harakatlarning yanada kuchaytirilishi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasida innovatsion jarayonlar uzluksizligini ta'minlash va ko'lamini oshirish bilan tavsiflanadi. Bu esa ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalari samaradorligi bevosita fan yutuqlariga asoslangan ishlanmalar, ixtiro hamda loyihalar, ilm-fan sig'imi yuqori bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni taqazo etadi.

Xususiy mulk ustuvor o'ringa ega bo'lgan, tayyor mahsulotlar ulushi yuqori, innovatsion iqtisodiyot tarkibini shakllantirishga qaratilgan tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Innovatsion jarayonlarini jadallashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bugungi kundagi muhim masalalardan hisoblanadi.

Ma'lumki, 2022 yilda rivojlanishning o'ziga xos dasturi 2022-2025yillarga mo'ljallangan YAngi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Mazkur muhim dastur 2017-2021 yillarga mo'ljallangan harakatlar strategiyasining uzviy davomi bo'lib uninguchinchi ustuvor yo'nalishi bo'lmish "Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sura'tlarini ta'minlash"da belgilangan maqsadlarda innovatsion rivojlantirishga doir masalalar belgilab qo'yildi.

Jahon iqtisodiyoti glaballashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida yurtimizning iqtisodiy taraqqiyotini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin.Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, 2022 yilga kelib global YAIM ning chorak qismi raqamli sohada bo'lishi taxmin qilinayotir.Lekin halqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo'yicha O'zbekiston 170 dan ortiq davlatlar ichida 103- o'rinni egallab turishining o'zi mamlakatimizda bu sohada g'am o'z echimini kutayotgan masalalar va qilinishi lozim bo'lgan ishlar ko'pligidan dalolat beradi.

Mana shunday sharoitda O'zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiyotni innavatsion rivojlantirishni ta'minlash, tabiiy resurslardan foydalanishga asoslangan rivojlanishdan inson tomonidan yaratilgan eng kuchli resurs - bilimlardan foydalanishga asoslangan rivojlanishga o'tish talab etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.